Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi inspektori 16 yoshga to‘lmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilganlikda ayblanmoqda.
U 2004-yilgi Olimpiadada bronza olgan taniqli bokschi ekani aytilyapti.
👉 https://kun.uz/42614530
Kun.uz rasmiy kanali

🤯121😁29❤14👍4😐2🔥1
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi — hafta dayjesti
⚛️ Jizzaxda AES qurilishi asosiy bosqichda: jahonda o‘xshashi yo‘q loyihaning narxi ochiqlandi.
🌇 Toshkent energotizimi yana sinov qarshisida: yozning dastlabki to‘rt kunida ikkita avariya kuzatildi.
🔎 50 mln dollarlik talon-toroj: mojaroli gaz-kimyo loyihasida korrupsion sxema oshkor bo‘ldi.
Ortda qolgan haftaning O‘zbekiston hayotiga oid muhim yangiliklari – Kun.uz dayjestida.
📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING

❤25🤯4🔥2😭2
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
Kadetlar korpusi va neft bazasi nishonga olingan. Region gubernatori Beglov aholiga uydan tashqariga chiqmaslikni tavsiya qilgan.
Zelenskiy buni Putinning muzokaralardan bosh tortishiga javob deb atadi.
👉 https://kun.uz/75899827

🔥25❤16🤯4👍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chiqindixonaga aylangan uy: Mirzo Ulug‘bekdagi holatdan hammaning boshi qotgan
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Orol 4 ko‘chasida yashovchi fuqaro «ko‘chadan topgani»ni uyiga tashiydi, xonadon ichi va hovlisi chiqindilar bilan to‘la. Kalamushlar, yoqimsiz hid va yillardan buyon davom etayotgan muammoning yechimini topolmay ko‘plarning joni halak.
👉https://kun.uz/08586668

🤯14❤10
Ukraina armiyasi Qrimga olib boruvchi trassani o‘lim yo‘liga aylantirdi
Buning barchasi yangicha «aqlli» dronlar tufayli. Ular front chizig‘idan 100 kilometr masofadagi hududni ham xavf ostida qoldirmoqda. RF qurolli kuchlari nima bilan javob beradi?
👉 https://kun.uz/94778018

👍36❤15🤯6😁1
“Asirlarning kalla suyagini eksponat qilishgan” – o‘zbeklar ko‘milgan Amersfortdagi o‘lim lageri
Kun.uz natsistlarning Niderlandiyadagi mashʼum lagerlaridan birida bo‘lib, u yerda o‘ldirilgan askarlar, xususan o‘zbeklar yotgan qabristonni ziyorat qildi.
Jurnalist va tadqiqotchi Remko Reyding lagerda nimalar bo‘lgani, halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash va qarindoshlarini qidirish ishlari haqida so‘zlab berdi.
Ushbu qabristonda 101 askar shaxsi nomaʼlum holda dafn etilgan. Reydingning so‘zlariga ko‘ra, ularning ko‘pchiligi – o‘zbeklar. Tadqiqotchi hozircha bu guruhdagi bir askarning kimligini aniqlagan.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

❤20😭8👍2😐2🤯1
Sahroyi Kabirda yuk mashina buzilib qolib, 50 ga yaqin kishi halok bo‘ldi
Faqat ikki kishi bir necha o‘n kilometr masofadagi aholi yashash manziliga yetib borib, voqea haqida aytib berishgan. Voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar o‘nlab jasadlar ustidan chiqqan. Qutqaruvchilar jasadlarni ko‘mib, ortga qaytishda 60 kishi bilan ketayotgan yana bir mashina buzilib, uch kundan buyon sahro o‘rtasida turgani ustidan chiqishgan.
👉 https://kun.uz/30270393

🤯85❤17😭8👍2
6 kun Everestda yolg‘iz: yo‘qolgan alpinist mo‘jiza tufayli tirik qoldi va o‘zi pastga tushib keldi
Everestda olti kun mobaynida bedarak ketib, halok bo‘lgan deb hisoblanayotgan nepallik Dava Sherpa tirik holda topildi: u deyarli asosiy bazagacha mustaqil tushib kela olgan.
👉 https://kun.uz/72334013

👏39🔥13❤11👍8😐2
Tramp Netanyahuni so‘kdi, Zelenskiy Putinga xat yozdi – hafta dayjesti
Zelenskiy Putinga xat yozib navbatdagi marta erkakchasiga, yakkama-yakka uchrashishni taklif qildi, Rossiya prezidenti yana rad etdi.
Amerika prezidenti Tramp Isroil bosh vaziri Netanyahuni “F” harfidan boshlanadigan mashhur so‘kish bilan bo‘ralatib so‘kdi.
Qrimda energetik inqiroz avj oldi, Ukraina Rossiya egallab olgan yarimorolga bosib olingan hududlar orqali o‘tadigan trassani «o‘lim yo‘li»ga aylantirdi. Qrimliklar benzinni o‘pib video olmoqda.
Madrid qayta qurish arafasida. Peres «Ronaldu darajasidagi transfer» vaʼda qilmoqda, uning raqobatchisi Holand va Kloppni olib kelmoqchi.
📹 BATAFSIL YOUTUBE‘DA KO‘RING

😁17❤13👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tramp jurnalist bilan dahanaki jangdan so‘ng intervyuni to‘xtatdi
AQSH prezidenti Donald Tramp NBC telekanaliga berayotgan intervyusini boshlovchi bilan bahsdan so‘ng to‘xtatdi. U AQSHda o‘tgan saylovlar soxtalashtirilganini taʼkidladi.
Tramp shuningdek, NBC, ABC, CBS va CNN telekanallarini noxolis va nohalollikda aybladi.
«Sizlarning saylovlaringiz halol emas, o‘zingiz ham halol emassiz, Meet the Press (NBC telekanalidagi ko‘rsatuv) ham halol emas, xuddi ABC, CBS va CNN kabi — bir tomonlama va halol bo‘lmagan telekanallar», dedi u.
👉 https://kun.uz/kr/00451106

😁55❤16😐5🔥1
Eron va Isroil zarbalar almashdi
Isroil yakshanba kuni erta tongda, AQSH Livanda sulh rejasini e’lon qilganiga qaramay Bayrut hududiga zarbalar berdi.
Eron bunga javoban Isroilga bir nechta ballistik raketalar uchirdi. Shundan so‘ng, Isroil Tehronga ham zarbalar yo‘lladi.
Prezident Tramp Eron va Isroil zarbalar almashganiga qaramay urushni tugatish bo‘yicha kelishuv imkoniyati hali ham juda yuqori ekanini ta’kidlamoqda.
👉 https://kun.uz/28934055

❤18😁7😭7👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kristian Eriksen Daniya - Ukraina uchrashuvi vaqtida hushidan ketdi. O‘yin to‘xtatildi
2021 yil iyunida Daniya va Finlandiya milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida ham Eriksenning yuragi to‘xtab qolgandi. O‘shandan buyon 34 yoshli futbolchi kardiostimulyator bilan o‘ynab kelmoqda.
Ushbu holatdan so‘ng jamoalar uchrashuvni davom ettirmaslikka qaror qildi.
👉 https://kun.uz/47928902

😭31❤16🤯3🔥2👍1
📚 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
O‘zbekistonda 2026-2027 o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari 20 iyundan start oladi. Bu yil maktablarga 795 mingdan ortiq bolani qabul qilish rejalashtirilgan.
Qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi: avval mikrohudud doirasida, keyin esa maktablardagi bo‘sh o‘rinlarga qarab mikrohududdan tashqari arizalar qabul qilinadi.
1-sinfga 2019 yil 31 dekabrga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.
👉 https://kun.uz/83904326

❤15👍3🤯1
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Seshanba-payshanba kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati hafta davomida +32…+39 daraja atrofida bo‘ladi. Joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.
👉 https://kun.uz/97578552

❤11👍8
Hududiy tayinlovlar
▪️Jahongir Mamajonov Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari – Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar AQSHdagi «JM Group» kompaniyalari bosh direktori vazifasida xizmat qilib kelayotgandi;
▪️Ruslan Kunarov Toshkent viloyati hokimining sanoat korxonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu prezident qarori bilan faqat Toshkent viloyatida tashkil etilgan lavozim hisoblanadi;
▪️Elmurod Ismoilov Andijon viloyat hokimi o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Andijon viloyati hokimligi investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri vazifasida ishlayotgandi;
▪️Abdusattor Otabayev Andijon viloyati hokimi jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar harbiy qismda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi sifatida xizmat qilgan.

❤13🤯1
Peres «Real» prezidentligi uchun saylovda g‘alaba qozondi
U endi kamida 2030 yilgacha klub rahbarligida qolishi mumkin. 79 yoshli funksioner yozda klubga Joze Mourinio, Konate va Dumfrisni olib kelish masalasini hal qilgan. Shuningdek, «Real» saylovdan keyin superyulduz futbolchi uchun 150 million yevrolik taklif berishini va’da qilgan.
👉 https://kun.uz/24881617

❤17😁8🤯1
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
Rossiya–Ukraina urushi beshinchi yilga kirar ekan, front ortida diplomatik va axborot kurashi ham tobora keskinlashmoqda. Volodimir Zelenskiy Rossiya rahbariga maktub yo‘llab, uni muzokaralarga chorladi.
Siyosatshunoslarga ko‘ra, bu murojaat oddiy diplomatik qadam emas, balki puxta o‘ylangan strategik signal sifatida baholanmoqda. Unda urushning borishi, tomonlar yo‘qotishlari hamda mas’uliyat masalasi ochiq tarzda kun tartibiga qo‘yilgan.

❤12🔥8
Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda. Jinoyat ishi tergovi natijasiga ko‘ra ayblov xulosasi bilan tamomlangan va ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.
👉 https://kun.uz/68980900

🤯45😐11❤4😭4😁2
Toshkent viloyatidagi ikki shaharda hokimlar o‘zgardi
Viloyat markazi hisoblangan Nurafshon shahri hokimi Ilhom Qilichxonov prezident tanqidi ortidan ishdan ketdi. Uning o‘rniga 2020-yildan buyon Olmaliqni boshqarib kelgan Qobil Hamdamov yangi hokim etib tayinlandi. O‘z navbatida, viloyat ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Barhayot Meliyev Olmaliqning yangi rahbariga aylandi.
👉 https://kun.uz/84185822

❤11