Kun.uz | Rasmiy kanal
73.8K subscribers
81.4K photos
11.7K videos
64.7K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Jahon sahnasida

🇺🇸🇮🇷Tramp Eronning boyitilgan urani yo‘q qilinishini aytdi. “Boyitilgan material Qo‘shma Shtatlar tomonidan Eron va AEXA bilan hamkorlikda olib chiqiladi va yo‘q qilinadi”, dedi AQSh prezidenti Truth Social'da yozgan postida.

🇮🇹 Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining 200 mln yevrodan ortiq aktivlarini musodara qildi. Tintuvlar Italiyadan tashqari o‘nga yaqin boshqa davlatlar hududida ham o‘tkazilgan. Naqd pul yashirilgan joylarni topishda dronlar va teplovizorlar qo‘llangan; kriptovalyutalarni kuzatish uchun IT mutaxassislar jalb qilingan.

🇪🇺 Yevropa Ittifoqi Temu'ni 200 mln yevro jarimaga tortdi. Bunga onlayn platformadan sotib qolingan quvvatlash qurilmalarining aksariyati elektr xavfsizligi talablariga javob bermasligi sabab bo‘lgan. Shuningdek, bolalar o‘yinchoqlarining katta qismida kimyoviy moddalar miqdori me’yordan yuqoriligi va ularda bo‘g‘ilish xavfini tug‘diruvchi mayda qismlar aniqlangan.

Kun.uz rasmiy kanali
20👍7🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tirik qolish ham jazo bo‘lgandi – “yo‘qotilgan avlod” | 5 daqiqa

Urushdan qaytgan odamlar odatda ikki xil bo‘ladi: biri tirik qolganiga shukr qilib yashaydi, ikkinchisi esa tirik qolgani uchun o‘zini kechirolmaydi. Chunki baʼzi urushlar frontda tugamaydi. Ular odamning ruhiyatiga ko‘chib o‘tadi.

Bugun dunyo yana urushlar, vayron bo‘lgan shaharlar, bir kechada qarib qolayogan bolalar haqida gapirayotgan paytda, Erix Mariya Remarkning “Uch og‘ayni” romani haqida gaplashishni lozim topdik.


👉 https://kun.uz/46675619

Kun.uz rasmiy kanali
13🔥7👍4🤯2😐2
Toshkentda yaxshi yashash uchun qancha pul kerak?

Toshkentda 4 kishilik oilaning bir oy farovon yashashi uchun 23,5 mln so‘m, bir kishi uchun esa qariyb 6,5 mln so‘m mablag‘ kerak bo‘ladi, deya yozadi Numbeo ma’lumotlar bazasi.

O‘zbekiston poytaxtida arzon restoranda ovqatlanish 70 ming so‘mni tashkil etadi. O‘rta darajadagi restoranda bu narx 2 kishi uchun 400 ming so‘mga baholangan.

👉 https://kun.uz/56644985

Kun.uz rasmiy kanali
🤯74👍3813🔥2😁2
Sergeli avtomobil bozorida noqonuniy olibsotarlarga qarshi reyd: 30 kishiga chora ko‘rildi

Sergeli avtomobil bozorida tezkor tadbirlar o‘tkazilib, vositachilik va olibsotarlik faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgan 100 kishi aniqlandi va ulardan 30 nafariga nisbatan ma’muriy qamoq yoki jarima jazosi tayinlandi.

Xalq tilida “saygaklar” deb ataluvchi shaxslar xaridor va sotuvchi o‘rtasida bevosita muloqotning kamayishiga va sun’iy narx oshishiga sababchi bo‘lmoqda, deyiladi poytaxt IIBB xabarida.

👉 https://kun.uz/23976513

Kun.uz rasmiy kanali
👍6117😁8🔥2
Isroil va Rossiya kuchlari mojaro zonalaridagi jinsiy zo‘ravonlik uchun BMTning qora ro‘yxatiga kiritildi

Hisobotda dunyo bo‘ylab mojarolarda jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan yoki unga masʼul 77 ta tashkilot «qora ro‘yxat»ga kiritilgan.

Isroil harbiylari va xavfsizlik kuchlari hibsga olish, so‘roq paytida va harbiy lagerlarda o‘nlab jinsiy jinoyatlar sodir qilgani tasdiqlangan. Rossiya kuchlari tomonidan esa mojaro bilan bog‘liq 310 ta jinsiy zo‘ravonlik holati tasdiqlangan.


Rossiya va Isroil hisobotdagi ayblovlarni rad qildi. Isroil BMT bosh kotibi idorasi bilan aloqalarni uzdi.

👉 https://kun.uz/87248132

Kun.uz rasmiy kanali
🤯3514😭10👏8😐6😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” — maktablardagi intizom haqida suhbat

O‘quv yili yakunida Toshkentdagi maktablardan birida intizomsiz o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchiga jinoiy ish ochildi, lekin yakunda u aybsiz deb topildi. Tarmoqlarda kimdir o‘qituvchini qoraladi, kimdir esa o‘quvchi va uning ota-onasini.

Kun.uz shu maktab direktori va jamoatchilik faollari ishtirokida bu kabi holatlarga olib kelayotgan sabablarni muhokama qildi.

Ekspertlar fikricha:

- o‘qituvchining qo‘lida birorta richag yo‘q;
- ko‘p bolalarga ota-onaning ham so‘zi o‘tmayapti;
- ajrimlar ko‘p, ayrim sinflarda hatto har ikkita o‘quvchidan birining ota-onasi ajrashib ketgani vaziyatni murakkablashtiradi.


📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
23👍21😭7🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Tramp haligacha urushdan maqsadni tushuntirolgani yo’q” - siyosatshunos

Kun.uz bilan suhbatlashgan siyosatshunoslar fikricha, Eron bilan urushning yakuniy maqsadi hali-hanuz noaniq va Tramp buni o’z elektoratiga tushuntirib berolganicha yo’q. Bu qimmat urushni olib borishda amerikalik mansabdorlarning o’zida ham javob yo’q, deydi siyosatshunos Ibrohim Jo’raboyev.

📹 SUHBATNI TO’LIQ TOMOSHA QILING
😁1410👍7
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi

Parijliklar «Real»dan keyin chempionlik unvonini himoya qilgan ikkinchi jamoaga aylanishdi. «Real» bu natijaga 2016/17 va 2017/18 yilgi mavsumlarda erishgandi.

👉 https://kun.uz/14849491

Kun.uz rasmiy kanali
43👏17😭14👍4🤯3😐3
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi

YPX xodimiga pora olmagani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida (12 mln 360 ming so‘m) pul mukofoti topshirildi.

👉 https://kun.uz/34260695

Kun.uz rasmiy kanali
😁143👍9734👏14🔥10🤯2
Ukraina Rossiyani Qrim bilan bog‘lovchi trassaga hujum qilmoqda

Rostov oblastini anneksiya qilingan Qrim bilan bog‘lovchi R-280 «Novorossiya» federal trassasi bo‘ylab harakat ukrain dronlari zarbalari tufayli to‘xtatildi. Bu esa yarimorolda benzin taqchilligini yuzaga keltirdi: yoqilg‘i quyish shoxobchalarida kuniga 20 litrdan ortiq benzin sotib olish mumkin emas. Ko‘plab zapravkalarda umuman yoqilg‘i qolmagan.

👉 https://kun.uz/81672715

Kun.uz rasmiy kanali
👏4517👍11🔥3🤯3😐2😁1
“Armiya himoyasidagi” pedagoglar va kichik biznes uchun soliq islohoti — hafta dayjesti

👨‍🏫 O‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchiga bahsli munosabat: pedagog obro‘si uchun huquqiy meʼyorlarga ko‘z yumildi.

❗️Soliq siyosatida jiddiy burilish: kichik biznes uchun erkinliklar doirasi ancha kengaydi.

🛣 Toshkent–Samarqand pulli yo‘li 2,2 mlrd dollarga baholandi: loyihani Xitoy kompaniyasi amalga oshiradi.

👨‍🔬 Oliy attestatsiya komissiyasining 10 yillik raisi ishdan olindi: ilmiy daraja olish tizimi isloh qilinmoqda.

5 kunlik dam olish bilan o‘tgan haftaning O‘zbekiston hayotiga oid ayrim mavzulari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
15👍7
Ukraina Taganrog portida tanker, ikki samolyot va «Iskander» tizimini yo‘q qildi

Ukraina dronlari 30 mayga o‘tar kechasi Rostov oblastidagi Taganrog shahriga, Krasnodar o‘lkasidagi Armavirga hamda anneksiya qilingan Qrimdagi Feodosiyaga hujum qildi.

👉 https://kun.uz/81651797

Kun.uz rasmiy kanali
👍3910🤯4
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar

YChLdagi g‘alabani nishonlash chog‘ida ko‘chalarda mashinalar yoqib yuborilgan, politsiyachilar bilan to‘qnashuvlar ro‘y bergan va yuzlab fanatlar qo‘lga olingan.

📸 👉 https://kun.uz/22053638

Kun.uz rasmiy kanali
😁30🤯159🔥5
Tramp tibbiy ko‘rikdan o‘tdi: unga ozish tavsiya qilindi

AQSH prezidenti Donald Tramp har yilgi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va uning sog‘lig‘i aʼlo darajada deb baholanmoqda. Shu bilan birga, Oq uy rahbariga jismoniy mashqlarga ko‘proq eʼtibor qaratish va ortiqcha vazndan xalos bo‘lish tavsiya etilgan.

Shifokor uning qo‘lidagi ko‘karishni aspirin qabul qilishi bilan bog‘lagan.

👉 https://kun.uz/15189273

Kun.uz rasmiy kanali
😁54🤯104🔥2
O‘g‘itlar inqirozi, logistika va proteksionizm: oziq-ovqat narxlari nega oshib boryapti?

Neft va gaz bozoridagi beqarorlik nafaqat yonilg‘i narxlari, balki global oziq-ovqat xavfsizligiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatyapti.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi inqiroz tufayli o‘g‘itlar ishlab chiqarish va yetkazib berishdagi uzilishlar qishloq xo‘jaligi xarajatlarini keskin oshirib yubordi.

Bu esa global miqyosda oziq-ovqat narxlarining qimmatlashishi va kelgusi hosil hajmlarining qisqarishi haqidagi xavotirlarni kuchaytiryapti.

👉 https://kun.uz/16708341

Kun.uz rasmiy kanali
13😐3
Ukraina Rossiyaning uchta hududidagi neft obyektlariga hujum qildi

Ukraina dronlari 31-mayga o‘tar kechasi Rossiyaning yana bir necha regionlariga hujum uyushtirdi.

👉 https://kun.uz/23877818

Kun.uz rasmiy kanali
👍2410👏4🤯3
25 ming kishi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi

JTI kompaniyasi dunyoning turli chekkalarida aholi muammolariga yechim topish bo‘yicha bir qancha loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Ular orasida 2019 yilda ishga tushirilgan WASH (Suv, sanitariya va gigiyena) global tashabbusi ham mavjud bo‘lib, u mamlakatdagi bir million kishini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashga qaratilgan.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
18👍17🔥3😭3👏1😁1🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ukrainaning 1 yildagi eng katta inqilobi - urushni Rossiyaga olib kirgani” - siyosatshunos

Kun.uz bilan suhbatlashgan siyosatshunoslar fikricha, Ukraina urushidan Rossiya nihoyatda charchadi. Kiyevga oxirgi hujumlardan maqsad ham muzokaralarga majburlash. Ukrainaning oxirgi 1-1,5 yilda qilgan eng katta inqilobi - urushni Rossiyaga ichkarisiga ko’chirgani, deydi tahlilchi Kamoliddin Rabbimov.

📹SUHBATNI TO’LIQ TOMOSHA QILING
23😁5👍3
Fransiyada ozdiruvchi dori sotib olganlarning xarajatlari qoplab beriladi

2024 yilda o‘tkazilgan milliy epidemiologik tadqiqot natijalariga ko‘ra, Fransiya aholisining taxminan 18 foizi, ya’ni qariyb 10 million kishi semizlikdan aziyat chekmoqda.

👉 https://kun.uz/09325620

Kun.uz rasmiy kanali
😁318👍3