Kun.uz | Rasmiy kanal
73.8K subscribers
81.4K photos
11.7K videos
64.7K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Mundial chiptalari nega rekord darajada qimmatlashib ketdi?

FIFAning yangi biznes modeli muxlislarni ranjityapti. Inflyatsiyani hisobga olgan taqdirda ham, AQSH, Kanada va Meksikada o‘tadigan bu galgi jahon chempionati chiptalari narxi 2022 yil Qatardagi turnirdan ikki baravar, 1994 yil AQSHdagi musobaqaga nisbatan esa qariyb to‘rt baravar qimmatroq.

The Economist’ning yozishicha, o‘zgargan narx siyosati katta tavakkalga asoslangan. Chiptalar hali to‘liq sotilib bo‘lingani yo‘q va mezbon shaharlardagi mehmonxonalar to‘lmagan. Yuqori narxlar savdo pasayishi oqibatida yuzaga kelgan zararni qoplasa ham, FIFAning ko‘proq daromad keltiradigan boshqa manbalariga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

👉 https://kun.uz/89142070

Kun.uz rasmiy kanali
16👍4😁3
“Eron Liviyaning kuni boshiga tushishidan qochyapti” - siyosatshunos

2003 yilda Muammar Qazzofiy G‘arb bilan munosabatlarni yaxshilash va sanksiyalardan qutulish evaziga, Liviyaning yadroviy dasturidan voz kechgan, bor uskunalar va materiallarni AQShga topshirgan edi. Lekin ko‘p o‘tmay, 2011 yildagi ichki inqiroz vaqtida G‘arb koalitsiyasi Qazzofiy rejimini harbiy yo‘l bilan ag‘dardi va mamlakat parokanda bo‘ldi.

Siyosatshunoslarga ko‘ra, hozir Eron shu xatoni takrorlamaslikka intilmoqda.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
32👍11😭6🔥2
Saida Mirziyoyeva: QQS bo‘yicha chegaraning oshirilishi kichik biznes uchun muhim yengillik bo‘ladi

O‘zbekistonda kichik biznes uchun soliq yukini yengillashtirishga qaratilgan muhim o‘zgarishlar tadbirkorlar tomonidan ijobiy qarshi olinmoqda. Bu haqda Saida Mirziyoyeva ma’lum qilib, QQS to‘lashga o‘tish bo‘yicha chegaraning 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mgacha oshirilishi minglab tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladi.

👉 https://kun.uz/01920397

Kun.uz rasmiy kanali
👍11336🔥33😁6
Netanyahu harbiylarga Gʻazodagi nazoratni 70 foizgacha kengaytirishni buyurdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Gʻazoning 100 foizini egallash haqidagi hayqiriqlarga javob berib, buni 70 foizdan boshlashini aytdi.

«Birinchi navbatda, yetmish. Keling, shundan boshlaylik. Biz ularni [Hamasni] har tomondan siqib boryapmiz», dedi u.


Tahlilchilarga ko‘ra, Gʻazoda tajovuzkorroq harakat qilish – qayta saylanish uchun og‘ir kurash olib borayotgan Netanyahuga isroilliklarning diqqatini noxush xabarlardan chalg‘itishga yordam berishi mumkin.

👉 https://kun.uz/15968177

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2813😐6👍2👏1😁1
AQShda 250 dollarlik banknota chiqarilishi mumkin. Unga Tramp tasviri tushiriladi

Amerikada mamlakat tashkil topganining 250 yilligi munosabati bilan amaldagi prezident Donald Tramp tasviri tushirilgan 250 dollarlik yangi banknota chiqarish g‘oyasi muhokama qilinyapti.

Agar bu amalga oshsa, Qo‘shma Shtatlar tarixida so‘nggi 160 yil ichida ilk bor tirik insonning surati milliy valutada paydo bo‘ladi.

Gravirovka va bosma ishlar byurosi yangi kupyura ishlab chiqishni boshlash uchun bir necha yil kerakligi, jarayon murakkab huquqiy ekspertiza va texnik xavfsizlik talablarini o‘z ichiga olishini ta’kidlagan.

👉 https://kun.uz/26520649

Kun.uz rasmiy kanali
😁8415🤯7😐5
Eronliklar uzoq shatdaundan keyin internetga kirishdi. Buni ular qanday qarshi olishdi?

26-may kuni NetBlocks monitoring tashkiloti Eronda internetga kirish tiklanganini qayd etdi. Mamlakat global tarmoqdan 88 kun yoki 2093 soat mobaynida uzilgan holatda qoldi. Bu Erondagi ilk shatdaun bo‘lmadi, ammo, NetBlocks baholariga ko‘ra, bu zamonaviy tarixdagi eng uzoq davom etgan milliy shatdaun bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/88559010

Kun.uz rasmiy kanali
18👍2
Farg‘onada bankir, Jizzaxda hokimlik mansabdori pora bilan ushlandi

DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda Sharof Rashidov tumani hokimligi mansabdor xodimi tadbirkordan 500 dollar talab qilib, pullarni olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Farg‘onada esa bank xizmatlari markazi rahbari 2,5 mlrd so‘m kredit ajratib berish evaziga fuqarodan kreditning 5 foizini talab qilgan. Bankir 10 ming dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

👉 https://kun.uz/75693342

Kun.uz rasmiy kanali
😁1512👍2🔥2
Shavkat Mirziyoyev YOII bilan hamkorlikni rivojlantirishning 5 ustuvor yo‘nalishini sanadi

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish O‘zbekiston «tashqi iqtisodiy siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri» bo‘lib qolmoqda.

Shavkat Mirziyoyev YOII davlatlari bilan to‘siqlarsiz savdoning yagona raqamli makonini shakllantirish hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish zarurati haqida gapirdi.

👉 https://kun.uz/43928971

Kun.uz rasmiy kanali
👍180🔥5641👏16
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kubada ham operatsiya muvaffaqiyatsiz kechsa, AQSH bosh ko’tarolmay qoladi” - siyosatshunos

Kun.uz bilan suhbatlashgan tahlilchilar fikricha, AQSH prezidenti qanchalik tavakkalchi bo’lmasin, Kuba masalasida o’ylabroq harakat qilishi lozim. Eronga hujum Venesueladagi operatsiya ta’siri ortidan bo’lgan bo’lishi mumkin. Lekin, Kubada ham muvaffaqiyatsizlikka uchralsa, AQSH bosh ko’tarolmay qoladi. Tramp administratsiyasidagilarning strategik maqsadi yo’qligi ko’rinib qolmoqda, deydi siyosatshunos Ibrohim Jo’raboyev.

📹 SUHBATNI TO’LIQ TOMOSHA QILING
👏127😁3
Rossiya droni Ruminiyadagi uyga kelib urildi

NATO «ittifoqchilar hududining har bir dyuymini himoya qilish»ga va’da bermoqda. Yevropa Ittifoqi sanksiyalar tayyorlamoqda.

📸 👉 https://kun.uz/41075912

Kun.uz rasmiy kanali
😁41👍86🤯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident farmoni bilan madaniyat va sanʼat vakillariga davlat mukofotlari topshirildi

29 may kuni Senatda bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda madaniyat, sanʼat va adabiyot sohasi vakillariga “Shuhrat” medali, “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari hamda boshqa davlat mukofotlari topshirildi.

Taqdirlanganlar orasida xalq sevgan sanʼatkorlar, shoirlar, bastakorlar, teatr va kino vakillari bor. Farmonga ko‘ra ularning 52 nafari “Shuhrat” medali, 44 nafari “Do‘stlik” ordeni va 24 nafari “Mehnat shuhrati” ordeni hamda boshqa turli mukofotlar bilan taqdirlangan.

👉 https://kun.uz/82211329

Kun.uz rasmiy kanali
👍20441🔥37😁5🤯1
Rossiyada muftiylar hibsga olinmoqda

Ularga poraxo‘rlikdan tortib terrorizmgacha bo‘lgan ayblovlar qo‘yilmoqda. Ekspertlar hisoblashicha, bu Rossiya musulmonlari diniy idorasi raisi Ravil Gaynutdinga qarshi kampaniya hisoblanadi.

👉 https://kun.uz/41535808

Kun.uz rasmiy kanali
🤯9713😐11😭7😁6
AQSH va Eron kelishuvga yaqin. Vositachilar muhokama qilayotgan 5 muhim masala tafsilotlari

Dastlabki memorandum — Eron yadro dasturining kelajagi, Tehron uchun 300 mlrd dollarlik tiklanish jamg‘armasi, AQSH sanksiyalari va muzlatilgan pullar, shuningdek Ho‘rmuz bo‘yicha asosiy muzokaralarga yo‘l ochadi.

Kelishmovchilik nuqtalari saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, Tramp ayrim masalalarda yon berdi. Eronda esa kelishuvni tasdiqlash vakolati kimda ekanligini noaniq qolmoqda.

New York Times Eron va AQSH rasmiylari, shuningdek muzokaralarda qatnashayotgan diplomatlarga tayanib, so‘nggi loyiha tafsilotlarini ochiqladi.

👉 https://kun.uz/04401196

Kun.uz rasmiy kanali
28😁4
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi

Joriy yilning dastlabki 4 oyida Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlariga 537 ming tonna suyultirilgan gaz eksport qildi. Shundan 231 ming tonnasi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 barobarga ko‘p.

👉 https://kun.uz/62424322

Kun.uz rasmiy kanali
😁27🔥148😭7👍3🤯1
Putin Armanistonning Yevroittifoqqa intilishiga munosabat bildirdi

“Agar Armaniston YI standartlariga o‘tishni boshlasa, u bilan barcha iqtisodiy integratsiyani to‘xtatishimiz kerak bo‘ladi”, dedi Rossiya prezidenti. U Armaniston uchun temiryo‘l va energiya tariflari oshirilishi, arman fuqarolari Rossiyada ishlash uchun patent olishiga to‘g‘ri kelishidan ogohlantirdi.

“Ukrainadagi inqiroz bir paytlar Kiyevning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish urinishlari bilan boshlangan edi”, dedi Putin.


Ayni paytda Rossiya bozorida arman mahsulotlariga taqiqlar kuchaymoqda. RF bu qo‘shnisiga bojsiz gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin.

Kecha Tramp 7-iyun kungi saylov oldidan Pashinyanni qo‘llab, “Armanistonni yana buyuk qilamiz” deya post yozdi. Bir necha kun oldin AQSh davlat kotibi Yerevanga kelgan va qator strategik kelishuvlar imzolangan edi.

Kun.uz rasmiy kanali
😁3223🤯9👍3
Ilmiy daraja berishda qator talablar bekor qilinadi

Prezident farmoni bilan, Oliy attestatsiya komissiyasi Fanlar akademiyasi tizimiga o‘tkazildi. Komissiya raisi 5 yil muddatga tayinlanadi va ayni bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq bu lavozimni egallashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ayrim doktorantlarning stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi. 2026 yil 1 sentyabrdan doktoranturaga qabul kvotalarining kamida 60 foizi ustuvor ixtisosliklarga ajratiladi. Ustuvor ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga 1,7 baravar oshirilgan stipendiya to‘lanadi.

2027-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy daraja olish uchun chet tilidan imtihon topshirish talabi faqat mustaqil izlanuvchilarga taalluqli bo‘ladi. Yana ko‘plab byurokratik talablar bekor qilinadi.

Kun.uz rasmiy kanali
29😁25👍11👏2
Kafe va restoranlarda xodimlarni ishga olish tartibi soddalashtiriladi

Prezident farmoniga binoan, umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar uchun ayrim toifadagi xodimlarni mobil ilova orqali muayyan muddatga rasmiylashtirish va ish haqini to‘lash tartibi joriy etilmoqda.

1-iyundan e’tiboran kafe-restoranlarga naqd pulsiz tushumlar miqdoridan qat’i nazar, QQSning 40 foizi qaytarib beriladi.

👉 https://kun.uz/48589964

Kun.uz rasmiy kanali
👍128👏2😁1😐1
Kun.uz | Rasmiy kanal
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov 2025 yildan tadbirkorlar uchun yer va mol-mulk soliqlarini hisoblash usullari o‘zgardi va natijada soliq yuklamasi bir necha barobarga oshib ketdi. “Bu soliqlar…
Katta hajmdagi ko‘chmas mulkni ijaraga berishda soliq yuki kamayadi
 
2027-yil 1-yanvardan boshlab, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga umumiy maydoni 1000 metr kvadratdan ko‘p bo‘lgan mol-mulk ijaraga berilganda, soliq solish maqsadida ijara to‘lovining eng kam stavkalari qo‘llanmaydi.
 
Prezident farmonida belgilangan bu qoida Toshkent shahridan boshqa hududlarga taalluqli; eng kam stavkalar asosida soliq hisoblash amaliyoti poytaxtda saqlanib qoladi.

Avvalroq soliq maslahatchisi Murod Muhammadjonov Kun.uz'ga bergan intervyusida ijara haqlarining minimal miqdorlari tadbirkorlar e’tiroziga sabab bo‘layotgani, ular ayrim holatlarda olmagan daromadi uchun ham soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelayotganini aytgandi.

Kun.uz rasmiy kanali
12👍5😁2
“Oreshnik” zarbalari, Armanistonga talablar va sulhni kechiktirgan Tramp | "Geosiyosat"

Rossiya Ukrainaga yana “Oreshnik” raketasi bilan zarba berdi. Putin Armanistondan iqtisodiy sohada yo Rossiyani, yo G‘arbni tanlashni talab qildi. Tramp esa Eron bo‘yicha 60 kunlik memorandumni darhol ma’qullamadi.

O‘zbekiston YeOII bilan hamkorlikni kengaytirar ekan, iqtisodiy manfaatlarga urg‘u qaratgan holda, tashqi siyosiy muvozanatni saqlashga urinmoqda.

Ortda qolgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥2
Jahon sahnasida

🇺🇸🇮🇷Tramp Eronning boyitilgan urani yo‘q qilinishini aytdi. “Boyitilgan material Qo‘shma Shtatlar tomonidan Eron va AEXA bilan hamkorlikda olib chiqiladi va yo‘q qilinadi”, dedi AQSh prezidenti Truth Social'da yozgan postida.

🇮🇹 Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining 200 mln yevrodan ortiq aktivlarini musodara qildi. Tintuvlar Italiyadan tashqari o‘nga yaqin boshqa davlatlar hududida ham o‘tkazilgan. Naqd pul yashirilgan joylarni topishda dronlar va teplovizorlar qo‘llangan; kriptovalyutalarni kuzatish uchun IT mutaxassislar jalb qilingan.

🇪🇺 Yevropa Ittifoqi Temu'ni 200 mln yevro jarimaga tortdi. Bunga onlayn platformadan sotib qolingan quvvatlash qurilmalarining aksariyati elektr xavfsizligi talablariga javob bermasligi sabab bo‘lgan. Shuningdek, bolalar o‘yinchoqlarining katta qismida kimyoviy moddalar miqdori me’yordan yuqoriligi va ularda bo‘g‘ilish xavfini tug‘diruvchi mayda qismlar aniqlangan.

Kun.uz rasmiy kanali
20👍7🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tirik qolish ham jazo bo‘lgandi – “yo‘qotilgan avlod” | 5 daqiqa

Urushdan qaytgan odamlar odatda ikki xil bo‘ladi: biri tirik qolganiga shukr qilib yashaydi, ikkinchisi esa tirik qolgani uchun o‘zini kechirolmaydi. Chunki baʼzi urushlar frontda tugamaydi. Ular odamning ruhiyatiga ko‘chib o‘tadi.

Bugun dunyo yana urushlar, vayron bo‘lgan shaharlar, bir kechada qarib qolayogan bolalar haqida gapirayotgan paytda, Erix Mariya Remarkning “Uch og‘ayni” romani haqida gaplashishni lozim topdik.


👉 https://kun.uz/46675619

Kun.uz rasmiy kanali
13🔥7👍4🤯2😐2