O‘zbekistonda nazorat-kassa tizimi bo‘yicha yangi o‘zgartishlar tayyorlanmoqda
Hukumat ishlab chiqqan yangi qaror loyihasiga ko‘ra, retsept bilan sotiladigan dori vositalari uchun elektron retsept raqami chekda majburiy ko‘rsatilishi mumkin.
Shuningdek, tezlashtirilgan QQS qoplash tartibi faqat yirik soliq to‘lovchilarga tatbiq etilishi rejalashtirilmoqda.
👉 https://kun.uz/60721379
Kun.uz rasmiy kanali

Loyihada qalbaki raqamli markirovka va kontrafakt mahsulotlar bo‘yicha ayrim jinoiy javobgarlik normalarini bekor qilish ham taklif etilgan.
👉 https://kun.uz/60721379
Kun.uz rasmiy kanali
❤14😁6😐5👏2👍1
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
Bunday kelishuvlar doirasida tomonlar bir-biriga qurol-yarog‘, litsenziyalar, harbiy texnologiyalar beradi va qo‘shma ishlanmalar olib borishi mumkin.
👉 https://kun.uz/14181823
Kun.uz rasmiy kanali
Bunday kelishuvlar doirasida tomonlar bir-biriga qurol-yarog‘, litsenziyalar, harbiy texnologiyalar beradi va qo‘shma ishlanmalar olib borishi mumkin.
Rossiya «Tolibon» bilan hamkorlikdagi cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlamoqda, uni Markaziy Osiyoda xavfsizlik, IShIDga qarshi kurash va mintaqaviy barqarorlik bo‘yicha hamkor sifatida ko‘rmoqda. 2025 yilda Rossiyada ushbu harakatning terrorchilik maqomi to‘xtatilgan edi.
👉 https://kun.uz/14181823
Kun.uz rasmiy kanali
😐29❤14🤯14👍4😁4🔥3
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
Amerikalik harbiylar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida Eronning to‘rtta dronini urib tushirgan. Shundan keyin Bandar-Abbosdagi yerosti boshqaruv punkti nishonga olingan – bu vaqtda u yerdan yana bir dron uchirishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan edi.
Ko‘p o‘tmay Islom inqilobi muhofizlari korpusi Amerika hujumiga javoban Amerikaning mintaqadagi aviabazasiga zarba berganini ma’lum qildi. Korpusdagilar buni AQSH uchun «ogohlantirish» deb atab, agar bu holat takrorlanadigan bo‘lsa, Eronning javobi «yana qat’iyroq bo‘lishi»ni ta’kidlashgan.
👉 https://kun.uz/57044412

👍41❤20🔥3
“UzChasys” zavodidagi 70 foizlik davlat ulushi qariyb 333 mlrd so‘mga sotildi
25 may kungi savdo 184 mlrd 978 mln so‘m boshlang‘ich narx bilan boshlandi. Auksion 16 ta narx taklifidan iborat bo‘ldi va 51 daqiqa davom etdi. Yakunda 332 mlrd 961 mln so‘mlik taklif bilan “Best Pipe and Parts” AJ g‘olib bo‘ldi. Bu boshlang‘ich narxdan 80 foizga yuqori.
👉 https://kun.uz/39190038

Xaridor bitimdan so‘ng kamida 10 yil davomida korxonaning asosiy faoliyat turini saqlab qolishi, shuningdek, ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilish va sotishda “O‘zavtosanoat” bilan kelishishi shart.
👉 https://kun.uz/39190038
Kun.uz rasmiy kanali
❤25😭2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qattiq qo‘riqlanadigan panda, power bank olib kelgan robot: Chin yurtidagi sarguzashtlar
Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Madaniyat vazirligi hamkorligida Chin yurtiga 5 kunlik sayohat uyushtirildi. Dastur doirasida mamlakatning ramzi sanalgan pandalar vodiysi, diqqatga sazovor tarixiy obidalari, zamonaviy shaharlar qiyofasi, kishini hayratga soluvchi g‘aroyib infratuzilmalar bilan tanishildi. Xitoyda bo‘lib qaytgan Kun.uz muxbiri o‘z taassurotlarini videolavhaga jamladi.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

😁5❤4👍2
Frontdagi vaziyat: may Ukraina qurolli kuchlari uchun muvaffaqiyatli kechmoqda
Ukraina dronlari urushni Rossiya ichkarisiga ko‘chirayotgan bir mahalda RF qurolli kuchlarining Donbassdagi yurishi to‘xtab qoldi – hatto asosiy yo‘nalishlarda ham.
👉 https://kun.uz/68696531

👍32❤12🔥7🤯2
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi — O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
2026 yilning 4 oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 26,3 mlrd dollarni tashkil qildi. Bunda Xitoyning ulushi 23,6 foizga yetdi. Xususan, ushbu mamlakat bilan savdo hajmi 2 mlrd dollarga yoki 49 foizga ko‘paydi. Aprel oyiga kelib oltin sotuvi boshlandi, o‘tgan oyda 1,5 mlrd dollarlik qimmatbaho metall eksport qilingan.
Donli ekinlar (524 mln dollarlik, o‘sish —72,3 foiz), go‘sht va go‘sht mahsulotlari (320 mln dollarlik, o‘sish — 62,7 foiz ) hamda shakar va shakar mahsulotlari (236 mln dollarlik, o‘sish — 49,6 foiz) importi ham keskin oshdi.
👉 https://kun.uz/79717045

❤15🤯12😐2
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi
O‘zbekiston prezidenti 29-may kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi tadbirlarida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.
Sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Amaliy sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.

👍123🔥109❤34👏20😐7🤯1
✍️ Prezident madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirladi
▪️G‘iyos Boytoyev, Rustam G‘oyipov, Matyoqub Matchonov, Uchqun Tillayev, Raʼno Yarasheva «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan
▪️Sharifa Salimova «O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri» unvoni bilan
▪️Otabek Mamazoitov, Xurshid Rasulov, Munisa Rizayeva «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni bilan
▪️Erkin Komilov, Yodgor Saʼdiyev «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan
▪️Erkin Aʼzamov, Zulfiqor Musoqov «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi.
👉 https://kun.uz/44078401

👍177🔥72❤56😁11🤯7👏2
Bir guruh marhum ijodkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
✍️ Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
▪️Shuhrat Abbosov, G‘ani Aʼzamov, Odil Yoqubov, Zaynab Sadriyeva, Hamza Umarov, Obid Yunusov «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan,
▪️O‘tkir Hoshimov «El-yurt hurmati» ordeni bilan,
▪️O‘lmas Alixo‘jayev, Maryam Yoqubova, Dias Rahmatov, Yulduz Rizayeva, To‘lqin Tojiyev «Mehnat shuhrati» ordeni bilan,
▪️Davron G‘oipov, Eduard Rtveladze “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
👉 https://kun.uz/91490475

👍131🔥54❤53👏20😐2
AQSh va Eron 60 kunlik sulhni kelishdi, biroq Tramp hali uni ma’qullamadi
AQSh va Eron muzokarachilari qurolli mojaroni tugatish va yadro muammosi bo‘yicha muzokaralarni boshlash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi loyihasini tayyorlashni yakunladi, biroq prezident Donald Tramp hujjatni hali ma’qullamadi, deb xabar berdi Axios.
👉 https://kun.uz/19847862

😁17❤8😭2
2027 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin
Jahon meteorologiya tashkiloti prognozlariga ko‘ra, 2026–2030 yillar oralig‘ida Yerdagi o‘rtacha harorat tarixiy rekord darajalarga yetishi mumkin. Mutaxassislar 2027 yilni kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi ehtimoli yuqori deb baholamoqda.
👉 https://kun.uz/41887477

😭32🤯14❤10😁3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jeff Bezosning Oyga uchadigan raketasi sinov parvozi oldidan portlab ketdi
Blue Origin kompaniyasining milliardlab dollarga baholangan «New Glenn» raketasi Floridadagi uchirish maydonchasida sinov parvozi oldidan portlab ketdi.
Kompaniya qo‘nish modulini Oyga yetkazish uchun SpaceX bilan raqobatlashmoqda. Ushbu muvaffaqiyatsizlik – NASAʼning Oy dasturi rejalariga ham ta’sir qiladi.
👉 https://kun.uz/74683540

😁38🤯26❤13👍5😭3😐1
Mundial chiptalari nega rekord darajada qimmatlashib ketdi?
FIFAning yangi biznes modeli muxlislarni ranjityapti. Inflyatsiyani hisobga olgan taqdirda ham, AQSH, Kanada va Meksikada o‘tadigan bu galgi jahon chempionati chiptalari narxi 2022 yil Qatardagi turnirdan ikki baravar, 1994 yil AQSHdagi musobaqaga nisbatan esa qariyb to‘rt baravar qimmatroq.
The Economist’ning yozishicha, o‘zgargan narx siyosati katta tavakkalga asoslangan. Chiptalar hali to‘liq sotilib bo‘lingani yo‘q va mezbon shaharlardagi mehmonxonalar to‘lmagan. Yuqori narxlar savdo pasayishi oqibatida yuzaga kelgan zararni qoplasa ham, FIFAning ko‘proq daromad keltiradigan boshqa manbalariga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
👉 https://kun.uz/89142070

❤13👍4😁3
“Eron Liviyaning kuni boshiga tushishidan qochyapti” - siyosatshunos
2003 yilda Muammar Qazzofiy G‘arb bilan munosabatlarni yaxshilash va sanksiyalardan qutulish evaziga, Liviyaning yadroviy dasturidan voz kechgan, bor uskunalar va materiallarni AQShga topshirgan edi. Lekin ko‘p o‘tmay, 2011 yildagi ichki inqiroz vaqtida G‘arb koalitsiyasi Qazzofiy rejimini harbiy yo‘l bilan ag‘dardi va mamlakat parokanda bo‘ldi.
Siyosatshunoslarga ko‘ra, hozir Eron shu xatoni takrorlamaslikka intilmoqda.

❤29👍9😭5🔥2
Saida Mirziyoyeva: QQS bo‘yicha chegaraning oshirilishi kichik biznes uchun muhim yengillik bo‘ladi
O‘zbekistonda kichik biznes uchun soliq yukini yengillashtirishga qaratilgan muhim o‘zgarishlar tadbirkorlar tomonidan ijobiy qarshi olinmoqda. Bu haqda Saida Mirziyoyeva ma’lum qilib, QQS to‘lashga o‘tish bo‘yicha chegaraning 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mgacha oshirilishi minglab tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladi.
👉 https://kun.uz/01920397

👍112❤33🔥33😁6
Netanyahu harbiylarga Gʻazodagi nazoratni 70 foizgacha kengaytirishni buyurdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Gʻazoning 100 foizini egallash haqidagi hayqiriqlarga javob berib, buni 70 foizdan boshlashini aytdi.
Tahlilchilarga ko‘ra, Gʻazoda tajovuzkorroq harakat qilish – qayta saylanish uchun og‘ir kurash olib borayotgan Netanyahuga isroilliklarning diqqatini noxush xabarlardan chalg‘itishga yordam berishi mumkin.
👉 https://kun.uz/15968177
Kun.uz rasmiy kanali
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Gʻazoning 100 foizini egallash haqidagi hayqiriqlarga javob berib, buni 70 foizdan boshlashini aytdi.
«Birinchi navbatda, yetmish. Keling, shundan boshlaylik. Biz ularni [Hamasni] har tomondan siqib boryapmiz», dedi u.
Tahlilchilarga ko‘ra, Gʻazoda tajovuzkorroq harakat qilish – qayta saylanish uchun og‘ir kurash olib borayotgan Netanyahuga isroilliklarning diqqatini noxush xabarlardan chalg‘itishga yordam berishi mumkin.
👉 https://kun.uz/15968177
Kun.uz rasmiy kanali
🤯26❤12😐6👍2👏1😁1
AQShda 250 dollarlik banknota chiqarilishi mumkin. Unga Tramp tasviri tushiriladi
Amerikada mamlakat tashkil topganining 250 yilligi munosabati bilan amaldagi prezident Donald Tramp tasviri tushirilgan 250 dollarlik yangi banknota chiqarish g‘oyasi muhokama qilinyapti.
Agar bu amalga oshsa, Qo‘shma Shtatlar tarixida so‘nggi 160 yil ichida ilk bor tirik insonning surati milliy valutada paydo bo‘ladi.
Gravirovka va bosma ishlar byurosi yangi kupyura ishlab chiqishni boshlash uchun bir necha yil kerakligi, jarayon murakkab huquqiy ekspertiza va texnik xavfsizlik talablarini o‘z ichiga olishini ta’kidlagan.
👉 https://kun.uz/26520649

😁80❤14🤯7😐5
Eronliklar uzoq shatdaundan keyin internetga kirishdi. Buni ular qanday qarshi olishdi?
26-may kuni NetBlocks monitoring tashkiloti Eronda internetga kirish tiklanganini qayd etdi. Mamlakat global tarmoqdan 88 kun yoki 2093 soat mobaynida uzilgan holatda qoldi. Bu Erondagi ilk shatdaun bo‘lmadi, ammo, NetBlocks baholariga ko‘ra, bu zamonaviy tarixdagi eng uzoq davom etgan milliy shatdaun bo‘ldi.
👉 https://kun.uz/88559010

❤15👍2
Farg‘onada bankir, Jizzaxda hokimlik mansabdori pora bilan ushlandi
DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda Sharof Rashidov tumani hokimligi mansabdor xodimi tadbirkordan 500 dollar talab qilib, pullarni olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Farg‘onada esa bank xizmatlari markazi rahbari 2,5 mlrd so‘m kredit ajratib berish evaziga fuqarodan kreditning 5 foizini talab qilgan. Bankir 10 ming dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
👉 https://kun.uz/75693342

😁14❤11👍2🔥2
Shavkat Mirziyoyev YOII bilan hamkorlikni rivojlantirishning 5 ustuvor yo‘nalishini sanadi
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish O‘zbekiston «tashqi iqtisodiy siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri» bo‘lib qolmoqda.
Shavkat Mirziyoyev YOII davlatlari bilan to‘siqlarsiz savdoning yagona raqamli makonini shakllantirish hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish zarurati haqida gapirdi.
👉 https://kun.uz/43928971

👍180🔥56❤41👏16