Kun.uz | Rasmiy kanal
73.9K subscribers
81.4K photos
11.7K videos
64.7K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitobxon yoshlar uchun 50 ming dollar va meʼyordan issiq iyun — mahalliy dayjest

▪️Maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi milliy kitobxonlik harakati tanlovida 50 ming AQSH dollarigacha bo‘lgan pul mukofotlari joriy etildi.

▪️Iyunda harorat meʼyordan biroz yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

▪️Sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanish choralari belgilandi.

▪️Toshkentda soliq xodimlari pora bilan qo‘lga tushdi.

🗓 Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/00270638

Kun.uz rasmiy kanali
12
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi

Turkiyalik tadbirkor Said Ali Bayrak otasidan meros qolgan boylikni qaytarib olish uchun qariyb 21 yildan beri kurash olib boryapti. Gap Shveytsariya bankida saqlanayotgani aytilayotgan 6 tonna oltin haqida ketyapti. Qiymati 2 milliard dollarga baholanayotgan ushbu xazina atrofidagi mojaro xalqaro moliya olamida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Shveytsariya banki “da’vo muddati o‘tgani” va “manbani isbotlash” kabi omillarni ro‘kach qilayotgan bo‘lsa-da, Bayrak oilasi Turkiyadagi “Boylikni qaytarish” qonuniga tayangan holda o‘z haqini talab qilishda davom etyapti.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
🔥2014👍1
Kiyevga “Oreshnik” bilan hujum: navbat Zelenskiy ofisigami?

Yakshanbaga o‘tar kechasi Rossiya urush boshidan buyon Ukraina poytaxti Kiyevga eng vayronkor hujumlardan birini amalga oshirdi. Ukraina poytaxti “Oreshnik”, “Kinjal”, “Iskander”, “Sirkon” degan vahimali raketalar bilan nishonga olindi. Yadroviy qurollar ishlatilmadi xolos.

Rossiya TIV endi «qaror qabul qilinadigan markazlarga zarba berilishini» anons qilib, Zelenskiy ofisi ham nishonga olinishi mumkinligiga ishora berdi.

Rossiya tomoni Kiyevga yoppa hujumni «ukrainlarning kollejga qilgan hujumi uchun javob» deb atamoqda, lekin bu aslida Moskvaga qilingan keng ko‘lamli dron hujumi uchun revansh bo‘lganini tushunish qiyin emas.

Putin uchun urush Moskvagacha yetib bormasligi juda muhim, ukrainlar ana shu «qizil chiziq»ni bosgani uning jahlini chiqardi.

Ukraina shaharlarini bunday vajohat bilan bombalayotgani aslida Rossiyaning frontda ishlari yurishmayotganini bildiradi.

📹 BATAFSIL YOUTUBE‘DA KO‘RING
22🔥7🤯7
Kun.uz tahririyati barcha hamyurtlarimizni ulug‘ ayyom — Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklaydi!

Yurtimizga tinchlik va xotirjamlik, xonadonlarga fayzu baraka yor bo‘lsin.

Har bir insonning qilgan mehnatiga, kasbiga baraka kirsin, barcha ezgu niyatlari ushalsin.

Mehr-oqibat, bag‘rikenglik va saxovat kabi ulug‘ fazilatlar qalblarimizda yanada mustahkamlansin.

Jamiyatimizda o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish kabi ulug‘ fazilatlar bosh mezonga aylansin.

Muborak ayyom barchamizga qutlug‘ bo‘lsin!


Kun.uz rasmiy kanali
38👍18🔥7👏5
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi

2026 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasi tariflari oshiriladi. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda, aholi uchun ikki oy mobaynida, tadbirkorlar uchun esa bir oy davomida eski tariflar amalda bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/04501062

Kun.uz rasmiy kanali
😁40😭169👍2🔥1😐1
Qurilishda ekotalablar, “Ichan qal’a”da elektrokar taqiqi va ustamasi oshadigan soliqchilar: 1 iyundan nimalar o‘zgaradi?

▪️Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan yoshlarni zamonaviy raqamli kasblarga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
▪️Elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari tasdiqlandi.
▪️“Toza havo” umummilliy loyihasi doirasida qurilish ob’yektlarida ekologik talablar kuchaytiriladi.
▪️Soliqchilarga to‘lanadigan ustamalar oshiriladi.

Kun.uz an’anaga muvofiq, 2026 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida kuchga kiradigan ayrim normalarni eslatib o‘tadi.

Kun.uz rasmiy kanali
13😐2
AQSH kelishmoqchi, Eron o‘ylanyapti, Isroil asabiylashmoqda

Tramp Eronga qanchalik katta tahdidlar qilmasin, oxirgi ikki oyda real va katta urush qilgani yo‘q. U Venesuela prezidentini o‘g‘irlab ketganidan ruhlanib, Isroil bosh vazirining gapiga kirib, Eronga qarshi yashin tezligida o‘tishi kerak bo‘lgan samarali operatsiyani reja qilgandi. Tehrondagi elitani o‘ldirgach, tizim qulashiga ishongan edi. Lekin o‘xshamadi.

Xo‘sh, urushning uchinchi oyi oxiriga kelib, vaziyat qanaqa? Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz'dagi kolonkasida shu haqda so‘z yuritadi.

📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
😁1410
O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi

O‘zbekistonda sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanish, suv ta’minotini yaxshilash va qo‘shimcha yer maydonlarini o‘zlashtirish maqsadida 2027 yildan boshlab 5 ta sel-suv ombori quriladi.

Qarorga muvofiq, Samarqand, Toshkent va Jizzax viloyatlarida yangi sel-suv omborlari barpo etiladi. Loyihalar orqali Samarqand viloyatida 7 ming gektar, Toshkent viloyatida 2 ming gektar va Jizzax viloyatida 300 gektar yerning suv ta’minotini yaxshilash rejalashtirilgan. Shuningdek, qo‘shimcha yangi yer maydonlari ham o‘zlashtiriladi.

👉 https://kun.uz/13743437

Kun.uz rasmiy kanali
👍7412😁12😐2
Yarim yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston oltin eksportini qayta tikladi

2025 yil sentabr oyidan keyin eksportni amalda to‘xtatgan O‘zbekiston 2026 yilning dastlabki 4 oyida 1,5 milliard dollarlik oltin eksport qildi.

Yiliga 130 tonnaga yaqin oltin qazib oladigan O‘zbekiston 2025 yil sentabr oyidan keyin eksportni amalda to‘xtatgan, Markaziy bank esa qimmatbaho metallning dunyodagi eng yirik xaridorlaridan biriga aylangan edi.

👉 https://kun.uz/kr/78478801

Kun.uz rasmiy kanali
20😐9😭3👍2🤯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryodagi quvvatlash stansiyasida elektromobil yonib ketdi
 
Holat Denov tumanida sodir bo‘lgan. Avvaliga mashinaning pastki qismi tutab, yong‘in chiqqan. Atrofdagilar uni o‘chirishga harakat qilishgan, ammo uddalay olishmagan.
 
Olov sanoqli soniyalarda mashinani to‘liq qamrab olgan. Qutqaruv bo‘linmasidan 2 ta ekipaj yetib borib, yong‘inni o‘chirgan.

👉 https://kun.uz/67206742

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2713😭6😁5👍3
Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi

Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyatida oltinchi marta, qatorasiga to‘rtinchi marta yilning eng ko‘p daromad oluvchi sportchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. 

41 yoshli portugaliyalikning so‘nggi 12 oydagi daromadi 300 million dollarga baholangan.

Kuchli uchlikdan meksikalik bokschi Kanelo Alvares hamda argentinalik futbolchi Lionel Messi ham joy olgan.


👉 https://kun.uz/30019132

Kun.uz rasmiy kanali
🔥2720👍5🤯5😁3😐1
Trampning «Tinchlik Kengashi» to‘rt oy ichida birorta rasmiy badal olmadi

2026 yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishda Tramp 17 milliard dollarlik badal to‘plangani haqida e’lon qilgan edi. Aslida vaziyat umuman boshqacha ekani ta’kidlanmoqda.

Shov-shuvli e’lonlarga qaramay, G‘azoni tiklash loyihalari to‘sib qo‘yilgan. Birorta shartnoma imzolanmagan, «birorta g‘isht terilmagan».

«Tinchlik Kengashi»da doimiy a’zo maqomini olish uchun 1 milliard dollar miqdorida badal talab etiladi. Aks holda, uzaytirish imkoniyati bilan uch yillik muddat.
G‘azoni tiklashning umumiy bahosi 70 milliard dollarga baholanmoqda. Biroq, haqiqiy moliyalashtirish yo‘qligi sababli, ulkan rejani amalga oshirish so‘roq ostida qolmoqda.


👉 https://kun.uz/65122567

Kun.uz rasmiy kanali
😁2617🤯3😐3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSH Eronni ko‘ndira oladimi?

Eronga qarshi urushning uchinchi oyi tugarkan, to‘qnashuv AQSH uchun oson g‘alaba umididan strategik muvaffaqiyatsizlikka aylangani tobora oydinlashib bormoqda. Tramp maʼmuriyati vaziyatdan chiqish yo‘lini topa oladimi?

Ukraina masalasida esa Yevropa urushni tugatish uchun Rossiya bilan muloqotni o‘z qo‘liga olmoqchi. Moskvaning bunga reaksiyasi – katta savol ostida.

Ikki urushdagi so‘nggi voqeliklar muhokamasi – Kun.uz ning navbatdagi muhokamasida.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
16👏5
1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valyutalar qiymati nega har xil?

Arifmetik ko‘z bilan qaralsa, dollar so‘mga nisbatan 12 ming barobarga qadrlidek ko‘rinadi. Aslida-chi?

▪️Pul qiymati nimadan kelib chiqib belgilanadi?

▪️Nima uchun valyuta kursi ko‘tariladi yoki pasayadi?

▪️Nega valyutalar turlicha qiymatga ega?

▪️Butun dunyo yagona valyutaga o‘tsa, nima bo‘ladi?

Kun.uz “Sodda iqtisodiyot” ruknida shu kabi savollarga oddiy tilda javob beradi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
28👍11👏1
Jahon oziq-ovqat bozorini qaysi davlatlar nazorat qilmoqda?

🌍 Jahon oziq-ovqat bozorining asosiy qismi oz sonli davlatlar qo‘lida jamlangan. AQSH, Braziliya, Kanada va Meksika global agrar eksportning qariyb 30 foizini taʼminlamoqda.

📊 Tahlillarga ko‘ra, dunyodagi eng yirik 10 ta eksportchi mamlakat jahon oziq-ovqat savdosining deyarli yarmini nazorat qiladi. Bu esa ularga narxlar va taʼminot zanjirlariga kuchli taʼsir o‘tkazish imkonini bermoqda.


 👉https://kun.uz/38444172

Kun.uz rasmiy kanali
14😭5🤯2
O‘zbekistonda yana bir yirik avtomobil brendi ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda

🇩🇪Germaniyaning Volkswagen avtokonserni joriy yil oxirigacha O‘zbekistonda avtomobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Loyiha “O‘zavtosanoat” bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, loyihaning dastlabki bosqichida Toshkent shahrida avtomobillarni yirik bo‘g‘inli yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Keyinchalik ishlab chiqarishni “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida yuqori darajada mahalliylashtirish ko‘zda tutilmoqda.


👉 https://kun.uz/53062484

Kun.uz rasmiy kanali
👏5615😁7🔥5👍4😐1
Tramp Eron bilan muzokaralardan norozi va zarbalar qayta boshlanishiga ishora qildi

Oq uy rahbari so‘zlariga ko‘ra, Tehron hozir bevosita mojaroni hal qilishga tayyor, biroq Vashingtonga Eron hukumati intilayotgan shartlar yoqmaydi.

👉 https://kun.uz/55711650

Kun.uz rasmiy kanali
😁226
O‘zbekistonda nazorat-kassa tizimi bo‘yicha yangi o‘zgartishlar tayyorlanmoqda

Hukumat ishlab chiqqan yangi qaror loyihasiga ko‘ra, retsept bilan sotiladigan dori vositalari uchun elektron retsept raqami chekda majburiy ko‘rsatilishi mumkin.

Shuningdek, tezlashtirilgan QQS qoplash tartibi faqat yirik soliq to‘lovchilarga tatbiq etilishi rejalashtirilmoqda.

Loyihada qalbaki raqamli markirovka va kontrafakt mahsulotlar bo‘yicha ayrim jinoiy javobgarlik normalarini bekor qilish ham taklif etilgan.


👉 https://kun.uz/60721379

Kun.uz rasmiy kanali
14😁6😐5👏2👍1
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi

Bunday kelishuvlar doirasida tomonlar bir-biriga qurol-yarog‘, litsenziyalar, harbiy texnologiyalar beradi va qo‘shma ishlanmalar olib borishi mumkin.

Rossiya «Tolibon» bilan hamkorlikdagi cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlamoqda, uni Markaziy Osiyoda xavfsizlik, IShIDga qarshi kurash va mintaqaviy barqarorlik bo‘yicha hamkor sifatida ko‘rmoqda. 2025 yilda Rossiyada ushbu harakatning terrorchilik maqomi to‘xtatilgan edi.


👉 https://kun.uz/14181823

Kun.uz rasmiy kanali
😐2914🤯13👍4😁4🔥3
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi

Amerikalik harbiylar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida Eronning to‘rtta dronini urib tushirgan. Shundan keyin Bandar-Abbosdagi yerosti boshqaruv punkti nishonga olingan – bu vaqtda u yerdan yana bir dron uchirishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan edi.

Ko‘p o‘tmay Islom inqilobi muhofizlari korpusi Amerika hujumiga javoban Amerikaning mintaqadagi aviabazasiga zarba berganini ma’lum qildi. Korpusdagilar buni AQSH uchun «ogohlantirish» deb atab, agar bu holat takrorlanadigan bo‘lsa, Eronning javobi «yana qat’iyroq bo‘lishi»ni ta’kidlashgan.

👉 https://kun.uz/57044412

Kun.uz rasmiy kanali
👍4120🔥3
“UzChasys” zavodidagi 70 foizlik davlat ulushi qariyb 333 mlrd so‘mga sotildi

25 may kungi savdo 184 mlrd 978 mln so‘m boshlang‘ich narx bilan boshlandi. Auksion 16 ta narx taklifidan iborat bo‘ldi va 51 daqiqa davom etdi. Yakunda 332 mlrd 961 mln so‘mlik taklif bilan “Best Pipe and Parts” AJ g‘olib bo‘ldi. Bu boshlang‘ich narxdan 80 foizga yuqori.

Xaridor bitimdan so‘ng kamida 10 yil davomida korxonaning asosiy faoliyat turini saqlab qolishi, shuningdek, ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilish va sotishda “O‘zavtosanoat” bilan kelishishi shart.


👉 https://kun.uz/39190038

Kun.uz rasmiy kanali
25😭2