Kun.uz | Rasmiy kanal
74K subscribers
81.4K photos
11.7K videos
64.7K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Oliy attestatsiya komissiyasini 10 yildan ko‘proq boshqargan Ahmadbek Yusupov lavozimidan ozod etildi

Bu iste’fo ilmiy ishlarda plagiat ko‘payib ketgani, O‘zbekiston nufuzsiz “ilmiy” jurnallardagi maqolalar soni bo‘yicha yetakchiga aylanib qolgani yuzasidan Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupovning OAK faoliyatini tanqid qilishi ortidan ro‘y bermoqda.

Kecha Shavkat Ayupov va oliy ta’lim vaziri davlat rahbariga o‘z takliflarini taqdimot qilgan, unda OAKni O‘zFA tizimiga o‘tkazish masalasi ham ilgari surilgandi.

Komissiya faoliyatini tubdan takomillashtirib, ilmiy kengashlar mas’uliyani oshirish va ilmiy daraja berish jarayonlarini raqamlashtirish ko‘zda tutilmoqda.

👉 https://kun.uz/49631347

Kun.uz rasmiy kanali
👏3313👍6🔥1
AQSH «mudofaa harakatlari» doirasida Eronga zarbalar berdi

AQSH kuchlari Eron janubida minalar o‘rnatishga urinayotgan qayiqlar va raketa uchirish maydonchalarini o‘z ichiga olgan nishonlarga zarba berdi va «mudofaa harakatlari» deb atadi.

Eron esa yangi havo mudofaasi tizimi yordamida dushmanlarning ko‘rinmas droni (stealth drone) urib tushirilganini bildirdi, biroq uning qayerdan uchib kelgani ochiqlanmagan.

Binyamin Netanyahu esa Isroil Livan janubida «Hizbulloh»ga qarshi zarbalarni kuchaytirishini aytdi.

👉 https://kun.uz/74558856

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2516
O‘zbekiston milliy jamoasi ilk mundialda qatnashish uchun AQShga jo‘nab ketdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi 26-may tongida Toshkent – Nyu York reysi bilan o‘z tarixidagi ilk jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQShga uchib ketdi.

Uzbekistan Airways jamoa uchun Boeing 787 Dreamliner samolyotini “Olg‘a O‘zbekiston”, “ko‘k bo‘rilar” kabi yozuvlar tushirilgan maxsus livreya bilan jihozladi.

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro chempionatga 30 nafar futbolchini olib ketmoqda, yakuniy ro‘yxatga ulardan 26 nafari kiritiladi.

👉 https://kun.uz/50575370

Kun.uz rasmiy kanali
34👍24🔥11😁3😐1
Eronni ko‘ndirolmayotgan AQSH va Rossiya bilan muzokaraga tayyorlanayotgan Yevropa

Eronga qarshi urushning uchinchi oyi tugarkan, to‘qnashuv AQSH uchun oson g‘alaba umididan strategik muvaffaqiyatsizlikka aylangani tobora oydinlashib bormoqda. Tramp maʼmuriyati vaziyatdan chiqish yo‘lini topa oladimi?

Ukraina masalasida esa Yevropa urushni tugatish uchun Rossiya bilan muloqotni o‘z qo‘liga olmoqchi. Moskvaning bunga reaksiyasi – katta savol ostida.

Ikki urushdagi so‘nggi voqeliklar muhokamasi – Kun.uz studiyasidagi jonli efirda.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17😁3👍1
Hayit kuni qisqa muddat yomg‘ir yog‘ib o‘tishi mumkin
 

O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, ertaga – 27 may kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli ham bor.
 
26-may, 31-may va 1-iyun kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin.

Kun.uz rasmiy kanali
10👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga oid jinoyat ishi tugatildi

Toshkent shahrida o‘quvchiga nisbatan kuch ishlatgani uchun jinoyat ishi ochilgan maktab o‘qituvchisiga oid tergov harakatlari tugatildi. Ichki ishlar vazirligi holat yuzasidan yaqin kunlarda qo‘shimcha rasmiy axborot berilishini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/45765525

Kun.uz rasmiy kanali
👍10610👏8😐7🔥6
Kimlar qurbonlik qiladi? Uning hukm va odoblari

2026 yil muborak Qurbon hayitining ilk kuni 27 may sanasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu ulug‘ ayyom musulmonlar qurbonlik qilishi bilan ham ajralib turadi.

Kun.uz O‘zbekiston musulmonlari idorasi maʼlumotlariga tayanib, qurbonlik, uning hukm va odoblariga doir maʼlumotlarni jamladi.

👉 https://kun.uz/53705385

Kun.uz rasmiy kanali
👍2010🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Makkadagi xavfsizlik choralari va migrantlar uchun bojlarni oshirayotgan Rossiya – kun dayjesti

• Rossiya Kiyevdagi «qaror qabul qilish markazlari» va «qo‘mondonlik punktlari»ga yangi zarbalar bermoqchi. Shu bois chet el fuqarolari hamda diplomatlarni shaharni tark etishga chaqirdi;

• AQSH kuchlari Eron janubida minalar o‘rnatishga urinayotgan qayiqlar va raketa uchirish maydonlariga zarbalar berdi;

• Ebola virusi bilan kasallanish holatlari Kongoda qariyb 1000 nafarga, Ugandada esa 7 kishiga yetdi;

• Saudiyada 1,5 milliondan ortiq ziyoratchilar Haj amallarini boshladi. Qirollik mudofaa vazirligi Makka shahri chekkasida joylashgan havo hujumidan mudofaa tizimlarini namoyish qildi;

• Rossiya migrantlar uchun fuqarolik olish va yashash guvohnomasini beruvchi xizmatlar to‘lovlarini bir necha baravargacha oshirmoqchi.

👉 https://kun.uz/25169019

Kun.uz rasmiy kanali
16🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston bo‘ylab minglab bemor bolalarni davolash jarayonlari boshlandi

Qurbon hayiti munosabati bilan 10 ming nafar bolada jarrohlik amaliyoti o‘tkazish bo‘yicha prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosi boshlandi.

Qarorda onkogematologik tashxis qo‘yilgan qariyb 2300 kishida ham jarrohlik amaliyotlari o‘tkazish, yana 350 kishida buyrak va jigar transplantatsiyasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

SSV xabariga ko‘ra, tegishli vaucherlar topshirilgan bemorlar bosqichma-bosqich tibbiyot muassasalariga joylashtirilmoqda.

👉 https://kun.uz/75905443

Kun.uz rasmiy kanali
👍92🔥3625👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi

O‘qituvchi aybsiz, o‘quvchilar esa uni shu darajaga olib borgan deb topildi. Maktab jamoasiga ko‘ra, janjal chiqargan bolalarning xulqi avvaldan yaxshi bo‘lmagan.

Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Jo‘rayev O‘zbekistondagi barcha pedagoglarga murojaat qildi:

“Sizlar muhtaram prezidentimiz, administratsiya rahbariyati himoyasidasizlar. Butun O‘zbekistonning o‘qituvchilari, ota-onalar, o‘quvchilar bilishi kerak bu narsani! Sizlarning orqalaringizda armiya bor, pogonlilar bor, generallar bor!


👉 https://kun.uz/51614957

Kun.uz rasmiy kanali
👍21832👏31🔥8
Kichik biznes uchun QQSga o‘tish chegarasi oshiriladi

2026-yil 1-iyundan boshlab kichik biznes uchun umumiy soliq rejimiga o‘tishdagi chegaraviy miqdor 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga oshiriladi. Bu haqdagi takliflar prezident huzurida taqdimot qilindi.

Umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari uchun QQS to‘lashning soddalashtirilgan tartibi ham joriy etiladi. Unga ko‘ra, tadbirkorlar ixtiyoriy ravishda 6 foiz stavkada QQS to‘lab, foyda solig‘idan ozod etilishi yoki amaldagi umumiy tartibda ishlashni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/12067941

Kun.uz rasmiy kanali
👍126🔥9530👏13😁2
Ishonchli tadbirkorlarga QQS avtomatik qaytarib beriladi
 
Davlat rahbari huzuridagi yig‘ilishdan boshqa yangiliklar:

past xavf darajasiga ega tadbirkorlar uchun QQSning salbiy farqi avtomatik qaytarib beriladi;

QQS to‘lovchisi guvohnomasini vaqtincha to‘xtatib turish tartibi bekor qilinadi;

import bo‘yicha majburiy QQSga o‘tish amaliyoti qayta ko‘rib chiqiladi va bank hisobraqamlarini ochish jarayoni avtomatlashtiriladi;

soliq xavfi 500 mln so‘mgacha bo‘lganda soliq auditi, 100 mln so‘mgacha bo‘lganda sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi.
 
Umumiy ovqatlanish korxonalari va mehmonxonalarda:

QQSning bir qismini qaytarishda naqd pulsiz tushum ulushiga doir talab bekor qilinadi;

alkogol va tamakini naqd pulda sotishga ruxsat beriladi;

ayrim xodimlarni soddalashtirilgan tarzda rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.

Kun.uz rasmiy kanali
👍10749🔥42👏16
Iyunda qanday ob-havo kutilmoqda?

El-Nino hodisasi tufayli bu yil yozda harorat me’yordan biroz yuqori bo‘lishi va ayrim joylarda +47 darajagacha chiqishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/64396039

Kun.uz rasmiy kanali
🤯247👏3🔥2😭1
Aholi va biznesning inflatsiya kutilmalari pasaydi: asosiy xavotir - kommunal xizmatlar, yonilg‘i va energiya narxlari

Tadbirkorlarning ham, aholining ham kommunal xizmatlarning qimmatlashishi, shuningdek, yoqilg‘i va energiya narxlarining oshishidan xavotirlari ko‘paygan. Hududlar kesimida aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (11,7 foiz) hamda Qashqadaryo (11,4 foiz) va Surxondaryo viloyatlarida (11,4 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasi (9,6 foiz) va Samarqand viloyatida (9,8 foiz) qayd etilgan.

👉 https://kun.uz/32409703

Kun.uz rasmiy kanali
7👍4😭1
Kun.uz | Rasmiy kanal
Buxoro shahar IIB sobiq tergovchisi qidiruvga berildi: Kalavaning uchi qayerda?     Tergovchi Buxoro shahrida ko‘p qavatli turar joymajmuasi qurib sotuvchi qurilish firmasiga nisbatan olib borilgan tergovda dalillarni soxtalashtirgani aytilmoqda.   Lochinbek…
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi  
 
Ayni paytda qidiruvda bo‘lgan Buxoro shahar IIB sobiq tergovchisi Lochinbek Toshpo‘latov nimalarda ayblanmoqda? Uning sheriklari kimlar edi?   
 
Pichoqlangan uka o‘rniga nega akasi hujjatlashtirilgan?
 
Bosh prokuratura Kun.uz‘ga ishga aloqador maʼlumot berdi.

👉  https://kun.uz/49596027

Kun.uz rasmiy kanali
14😁10🤯5😐1
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti

Kasallanish holatlari mingga yaqinlashgan, qurbonlar soni 200 dan oshgan. Vaksina yoki tuzatadigan dorilar yo‘q. Global epidemiyadan xavotirlanish kerakmi?

👉 https://kun.uz/38902006

Kun.uz rasmiy kanali
😐218😭7🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitobxon yoshlar uchun 50 ming dollar va meʼyordan issiq iyun — mahalliy dayjest

▪️Maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi milliy kitobxonlik harakati tanlovida 50 ming AQSH dollarigacha bo‘lgan pul mukofotlari joriy etildi.

▪️Iyunda harorat meʼyordan biroz yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

▪️Sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanish choralari belgilandi.

▪️Toshkentda soliq xodimlari pora bilan qo‘lga tushdi.

🗓 Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/00270638

Kun.uz rasmiy kanali
12
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi

Turkiyalik tadbirkor Said Ali Bayrak otasidan meros qolgan boylikni qaytarib olish uchun qariyb 21 yildan beri kurash olib boryapti. Gap Shveytsariya bankida saqlanayotgani aytilayotgan 6 tonna oltin haqida ketyapti. Qiymati 2 milliard dollarga baholanayotgan ushbu xazina atrofidagi mojaro xalqaro moliya olamida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Shveytsariya banki “da’vo muddati o‘tgani” va “manbani isbotlash” kabi omillarni ro‘kach qilayotgan bo‘lsa-da, Bayrak oilasi Turkiyadagi “Boylikni qaytarish” qonuniga tayangan holda o‘z haqini talab qilishda davom etyapti.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
🔥2014👍1
Kiyevga “Oreshnik” bilan hujum: navbat Zelenskiy ofisigami?

Yakshanbaga o‘tar kechasi Rossiya urush boshidan buyon Ukraina poytaxti Kiyevga eng vayronkor hujumlardan birini amalga oshirdi. Ukraina poytaxti “Oreshnik”, “Kinjal”, “Iskander”, “Sirkon” degan vahimali raketalar bilan nishonga olindi. Yadroviy qurollar ishlatilmadi xolos.

Rossiya TIV endi «qaror qabul qilinadigan markazlarga zarba berilishini» anons qilib, Zelenskiy ofisi ham nishonga olinishi mumkinligiga ishora berdi.

Rossiya tomoni Kiyevga yoppa hujumni «ukrainlarning kollejga qilgan hujumi uchun javob» deb atamoqda, lekin bu aslida Moskvaga qilingan keng ko‘lamli dron hujumi uchun revansh bo‘lganini tushunish qiyin emas.

Putin uchun urush Moskvagacha yetib bormasligi juda muhim, ukrainlar ana shu «qizil chiziq»ni bosgani uning jahlini chiqardi.

Ukraina shaharlarini bunday vajohat bilan bombalayotgani aslida Rossiyaning frontda ishlari yurishmayotganini bildiradi.

📹 BATAFSIL YOUTUBE‘DA KO‘RING
21🔥7🤯7