Kun.uz | Rasmiy kanal
73.8K subscribers
81.3K photos
11.6K videos
64.6K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Farg‘onada voyaga yetmagan shaxs Malibu'da uchta bolani urib ketdi. Ulardan biri vafot etdi

20-may kuni Qo‘qon shahrida voyaga yetmagan shaxs Malibu avtomobilini boshqarib, piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 3 nafar qizni (ularning barchasi 10 yoshda) urib ketgan.

Jabrlanuvchilardan biri shifoxonada vafot etgan. IIB xabarida qolgan ikki qizning holatiga aniqlik kiritilmagan.

👉 https://kun.uz/79675605

Kun.uz rasmiy kanali
🤯57😭238
Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

Tarmoqlarda videosi tarqalayotgan voqea 19 may kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-maktabda ro‘y bergan.

IIBBga ko‘ra, 9-sinf o‘quvchisi o‘qituvchining ko‘rsatmalarini bajarmay, darsga xalal bergan. Kaltaklangan bola jarohat bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

O‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

👉 https://kun.uz/74142264

Kun.uz rasmiy kanali
👍63😁29🤯1715😐13😭9
22-may kuni «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasini jahon chempionatiga kuzatish tadbiri munosabati bilan 22-may kuni soat 16:00 dan 21:00 gacha Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda harakat vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

Harakat cheklanishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar:
▪️Cho‘ponota ko‘chasi: Chilonzor ko‘chasidan Qatortol ko‘chasigacha.
▪️Chilonzor ko‘chasi: KHAYdan Cho‘ponota ko‘chasigacha.
▪️Bunyodkor 2-darajali yo‘li: KHAYdan Cho‘ponota ko‘chasigacha.
▪️Sebzor va Bunyodkor ko‘chalari: Nurafshon ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasi orqali Ikkinchi Qatortol ko‘chasigacha.

👉 https://kun.uz/46869461
10😁6🔥4
Uzcard kartangiz bo‘yicha kirim va chiqim xabarnomalari — CardXabarBot Telegram-botda!

-Xabarnomalar tarixini ko‘rish.
-Start tarifi — 5 000 so‘m (250 ta xabarnoma).

🎁 Yangi foydalanuvchilar uchun: 1-oy
Start paketi — BEPUL.

💵 Keyingi to‘lov — paket tariflariga muvofiq.

Bot faollashtirilganda pulli SMS xabarnomalar o‘chiriladi!

Ulanib, bepul sinab ko‘ring
Botga ulanish

Xizmat ko'rsatuvchi "PLUM TECHNOLOGIES" AJ

Instagram | Telegram | Sayt

Reklama
👍13🔥93👏3😁3
Putin va Si Jinping Pekinda uchrashdi. Tashrif yakunlari

Ular o‘nlab hujjatlarni imzolashdi, ammo asosiy masalalar – «Sila Sibiri – 2» gaz quvuri qurilishi qachon boshlanishi va Rossiya gazi narxi qancha bo‘lishi bo‘yicha kelishuv bo‘lmadi.

👉 https://kun.uz/07482711

Kun.uz rasmiy kanali
10😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Isroilning «obro‘sini to‘kkan» Ben-Gvir, gaz masalasida kelisholmagan Putin va Si – kun dayjesti

• Isroilning o‘ta o‘ng milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir boshchiligidagi politsiya G‘azoga yordam olib kelayotgan flotiliya aʼzolarini qo‘llari bog‘lab, qator qilib yotqizib qo‘ydi. Uning harakatlari xalqaro maydonda va Isroilning o‘zida ham qattiq norozilik keltirib chiqardi;

• Donald Tramp Erondan «to‘g‘ri javoblar» olish uchun bir necha kun kutishga tayyorligini bildirdi;

• Eron esa, agar tajovuz boshlansa, urush bu safar mintaqa chegaralaridan ham chiqishidan ogohlantirdi;

• Putin va Si Rossiyadan Xitoyga yetkaziladigan tabiiy gaz hajmini oshirish imkonini beruvchi quvur bo‘yicha kelisha olmadi;

• AQSH 1996 yildagi voqea sabab Kubaning sobiq prezidenti, 94 yoshli Raul Kastroga sirtdan ayblov eʼlon qildi va hibsga olishga order berdi;

• Rossiya qiruvchi samolyotlari Qora dengiz ustida Britaniyaning qurolsiz josus samolyotiga 6 metrgacha yaqinlashgani va bir necha bor xavfli manyovrlar qilgani maʼlum bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/92454353

Kun.uz rasmiy kanali
14🔥5👍1
Samsung ish tashlash boshlanishiga 1,5 soat qolganda kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi

Samsung Electronics rahbariyati va kompaniya xodimlari kasaba uyushmasi e’lon qilingan ish tashlash boshlanishidan 1,5 soat oldin ish haqi masalasida kelishuvga erishdi. Tomonlarni kelishtirish uchun Koreya mehnat vaziri ham o‘rtaga tushgan.

Kasaba uyushmasi raisiga ko‘ra, endi ish beruvchi bilan erishilgan kelishuv loyihasi xodimlar o‘rtasida ovozga qo‘yiladi. Loyihada amaldagi bonuslarga qo‘shimcha tarzda, kompaniya operatsion foydasining 10,5 foizini xodimlarga taqsimlash va oyliklarni o‘rtacha 6,2 foizga oshirish ko‘zda tutilgan.

👉 https://kun.uz/14923154

Kun.uz rasmiy kanali
👏44😁1410🔥6
Kun.uz | Rasmiy kanal
Soxta imzo, tasdig‘ini topgan jinoyat va nizoli garov: Toshkentda tadbirkor o‘zgalar qilmishini deb mulkidan ayrilib qolmoqda Toshkentda biroz noodatiy jinoyat sodir etildi: bir guruh shaxslar tadbirkorning mulkini soxta imzo qo‘yilgan hujjat bilan garovga…
Soxta imzo, haqiqiy qarz va domino effekti: fuqarolik huquqi nimani himoya qilishi kerak?

Toshkentda bir guruh shaxslar tadbirkorning mulkini soxta imzo qo‘yilgan hujjat bilan garovga qo‘yib, bankdan kredit olgan. Ular jinoiy jazoga tortilgan bo‘lsa-da, kredit qarzdorligi uchun undiruv garovdagi mulkka qaratilgan edi.

Huquqshunos Bobur Qoryog‘diyev mazkur holatga mulk huquqi daxlsizligi tamoyili asosida yuridik baho berdi.

👉 https://kun.uz/68465720

Kun.uz rasmiy kanali
👍119🤯2
Kimlar qurbonlik qiladi? Uning hukm va odoblari

2026 yil muborak Qurbon hayitining ilk kuni 27 may sanasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu ulug‘ ayyom musulmonlar qurbonlik qilishi bilan ham ajralib turadi.

Kun.uz O‘zbekiston musulmonlari idorasi maʼlumotlariga tayanib, qurbonlik, uning hukm va odoblariga doir maʼlumotlarni jamladi.

👉 https://kun.uz/53705385

Kun.uz rasmiy kanali
👏2510🔥6👍2😭1
O‘zbekiston Eron xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekiston hukumati, dastlabki insonparvarlik yordami yuborilganidan ikki oy o‘tib, Eron xalqiga navbatdagi yordam yuklarini yetkazdi.

15 ta yuk mashinasidan iborat gumanitar yuk tarkibidan dori vositalari va tibbiy buyumlar o‘rin olgan.

👉 https://kun.uz/66229240

Kun.uz rasmiy kanali
👏96👍3424🤯3😭3
Navoiyda kuchli sel keldi. Talafotlar bor

Xatirchi tumanida 7 ta mashina, bir nechta uy-joylar sel oqimlaridan zarar ko‘rdi. Tumanning Angidon, Langar, Kattasoy va Maydonsoy hududlarida soy yaqinida yashovchi aholi vaqtinchalik xavfsiz hududga ko‘chirilgan.
 
Hodisa oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tezkor shtab tashkil etilib, ishlar boshlangan.

👉 https://kun.uz/62823696

Kun.uz rasmiy kanali
🤯30😭2210👍2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Erini urgan zo‘ravon ayol va qo‘riqlash xizmatiga yangi vakolatlar – mahalliy dayjest

▪️Endi ayrim maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlar Qo‘riqlash xizmatining mansabdorlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

▪️Erini urgan ayol jinoiy javobgarlikka tortilib, yirik miqdorda jarima to‘laydigan bo‘ldi.

▪️Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasini jahon chempionatiga kuzatish tadbiri o‘tkaziladi.

▪️Voyaga yetmagan bola mashinada uch qizni urib yubordi, ulardan biri vafot etdi.

🗓 Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/59564365

Kun.uz rasmiy kanali
17😁14🔥2
OAV: Eron oliy rahbari boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqib ketishni taqiqladi

Eron oliy rahbari Mujtaba Xominaiy mamlakatning yuqori darajada boyitilgan uran zaxirasini xorijga olib chiqmaslik bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Bu haqda ikki nafar yuqori lavozimli eronlik manbaga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.

Isroil rasmiylariga ko‘ra, Tramp yuqori darajada boyitilgan uran Erondan albatta olib chiqilishi haqida Isroilga va’da berib qo‘ygan.

👉 https://kun.uz/88103229

Kun.uz rasmiy kanali
👍4316😁9🔥4😐1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Makkadagi o‘zbekistonlik hojilarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Prezident 21 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

👉 https://kun.uz/82085761

Kun.uz rasmiy kanali
👍212🔥4327
Litva TIV rahbari NATO kuchlari Rossiyaning Kaliningraddagi harbiy bazalarini «yer bilan bitta qila olishi»ni aytdi

Moskvadagilar bunga javoban yadro quroli bilan tahdid qildi.

👉 https://kun.uz/40534601

Kun.uz rasmiy kanali
😁27👍157🤯5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ikkita mehmonxona qurilishini bilaman” - Turizm qo‘mitasi raisi Buxoro turizm markazi haqida

OAV vakillari bilan matbuot anjumanida Kun.uz qo‘mitadan qurilishi to‘xtab qolgan Buxoro turizm markazi haqida so‘radi. Rais Abdulaziz Aqqulovga ko‘ra, hududda ikkita mehmonxona barpo qilinishi rejalangan. Biroq bu obyektlar YUNESKO ro‘yxati hamda bufer zonaga kirmaydi. Loyihaning egalaridan so‘rab bilish kerak, deydi u.

👉 https://kun.uz/92023880

Kun.uz rasmiy kanali
10😁2
Yevropa “Tolibon”dan nima xohlayapti?

Yevropa Ittifoqi migratsiya masalasida ancha ehtiyotkor siyosat yuritmoqda: ilk marta Bryusselga taklif qilingan “Tolibon” bilan kun tartibidagi asosiy masala – afg‘on qochqinlarini o‘z yurtiga qaytarish.

Bu – xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar, o‘ng partiyalarning taʼsiri oshib borayotgani va iqtisodiy qiyinchiliklar bilan bog‘lanmoqda.

Mavzu yuzasidan Kun.uz studiyasida siyosiy tahlilchilar Islomxon Gaffarov va Umrbek Yusupov sharhi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
11🔥2👍1
O‘zbekiston U-17 jahon chempionatidagi raqiblarini bilib oldi

O‘zbekiston o‘smirlari “E“ guruhida Italiya, Kot-d'Ivuar va Yamayka bilan to‘qnash keladi.

Musobaqa 2026 yil 19 noyabridan 13 dekabrigacha Qatar maydonlarida o‘tkaziladi. Unda 48 ta terma jamoa 12 guruhga bo‘lingan holda kurash olib boradi.

👉 https://kun.uz/48579664

Kun.uz rasmiy kanali
20👏16👍4