Kun.uz | Rasmiy kanal
73.9K subscribers
81.2K photos
11.6K videos
64.5K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Saudiyada Qurbon Hayiti sanasi eʼlon qilindi

17 may kuni Zulhijja oyining hiloli ko‘rindi. Unga ko‘ra:

• 18 may, dushanba — Zulhijja oyining birinchi kuni;

• 26 may, seshanba — Arafa kuni;

• 27 may, chorshanba — Qurbon Hayiti.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi hozircha Hayit sanasini eʼlon qilmadi.

👉 https://kun.uz/52634432

Kun.uz rasmiy kanali
34👍11😁3
Tramp Xitoyga bordi, Yamal qo‘lida Falastin bayrog‘i – hafta dayjesti

Hafta davomida Tramp Pekinga borib, «Tayvan sabab Xitoy bilan urushmoqchi emasligini» aytdi. Ikki qudratli davlat lideri hech qanday hujjat imzolamadi, Tramp amalda Chindan hech qanday natijasiz qaytdi.

Putin ikki xavotirli hujjat imzoladi. Endi Rossiya prezidenti biror davlatda rossiyalikka nisbatan ish ochilsa, o‘sha davlatga armiyani olib kirishi mumkin bo‘ldi. Shuningdek, Putin Moldovaning Dnestrbo‘yi hududida yashovchilar uchun fuqarolik olishni osonlashtirdi.

Ukrainada yangi korrupsion mojaro avj oldi. Zelenskiyning eng yaqin odamlaridan bo‘lgan Yermak «pul yuvish»da ayblanmoqda.

“Barselona” yulduzi Yamal g‘alaba paradiga Falastin bayrog‘i bilan bordi, Isroil uni «terrorni qo‘llashda» aybladi, Ispaniya bosh vaziri Yamaldan faxrlanishini aytdi.

📹 BATAFSIL YOUTUBE‘DA KO‘RING
30👍14🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abu-Dabidagi AES yaqinida dron hujumidan so‘ng yong‘in kelib chiqdi

Abu-Dabi (BAA)dagi «Baraka» atom elektr stansiyasi yaqinida dron zarbasi sababli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Abu-Dabi OAV ishlari boshqarmasi xabar qildi.

👉 https://kun.uz/42381601

Kun.uz rasmiy kanali
👍74🔥2🤯1
Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi

O‘zbekistonlik hujumchi ushbu mavsumda 22 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

👉 https://kun.uz/97901330

Kun.uz rasmiy kanali
👍12721🔥14👏3😐2🤯1
Tarixiy voqea: O‘zbekiston aksiyalari London fond birjasiga joylashtirilmoqda
 
18-may kuni dunyoning eng yirik birjalaridan biri - London fond birjasida O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarining ilk ommaviy joylashtirilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Bu O‘zbekiston moliyaviy tarixida yangi sahifaning ochilishi, prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etilmoqda. 

Unda yetakchi xalqaro moliyaviy korporatsiyalarning ishtirok etishi jahon moliya bozorlari O‘zbekistonni ishonchli hamkor sifatida ko‘rayotganining yaqqol isbotidir.
 
Marosimda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi Obid Hakimov qatnashadilar.

Kun.uz rasmiy kanali
👍210🔥4440😁4👏1
Jahon xabarlari qisqa satrlarda

• AQSHdagi aviashouda ikki qiruvchi samolyot tryuk bajarish paytida to‘qnashib, portlab ketdi: uchuvchilar so‘nggi lahzalarda katapulta qilishga ulgurgan.

• Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi. Ko‘plab jarohatlar olgan bolaning tirik qolish ehtimoli dastlab besh foiz deb baholangandi.

• Amnesty International huquqni himoya qilish tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda dunyo bo‘yicha kamida 2707 nafar inson o‘lim jazosiga hukm qilinib, qatl etilgan. Bu 2024 yilda nisbatan 78 foizga ko‘pdir.

• AQSH prezidentining Grenlandiya bo‘yicha maxsus vakili Jef Lendri ko‘p kunlik tashrif bilan orolga yetib keldi. Politico'ning yozishicha, Tramp Grenlandiya bilan alohida kelishuv tayyorlamoqda.

Kun.uz rasmiy kanali
10👏7👍3🔥2😁2😐1😭1
Toshkent shahrida ijara narxlari uy-joy bahosiga nisbatan tezroq o‘syapti

Oxirgi 1 yil ichida  Toshkent shahrida ijara narxlari o‘rtacha 9,1 foizga oshgan bo‘lsa,  uy-joy narxlarining umumiy indeksi 7,6 foizga o‘sdi. Ijara narxlarining eng yuqori darajasi Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida saqlanib qolmoqda. Ushbu hududlarda bir kvadrat metr uchun ijara qiymati o‘rtacha 11 dollar atrofida shakllangan.

👉 https://kun.uz/56957979

Kun.uz rasmiy kanali
🤯1912👍1🔥1😭1
23 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qoidabuzarliklar aniqlandi

• Yoshlar ishlari agentligi 9,1 mlrd so‘mlik 6 ta;

• Innovatsion rivojlanish agentligi 8 mlrd so‘mlik 6 ta;

• Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 6,7 mlrd so‘mlik 10 ta davlat xaridlarini qonunga xilof tarzda amalga oshirgan.

Ushbu savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlandi.

👉 https://kun.uz/00050997

Kun.uz rasmiy kanali
😁16🔥85😭5👏3😐2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmda shamol batutlarni uchirib ketdi

Tarmoqlarda paydo bo‘lgan tasvirlarda bolalar o‘ynaydigan batutlardan biri allaqachon ag‘darilib yotgani, boshqasi esa uchib ketayotganini ko‘rish mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 17-may kuni Hazorasp tumanida yuz bergan. Jabrlanganlar bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumot mavjud emas. Hozircha tegishli tashkilotlar hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirgani yo‘q.

Kun.uz rasmiy kanali
😁15😭119🤯4
🚫 Sobiq amaldorlar uchun “aylanma eshik”ka cheklov taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda davlat idoralarida ishlagan rahbar va mas’ul xodimlarning o‘zi nazorat qilgan tashkilotlarga ishga o‘tishiga yangi tartib joriy etilishi mumkin.

📌 Nima o‘zgaradi?

• Sobiq amaldor 2 yil ichida avval nazorat qilgan tashkilotga ishga kirmoqchi bo‘lsa, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xulosasi talab qilinadi.
• Xulosasiz ishga qabul qilish taqiqlanadi.
• “Yuqori” korrupsiya xavfi aniqlansa — ishga olish rad etiladi.

📌 Qaysi tashkilotlarga tegishli?

— davlat organlari
— hokimiyatlar
— davlat muassasalari
— davlat ulushi 50 foizdan yuqori kompaniyalar.

👉 https://kun.uz/49928109

Kun.uz rasmiy kanali
😁35👍2012👏2🤯1
“Drujba”da yongan Zeekr voqeasi: sud avtomobil egasi foydasiga 450 mln so‘m undirishni belgiladi

2025 yil aprel oyida Toshkent markazida Zeekr 001 avtomobili zaryadlash paytida yonib ketgandi. Sud yong‘inga mashinani ta’mirlatishda yo‘l qo‘yilgan xatolik sabab bo‘lgan deb topdi va javobgar “E-GO MOTORS” MCHJdan da’vogar Mirzayev Hotambek foydasiga jami 450 mln so‘m undirish haqida qaror qabul qildi.

Sud qarori hali kuchga kirmagan, taraflarga shikoyat kiritish tartibi tushuntirilgan.

👉 https://kun.uz/88711780

Kun.uz rasmiy kanali
😁2415👍5🔥5
Shavkat Mirziyoyev Butunjahon urbanizatsiya forumi ochilishida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev Bokuda BMT shafeligida o‘tayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumi ochilish marosimida qatnashdi.

Anjuman doirasida barqaror shaharlar, uy-joy siyosati va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

👉 https://kun.uz/55376557

Kun.uz rasmiy kanali
👍102🔥3533
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Moskvaga eng yirik dronlar hujumi va Eron atrofida keskinlashayotgan vaziyat – kun dayjesti

• Ukraina Rossiya bo‘ylab bir sutkadan mingdan ortiq dron uchirdi. Bir yil ichidagi eng katta hujumda to‘rt kishi halok bo‘ldi;

• BAAdagi atom elektr stansiyasiga dron hujumi uyushtirilishi natijasida yong‘in chiqdi;

• Saudiya ham Iroq havo hududidan kirgan 3 ta dron urib tushirilganini bildirdi;

• Razvedka ma’lumotlari Kuba 300 dan ortiq harbiy dron sotib olganini ko‘rsatmoqda. AQSHga ko‘ra, Havanada eronlik va rossiyalik harbiy mutaxassislar ishlamoqda;

• Londonda o‘n minglab odamlar ikki alohida masalada namoyishga chiqdi: immigratsiyaga qarshilar va Falastinni qo‘llab-quvvatlovchilar;

• Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari bilan Eronga qarshi navbatdagi harbiy harakatlarni muhokama qilmoqchi.

👉 https://kun.uz/28622716

Kun.uz rasmiy kanali
15
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston global investorlar diqqat markazida” — xalqaro ekspertlar tarixiy IPO‘ni e’tirof etdi

2026 yil 18 may kuni O‘zbekiston iqtisodiy tarixida yangi sahifa ochildi. London fond birjasida O‘zbekiston Milliy investitsiya fondi aksiyalarining birlamchi ommaviy joylashtirilishi (IPO) muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

“IPO‘ga bo‘lgan qiziqish darajasi butun dunyo bo‘ylab 2,8 milliard dollardan ortiq talabni yuzaga keltirdi va joylashtirish hajmiga nisbatan talab to‘rt baravardan ko‘p bo‘ldi. Bu O‘zbekiston keyingi yillarda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligi ostida erishgan ulkan taraqqiyotning isbotidir va islohotlar sur’ati kelgusi yillarda ham davom etishiga bo‘lgan kuchli ishonchni aks ettiradi”, dedi “Franklin Templeton” bosh ijrochi direktori Jenni Jonson.


UzNIF aksiyalarining xalqaro maydonga chiqishi nafaqat moliyaviy bitim, balki O‘zbekiston iqtisodiyotining ochiqligi va jahon kapital bozorlari bilan integratsiyalashuvining muhim bosqichi hisoblanadi.

👉 https://kun.uz/55382589

Kun.uz rasmiy kanali
👍125🔥3321😁8
“Boshim og‘riganda choy qilib ichib turardim” – Qashqadaryoda IIB xodimi uyidan marixuana topildi
 
41 yoshli xodim Ko‘kdala tumanida profilaktika inspektori lavozimida ishlagan. U 9 yil avval Koson tumanida o‘tkazilgan “Qoradori” tadbirlarida qatnashgan. O‘shanda aniqlangan marixuana bargidan yulib olib, o‘z uyida saqlab kelgan.
 
2014 yilda Buxoroda ichki ishlar xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan sambo musobaqasida bo‘ynimdan jarohatlandim. O‘shandan beri boshimda kuchli og‘riq paydo bo‘lgan. Marixuanani boshim og‘rig‘ini qoldirish maqsadida choy qilib ichib kelganman”, deya ko‘rsatma bergan xodim. 
 
Sud profilaktika inspektorini narkojinoyatda aybli deb topdi. Unga 3 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishi doirasida yana bir IIB xodimi sudlangan bo‘lib, u 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

👉 https://kun.uz/93939135

Kun.uz rasmiy kanali
😁7312🤯2👍1
O‘zbekiston global kapital bozori uchun yana-da ochiq va ishonchli hamkorga aylandi - Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva London fond birjasida O‘zbekiston Milliy investitsiya fondi aksiyalarining birlamchi ommaviy joylashtirilishiga munosabat bildirdi.

Tizimli va izchil islohotlar natijasida iqtisodiyotimiz 3 barobar o‘sdi, davlat institutlari samaradorligi ortib, investorlar uchun kafolatlar mustahkamlandi. Natijada O‘zbekiston global kapital bozori uchun yana-da ochiq va ishonchli hamkorga aylandi,

deb yozdi S. Mirziyoyeva.

👉 https://kun.uz/kr/22182481
👍111🔥5727😁6😐2👏1
Cobalt sotuvi 30 foizga pasaydi, elektromobillarga talab oshgan. O‘zbekiston avtomobil bozori sharhi

Avtomobil modellari qatori yetakchisi – Chevrolet Cobalt sotuvi joriy yilning 4 oyida 30 mingtaga yetmagan, bu qariyb 30 foizlik pasayishni ko‘rsatadi. Damas, Tracker va Onixʼga talab esa sezilarli oshgan.

BYD Uzbekistan o‘tgan yili shu davrda 843 ta Yuan Up sotgan edi, joriy yilda esa bu ko‘rsatkich 2752 taga yetdi.

👉 https://kun.uz/67457122

Kun.uz rasmiy kanali
👍3317😁8🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada

Maktabdan qaytayotgan ikki nafar 8 yoshli o‘quvchini piyodalar o‘tish yo‘lagida OKMKga tegishli xizmat avtomobili urib yubordi. Bolalardan biri voqea joyida vafot etgan, ikkinchisi esa og‘ir ahvolda reanimatsiyada. Guvohlar va marhum bolaning yaqinlari hududda yo‘l harakati xavfsizligi taʼminlanmaganini taʼkidladi. Kun.uz Olmaliqda bo‘lib, hodisa tafsilotlarini o‘rgandi.

“Mashinalar ikki qator turgan edi. “Toyota” qattiq keldi, tormoz ovozi podvaldagi bolalargacha eshitilibdi. Bu bolalar shu payt o‘tib qolishgan, bittasini urgandi, ancha naryoqqa borib tushdi. Bittasi mashinaning tagida qolib ketdi. Men bu yoqda baqirdim. Bolani ko‘targan edim, qulog‘idan qon oqayotgan ekan. O‘zim 30 yil tez yordamda ishlaganman. Ahvoli yomonligini tushundim” deydi hodisa guvohi.

📹👉 https://kun.uz/95751266

Kun.uz rasmiy kanali
😭37🤯108👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston aksiyalari Londonda va sobiq amaldorlar uchun ehtimoliy cheklov – mahalliy dayjest

▪️18 may kuni London fond birjasida (LSE) O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) aksiyalarining ilk ommaviy joylashtirilishi bo‘lib o‘tdi.

▪️Davlat idoralarida ishlagan rahbarlarning o‘zi nazorat qilgan tashkilotlarga ishga o‘tishiga nisbatan cheklov joriy etilishi mumkin.

▪️Buxoroda bezori yoshlar, Farg‘onada talonchilar to‘dasi ushlandi.

▪️Uchta davlat tashkilotining 23 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qoidabuzarliklar
aniqlandi.

🗓 Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/kr/53191680

Kun.uz rasmiy kanali
12😁1