Kun.uz | Rasmiy kanal
73.9K subscribers
81.2K photos
11.6K videos
64.5K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Hayit munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam bo‘ladi

Bu yil Qurbon hayiti 27-may – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Shu munosabat bilan, prezident farmoniga ko‘ra, barcha uchun 2 kun (payshanba-juma) qo‘shimcha dam olish kuni va yana 6 kunliklar uchun esa shanba ham dam olish kuni, deb e’lon qilingan.

Natijada ish haftasi turidan qat’i nazar hamma ketma-ket 5 kun dam oladi:

27-may, chorshanba – Qurbon hayiti;
28-may, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
29-may, juma – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
30-may, shanba – haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
31-may, yakshanba – barcha uchun odatiy dam olish kuni.

Kun.uz rasmiy kanali
👍5117🤯7👏3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Belarusning urushga qo‘shilish ehtimoli va AQSHning Kastroga ayblovi – kun dayjesti

• Isroil Gʻazo sektoridagi havo hujumi natijasida Hamas harbiy qanoti qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi;

• Zelenskiyga ko‘ra, Rossiya Belarus hududidan Ukraina shimoliga yoki NATO davlatiga hujum qilish rejalarini ko‘rib chiqmoqda;

• AQSH Kubaning sobiq rahbari Raul Kastroga o‘ttiz yil oldingi samolyotlar urib tushirilishi bo‘yicha ayblov e’lon qilmoqchi;

• Eron boyitilgan uran zaxiralarini Rossiyaga topshirish bo‘yicha Kreml bilan dastlabki maslahatlashuvlar olib borilganini tasdiqladi.

👉 https://kun.uz/85454393

Kun.uz rasmiy kanali
19
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Taqiqdan chiqaringlar, ijod qilmoqchiman deya olmadim” — Farrux Zokirovning haqiqat va armonlari

O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov ijodiy faoliyatidagi eng og‘ir davrlar, taqiq ostidagi yillari, davlat rahbari hamda birinchi xonim bilan bog‘liq hotiralari, otasi Karim Zokiriy va oilasi haqida samimiy gapirdi.

Xonanda ayrim paytlar tug‘ilgan kunini “yig‘lab-yig‘lab” o‘tkazganini, biroq xalq mehri uni yana sahnaga qaytarganini aytadi.

📹 BATAFSIL YOUTUBE'DA KO‘RING
😁2212🤯5👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Sayohatchi ko‘p, temiryo‘l esa bitta” – chipta yetishmovchiligiga qachon barham beriladi?

Mahalliy reyslardagi chipta yetishmovchiligi – uzoq yillik va yechilmayotgan muammo. Yangi qo‘yilayotgan poyezdlar chipta narxlari esa juda qimmat va doimiy tanqis. Kun.uz Turizm qo‘mitasidan aynan chipta yetishmovchiligi bo‘yicha yechimlarni so‘rarkan, raisga ko‘ra, bugun sayohatchilar ko‘p – temiryo‘l esa bitta.

👉 https://kun.uz/26514313

Kun.uz rasmiy kanali
10😁8👍7
Sergelidagi qo‘lansa hid: muammo yechimi nimaga bog‘liq?

Toshkentning Sergeli tumani Qumariq mahallasi va uning atrofida yashovchilar yillar davomida yoqimsiz hiddan shikoyat qilishadi. Chunki aynan shu yerda Toshkentning oqova suvlari yig‘iladigan inshoot joylashgan.

Bahor kelib, kunlar isigach, muammo yana-da o‘tkirlashgan. Kun.uz bilan suhbatlashgan masʼul muhandis shu yil yozda qo‘shimcha filtrlar qo‘yilishini, shundan keyin badbo‘y hid kamayishini aytdi. Lekin shuning o‘zi bilangina muammo hal bo‘lmasligi mumkin.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
🤯15🔥75
O‘zbekiston kunlik suv isteʼmoli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi

💧 Worldometer suv isteʼmolining sutkalik o‘rtacha ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqdi.

🇹🇲 Turkmaniston sutkasiga bir kishiga 15445 litrgacha suv sarflashi bilan ro‘yxatda birinchi bo‘ldi.

🇺🇿 O‘zbekiston 4778 litr ko‘rsatkich bilan dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

🏴 Suv isteʼmolining eng past darajasi Afrika mamlakatlarida qayd etilgan.

👉 https://kun.uz/04863905

Kun.uz rasmiy kanali
🤯277😁3😭2😐1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Xorij fuqarolarining gidlik qilishiga taqiq qo‘yamiz” – Turizm qo‘mitasi

Maʼlum bo‘lishicha, xorijiy davlat fuqarolarining O‘zbekistonga kelib, gidlik faoliyatini amalga oshirishi endi qonunan taqiqlanadi. Bu bo‘yicha hukumat qarori loyihasi shakllantirilgan. Hujjat bilan gidlik faoliyati tartibga solinadi. Audio va elektron gid xizmatlari masalasi ham kun tartibida.

👉 https://kun.uz/50713908

Kun.uz rasmiy kanali
👍3810😐5👏4
Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi

▪️«Manchester Siti» klubi Angliya Kubogi finalida “Chelsi”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

▪️ O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda tushib, o‘yin oxirigacha harakat qildi.

▪️ Bu «Manchester Siti» klubining mavsumdagi ikkinchi sovrini bo‘ldi. Fevral oyida jamoa Liga Kubogida g‘alaba qozongan edi.

▪️ Shu bilan birga, “shaharliklar” ayni paytda Angliya Premyer Ligasi g‘olibligi uchun ham kurashmoqda.

👉 https://kun.uz/93675519

Kun.uz rasmiy kanali
👍5223🔥7😁4😐3👏1
Fransiya Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga qarshi tergov boshladi

▪️Parij apellyatsiya sudi qarori bilan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudga nisbatan tergov boshlandi.

▪️2019 yilda shahzoda jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha masʼuliyatni zimmasiga olgan edi.

▪️Jamol Qoshiqchi 2018 yil 2 oktyabrda bedarak yo‘qoldi. Shu kuni u Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirdi va qaytib chiqmadi.

▪️Jurnalist uzoq vaqt davomida Saudiya Arabistoni hukumatini tanqid qilib kelgan edi.

▪️Jurnalistni o‘ldirishga Saudiya Arabistoni hukumati buyruq berganini Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, shuningdek, AQSH Milliy razvedkasi maʼlum qildi.

👉 https://kun.uz/39253747

Kun.uz rasmiy kanali
21👍6😁2🔥1🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqat emas, gap kim tomonidan aytilayotgani muhim edi | 5 daqiqa

Ko‘chaning o‘rtasidagi oddiy janjal baʼzan kitoblardagi eng katta falsafadan ham kuchliroq taʼsir qiladi. Chunki katta haqiqatlar doim ham urush yoki fojia orqali ochilmaydi. Baʼzan bitta itning hurishi, bir odamning baqirishi va atrofga to‘plangan olomonning munosabati butun jamiyatning haqiqiy qiyofasini ko‘rsatib qo‘yadi.

5 daqiqa‘ning navbatdagi sonida Anton Chexovning “Buqalamun” hikoyasi haqida gaplashamiz.


👉 https://kun.uz/61302961

Kun.uz rasmiy kanali
17👍14🔥3🤯1😭1
Tramp ortidan Putin ham Xitoyga tashrif buyuradi

Donald Trampning Pekinga tashrifidan bir necha kun o‘tib, Rossiya prezidenti ham u yerga yo‘l olmoqda. Kremlga ko‘ra, Putinning tashrifi Si Jinping taklifi bilan amalga oshirilmoqda va «yaxshi qo‘shnichilik»ka oid shartnomaning 25 yilligiga bag‘ishlanadi.

👉 https://kun.uz/72846358

Kun.uz rasmiy kanali
😁4311👍8
P2P monitoringi, yangi tariflar va migratsiyadagi korrupsiya — hafta dayjesti

🔍 Kartadan kartaga o‘tkazmalar monitoringi boshlandi: aynan kimlar “radarga” tushyapti?

💰 Migratsiya sohasidagi mega-korrupsiya: Koreyaga ishga jo‘natishdagi sxema fosh bo‘ldi.

👩‍🏫 Hamma ustozlarga tegishli imtiyoz loyihasi: ularning farzandlari kontrakt to‘lovidan 30 foiz chegirma olishi mumkin.

🛎 O‘zbekiston tarixidagi eng yirik xususiylashtirish: ilk xalqaro IPO‘dan byudjetga 600 mln dollar tushdi.

Ortda qolgan haftaning O‘zbekiston hayotiga oid ayrim yangiliklari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
10
Rossiya bo‘ylab ommaviy dronlar hujumi: Moskvada 3 kishi halok bo‘ldi

17 mayga o‘tar kechasi Moskva regioni keng ko‘lamli hujumga uchradi: kamida uch kishi halok bo‘ldi, 12 kishi yaralangan, ko‘plab turar joy binolariga zarar yetdi.

Moskva Neftni qayta ishlash zavodida katta yong‘in kelib chiqdi. Dron qoldiqlari tushishi oqibatida Sheremetova aeroportida reyslar bekor qilindi.

Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Rossiya regionlari bo‘ylab bir kechada Ukrainaning 556 ta droni urib tushirilgan.

👉 https://kun.uz/92488536

Kun.uz rasmiy kanali
👍3424👏5🔥4🤯4
O‘zbekiston xabarlari qisqa satrlarda

• Oliy Majlis deputati Botirali Shodiyev Oqbo‘yra turizm qishlog‘idagi tog‘-portlatish ishlari yuzasidan rasmiy izoh so‘rab, Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Bobur Islomovga deputatlik so‘rovi yubordi;

• Qashqadaryo va Jizzaxda pul evaziga Koreyaga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan shaxslar tezkor tadbirda qo‘lga olindi;

• Yaponiya — talaba vizasi bilan borib, u yerda noqonuniy qolib ketgan ikki nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi;

• O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi janubiy koreyalik tengdoshlarini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, Osiyo Kubogi yarimfinaliga chiqdi.

Kun.uz rasmiy kanali
18👏5👍4
Kongoda yana Ebola virusi: JSST «global favqulodda vaziyat» eʼlon qildi

Kongo sharqida Ebola virusiga gumon qilingan 80 ta o‘lim holati qayd etilgan. Laboratoriya tomonidan tasdiqlangan holatlar esa 8 ta, ularning biri Ugandaga ham o‘tgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, ushbu holat pandemiya xavfi mezonlariga javob bermasa-da, "ancha kattaroq epidemiya" bo‘lishi mumkin.

👉 https://kun.uz/21027266

Kun.uz rasmiy kanali
22🤯10👍4😭2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik to‘xtatib qolindi
 
Surxondaryodagi “Termiz-avto” chegara bojxona postida ekskavator ko‘targichi ichiga 593 kg gashish va 3 kg opiy yashirib, olib o‘tishiga urinib ko‘rishdi.
 
Ekskavator esa yuk mashinasiga ortilgan bo‘lgan. Jinoiy guruh tong sahar vaqtda harbiy xizmatchilar sergaklikni yo‘qotishiga umid qilgan. 
 
Hozirda ushbu narkotik modda egalarini qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

👉 https://kun.uz/99836913

Kun.uz rasmiy kanali
👍44🔥2018🤯15😁6👏3
Tramp Sini “do‘stim” dedi, ammo Xitoydan quruq qo‘l bilan qaytdi

Tramp dunyo muammolarini hal qilish va Amerika manfaatlarini himoya qilishda o‘z jozibasi hamda iroda kuchiga ishonib harakat qilmoqda.

U Xitoy rahbari bilan shaxsiy aloqa o‘rnatganini alohida taʼkidlab, sammitni katta muvaffaqiyat sifatida olqishladi. Biroq Xitoy tomoni Tramp gapirgan ozgina yutuqlarning ham juda kam qismini tasdiqladi.

Tahlilchilarga ko‘ra, sammit – Xitoyning jahon sahnasida o‘sib borayotgan ishonchini va Tramp boshqaruvidagi AQSHning chalkash tashqi siyosatini namoyish etdi.

👉 https://kun.uz/27083924

Kun.uz rasmiy kanali
😁5112
Hujum qilmaslik pakti: Saudiya yangi tartibni taklif qilmoqda

Yaqin Sharqdagi xavfsizlik muammolari yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Saudiya Arabistoni ilgari surayotgan o‘zaro hujum qilmaslik pakti Eronni ham qamrab oladi. Loyiha Tehronning manfaatlariga javob berishi mumkin, lekin AQShning mintaqadagi harbiy bazalari va Isroilning siyosati bu tashabbusning to‘liq amalga oshishini so‘roq ostida qoldiradi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
13😁5
Saudiyada Qurbon Hayiti sanasi eʼlon qilindi

17 may kuni Zulhijja oyining hiloli ko‘rindi. Unga ko‘ra:

• 18 may, dushanba — Zulhijja oyining birinchi kuni;

• 26 may, seshanba — Arafa kuni;

• 27 may, chorshanba — Qurbon Hayiti.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi hozircha Hayit sanasini eʼlon qilmadi.

👉 https://kun.uz/52634432

Kun.uz rasmiy kanali
33👍11😁3