Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar o‘tin emas: vaziyat jiddiy, vazirlik jim
“Siqilib ketsa-da amallab yetib oladi” – ona shunday o‘yda 57 nafar bola qo‘y kabi ustma-ust ortilgan 8 o‘rindiqli mashinaga o‘z farzandini 58-yo‘lovchi qilib mindirishi fojia. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi shuncha vaqtdan buyon aytib kelinayotganiga qaramay masalaga arzirli yechim topmagani, umuman, bolalar hayotiga befarqlarcha munosabatda bo‘layotgani yana bir fojia. Nurota tumanida 13 nafar bog‘cha bolasini tashib ketayotgan Matiz avariyaga uchragani esa haqiqiy fojia.
👉 https://kun.uz/13595709
Kun.uz rasmiy kanali

😭28🤯5😐5❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ajrim – muammoning boshlanishi emas, natijasi”: mutaxassislar oila qurishdan oldin psixologik tayyorgarlikni kuchaytirishni taklif qilmoqda
O‘zbekistonda ajrimlar soni ortidan asosiy savol yana kun tartibiga chiqmoqda: muammo oilalar buzilayotganidami yoki oila qurish jarayonining o‘zidami? Mutaxassislar fikricha, ajrimlar – bu ko‘p holatda oldindan yechilmagan psixologik, tarbiyaviy va munosabatlarga oid muammolar oqibati.
📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING

❤17🔥3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Pedagoglar farzandiga kontraktdan chegirma va poraxo‘rning portreti – mahalliy dayjest
▪️Turizm qishlog‘i konidagi texnogen portlash - Oqbo‘yrada osmondan tosh yog‘ildi.
▪️Issiqxonani isitishda mazut, bitum va shina yoqqanlik uchun jarimalar belgilandi.
▪️Pedagoglar farzandi uchun kontrakt to‘loviga 30 foizlik chegirma to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
▪️Poraxo‘r kim? – Aksilkorrupsiya agentligi korrupsionerning yangi portretini tayyorladi.
▪️1 iyundan tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlari o‘zgaradi.
🗓 Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.
👉 https://kun.uz/67349482

❤11😁2🤯2
Poraxo‘r kim? – Aksilkorrupsiya agentligi korrupsionerning yangi portretini tayyorladi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Kun.uz so‘roviga asosan 2025 yildagi korrupsiyaviy jinoyatlar tahlili bo‘yicha korrupsionerning kriminologik portretini taqdim etdi.
Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘rtacha tipik korrupsioner – avval sudlanmagan, 31-49 yosh oralig‘idagi, oliy ma’lumotli, oilali erkak bo‘lib, u rasmiy daromad manbaiga ega va ko‘p hollarda rahbarlik lavozimlarida ishlaydi.
👉 https://kun.uz/31078445

😁37🤯11👍8❤5
Jahon xabarlari qisqa satrlarda
• AQSH Davlat departamenti Isroil va Livan o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimi yana 45 kunga uzaytirilganini ma’lum qildi.
• Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «Ukraina rahbariyatini yo‘q qilmoqchi»: Ukraina maxsus xizmatlarida ruslarning bo‘lajak hujumlar nishonlariga oid hujjatlar bor.
• Eron tashqi ishlar vaziri Moskva bilan boyitilgan uran zaxiralarini Rossiyaga topshirish ehtimoli yuzasidan dastlabki maslahatlashuvlar o‘tkazilganini tasdiqladi.
• Vyetnam o‘z tarixidagi eng qimmat va yirik loyiha — 67 milliard dollarga baholanayotgan «Shimol — Janub» tezyurar temiryo‘l magistralini qurmoqchi.
• Germaniyaning Mercedes-Benz avtokonserni global xavfsizlik tahdidlari fonida harbiy texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.

❤20🤯5🔥2😭2
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
Shahar bo‘ylab piyodalar yo‘laklarida, o‘tish joylari yaqinida, bekatlarda, yashil hududlarda, to‘xtash yoki to‘xtab turishni taqiqlovchi belgilar o‘rnatilgan joylarda avtomobillar qoldirib ketilishi ko‘p kuzatilyapti.
Bu – odamlarning xavfsiz va erkin harakatlanishiga, jamoat transporti va maxsus texnika qatnoviga to‘sqinlik qiladi. Ayniqsa keksalar, bolalar aravachasidan foydalanayotgan ota-onalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar aziyat chekadi.
YHTMga ko‘ra, endi bunday mashinalar evakuatorda olib ketiladi.
👉 https://kun.uz/80282572

👍42❤12🔥3😭3👏2
Popda novvoylar nom tufayli janjallashishdi
"Sanjar patir" nomi ostida savdo qiluvchi S.Sh. shu hududda "Sanjar patir" nomi ostida savdo qilayotgan boshqa bir fuqaroni tadbirkorlik nomini o‘zlashtirib olganlikda ayblab, uning mol-mulkiga shikast yetkazgan.
Pop tumani IIB S.Sh.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, ishni sudga oshirdi.
👉 https://kun.uz/32737340

😁42❤15👍9😐2🤯1
Bankomatda muammoga uchragan mijoz sarson bo‘lmasligi kerak — Markaziy bank
Bankomatlar kiritilgan kartani “yutib yuborishi”, hisobdan pul yechilganiga qaramay, naqd pul bermasligi va shu kabi boshqa holatlarda banklar, to‘lov tizimlari va to‘lov tashkilotlari mijozni o‘rtada “koptok” qilmasdan, uning muammosini mulkka oid ustuvor masala sifatida ko‘rib chiqishi shart.
Markaziy bank bozor ishtirokchilariga talabnoma yubordi.
👉 https://kun.uz/48418765

👍59👏12❤7🔥1😭1
Mutlaq rekord: Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz aniqlandi
Matiz haydovchisi 2024 yil aprel oyidan bugungi kunga qadar yo‘l harakati qoidalarini muntazam ravishda buzib kelgan.
Unga 912 ta ma’muriy jarima rasmiylashtirilgan. Jarima miqdori esa jami 311 mln so‘mdan oshgan.
Qidiruvga berilgan Matiz topilib, jarima maydoniga joylashtirildi.
👉 https://kun.uz/86597863

😁86😭25❤14👍6😐5🤯1
Qurilish vazirligi binosi ikkinchi auksionda qimmatroqqa sotildi
Bundan 5 oy oldin xususiylashtirilib, yana qayta auksionga chiqarilgan Qurilish vazirligi binosi bu safar 196,6 mlrd so‘mga sotildi. Bu – birinchi auksiondagi narxdan 14,4 mlrd so‘mga yuqori.
Auksion 10 daqiqa davom etdi, unda Hamkorbankdan boshqa hech kim taklif bermadi.
👉 https://kun.uz/36392298

😁44❤5👏3🤯1😭1
Turkistonga to‘plangan turkiylar va Yevropa bilan diplomatiyaga qaytayotgan Putin | “Geosiyosat”
Turkiy yetakchilar bu gal norasmiy uchrashuv uchun Turkistonga yig'ildi. Trampning Xitoyga tashrifida savdo kelishuviga erishilmadi. Yevropa Ittifoqi va Rossiya uzoq tanaffusdan so'ng muzokaralarga qaytishi mumkin. Saudiya Arabistoni esa Yaqin Sharqda o'zaro hujum qilmaslik paktini ilgari surmoqda.
Ortda qolgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.
📱 Telegram'da ko‘rish
📱 YouTube'da ko‘rish
📱 VKontakte'da ko‘rish
Turkiy yetakchilar bu gal norasmiy uchrashuv uchun Turkistonga yig'ildi. Trampning Xitoyga tashrifida savdo kelishuviga erishilmadi. Yevropa Ittifoqi va Rossiya uzoq tanaffusdan so'ng muzokaralarga qaytishi mumkin. Saudiya Arabistoni esa Yaqin Sharqda o'zaro hujum qilmaslik paktini ilgari surmoqda.
Ortda qolgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3
Hayit munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam bo‘ladi
Bu yil Qurbon hayiti 27-may – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Shu munosabat bilan, prezident farmoniga ko‘ra, barcha uchun 2 kun (payshanba-juma) qo‘shimcha dam olish kuni va yana 6 kunliklar uchun esa shanba ham dam olish kuni, deb e’lon qilingan.
Natijada ish haftasi turidan qat’i nazar hamma ketma-ket 5 kun dam oladi:
✅ 27-may, chorshanba – Qurbon hayiti;
✅ 28-may, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
✅ 29-may, juma – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
✅ 30-may, shanba – haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
✅ 31-may, yakshanba – barcha uchun odatiy dam olish kuni.

👍43❤14🤯7👏3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Belarusning urushga qo‘shilish ehtimoli va AQSHning Kastroga ayblovi – kun dayjesti
• Isroil Gʻazo sektoridagi havo hujumi natijasida Hamas harbiy qanoti qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi;
• Zelenskiyga ko‘ra, Rossiya Belarus hududidan Ukraina shimoliga yoki NATO davlatiga hujum qilish rejalarini ko‘rib chiqmoqda;
• AQSH Kubaning sobiq rahbari Raul Kastroga o‘ttiz yil oldingi samolyotlar urib tushirilishi bo‘yicha ayblov e’lon qilmoqchi;
• Eron boyitilgan uran zaxiralarini Rossiyaga topshirish bo‘yicha Kreml bilan dastlabki maslahatlashuvlar olib borilganini tasdiqladi.
👉 https://kun.uz/85454393

❤14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Taqiqdan chiqaringlar, ijod qilmoqchiman deya olmadim” — Farrux Zokirovning haqiqat va armonlari
O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov ijodiy faoliyatidagi eng og‘ir davrlar, taqiq ostidagi yillari, davlat rahbari hamda birinchi xonim bilan bog‘liq hotiralari, otasi Karim Zokiriy va oilasi haqida samimiy gapirdi.
Xonanda ayrim paytlar tug‘ilgan kunini “yig‘lab-yig‘lab” o‘tkazganini, biroq xalq mehri uni yana sahnaga qaytarganini aytadi.
📹 BATAFSIL YOUTUBE'DA KO‘RING

😁20❤10🤯5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Sayohatchi ko‘p, temiryo‘l esa bitta” – chipta yetishmovchiligiga qachon barham beriladi?
Mahalliy reyslardagi chipta yetishmovchiligi – uzoq yillik va yechilmayotgan muammo. Yangi qo‘yilayotgan poyezdlar chipta narxlari esa juda qimmat va doimiy tanqis. Kun.uz Turizm qo‘mitasidan aynan chipta yetishmovchiligi bo‘yicha yechimlarni so‘rarkan, raisga ko‘ra, bugun sayohatchilar ko‘p – temiryo‘l esa bitta.
👉 https://kun.uz/26514313

❤7👍6😁4
Sergelidagi qo‘lansa hid: muammo yechimi nimaga bog‘liq?
Toshkentning Sergeli tumani Qumariq mahallasi va uning atrofida yashovchilar yillar davomida yoqimsiz hiddan shikoyat qilishadi. Chunki aynan shu yerda Toshkentning oqova suvlari yig‘iladigan inshoot joylashgan.
Bahor kelib, kunlar isigach, muammo yana-da o‘tkirlashgan. Kun.uz bilan suhbatlashgan masʼul muhandis shu yil yozda qo‘shimcha filtrlar qo‘yilishini, shundan keyin badbo‘y hid kamayishini aytdi. Lekin shuning o‘zi bilangina muammo hal bo‘lmasligi mumkin.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

🤯11🔥7❤3
O‘zbekiston kunlik suv isteʼmoli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
💧 Worldometer suv isteʼmolining sutkalik o‘rtacha ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqdi.
🇹🇲 Turkmaniston sutkasiga bir kishiga 15445 litrgacha suv sarflashi bilan ro‘yxatda birinchi bo‘ldi.
🇺🇿 O‘zbekiston 4778 litr ko‘rsatkich bilan dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
🏴 Suv isteʼmolining eng past darajasi Afrika mamlakatlarida qayd etilgan.
👉 https://kun.uz/04863905

🤯24❤5😁2😭1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Xorij fuqarolarining gidlik qilishiga taqiq qo‘yamiz” – Turizm qo‘mitasi
Maʼlum bo‘lishicha, xorijiy davlat fuqarolarining O‘zbekistonga kelib, gidlik faoliyatini amalga oshirishi endi qonunan taqiqlanadi. Bu bo‘yicha hukumat qarori loyihasi shakllantirilgan. Hujjat bilan gidlik faoliyati tartibga solinadi. Audio va elektron gid xizmatlari masalasi ham kun tartibida.
👉 https://kun.uz/50713908

👍33❤6😐4👏3
Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi
▪️«Manchester Siti» klubi Angliya Kubogi finalida “Chelsi”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
▪️ O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda tushib, o‘yin oxirigacha harakat qildi.
▪️ Bu «Manchester Siti» klubining mavsumdagi ikkinchi sovrini bo‘ldi. Fevral oyida jamoa Liga Kubogida g‘alaba qozongan edi.
▪️ Shu bilan birga, “shaharliklar” ayni paytda Angliya Premyer Ligasi g‘olibligi uchun ham kurashmoqda.
👉 https://kun.uz/93675519

👍43❤17🔥6😁4😐3👏1
Fransiya Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga qarshi tergov boshladi
▪️Parij apellyatsiya sudi qarori bilan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudga nisbatan tergov boshlandi.
▪️2019 yilda shahzoda jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha masʼuliyatni zimmasiga olgan edi.
▪️Jamol Qoshiqchi 2018 yil 2 oktyabrda bedarak yo‘qoldi. Shu kuni u Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirdi va qaytib chiqmadi.
▪️Jurnalist uzoq vaqt davomida Saudiya Arabistoni hukumatini tanqid qilib kelgan edi.
▪️Jurnalistni o‘ldirishga Saudiya Arabistoni hukumati buyruq berganini Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, shuningdek, AQSH Milliy razvedkasi maʼlum qildi.
👉 https://kun.uz/39253747

❤18👍6😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqat emas, gap kim tomonidan aytilayotgani muhim edi | 5 daqiqa
Ko‘chaning o‘rtasidagi oddiy janjal baʼzan kitoblardagi eng katta falsafadan ham kuchliroq taʼsir qiladi. Chunki katta haqiqatlar doim ham urush yoki fojia orqali ochilmaydi. Baʼzan bitta itning hurishi, bir odamning baqirishi va atrofga to‘plangan olomonning munosabati butun jamiyatning haqiqiy qiyofasini ko‘rsatib qo‘yadi.
👉 https://kun.uz/61302961

5 daqiqa‘ning navbatdagi sonida Anton Chexovning “Buqalamun” hikoyasi haqida gaplashamiz.
👉 https://kun.uz/61302961
Kun.uz rasmiy kanali
❤11👍7🔥2🤯1