Saida Mirziyoyeva: Hududlardagi muammolar prezident nazoratida
Buxoroda ko‘zdan kechirilgan ayrim bog‘cha va poliklinikalarning ahvoli qoniqarsiz deb topildi. Saida Mirziyoyeva mazkur muassasalarni zudlik bilan ta’mirlash va yangilash zarurligini ta’kidladi.
Ma’lum qilinishicha, 21-sonli bog‘cha qayta quriladi, 46 ming aholiga xizmat ko‘rsatuvchi 9-sonli poliklinika uchun esa yangi bino barpo etiladi. Viloyatdagi yana 36 ta poliklinika rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan.
👉 https://kun.uz/61241804
Kun.uz rasmiy kanali

👍128🔥47❤26👏12😁4
«Bunyodkor» – Rivaldo mojarosi. Shartnoma yana buzildi
Bir paytlar Luiz Felipe Skolarini dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylantirgan Toshkentning «Bunyodkor» klubi og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qoldi. Klub Rivaldo oldidagi qarzdorlikning 2026 yil uchun ko‘zda tutilgan 1,5 mln yevrolik qismini belgilangan muddatda to‘lay olmadi.
Braziliyalik futbolchining qonuniy vakillari klubdan qarzni birdaniga to‘liq to‘lash, qolgan umumiy qarz summasiga 10 foiz miqdorida jarima va har kechikkan oy uchun 1 foiz ustama talab qilyapti.
👉 https://kun.uz/25964140

😁37❤12👍5😭2
Shavkat Mirziyoyev Turkistonga yetib bordi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkiston shahriga keldi. Davlat rahbari bu yerda Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Prezidentni “Hazrat Sulton” xalqaro aeroportida Qozog‘iston davlat maslahatchisi Yerlan Karin, Turkiston viloyati hokimi Nuralxan Kusherov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Bugun Turkistonda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun shaharning tarixiy va madaniy ob’yektlari bo‘yicha tanishuv dasturi ham rejalashtirilgan.
👉 https://kun.uz/70574758

👍175🔥40❤36👏15
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
Hukumat qarori bilan 2026 yil 1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun yangi tariflar tasdiqlandi.
💡 Elektr energiyasi tariflari:
🔹 I, II va IV guruh iste’molchilari uchun — 1 kVt soat 1 100 so‘m.
👨👩👧 Aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflar saqlanib qoldi.
Elektr plitali ko‘p qavatli uylar va yotoqxonalarda:
▪️ 200 kVt/soatgacha — 325 so‘m
▪️ 201–500 kVt/soat — 450 so‘m
▪️ 501–1000 kVt/soat — 550 so‘m
Qolgan maishiy iste’molchilar uchun:
▪️ 200 kVt/soatgacha — 650 so‘m
▪️ 201–500 kVt/soat — 900 so‘m
▪️ 501–1000 kVt/soat — 1 100 so‘m
📌 Yuqori hajmdagi iste’mol uchun oshirilgan koeffisiyentli tariflar saqlanadi.
🔥 Tabiiy gaz tariflari:
▪️ Barcha iste’molchilar uchun — 1 kub metr 2 000 so‘m
▪️ Avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari uchun — 2 750 so‘m
🏠 Aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflar:
▪️ Isitish mavsumida 500 kub metrgacha
▪️ Boshqa mavsumlarda 100 kub metrgacha
— 1 kub metr gaz 1 100 so‘mdan hisoblanadi.

🤯38😐35❤15😭15👏12🔥1
Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham masjid ochiladi
🕌 Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham jome masjidi ochilishi kutilmoqda.
5 mingdan ortiq namozxonga mo‘ljallangan majmua bilan prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev tanishdi.
Masjid ikki qardosh davlat o‘rtasidagi do‘stlik va yaqinlik ramzi sifatida baholanmoqda.
👉 https://kun.uz/76552834

👍227❤51🔥33👏16😐4
Saida Mirziyoyeva: «Jo‘yzar» kanali betonlanadi — yiliga 12 mln kub metr suv tejaladi
Saida Mirziyoyeva Buxoro viloyati rahbariyati ishtirok etgan yig‘ilishda «Jo‘yzar» kanalining 22,5 km qismini betonlash masalasini muhokama qildi.
Bu orqali yiliga 12 mln kub metr suv tejaladi.
Shuningdek, teatrlar rekonstruksiyasi va sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish rejalari ham ko‘rib chiqildi.
👉 https://kun.uz/71658924

👍123🔥60❤35👏13🤯4😁2
Hokimiyat shafeligida qurilgan uylar bitmay turib buziladigan bo‘ldi. Hokimga ishonganlar holi ne kechadi?
2019 yilda Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida hokim va investor o‘rtasidagi shartnomaga asosan ko‘p qavatli uylar qurilishi belgilangan edi. Quruvchi hujjatlarni puxta qilmagani uchun, tomi yopib bo‘lingan uylar sud qarori bilan buzilish arafasida turibdi.
Hokimlikka ishonib, yashab turgan uylarini “investor”ga topshirgan o‘nlab fuqarolar najot izlamoqda.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

😁12❤9😭5👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ho‘rmuzdagi vaziyat, Qozog‘istonda Turkiya dronlari va Hindistonda halokatli dovul – kun dayjesti
• Si yopiq muzokaralarda Trampni Tayvan borasida kelishmovchiliklarning oqibati haqida ogohlantirdi;
• Qozog‘istonda Turkiyaning ANKA zarbdor dronlari ishlab chiqariladi;
• Rossiya Kiyevga yirik havo hujumlari uyushtirdi: 27 kishi halok bo‘ldi;
• Eron harbiylari Ho‘rmuzda bir kemani qo‘lga oldi, yana bir kema cho‘ktirildi;
• Tramp Tehronning boyitilgan uranini olib chiqish faqat "piar" uchun ekanini aytdi;
• Hindistonda yomg‘ir va do‘l aralash kuchli dovul oqibatida kamida 104 kishi halok bo‘ldi.
👉 https://kun.uz/30171905

❤13👍3🤯1😭1
Kun.uz | Rasmiy kanal
Turizm qishlog‘idagi portlash - Oqbo‘yrada osmondan tosh yog‘ildi Samarqand tumanidagi Oqbo‘yra turizm qishlog‘ida 15 aprel kuni sodir bo‘lgan portlashdan keyin aholi o‘zini uylarida emas, go‘yo front chizig‘ida yashayotgandek his qilmoqda. Fuqarolarning…
Oqbo‘yra qishlog‘idagi portlash ta’siri me’yordan ortiq hududlarga yetib borgan - vazirlik izohi
Samarqanddagi Oqbo‘yra turizm qishlog‘ida joylashgan kondagi portlatishda toshlar 357 metrgacha uchib borgan, bu – belgilangan 300 metrlik me’yordan ortiq, deya ma’lum qildi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi. Rasmiy izohda mas’ul korxona aholiga yetkazilgan moddiy zararni qoplab bergani aytiladi. Portlatish standartlari qayta ko‘rib chiqilishi, aholini sirenada ogohlantirish kabi choralar va’da qilinmoqda.
👉 https://kun.uz/64911395

🤯33😐13❤10👍2
“Kichik yo‘lda 120 km/soat tezlikda haydadi” – Xorazmda mast holda mashina boshqargan IIB xodimi YTHga uchradi
Holat Shovot tumani hududida sodir bo‘lgan: ziyofatda aroq ichgan IIB xodimi Cobalt mashinasini boshqarib ketayotib, YTHga uchragan.
Oqibatda mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan yigit og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
“Kichik yo‘lda 120 km/soat tezlikda harakatlandi. Birinchi chuqurga tushganimizda mashina qalqib ketdi. Shunda ham tezlikni pasaytirmadi. Ikkinchi chuqurda esa mashina beton to‘siqqa urilib, ag‘darildi”, degan Cobalt‘da bo‘lgan guvoh.
Sud hukmi bilan xodim 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
👉 https://kun.uz/97906429

😐16❤11🤯11😁6😭5👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar o‘tin emas: vaziyat jiddiy, vazirlik jim
“Siqilib ketsa-da amallab yetib oladi” – ona shunday o‘yda 57 nafar bola qo‘y kabi ustma-ust ortilgan 8 o‘rindiqli mashinaga o‘z farzandini 58-yo‘lovchi qilib mindirishi fojia. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi shuncha vaqtdan buyon aytib kelinayotganiga qaramay masalaga arzirli yechim topmagani, umuman, bolalar hayotiga befarqlarcha munosabatda bo‘layotgani yana bir fojia. Nurota tumanida 13 nafar bog‘cha bolasini tashib ketayotgan Matiz avariyaga uchragani esa haqiqiy fojia.
👉 https://kun.uz/13595709

😭28🤯5😐5❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ajrim – muammoning boshlanishi emas, natijasi”: mutaxassislar oila qurishdan oldin psixologik tayyorgarlikni kuchaytirishni taklif qilmoqda
O‘zbekistonda ajrimlar soni ortidan asosiy savol yana kun tartibiga chiqmoqda: muammo oilalar buzilayotganidami yoki oila qurish jarayonining o‘zidami? Mutaxassislar fikricha, ajrimlar – bu ko‘p holatda oldindan yechilmagan psixologik, tarbiyaviy va munosabatlarga oid muammolar oqibati.
📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING

❤17🔥3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Pedagoglar farzandiga kontraktdan chegirma va poraxo‘rning portreti – mahalliy dayjest
▪️Turizm qishlog‘i konidagi texnogen portlash - Oqbo‘yrada osmondan tosh yog‘ildi.
▪️Issiqxonani isitishda mazut, bitum va shina yoqqanlik uchun jarimalar belgilandi.
▪️Pedagoglar farzandi uchun kontrakt to‘loviga 30 foizlik chegirma to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
▪️Poraxo‘r kim? – Aksilkorrupsiya agentligi korrupsionerning yangi portretini tayyorladi.
▪️1 iyundan tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlari o‘zgaradi.
🗓 Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.
👉 https://kun.uz/67349482

❤10😁2🤯2
Poraxo‘r kim? – Aksilkorrupsiya agentligi korrupsionerning yangi portretini tayyorladi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Kun.uz so‘roviga asosan 2025 yildagi korrupsiyaviy jinoyatlar tahlili bo‘yicha korrupsionerning kriminologik portretini taqdim etdi.
Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘rtacha tipik korrupsioner – avval sudlanmagan, 31-49 yosh oralig‘idagi, oliy ma’lumotli, oilali erkak bo‘lib, u rasmiy daromad manbaiga ega va ko‘p hollarda rahbarlik lavozimlarida ishlaydi.
👉 https://kun.uz/31078445

😁36🤯11👍7❤5
Jahon xabarlari qisqa satrlarda
• AQSH Davlat departamenti Isroil va Livan o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimi yana 45 kunga uzaytirilganini ma’lum qildi.
• Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «Ukraina rahbariyatini yo‘q qilmoqchi»: Ukraina maxsus xizmatlarida ruslarning bo‘lajak hujumlar nishonlariga oid hujjatlar bor.
• Eron tashqi ishlar vaziri Moskva bilan boyitilgan uran zaxiralarini Rossiyaga topshirish ehtimoli yuzasidan dastlabki maslahatlashuvlar o‘tkazilganini tasdiqladi.
• Vyetnam o‘z tarixidagi eng qimmat va yirik loyiha — 67 milliard dollarga baholanayotgan «Shimol — Janub» tezyurar temiryo‘l magistralini qurmoqchi.
• Germaniyaning Mercedes-Benz avtokonserni global xavfsizlik tahdidlari fonida harbiy texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.

❤19🤯5🔥2😭2