Osiyo xotin-qizlar II forumida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi
Tadbirda 20 dan ortiq xorijiy davlat va xalqaro tashkilotlardan yuqori martabali mehmonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, yetakchi ayollar ishtirok etdi.
Ushbu forum Osiyo mamlakatlari o‘rtasida ilg‘or tajribalar almashish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunchilik va amaliy mexanizmlarni takomillashtirish, taʼlim, tadbirkorlik, innovatsiyalar va sunʼiy intellekt sohalarida qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.
👉 https://kun.uz/54237782
Kun.uz rasmiy kanali

😁9❤7🤯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Migratsiya agentligidagi megakorrupsiya. Zanjirning bir halqasidan videolavha
Xalqaro qidiruvga berilgani maʼlum bo‘lgan Migratsiya agentligi sobiq amaldori Aziz Toshtemirov o‘zining hamkasbi Begzod Boysariyev bilan Koreyada ishlashga talabgorlarning imtihonlarida qanday “o‘yin” qilishgan?
Kun.uz 2023 yilda eʼlon qilgan surishtiruvda bu korrupsiyaviy sahnani jonli kadrlarda ochib bergandi (videoda tomosha qiling).
Eslatib o‘tamiz, Tashqi mehnat migratsiya agentligi sobiq mansabdorlari va boshqalardan iborat jinoiy guruhning 90 mln dollardan oshadigan korrupsiyaviy harakatlari Bosh prokuratura Departamenti tomonidan tergov qilinmoqda.
Shu kabi holatlarda jabrlangan fuqarolar Departamentning 71-233-10-07 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishi so‘ralmoqda.

🤯18❤7👍5👏2😁2
«Raqib emas, hamkor bo‘laylik» – Tramp va Si uchrashuvining birinchi kuni qanday o‘tdi?
AQSH prezidenti Donald Tramp va Xitoy yetakchisi Si Jinping o‘rtasidagi muzokaralarning ilk kuni dabdabali marosimlar va qator bahsli masalalarga daxldor bo‘lgan uchrashuvlar bilan o‘tdi:
• Tramp Xitoy yetakchisini «buyuk lider», deya e’tirof qildi, Si esa ikki davlatni «raqib emas, balki hamkor» bo‘lishga chaqirdi;
• Umumiy savdo munosabatlari noaniqligicha qolmoqda, ammo Amerika biznes delegatsiyasi birinchi uchrashuvdan so‘ng xushkayfiyatda;
• Si yopiq muzokaralarda Trampni Tayvan oroli bo‘yicha kelishmovchiliklar «to‘qnashuvlarga olib kelishidan» ogohlantirgan;
• Trampning aytishicha, Si Erondagi urushni hal qilishda shaxsan yordam taklif qilgan, ammo qanday ekani noma’lum;
• Si AQSHdan 200 ta Boeing samolyotini sotib olish bo‘yicha majburiyat olishiga ishora qilgan;
• Si shaxsan o‘zi Trampni Pekindagi mashhur Osmon ibodatxonasi bo‘ylab aylantirdi, uning sharafiga dabdabali banket uyushtirdi;
• Tramp Xitoy yetakchisini 24 sentyabrda Vashingtonga taklif qildi, bugun ham uchrashuvlar davom etadi.
📸👉 https://kun.uz/36349718

❤23😁12🤯2
Avtomobil bozori. Narxlar qanday o‘zgaryapti?
O‘zbekiston avtomobil bozorida elektromobillar taklifi oshib boryapti. So‘nggi 6 oylikda Lacetti va Cobalt bahosi oylik nisbatda yo o‘zgarmagan yoki arzonlashgan. Malibu va Tracker narxlarida esa beqarorlik kuzatilyapti.
Qayd etilishicha, 2024 yil iyun oyida jami takliflarda elektromobillar ulushi 5,4 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2026 yil aprelida bu ko‘rsatkich 10 foizga yetdi. Mahalliy avtomobillar ulushi esa 53,7 foizdan 47 foizgacha qisqargan.
👉 https://kun.uz/54364844

👍31❤10👏1🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bahor salqin va seryog‘in keldi. Nahotki urush sabab?
Bu yil bahor ancha yog‘ingarchilikka boy va o‘tgan yilgidan salqinroq keldi. May o‘rtalab qoldi va hamon tushdan keyin yoqimli, salqin havo bo‘lmoqda. Odatda aprel oxiridan nafas qaytaradigan issiq boshlanib ketardi.
Bu yil bahor Yaqin Sharq uchun ham salqin va seryog‘in keldi. Eron va Iroqda odatdagidan ko‘p yomg‘ir yog‘di. Tarmoqda iqlim o‘zgarishi Erondagi urushga bog‘langan finta nazariyasi ommalashdi.
📹 BATAFSIL YOUTUBE'DA KO‘RING

❤9😁4
Turizm qishlog‘idagi portlash - Oqbo‘yrada osmondan tosh yog‘ildi
Samarqand tumanidagi Oqbo‘yra turizm qishlog‘ida 15 aprel kuni sodir bo‘lgan portlashdan keyin aholi o‘zini uylarida emas, go‘yo front chizig‘ida yashayotgandek his qilmoqda. Fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, portlash oqibatida uy tomlariga toshlar kelib tushgan, devorlarda yoriqlar paydo bo‘lgan. Ayrimlar bolalari qo‘rqib ketganini aytsa, yana bir fuqaro kattagina tosh tunuka tomni yorib kirganini ma’lum qildi.

🤯14❤8🔥7👍2
Saida Mirziyoyeva: Hududlardagi muammolar prezident nazoratida
Buxoroda ko‘zdan kechirilgan ayrim bog‘cha va poliklinikalarning ahvoli qoniqarsiz deb topildi. Saida Mirziyoyeva mazkur muassasalarni zudlik bilan ta’mirlash va yangilash zarurligini ta’kidladi.
Ma’lum qilinishicha, 21-sonli bog‘cha qayta quriladi, 46 ming aholiga xizmat ko‘rsatuvchi 9-sonli poliklinika uchun esa yangi bino barpo etiladi. Viloyatdagi yana 36 ta poliklinika rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan.
👉 https://kun.uz/61241804

👍128🔥47❤26👏12😁4
«Bunyodkor» – Rivaldo mojarosi. Shartnoma yana buzildi
Bir paytlar Luiz Felipe Skolarini dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylantirgan Toshkentning «Bunyodkor» klubi og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qoldi. Klub Rivaldo oldidagi qarzdorlikning 2026 yil uchun ko‘zda tutilgan 1,5 mln yevrolik qismini belgilangan muddatda to‘lay olmadi.
Braziliyalik futbolchining qonuniy vakillari klubdan qarzni birdaniga to‘liq to‘lash, qolgan umumiy qarz summasiga 10 foiz miqdorida jarima va har kechikkan oy uchun 1 foiz ustama talab qilyapti.
👉 https://kun.uz/25964140

😁37❤12👍5😭2
Shavkat Mirziyoyev Turkistonga yetib bordi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkiston shahriga keldi. Davlat rahbari bu yerda Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Prezidentni “Hazrat Sulton” xalqaro aeroportida Qozog‘iston davlat maslahatchisi Yerlan Karin, Turkiston viloyati hokimi Nuralxan Kusherov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Bugun Turkistonda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun shaharning tarixiy va madaniy ob’yektlari bo‘yicha tanishuv dasturi ham rejalashtirilgan.
👉 https://kun.uz/70574758

👍175🔥40❤36👏15
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
Hukumat qarori bilan 2026 yil 1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun yangi tariflar tasdiqlandi.
💡 Elektr energiyasi tariflari:
🔹 I, II va IV guruh iste’molchilari uchun — 1 kVt soat 1 100 so‘m.
👨👩👧 Aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflar saqlanib qoldi.
Elektr plitali ko‘p qavatli uylar va yotoqxonalarda:
▪️ 200 kVt/soatgacha — 325 so‘m
▪️ 201–500 kVt/soat — 450 so‘m
▪️ 501–1000 kVt/soat — 550 so‘m
Qolgan maishiy iste’molchilar uchun:
▪️ 200 kVt/soatgacha — 650 so‘m
▪️ 201–500 kVt/soat — 900 so‘m
▪️ 501–1000 kVt/soat — 1 100 so‘m
📌 Yuqori hajmdagi iste’mol uchun oshirilgan koeffisiyentli tariflar saqlanadi.
🔥 Tabiiy gaz tariflari:
▪️ Barcha iste’molchilar uchun — 1 kub metr 2 000 so‘m
▪️ Avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari uchun — 2 750 so‘m
🏠 Aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflar:
▪️ Isitish mavsumida 500 kub metrgacha
▪️ Boshqa mavsumlarda 100 kub metrgacha
— 1 kub metr gaz 1 100 so‘mdan hisoblanadi.

🤯38😐35❤15😭15👏12🔥1
Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham masjid ochiladi
🕌 Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham jome masjidi ochilishi kutilmoqda.
5 mingdan ortiq namozxonga mo‘ljallangan majmua bilan prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev tanishdi.
Masjid ikki qardosh davlat o‘rtasidagi do‘stlik va yaqinlik ramzi sifatida baholanmoqda.
👉 https://kun.uz/76552834

👍227❤51🔥33👏16😐4
Saida Mirziyoyeva: «Jo‘yzar» kanali betonlanadi — yiliga 12 mln kub metr suv tejaladi
Saida Mirziyoyeva Buxoro viloyati rahbariyati ishtirok etgan yig‘ilishda «Jo‘yzar» kanalining 22,5 km qismini betonlash masalasini muhokama qildi.
Bu orqali yiliga 12 mln kub metr suv tejaladi.
Shuningdek, teatrlar rekonstruksiyasi va sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish rejalari ham ko‘rib chiqildi.
👉 https://kun.uz/71658924

👍123🔥60❤35👏13🤯4😁2
Hokimiyat shafeligida qurilgan uylar bitmay turib buziladigan bo‘ldi. Hokimga ishonganlar holi ne kechadi?
2019 yilda Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida hokim va investor o‘rtasidagi shartnomaga asosan ko‘p qavatli uylar qurilishi belgilangan edi. Quruvchi hujjatlarni puxta qilmagani uchun, tomi yopib bo‘lingan uylar sud qarori bilan buzilish arafasida turibdi.
Hokimlikka ishonib, yashab turgan uylarini “investor”ga topshirgan o‘nlab fuqarolar najot izlamoqda.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

😁12❤9😭5👍2