Kun.uz | Rasmiy kanal
74K subscribers
81.2K photos
11.6K videos
64.4K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Tramp Xitoyda. Yevropaliklar esa “Tolibon”ga eshik ochdi| "Geosiyosat"

Pekindagi uchrashuvda Tramp AQSH–Xitoy munosabatlari “har doimgidan ham yaxshiroq” bo‘lajagini aytdi. Si esa Vashingtonni “raqib emas, hamkor” bo‘lishga chaqirdi.

Yevropa Ittifoqi o‘zi tan olmaydigan “Tolibon” vakillarini rasman Bryusselga taklif qildi. Gap afg‘onlar deportatsiyasi haqida ketmoqda.

Yaqin Sharqda esa BAA va Saudiyaning mart oyida Eronga zarbalari haqidagi ma’lumotlar oradan ikki oy o‘tib sizdirilmoqda.

Mavzular muhokamasi – jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍4🤯1
“Butun O‘zbekiston ishli bo‘ladi” – S8 club odamlarni qanday aldamoqda?
 
Nathan Jones ismli shaxs barcha o‘zbekistonliklarni ishli qilmoqchi. Harqalay odamlarni shu gapga ishontirishga harakat qilayotganlar bor.

Ammo bu navbatdagi yolg‘on, Nathan Jones esa fake persona ekanini hamma ham bilayotgani yo‘q.

Kun.uz moliyaviy piramidalarni fosh qilishda davom etadi. Bu safar LumenX S8 club nomi ostidagi moliyaviy piramida haqida hikoya qilinadi.

👉  https://kun.uz/48409292

Kun.uz rasmiy kanali
😁2610🔥6👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident tashabbusi bilan 100 kishiga bepul Haj yo‘llanmasi berildi

O‘zbekiston prezidentining tashabbusi bilan, 100 nafar vatandosh “Prezident hojisi” sifatida Haj safariga bepul yuborilmoqda. Ularga ziyorat yo‘llanmasi joylarda tantanali tarzda topshirilyapti.

Musulmonlar idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmetbekovning so‘zlariga ko‘ra, bepul yo‘llanma taqdim etilganlar orasida turli soha vakillari bor.

👉 https://kun.uz/34086792
 
Kun.uz rasmiy kanali
👍13572🔥55👏46😐6🤯1
Isroil Netanyahu BAAga maxfiy tashrif buyurganini aytdi. BAA rad qildi

Isroil bosh vaziri idorasiga ko‘ra, Netanyahuning BAAga tashrifi Erondagi urush avjiga chiqqan paytda amalga oshirilgan. BAA buni inkor etayotgan bo‘lsa-da, urush tufayli Amirliklar Isroil bilan naqadar yaqinlashganini ko‘rish mumkin.

Bir necha kun oldin AQSHning Tel-Avivdagi elchisi Isroilning «Temir gumbaz» havo mudofaa tizimi BAAga joylashtirilganini tasdiqlagandi.

👉 https://kun.uz/68695843

Kun.uz rasmiy kanali
🤯356👏2
Behzod Normatov yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi etib tayinlandi

Energetika vazirining sobiq o‘rinbosari, “O‘ztransgaz” sobiq raisi, fevraldan buyon Administratsiyada shu’ba mudiri bo‘lib ishlab kelayotgan Behzod Normatov prezident maslahatchisi etib tayinlandi.

Bu lavozim yarim yil oldin Alisher Sultonovning iste’fosidan keyin bo‘sh turgan edi.

👉 https://kun.uz/54274447

Kun.uz rasmiy kanali
👍96🔥5236👏4😁1
AQSH yillar davomida Eronning bulutlarini o‘g‘irlab kelganmi?
 
2026 yil aprel oyida BAAda joylashgan, bulutlarni ekish bilan shug‘ullanuvchi maxfiy markaz Eron hujumiga uchragani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda ayni shu voqeadan keyin Eronda qurg‘oqchilik tugagani, daryolar to‘lgani va hatto cho‘llarda qor yog‘gani haqidagi gap-so‘zlar urchidi.
 
Xo‘sh, “iqlim qurollari” haqidagi iddaolar ilmiy asosga egami yoki bu ayrimlar aytganidek, Eron rasmiylarining suv muammosiga tashqi dushmanni aybdor qilib ko‘rsatishi xolosmi?

 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
👍2112😁6🤯3🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsiya va yangi moliyaviy piramida – mahalliy dayjest

▪️O‘zbekistonda Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq yirik korrupsion sxema fosh etildi.

▪️S8 club moliyaviy piramidasi mo‘may daromad vaʼdasi bilan odamlarni aldamoqda.

▪️O‘zbekistonning ilk kosmonavti 2028 yilda koinotga uchiriladi.

▪️Toshkentda «Mingo‘rik – Chilonzor buyum bozori» metro liniyasi quriladi.

🗓 Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/17887390

Kun.uz rasmiy kanali
10👍1
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi

Davlat rahbari Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining «Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish» mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etadi.

👉 https://kun.uz/57777930

Kun.uz rasmiy kanali
👍131🔥6522👏15😁1🤯1
Saida Mirziyoyeva Osiyo xotin-qizlari ikkinchi forumida ishtirok etdi

U prezident Shavkat Mirziyoyevning anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirdi.

👉 https://kun.uz/12622162

Kun.uz rasmiy kanali
👍111🔥5026👏15😁8🤯1😭1
Issiqxonani isitishda mazut, bitum va shina yoqqanlik uchun jarimalar belgilandi

▪️Issiqxonada, ishlab chiqarish binosida yonilg‘i sifatida shina, bitum, mazut, plyonka, sintetik karton, rezinani yoqib yuborganlik uchun jarimalar belgilandi.

▪️Qoidabuzarlik uchun fuqaro 6 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha, mansabdor shaxs 10 mln so‘mdan 20 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.

▪️Tegishli qonun prezident tomonidan 4 may kuni imzolandi va 5 avgustdan kuchga kiradi.

👉 https://kun.uz/32414148

Kun.uz rasmiy kanali
👍1714😁5🔥2🤯2😭2
Osiyo xotin-qizlar II forumida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi

Tadbirda 20 dan ortiq xorijiy davlat va xalqaro tashkilotlardan yuqori martabali mehmonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, yetakchi ayollar ishtirok etdi.

Ushbu forum Osiyo mamlakatlari o‘rtasida ilg‘or tajribalar almashish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunchilik va amaliy mexanizmlarni takomillashtirish, taʼlim, tadbirkorlik, innovatsiyalar va sunʼiy intellekt sohalarida qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

👉 https://kun.uz/54237782

Kun.uz rasmiy kanali
😁97🤯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Migratsiya agentligidagi megakorrupsiya. Zanjirning bir halqasidan videolavha

Xalqaro qidiruvga berilgani maʼlum bo‘lgan Migratsiya agentligi sobiq amaldori Aziz Toshtemirov o‘zining hamkasbi Begzod Boysariyev bilan Koreyada ishlashga talabgorlarning imtihonlarida qanday “o‘yin” qilishgan?

Kun.uz 2023 yilda eʼlon qilgan surishtiruvda bu korrupsiyaviy sahnani jonli kadrlarda ochib bergandi (videoda tomosha qiling).

Eslatib o‘tamiz, Tashqi mehnat migratsiya agentligi sobiq mansabdorlari va boshqalardan iborat jinoiy guruhning 90 mln dollardan oshadigan korrupsiyaviy harakatlari Bosh prokuratura Departamenti tomonidan tergov qilinmoqda.

Shu kabi holatlarda jabrlangan fuqarolar Departamentning 71-233-10-07 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishi so‘ralmoqda.

Kun.uz rasmiy kanali
🤯187👍5👏2😁2
«Raqib emas, hamkor bo‘laylik» – Tramp va Si uchrashuvining birinchi kuni qanday o‘tdi?

AQSH prezidenti Donald Tramp va Xitoy yetakchisi Si Jinping o‘rtasidagi muzokaralarning ilk kuni dabdabali marosimlar va qator bahsli masalalarga daxldor bo‘lgan uchrashuvlar bilan o‘tdi:

• Tramp Xitoy yetakchisini «buyuk lider», deya e’tirof qildi, Si esa ikki davlatni «raqib emas, balki hamkor» bo‘lishga chaqirdi;

• Umumiy savdo munosabatlari noaniqligicha qolmoqda, ammo Amerika biznes delegatsiyasi birinchi uchrashuvdan so‘ng xushkayfiyatda;

• Si yopiq muzokaralarda Trampni Tayvan oroli bo‘yicha kelishmovchiliklar «to‘qnashuvlarga olib kelishidan» ogohlantirgan;

• Trampning aytishicha, Si Erondagi urushni hal qilishda shaxsan yordam taklif qilgan, ammo qanday ekani noma’lum;

• Si AQSHdan 200 ta Boeing samolyotini sotib olish bo‘yicha majburiyat olishiga ishora qilgan;

• Si shaxsan o‘zi Trampni Pekindagi mashhur Osmon ibodatxonasi bo‘ylab aylantirdi, uning sharafiga dabdabali banket uyushtirdi;

• Tramp Xitoy yetakchisini 24 sentyabrda Vashingtonga taklif qildi, bugun ham uchrashuvlar davom etadi.

📸👉 https://kun.uz/36349718

Kun.uz rasmiy kanali
22😁12🤯2
Avtomobil bozori. Narxlar qanday o‘zgaryapti?

O‘zbekiston avtomobil bozorida elektromobillar taklifi oshib boryapti. So‘nggi 6 oylikda Lacetti va Cobalt bahosi oylik nisbatda yo o‘zgarmagan yoki arzonlashgan. Malibu va Tracker narxlarida esa beqarorlik kuzatilyapti.

Qayd etilishicha, 2024 yil iyun oyida jami takliflarda elektromobillar ulushi 5,4 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2026 yil aprelida bu ko‘rsatkich 10 foizga yetdi. Mahalliy avtomobillar ulushi esa 53,7 foizdan 47 foizgacha qisqargan.

👉 https://kun.uz/54364844

Kun.uz rasmiy kanali
👍3010👏1🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bahor salqin va seryog‘in keldi. Nahotki urush sabab?

Bu yil bahor ancha yog‘ingarchilikka boy va o‘tgan yilgidan salqinroq keldi. May o‘rtalab qoldi va hamon tushdan keyin yoqimli, salqin havo bo‘lmoqda. Odatda aprel oxiridan nafas qaytaradigan issiq boshlanib ketardi.

Bu yil bahor Yaqin Sharq uchun ham salqin va seryog‘in keldi. Eron va Iroqda odatdagidan ko‘p yomg‘ir yog‘di. Tarmoqda iqlim o‘zgarishi Erondagi urushga bog‘langan finta nazariyasi ommalashdi.

📹 BATAFSIL YOUTUBE'DA KO‘RING
9😁4