Kun.uz | Rasmiy kanal
74K subscribers
81.1K photos
11.6K videos
64.4K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kartadan kartaga pul o‘tkazmalari nazorati va hantavirus bilan bog‘liq vaziyat – mahalliy dayjest

▪️Soliq organlari savdo tushumlarini shaxsiy kartasiga qabul qilish orqali soliqdan qochayotgan tadbirkorlarga nisbatan “ov” boshladi.

▪️Sanepidqo‘mita O‘zbekistonda hantavirus bo‘yicha vaziyat barqarorligini maʼlum qildi.

▪️Toshkentdagi bankda fuqaroning 500 ming dollar mablag‘i talon-toroj qilindi.

▪️Energetika vaziri gaz qazib olish hajmining keskin qisqarib ketganiga izoh berdi.

▪️AQSH bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi.

🗓 Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/08008930

Kun.uz rasmiy kanali
8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hatto VIP tariflar ham bo‘lgan: Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi vizalarni qanday pullagan?

Diplomat Piergabriyele Papadia va uning yordamchisi Tatyana Tarakanovalar Shengen vizasini pullaganlikda ayblanib, qamoqqa olingan. Bor-yo‘g‘i 1 yil ishlagan sobiq elchi kamida 95 nafar Rossiya fuqarolariga noqonuniy ravishda viza berishga ulgurgan. Biznes sxema ichiga Moskvadagi sayyohlik firmalari ham kiradi. Sobiq elchi tekshiruv vaqtida “duduqlanib qolgan”.

👉 https://kun.uz/47891641

Kun.uz rasmiy kanali
😁217
Toshkentda “Mingo‘rik – Chilonzor buyum bozori” metropoliten liniyasi quriladi

▪️Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni Toshkent metropoliteni bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

▪️2030 yilgacha metroda kunlik yo‘lovchilar sonini 1,8 millionga, bekatlar sonini 79 taga yetkazish maqsad qilingan.

▪️Yo‘lovchilar xavfsizligi uchun “Shahriston” bekatida sinov tariqasida oynali himoya to‘siqlarini o‘rnatish taklif etildi.

▪️Avtotransportdan metro tizimiga qulay o‘tishni taʼminlash maqsadida “Park&Ride” tizimini yo‘lga qo‘yish taklif qilindi.

▪️Yo‘lkirani masofaga qarab to‘lash, aholi toifalari uchun imtiyozlar tizimini joriy etish imkoniyatlari o‘rganiladi.

👉 https://kun.uz/kr/47527284

Kun.uz rasmiy kanali
👍211🔥4833😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega SSSR paytida ko‘p qavatli uylar asosan 5 yoki 9 qavatli qilib qurilgan?

Sovet davrida qurilgan ko‘p qavatli uylarga eʼtibor bersangiz, g‘alati bir qonuniyatni ko‘rasiz: aksariyat binolar yo 4-5 qavatli, yoki 9 qavatli qilib qurilgan. Shaharlarda 6 yoki 8 qavatli uylarni uchratish deyarli imkonsiz. Bu faqat O‘zbekistonda emas, balki postsovet mamlakatlarining aksariyatida keng tarqalgan holat.

Nega sovet meʼmorlari shu raqamlarga yopishib olgan? Bu tasodifmi yoki qatʼiy iqtisodiy hisob-kitoblar bilan bog‘liqmi?

👉 https://kun.uz/21738975

Kun.uz rasmiy kanali
19👏8👍6
BAA Pokistondan norozi. Nega?

BAA va Pokiston o‘rtasidagi bugungi keskinlik tasodifiy holat emas. So‘nggi yillarda Eron, Saudiya Arabistoni va Isroil atrofidagi geosiyosiy jarayonlar Abu-Dabi va Islomobodning qarashlari o‘rtasidagi farqni yanada chuqurlashtirdi. Qalin iqtisodiy aloqalarga ega ikki musulmon o‘lkasi bugun geosiyosiy masalalarda ikki tomonda turib qoldi.

Mavzuga Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatshunoslar Shavkat Ikromov va Kamoliddin Rabbimov izoh berdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
11🤯3👍2😐1
Infografika: dunyodagi eng chuqur 10 ta ko‘l

🌍 Dunyodagi eng chuqur ko‘l — Rossiyadagi Baykal bo‘lib, uning chuqurligi 1642 metrga yetadi. Ikkinchi o‘rinda Tanganika ko‘li (1470 m), uchinchi o‘rinda esa Kaspiy dengizi (1030 m) joylashgan.

Mutaxassislar bu kabi ulkan chuqurliklarni tektonik jarayonlar bilan bog‘lamoqda. Baykal sayyoradagi muzlamaydigan toza suv zaxirasining qariyb 20 foizini saqlaydi. Infografikada eng chuqur 10 ta ko‘l reytingi taqdim etilgan.

👉 https://kun.uz/94702017

Kun.uz rasmiy kanali
12👍12😁2🔥1
Rossiya Ukraina bo‘ylab yuzlab dronlar uchirdi

🇷🇺 Rossiya armiyasi Ukraina bo‘ylab ommaviy dron va raketa hujumi uyushtirdi. Kiyevda kuchli portlashlar, yong‘inlar va binolar vayron bo‘lishi qayd etildi, kamida 9 kishi shifoxonaga yotqizildi.

Ukraina maʼlumotiga ko‘ra, bir sutkada Rossiya 892 ta dron uchirgan bo‘lib, ularning 710 tasi havo mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan. Urush boshlanganidan beri birinchi marta Ujgorod shahri ham hujumga uchradi.

👉 https://kun.uz/70899900

Kun.uz rasmiy kanali
20🤯7😭6👍1🔥1😐1
Tramp va Si Jinping Pekinda uchrashuv o‘tkazdi

🇺🇸🇨🇳 Donald Tramp va Si Jinping Pekinda muzokara o‘tkazdi. Xitoy rahbari AQSH prezidentini harbiy sharaf bilan kutib oldi, tomonlar Eron, Tayvan va savdo munosabatlarini muhokama qildi.

Marko Rubio Vashington Xitoydan Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi blokadani yumshatishda yordam kutayotganini aytdi. Muzokaralarda AQSH–Xitoy savdo mojarolarini yumshatish masalasi ham asosiy mavzulardan biri bo‘lmoqda.


👉 https://kun.uz/66303278

Kun.uz rasmiy kanali
9😁9
O‘zbekistonda Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema fosh etildi
 
Migratsiya agentligi sobiq mansabdorlari va boshqalar Koreyaga ishga yuborish uchun jinoiy guruh tuzib, rasmiy to‘lovlardan tashqari odamlardan 7-12 ming dollardan qariyb 90 mln dollar yig‘gani ma’lum bo‘ldi, deya xabar berdi Bosh prokuratura Departamenti.
 
Bu jinoiy guruh faoliyatidan jabr ko‘rgan shaxslar zudlik bilan 71 233 10 07 raqamli ishonch telefoni orqali Departament bilan bog‘lanishi so‘ralmoqda.

👉 https://kun.uz/32706397

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2712😁7👍3
O‘qituvchi tayyorlash sifati davlat nazoratiga olinadi

📚 O‘zbekistonda bo‘lajak o‘qituvchilarning bilim darajasi tashqi diagnostika orqali baholanadi. Yangi nizom loyihasiga ko‘ra, pedagogika yo‘nalishidagi 3-bosqich talabalari har yili maxsus test sinovlaridan o‘tkaziladi.

Test natijalari talabalar reytingiga taʼsir qilmaydi, ammo past ko‘rsatkich qayd etilgan oliygohlar navbatdan tashqari tekshiruvga tushishi mumkin. Shuningdek, baholash natijalari asosida taʼlim dasturlarini yangilash va pedagoglar malakasini oshirish rejalashtirilmoqda.


👉 https://kun.uz/81654657

Kun.uz rasmiy kanali
👍2712
Kun.uz | Rasmiy kanal
O‘zbekistonda Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema fosh etildi   Migratsiya agentligi sobiq mansabdorlari va boshqalar Koreyaga ishga yuborish uchun jinoiy guruh tuzib, rasmiy to‘lovlardan tashqari odamlardan 7-12 ming dollardan qariyb 90 mln…
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi

◾️2022-yilda Koreyaga ishga yuborish bo‘yicha 4 ta imtihondan 2 tasi ommaga e’lon qilinmasdan, imi-jimida o‘tkazib yuborilgan. Kun.uz bu holatga 2023-yildagi surishtiruvida e’tibor qaratgan edi.

◾️O‘sha yilgi boshqa bir maqolamizda 12 ming dollar pora bermagan yuzlab odamlar “ko‘zingiz yaxshi ko‘rmaydi” degan bahona bilan imtihondan yiqitilgani aytilgan edi. Bu bahona yolg‘on bo‘lgani keyinchalik o‘z tasdig‘ini topgandi.

◾️Kun.uz'ning yana bir surishtiruvida Migratsiya agentligidagi shubhali harakatlar videoga tushib qolgani haqida so‘z yuritilgandi.

◾️Boshqa bir maqolamizda huquq organlarini Koreyaga ishga yuborishdagi korrupsion sxemani taftish qilishga chaqirgan edik.

Lekin o‘shanda tegishli idoralardan reaksiya bo‘lmagan, tanqidlarni hazm qilolmagan Migratsiya agentligi esa Kun.uz ustidan AOKAga shikoyat qilgan edi.

📹 2023-YILGI SURISHTIRUV JARAYONIDAN LAVHA
👍259🔥6
Buxoroda Markaziy Osiyo va Ozarboyjon yetakchi ayollari muloqoti bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 Buxoroda Markaziy Osiyo va Ozarboyjon yetakchi ayollari muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda parlament rahbarlari va xalqaro tashkilotlar vakillari xotin-qizlarning siyosat, ilm-fan va innovatsiyadagi rolini kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.

🧪 Forum doirasida olima ayollar ishtirokida ilm-fan, sunʼiy intellekt, ekologiya va barqaror rivojlanish mavzulariga bag‘ishlangan muloqotlar o‘tkazildi.

🤝 Yakunda mintaqaviy ilmiy hamkorlikni rivojlantirish uchun SheScience Central Asia tarmog‘ini tashkil etish bo‘yicha Qo‘shma kommyunike qabul qilindi.


👉 https://kun.uz/76355189

Kun.uz rasmiy kanali
😁2313👍1🔥1🤯1
“Hayvondan yuqadi, tashqi muhitga chidamsiz” - hantavirus O‘zbekistonga qanchalik xavf soladi?

SanEpid qo‘mitaga ko‘ra, hantavirusning O‘zbekistonga kirib kelish xavfi past.

Virus 20 xil shtammga ega va ulardan bir xili hayvondan odamga yuqadi. Yuqish tezligi ham koronavirus kabi emas, havo-tomchi yo‘li bilan yuqmaydi. Kun.uz bilan suhbatlashgan Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi ekspertiga ko‘ra, aholining vahima ko‘tarishiga hojat yo‘q.

 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
👍129🤯2
Migratsiya agentligi sobiq xodimi xalqaro qidiruvga berildi

Agentlikda bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan Azizbek Toshtemirov Interpol saytida ko‘rsatilishicha firibgarlik jinoyatida ayblanmoqda.

Kun.uz Koreyaga ishga yuborishdagi korrupsion sxema haqida 2023-yilda e’lon qilgan surishtiruvlaridan birida bu shaxs haqida ham so‘z yuritilgan edi.

👉 https://kun.uz/67966338

Kun.uz rasmiy kanali
😁3215👏5👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Lashkarakda noqonuniy ishlagan ziplaynda ikki kishi to‘qnashib ketdi

FVV xabariga ko‘ra, to‘qnashgan odamlar jarohat olmagan. Ziplaynning o‘zi esa noqonuniy faoliyat yuritib kelgan.

Noqonuniy faoliyat 15-yanvar kuni to‘xtatilganiga qaramay, ziplaynni yana o‘zboshimchalik bilan tiklab olishgan. Oxirgi voqeadan keyin, bugun uning trosi uzib tashlandi.

👉 https://kun.uz/03209771

Kun.uz rasmiy kanali
17👏5😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tramp—Si uchrashuvi va Moskvada harbiy senzura – kun dayjesti

• Pekinda Donald Tramp va Si Jinping o‘rtasida uchrashuvlar boshlandi: ikkala tomon ham o‘zaro hamkorlikda foyda bo‘lishini aytmoqda;

• Isroil Livanga bergan zarbalari oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi;

• “Hizbulloh” elita kuchlari qo‘mondoni — Ahmed Balut halok bo‘lganini tasdiqladi;

• Filippin Senati binosida otishma: hukumat nufuzli senatorni xalqaro sudga topshirmoqchi;

• Moskvada harbiy senzura: terakt va dron hujumlari oqibatlari haqida materiallar eʼlon qilish taqiqlandi;

• Fransiya bortida 1700 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan kemani vaqtincha karantinga oldi.

👉 https://kun.uz/19596573

Kun.uz rasmiy kanali
13
Tramp Xitoyda. Yevropaliklar esa “Tolibon”ga eshik ochdi| "Geosiyosat"

Pekindagi uchrashuvda Tramp AQSH–Xitoy munosabatlari “har doimgidan ham yaxshiroq” bo‘lajagini aytdi. Si esa Vashingtonni “raqib emas, hamkor” bo‘lishga chaqirdi.

Yevropa Ittifoqi o‘zi tan olmaydigan “Tolibon” vakillarini rasman Bryusselga taklif qildi. Gap afg‘onlar deportatsiyasi haqida ketmoqda.

Yaqin Sharqda esa BAA va Saudiyaning mart oyida Eronga zarbalari haqidagi ma’lumotlar oradan ikki oy o‘tib sizdirilmoqda.

Mavzular muhokamasi – jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍4🤯1