Kun.uz | Rasmiy kanal
74K subscribers
81.1K photos
11.6K videos
64.4K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
O‘zbekistonda P2P monitoringi boshlandi. Ammo noaniqliklar ko‘p

Soliq organlari savdo tushumlarini shaxsiy kartasiga qabul qilish orqali soliqdan qochayotgan tadbirkorlarga nisbatan “ov” boshladi. Tarmoqda buning uchun fuqarolarni soliq idorasiga chaqirish holatlari haqida yozilmoqda.

Tekshiruv doirasiga aynan kimlar tushishi, shaxsning bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning olinishi uchun belgilangan mezonlar ochiqlanmayapti.

👉 https://kun.uz/45139366

Kun.uz rasmiy kanali
😁13😭119👍7😐6🤯3
IPO yakunlari: Milliy investitsiya jamg‘armasining 31 foizi 603,6 mln dollarga sotildi

O‘zbekiston hukumati Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarining birlamchi ommaviy taklifi doirasida fondning 31 foiz ulushini sotish orqali 603,6 mln dollar jalb qildi.

GDR'larning qo‘shimcha joylashtiruvi hisobiga IPO'da realizatsiya qilingan ulush 35 foizgacha, tushum esa 692 mln dollargacha yetishi mumkin.

Jamg‘armaning bozor kapitalizatsiyasi 1,95 mlrd dollarni tashkil etdi.

👉 https://kun.uz/70405150

Kun.uz rasmiy kanali
8🔥7😐4
«Asosiy pasayish Sho‘rtanda» — energetika vaziri gaz qazib olish hajmining keskin qisqarib ketganiga izoh berdi

2026 yilning mart oyida O‘zbekistonda 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 mlrd kub yoki 30,8 foizga kam. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bu pasayish “kutilgan holat” ekani, hozirda asosiy vazifa qazib olishni barqarorlashtirish va hajmlarni ushlab turish ekanini aytdi.

«Asosiy pasayish, bilasizlar, Sho‘rtanda, ya’ni Buxoro-Xiva va Qashqadaryo hududlaridagi, o‘sha eski va doim aytganimizdek, 85−90 foizga o‘zlashtirib bo‘lingan konlarda yuz bermoqda», — dedi vazir.


👉 https://kun.uz/88931571

Kun.uz rasmiy kanali
😁3314😐10🤯2😭2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saudiyaning Eronga maxfiy zarbalari va Yevropaga kelayotgan “Tolibon” – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan quyidagi voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz:

• Reuters: Saudiya Arabistoni o‘z hududiga amalga oshirilgan hujumlarga javoban Eronga ko‘plab eʼlon qilinmagan zarbalar bergan;

• Donald Tramp Eron bilan urushni tugatish uchun Xitoyning yordamiga ehtiyoji yo‘qligini aytdi;

• Yevrokomissiya afg‘onistonliklar deportatsiyasini muhokama qilish uchun “Tolibon” vakillarini Bryusselga taklif qildi;

• Ukraina kuchlari Rossiyaning 1,5 ming km ichkarisiga — Orenburgdagi gaz inshootlariga zarba berdi;

• Hantavirus aniqlanganlar soni 11 kishiga yetdi, JSST bemorlar ko‘payishi mumkinligini aytmoqda.

👉 https://kun.uz/38133726

Kun.uz rasmiy kanali
15
Rossiyada sinalgan raketa va Xitoyga yo'l olgan Tramp | "Geosiyosat"

Rossiya “Sarmat” raketasi sinovini muvaffaqiyatli o'tkazganini e'lon qildi. Bu iqtisodiy prognozlar pasaytirilgan bir paytga to'g'ri kelmoqda.

Ukraina aeroportlar atrofidagi hujumlarni to‘xtatish bo‘yicha sulh taklif qilmoqda.

AQSH yetakchisi Xitoyga bormoqda: savdo, xavfsizlik va Tayvan masalasida muzokara bo‘ladi.

Mavzular muhokamasi – jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
Kun.uz | Rasmiy kanal
Trampning Eronga qarshi urushi AQSH iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilyapti? Urush boshlanganidan buyon amerikaliklar benzin va dizel uchun qo‘shimcha 35 milliard dollar to‘lashga majbur bo‘ldi. Bu har bir uy xo‘jaligi uchun taxminan 268 dollar yoki bir haftalik…
«Zarracha ham emas» — Tramp amerikaliklarning qiyinchiliklari uni kelishuvga undamasligini aytdi

Donald Tramp Eron bilan urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda — amerikaliklarning moliyaviy qiyinchiliklari uning qaror qabul qilishida omil bo‘lolmasligini aytdi.

«Men hech kim haqida o‘ylamayapman. Biz Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Meni harakatga keltiradigan yagona narsa shu», dedi Tramp.


Ammo Trampning respublikachi safdoshlari urush keltirib chiqargan iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli noyabrdagi saylovlarda Vakillar palatasi va Senat ustidan nazoratni yo‘qotishdan qo‘rqmoqda.

👉 https://kun.uz/49232019

Kun.uz rasmiy kanali
😁3712
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
 
Putin «urush tugayotganini» aytdi, lekin bunga o‘xshamayapti. Dronlar urushda inqilob qildi, frontning har ikki tomonida o‘nlab chaqirim «o‘lim zonalari» paydo bo‘ldi, u yerlar texnika uchun ham, odam uchun ham xavfli.
 
Zelenskiy Moskvadagi paradga «ruxsat berib» chiqargan troll-farmoni axborot makonida kuchli effekt berdi.

📹 BATAFSIL YOUTUBE'DA KO‘RING
10👍4😭1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSh prezidenti Donald Tramp Pekinga yetib keldi

Bu AQSh prezidentining 2017-yildan beri Xitoyga ilk tashrifi hisoblanadi. Trampni Xitoy vitse-prezidenti Xang Jeng kutib oldi.

Tashrif davomida Trampga Oq uy rasmiylaridan tashqari, Ilon Mask, Sem Altman kabi o‘nlab texno-gigant kompaniyalarning boshliqlari hamrohlik qilmoqda.

Kun.uz rasmiy kanali
11👍10😁10
Kvartplata to‘lovida qo‘shimcha haq undirilyapti, nega?

Ko‘p kvartirali uyda yashovchilar har oylik majburiy badalni hukumatning “Mening uyim” ilovasi yoki boshqa bir qator ilovalar orqali to‘lashda 1–2 foiz miqdorida qo‘shimcha haq undirilishiga duch kelmoqda.

Qurilish va kommunal xo‘jalik vazirligi Kun.uz so‘roviga javoban bu – to‘lov tizimlarining komissiyasi ekani, “Mening uyim” billing tizimi uchun atalgan 1 foizlik ajratma bilan bog‘liq emasligini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/46317751

Kun.uz rasmiy kanali
🤯214👏2
BP Ustyurtdagi yirik gaz loyihasiga qo‘shildi

«O‘zbekneftgaz», Ozarboyjonning SOCAR va Buyuk Britaniyaning BP (sobiq British Petroleum) kompaniyalari o‘rtasida mahsulot taqsimotiga oid bitim imzolandi.

Kelishuv Ustyurtdagi gaz konlaridan 6 ta blokni qamrab oladi.

Loyihadagi ulushlar quyidagicha taqsimlangan: BP — 40 foiz, SOCAR — 30 foiz, «O‘zbekneftgaz» — 30 foiz.
 
👉 https://kun.uz/90371699

Kun.uz rasmiy kanali
🤯30👏9😁86😐4😭1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kartadan kartaga pul o‘tkazmalari nazorati va hantavirus bilan bog‘liq vaziyat – mahalliy dayjest

▪️Soliq organlari savdo tushumlarini shaxsiy kartasiga qabul qilish orqali soliqdan qochayotgan tadbirkorlarga nisbatan “ov” boshladi.

▪️Sanepidqo‘mita O‘zbekistonda hantavirus bo‘yicha vaziyat barqarorligini maʼlum qildi.

▪️Toshkentdagi bankda fuqaroning 500 ming dollar mablag‘i talon-toroj qilindi.

▪️Energetika vaziri gaz qazib olish hajmining keskin qisqarib ketganiga izoh berdi.

▪️AQSH bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi.

🗓 Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/08008930

Kun.uz rasmiy kanali
8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hatto VIP tariflar ham bo‘lgan: Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi vizalarni qanday pullagan?

Diplomat Piergabriyele Papadia va uning yordamchisi Tatyana Tarakanovalar Shengen vizasini pullaganlikda ayblanib, qamoqqa olingan. Bor-yo‘g‘i 1 yil ishlagan sobiq elchi kamida 95 nafar Rossiya fuqarolariga noqonuniy ravishda viza berishga ulgurgan. Biznes sxema ichiga Moskvadagi sayyohlik firmalari ham kiradi. Sobiq elchi tekshiruv vaqtida “duduqlanib qolgan”.

👉 https://kun.uz/47891641

Kun.uz rasmiy kanali
😁217
Toshkentda “Mingo‘rik – Chilonzor buyum bozori” metropoliten liniyasi quriladi

▪️Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni Toshkent metropoliteni bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

▪️2030 yilgacha metroda kunlik yo‘lovchilar sonini 1,8 millionga, bekatlar sonini 79 taga yetkazish maqsad qilingan.

▪️Yo‘lovchilar xavfsizligi uchun “Shahriston” bekatida sinov tariqasida oynali himoya to‘siqlarini o‘rnatish taklif etildi.

▪️Avtotransportdan metro tizimiga qulay o‘tishni taʼminlash maqsadida “Park&Ride” tizimini yo‘lga qo‘yish taklif qilindi.

▪️Yo‘lkirani masofaga qarab to‘lash, aholi toifalari uchun imtiyozlar tizimini joriy etish imkoniyatlari o‘rganiladi.

👉 https://kun.uz/kr/47527284

Kun.uz rasmiy kanali
👍211🔥4833😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega SSSR paytida ko‘p qavatli uylar asosan 5 yoki 9 qavatli qilib qurilgan?

Sovet davrida qurilgan ko‘p qavatli uylarga eʼtibor bersangiz, g‘alati bir qonuniyatni ko‘rasiz: aksariyat binolar yo 4-5 qavatli, yoki 9 qavatli qilib qurilgan. Shaharlarda 6 yoki 8 qavatli uylarni uchratish deyarli imkonsiz. Bu faqat O‘zbekistonda emas, balki postsovet mamlakatlarining aksariyatida keng tarqalgan holat.

Nega sovet meʼmorlari shu raqamlarga yopishib olgan? Bu tasodifmi yoki qatʼiy iqtisodiy hisob-kitoblar bilan bog‘liqmi?

👉 https://kun.uz/21738975

Kun.uz rasmiy kanali
19👏8👍6
BAA Pokistondan norozi. Nega?

BAA va Pokiston o‘rtasidagi bugungi keskinlik tasodifiy holat emas. So‘nggi yillarda Eron, Saudiya Arabistoni va Isroil atrofidagi geosiyosiy jarayonlar Abu-Dabi va Islomobodning qarashlari o‘rtasidagi farqni yanada chuqurlashtirdi. Qalin iqtisodiy aloqalarga ega ikki musulmon o‘lkasi bugun geosiyosiy masalalarda ikki tomonda turib qoldi.

Mavzuga Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatshunoslar Shavkat Ikromov va Kamoliddin Rabbimov izoh berdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
11🤯3👍2😐1
Infografika: dunyodagi eng chuqur 10 ta ko‘l

🌍 Dunyodagi eng chuqur ko‘l — Rossiyadagi Baykal bo‘lib, uning chuqurligi 1642 metrga yetadi. Ikkinchi o‘rinda Tanganika ko‘li (1470 m), uchinchi o‘rinda esa Kaspiy dengizi (1030 m) joylashgan.

Mutaxassislar bu kabi ulkan chuqurliklarni tektonik jarayonlar bilan bog‘lamoqda. Baykal sayyoradagi muzlamaydigan toza suv zaxirasining qariyb 20 foizini saqlaydi. Infografikada eng chuqur 10 ta ko‘l reytingi taqdim etilgan.

👉 https://kun.uz/94702017

Kun.uz rasmiy kanali
12👍12😁2🔥1
Rossiya Ukraina bo‘ylab yuzlab dronlar uchirdi

🇷🇺 Rossiya armiyasi Ukraina bo‘ylab ommaviy dron va raketa hujumi uyushtirdi. Kiyevda kuchli portlashlar, yong‘inlar va binolar vayron bo‘lishi qayd etildi, kamida 9 kishi shifoxonaga yotqizildi.

Ukraina maʼlumotiga ko‘ra, bir sutkada Rossiya 892 ta dron uchirgan bo‘lib, ularning 710 tasi havo mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan. Urush boshlanganidan beri birinchi marta Ujgorod shahri ham hujumga uchradi.

👉 https://kun.uz/70899900

Kun.uz rasmiy kanali
20🤯7😭6👍1🔥1😐1
Tramp va Si Jinping Pekinda uchrashuv o‘tkazdi

🇺🇸🇨🇳 Donald Tramp va Si Jinping Pekinda muzokara o‘tkazdi. Xitoy rahbari AQSH prezidentini harbiy sharaf bilan kutib oldi, tomonlar Eron, Tayvan va savdo munosabatlarini muhokama qildi.

Marko Rubio Vashington Xitoydan Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi blokadani yumshatishda yordam kutayotganini aytdi. Muzokaralarda AQSH–Xitoy savdo mojarolarini yumshatish masalasi ham asosiy mavzulardan biri bo‘lmoqda.


👉 https://kun.uz/66303278

Kun.uz rasmiy kanali
9😁9
O‘zbekistonda Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema fosh etildi
 
Migratsiya agentligi sobiq mansabdorlari va boshqalar Koreyaga ishga yuborish uchun jinoiy guruh tuzib, rasmiy to‘lovlardan tashqari odamlardan 7-12 ming dollardan qariyb 90 mln dollar yig‘gani ma’lum bo‘ldi, deya xabar berdi Bosh prokuratura Departamenti.
 
Bu jinoiy guruh faoliyatidan jabr ko‘rgan shaxslar zudlik bilan 71 233 10 07 raqamli ishonch telefoni orqali Departament bilan bog‘lanishi so‘ralmoqda.

👉 https://kun.uz/32706397

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2712😁7👍3
O‘qituvchi tayyorlash sifati davlat nazoratiga olinadi

📚 O‘zbekistonda bo‘lajak o‘qituvchilarning bilim darajasi tashqi diagnostika orqali baholanadi. Yangi nizom loyihasiga ko‘ra, pedagogika yo‘nalishidagi 3-bosqich talabalari har yili maxsus test sinovlaridan o‘tkaziladi.

Test natijalari talabalar reytingiga taʼsir qilmaydi, ammo past ko‘rsatkich qayd etilgan oliygohlar navbatdan tashqari tekshiruvga tushishi mumkin. Shuningdek, baholash natijalari asosida taʼlim dasturlarini yangilash va pedagoglar malakasini oshirish rejalashtirilmoqda.


👉 https://kun.uz/81654657

Kun.uz rasmiy kanali
👍2712
Kun.uz | Rasmiy kanal
O‘zbekistonda Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema fosh etildi   Migratsiya agentligi sobiq mansabdorlari va boshqalar Koreyaga ishga yuborish uchun jinoiy guruh tuzib, rasmiy to‘lovlardan tashqari odamlardan 7-12 ming dollardan qariyb 90 mln…
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi

◾️2022-yilda Koreyaga ishga yuborish bo‘yicha 4 ta imtihondan 2 tasi ommaga e’lon qilinmasdan, imi-jimida o‘tkazib yuborilgan. Kun.uz bu holatga 2023-yildagi surishtiruvida e’tibor qaratgan edi.

◾️O‘sha yilgi boshqa bir maqolamizda 12 ming dollar pora bermagan yuzlab odamlar “ko‘zingiz yaxshi ko‘rmaydi” degan bahona bilan imtihondan yiqitilgani aytilgan edi. Bu bahona yolg‘on bo‘lgani keyinchalik o‘z tasdig‘ini topgandi.

◾️Kun.uz'ning yana bir surishtiruvida Migratsiya agentligidagi shubhali harakatlar videoga tushib qolgani haqida so‘z yuritilgandi.

◾️Boshqa bir maqolamizda huquq organlarini Koreyaga ishga yuborishdagi korrupsion sxemani taftish qilishga chaqirgan edik.

Lekin o‘shanda tegishli idoralardan reaksiya bo‘lmagan, tanqidlarni hazm qilolmagan Migratsiya agentligi esa Kun.uz ustidan AOKAga shikoyat qilgan edi.

📹 2023-YILGI SURISHTIRUV JARAYONIDAN LAVHA
👍259🔥6