Kun.uz | Rasmiy kanal
74K subscribers
81.1K photos
11.6K videos
64.4K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Rossiya uch kunlik sulhdan keyin Ukrainaga hujumlarni yana boshladi

12-mayga o‘tar tunda Ukrainaning qator hududlari yana Rossiya hujumlariga uchradi.

Oqibatda kamida 6 kishi yaralanib, bir kishi halok bo‘lgan. Kiyev o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirishni taklif qilganini aytmoqda. “Vaqtinchalik otashkesimni yakunlashni Rossiyaning o‘zi tanladi, biz ham xuddi shunday javob beramiz”, dedi Zelenskiy.

Kelishilgan asirlar almashinuvi hali ro‘y bermadi.

👉 https://kun.uz/67146763

Kun.uz rasmiy kanali
11🤯8😁4🔥3
Tramp Eronni yana bombalashi mumkin | "Geosiyosat"

Oq uy Eronga qarshi harbiy zarbalarni qayta boshlash variantini muhokama qilmoqda.

BAA Islomobodning Eron bo‘yicha vositachiligidan so‘ng pokistonliklarni ommaviy deportatsiya qilishni boshladi, asosiy nishon shialar ekani aytilmoqda. Ayrim manbalarda amirlik Eron hududiga qarshi yashirin operatsiyalarda ham ishtirok etgani tilga olinmoqda.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9😁2👍1
800 ga yaqin davlat xizmatida byurokratiya nolga tushirilishi aytildi

O‘zbekistonda 783 ta davlat xizmatiga “nol byurokratiya” tamoyili joriy etilishi mumkin. Prezident huzuridagi taqdimotda aytilishicha, bu orqali:

550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga o‘tkaziladi;

80 turdagi xizmat proaktiv va kompozit shaklga o‘tkaziladi;

yana 80 turdagi xizmatni ko‘rsatish muddati 2-3 karra qisqartiriladi.

👉 https://kun.uz/04484440

Kun.uz rasmiy kanali
👍1015😁5🤯2
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tuzildi. Unga Azizbek Urunov rais bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etildi.

Qo‘mitaga o‘rindoshlik asosida prezidentning Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili Azizbek Urunov rais etib tayinlandi.

Administratsiyada ishlab kelgan Furqat Jalilov va Elyor Talaboyev yangi qo‘mita raisining o‘rinbosarlari bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/52587225

Kun.uz rasmiy kanali
👍113🔥3534👏17😭6😐3
Toshkentda ko‘cha bo‘yidagi drenaj ariqchasi beton bilan to‘ldirib tashlandi

Shofayzi ko‘chasidagi qurilish ishlari jarayonida suyuq beton qoldiqlari yo‘l yoqasidagi ariqchaga va piyodalar yo‘lagiga oqizib yuborildi. Natijada drenaj ariqchasi to‘lib qolgan.

Holat videosi internetda tarqalgach, ekologiya organi tezkorlik bilan huquqbuzarga chora ko‘rdi. U jarima to‘lashdan tashqari, betonni yig‘ishtirib olishi ham kerak.

👉 https://kun.uz/57173361

Kun.uz rasmiy kanali
🔥1917😁10👍8🤯7👏3😭2😐1
Orif Bo‘tayev chorvachilik va yaylov xo‘jaligiga mas’ul bo‘ldi

Veterinariya va chorvachilik qo‘mitasi – Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi sifatida qayta tashkil etildi.

Agentlik raisi lavozimiga 2020-yildan beri Mikrokreditbankni boshqarib kelayotgan Orif Bo‘tayev tayinlandi. U bir vaqtning o‘zida qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari ham hisoblanadi.

Avvalroq prezident qarori bilan mahalliy aholi uy sharoitida boqadigan chorva mollarini oziqlantirish uchun jamoat yaylovlarini tashkil etish vazifasi qo‘yilgan edi.

👉 https://kun.uz/65216456

Kun.uz rasmiy kanali
👍137🔥4927😁4🤯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Byurokratiyadan xoli davlat xizmatlari va narxi oshgan propan – mahalliy dayjest

▪️800 ga yaqin davlat xizmatida byurokratiya bartaraf etiladi, bu orqali 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga o‘tkaziladi.

▪️Farg‘ona vodiysidagi yonilg‘i quyish shoxobchalarida propan narxi sezilarli darajada qimmatladi.

▪️Farg‘onada poyezd temiryo‘ldagi mast erkak sabab shoshilinch to‘xtadi.

▪️Surxondaryoda sudya yordamchisi, Buxoroda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi.

🗓 Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/57722503

Kun.uz rasmiy kanali
11👍4😁2
Quyosh paneli o‘rnatgan korxonalardan elektrning xarid narxi pasaytirilishi mumkin

O‘z ehtiyoji uchun quyosh paneli o‘rnatgan tadbirkorlarning ortiqcha energiyani davlatga sotishida 1 kWh uchun belgilangan 800 so‘mlik narx 250 so‘mga tushirilishi mumkin.

Quyosh paneliga investitsiya kiritib qo‘ygan tadbirkorlar bunga e’tiroz bildirmoqda.

O‘zLiDeP masalani atroflicha o‘rganib, mas’ullarni so‘roqqa chaqirishini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/50232761

Kun.uz rasmiy kanali
😁6212😭10👏4🤯4
O‘zbekistonda bir qator subsidiyalar belgilandi

O‘qituvchilar sertifikat olish uchun qilgan xarajatining 50 foizi (ko‘pi bilan 8,2 mln so‘m) davlat tomonidan qoplab beriladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar tadbirkorlik boshlamoqchi yoki faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lsa, davlat ularga qariyb 40 mln so‘mgacha foizsiz qarz beradi.

Ish beruvchilar esa ozodlikka chiqqan shaxslarni ishga olsa yoki mehnat sharoitlarini nogironligi bor shaxslarga moslashtirsa, subsidiya oladi.

👉 https://kun.uz/03128192

Kun.uz rasmiy kanali
👍148🤯1
BAA Eronga yashirincha hujumlar uyushtirib kelmoqda – WSJ

Birlashgan Arab Amirliklari AQSH va Isroil boshlagan urushda Tehronning hujumlariga javoban Eronga zarbalar bermoqda. Wall Street Journal bilan gaplashgan manbalar o‘tgan oyda Lavan orolidagi Eron neft zavodiga aynan BAAning qiruvchilari hujum qilganini taʼkidlagan.

Amirlik rasmiylari va Pentagon hujumlar yuzasidan izoh bermadi. Ammo, Tramp maʼmuriyati urushga qo‘shilishni istagan har qanday arab davlatining ishtirokini «shovqinsiz mamnuniyat» bilan qarshi olmoqda.

👉 https://kun.uz/31314737

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2914👏5😭3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘p narsadan yutqazdim”: avtosalon sxemasiga aralashgan mahkuma hikoyasi

26 yoshli Malika otasidan ayrilgach oila yukini yengillashtirish maqsadida avtosalonga ishga kirganda “Leviy” mashinalar, “shapka”lar ortidan taqdiri vayron bo‘lishini o‘ylamagan edi.

“Shapka” pullari avtomobil rusumiga qarab bo‘lardi. Cobalt, Lacettiʼlar 800-900 dollardan, Damasʼlar 500-600 dollardan hisoblangan. Mendan boshqa menejerlar ham bizning avtosalonda hammasi shu “leviy” ishlar bilan shug‘ullanardi. Buxgalterimizdan tortib hamma shunaqa ishlar bilan shug‘ullanishgan”.


📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
15🤯9🔥2
Jahon chempionati – biz uchun tajriba, Osiyo Kubogida natija uchun kurashamiz – Kannavaro

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoni haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Milliy jamoaga jalb etishda futbolchilarning yoshiga eʼtibor bermadim. O‘zini ko‘rsatgan, munosib bo‘lgan futbolchilarni chaqirdim.

O‘rtoqlik o‘yinlari (Kanada – 1 iyun, Niderlandiya – 8 iyun) uchun imkon qadar kuchli va raqobatbardosh raqiblarni tanlashga harakat qildik.

Bu biz uchun ilk jahon chempionati. Shuning uchun futbolchilarga ortiqcha bosim emas, aksincha, o‘yindan zavq olish ruhini berishimiz kerak.

Mening asosiy ambitsiyalarimdan biri — Osiyo Kubogini yutish. Biz bu maqsad yo‘lida bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.


👉 https://kun.uz/77908182

Kun.uz rasmiy kanali
👍43😁2015👏6😭3🔥2😐2
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda

Supertovushli aviatsiya qaytmoqda: Boom Supersonic kompaniyasi Nyu-Yorkdan Londonga atigi 3,5 soatda uchadigan Overture laynerini tayyorlayapti.

NASA esa “tovush zarbasi” muammosini hal qilish uchun X-59 samolyotini sinovdan o‘tkazmoqda.

Ilk reyslar asosan biznes-klass yo‘lovchilari uchun mo‘ljallanishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/80891367

Kun.uz rasmiy kanali
17👍12😁4🔥3
Soliq organlari plastik karta orqali tushumlarni o‘rganmoqda

Soliq organlari savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ayrim tadbirkorlarda plastik kartadan plastik kartaga (P2P) o‘tkazmalar orqali qabul qilingan tushumlarni tahlil qilmoqda.

Ba’zi holatlarda ushbu mablag‘lar soliq hisobotlarida aks ettirilmayotgani aniqlangan. Rahbar xodimlar kartalariga kelib tushgan mablag‘lar o‘rganilib, aniqlangan holatlar bo‘yicha soliq to‘lovchilarga xabarnomalar yuborilmoqda.

👉 https://kun.uz/49877338

Kun.uz rasmiy kanali
😁1911👏10🤯9👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ziroat Mirziyoyeva «Inson uchun» festivalida ijtimoiy loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan an’anaviy «Inson uchun» festivaliga birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva tashrif buyurdi.

👉 https://kun.uz/22553469

Kun.uz rasmiy kanali
👍119🔥3617👏12😁7
Trampning Eronga qarshi urushi AQSH iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilyapti?

Urush boshlanganidan buyon amerikaliklar benzin va dizel uchun qo‘shimcha 35 milliard dollar to‘lashga majbur bo‘ldi. Bu har bir uy xo‘jaligi uchun taxminan 268 dollar yoki bir haftalik oziq-ovqat xarajatlariga teng.

Shuningdek, yil boshida prognoz qilingan foiz stavkalarining pasaytirilmasligi natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy yo‘qotish taxminan 200 milliard dollarni tashkil etishi mumkin.

👉 https://kun.uz/27237150

Kun.uz rasmiy kanali
12🔥9👍6👏2
O‘zbekistonda P2P monitoringi boshlandi. Ammo noaniqliklar ko‘p

Soliq organlari savdo tushumlarini shaxsiy kartasiga qabul qilish orqali soliqdan qochayotgan tadbirkorlarga nisbatan “ov” boshladi. Tarmoqda buning uchun fuqarolarni soliq idorasiga chaqirish holatlari haqida yozilmoqda.

Tekshiruv doirasiga aynan kimlar tushishi, shaxsning bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning olinishi uchun belgilangan mezonlar ochiqlanmayapti.

👉 https://kun.uz/45139366

Kun.uz rasmiy kanali
😁13😭119👍7😐6🤯3
IPO yakunlari: Milliy investitsiya jamg‘armasining 31 foizi 603,6 mln dollarga sotildi

O‘zbekiston hukumati Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarining birlamchi ommaviy taklifi doirasida fondning 31 foiz ulushini sotish orqali 603,6 mln dollar jalb qildi.

GDR'larning qo‘shimcha joylashtiruvi hisobiga IPO'da realizatsiya qilingan ulush 35 foizgacha, tushum esa 692 mln dollargacha yetishi mumkin.

Jamg‘armaning bozor kapitalizatsiyasi 1,95 mlrd dollarni tashkil etdi.

👉 https://kun.uz/70405150

Kun.uz rasmiy kanali
8🔥7😐4
«Asosiy pasayish Sho‘rtanda» — energetika vaziri gaz qazib olish hajmining keskin qisqarib ketganiga izoh berdi

2026 yilning mart oyida O‘zbekistonda 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 mlrd kub yoki 30,8 foizga kam. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bu pasayish “kutilgan holat” ekani, hozirda asosiy vazifa qazib olishni barqarorlashtirish va hajmlarni ushlab turish ekanini aytdi.

«Asosiy pasayish, bilasizlar, Sho‘rtanda, ya’ni Buxoro-Xiva va Qashqadaryo hududlaridagi, o‘sha eski va doim aytganimizdek, 85−90 foizga o‘zlashtirib bo‘lingan konlarda yuz bermoqda», — dedi vazir.


👉 https://kun.uz/88931571

Kun.uz rasmiy kanali
😁3314😐10🤯2😭2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saudiyaning Eronga maxfiy zarbalari va Yevropaga kelayotgan “Tolibon” – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan quyidagi voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz:

• Reuters: Saudiya Arabistoni o‘z hududiga amalga oshirilgan hujumlarga javoban Eronga ko‘plab eʼlon qilinmagan zarbalar bergan;

• Donald Tramp Eron bilan urushni tugatish uchun Xitoyning yordamiga ehtiyoji yo‘qligini aytdi;

• Yevrokomissiya afg‘onistonliklar deportatsiyasini muhokama qilish uchun “Tolibon” vakillarini Bryusselga taklif qildi;

• Ukraina kuchlari Rossiyaning 1,5 ming km ichkarisiga — Orenburgdagi gaz inshootlariga zarba berdi;

• Hantavirus aniqlanganlar soni 11 kishiga yetdi, JSST bemorlar ko‘payishi mumkinligini aytmoqda.

👉 https://kun.uz/38133726

Kun.uz rasmiy kanali
14