Kun.uz | Rasmiy kanal
74.3K subscribers
81K photos
11.6K videos
64.3K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Telegram‘dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda

Ukraina tuproqlarida otilayotgan o‘q o‘zbek onalarining ham ko‘ksini jarohatlayapti. Negaki, turli aldov yo‘llari bilan yoki mo‘may pul ilinjida urushga borgan o‘zbek yigitlari o‘qqa uchib, halok bo‘lmoqda.

Rossiya tomonida Ukrainaga qarshi urishayotgan o‘zbekistonliklar soni 5 mingga yaqinlashib qoldi. Rossiyada migrantlarni urushga yollash bo‘yicha har xil sxemalar, tuzoqlardan foydalanilayotgani aytiladi.

Urushga yollovchi bunday shaxslar O‘zbekiston ichida ham paydo bo‘lmoqda. Maqola shunday shaxslardan biri haqida.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
15🤯5😐2
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi «Ozodlik loyihasi» to‘xtatilishini ma’lum qildi

Oq uy rahbari bu qaror «ulkan harbiy muvaffaqiyatlar» va Eron bilan tinchlik kelishuviga erishishda «sezilarli yutuq» tufayli qabul qilinganini yozdi.

👉 https://kun.uz/20854140

Kun.uz rasmiy kanali
😁5613😭1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi Toshkentdan Xivaga 7,5 soatda borish mumkin - reportaj

5-maydan Toshkent—Xiva—Toshkent yo‘nalishida Jaloliddin Manguberdi nomli yangi tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlandi.

Bir tomonlama chipta narxi eng arzoni 780 ming so‘m etib belgilangan. Jaloliddin Manguberdi tezyurar poyezdi 7 ta vagondan iborat. U 390 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Poyezd soatiga 260 km tezlikda harakat qila oladi.

👉 https://kun.uz/67347145

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2216👍7😭4👏2
Raqobat qo‘mitasi peshlavhalarga oid hujjat loyihasini e’lon qildi

Tegishli nizom loyihasiga ko‘ra, peshlavhalar reklama hisoblanmaydi. Peshlavha uchun reklama joyining pasportini olish va to‘lov qilish talablari bekor qilinadi

Loyiha 25-aprel kuni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan bo‘lib, Raqobat qo‘mitasi bu haqda 6-may kuni xabar berdi va tadbirkorlarni muhokamada faol qatnashishga chaqirdi. Bir kun oldin muammoga davlat rahbari huzurida yechim berilgan edi.

👉 https://kun.uz/68538290

Kun.uz rasmiy kanali
😁33👍159😭2🤯1
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj

Sirdaryoning Shirin shaharchasida 29 yoshli ayol va uning 5 yashar qizi erkakning norasmiy xotini tomonidan pichoqlanishi oqibatida vafot etdi.

Marhumaning yaqinlari uning uzoq yillar davomida oilada ruhiy va jismoniy bosimga uchraganini bildirmoqda.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
🤯1917😭7
O‘zbekistonda gaz qazib olishning qisqarishi keskin tezlashib ketdi

Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu – o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam.

Birinchi chorak miqyosida olganda, qisqarish 15 foizni tashkil etmoqda.

👉 https://kun.uz/74060977

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2312😁7👏5🔥1😭1
BAA vs Saudiya: pinhona ziddiyat yuzaga chiqdi

Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi raqobat yaqqol ko‘zga tashlanib bormoqda. Tahlilchilarga ko‘ra, bu holat faqat AQSh–Eron urushi bilan bog‘liq emas: OPEC doirasidagi kvotalar tortishuvi, Sudan va Yamandagi qarama-qarshi pozitsiyalar hamda iqtisodiy raqobat bu ziddiyatning ancha chuqur va tizimli ekanini ko‘rsatadi.

Mavzu yuzasidan siyosatshunoslar Kamoliddin Rabbimov va Hikmatilla Kazakbayev sharhi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
13🤯4👍2
Kun.uz | Rasmiy kanal
BAA vs Saudiya: pinhona ziddiyat yuzaga chiqdi Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi raqobat yaqqol ko‘zga tashlanib bormoqda. Tahlilchilarga ko‘ra, bu holat faqat AQSh–Eron urushi bilan bog‘liq emas: OPEC doirasidagi kvotalar tortishuvi…
“Geosiyosat”. Ekspertlarga savol bering

Donald Tramp Eron bilan muzokaralar taqdirini bilish uchun "Ozodlik" loyihasini to'xtatib turishini aytdi. Lekin blokada saqlanib qoladi. Isroil esa G‘azo va Livanga yangi zarbalar berdi.

Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturi bugungi sonida tahlilchilar Shavkat Ikromov va Shuhrat Rasul efir davomida tomoshabinlardan kelib tushgan savollarga javob berishadi.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navoiyda 13 nafar bog‘cha bolasini tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi

Nurota tumanidagi oilaviy bog‘cha rahbari bo‘lgan ayol 13 nafar bolani Matiz mashinasida bog‘chaga olib ketayotganda YTHga uchragan. Oqibatda ayol vafot etgan.

Bir bola koma holatida, 8 nafari esa viloyat markaziga shifoxonaga olib ketilgan.

Er-xotin haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan holda mashina boshqarib kelgani aytilmoqda.

👉 https://kun.uz/13380926

Kun.uz rasmiy kanali
😭86🤯3511😐4
Markirovkali suv va ichimliklarni agregatsiyalash kechiktiriladi

Tadbirkorlar noroziligiga sabab bo‘lgan suv va ichimliklarni majburiy agregatsiyalash amaliyoti kechiktiriladigan bo‘ldi. Bu haqda prezident huzuridagi yig‘ilishdan keyin biznes-ombudsman Abdumannop Bo‘riyev ma’lum qildi.

Soliq qo‘mitasi vakiliga ko‘ra, markirovka talablarini buzganlik uchun sanksiya yumshatiladi.

👉 https://kun.uz/74923947

Kun.uz rasmiy kanali
9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ho‘rmuzdagi operatsiyani to‘xtatgan Tramp va Turkiyaning ilk ballistik raketasi – kun dayjesti

• Donald Tramp Ho‘rmuzdagi kemalarni kuzatib borish operatsiyasini to‘xtatdi. Sabab: Eron bilan kelishuv yo‘lidagi «katta progress»;

• Eron bosh diplomati Xitoyga keldi;

• Turkiya 6000 kmga ucha oladigan ilk gipersonik, qitʼalararo ballistik raketasini taqdim qildi;

• Rossiya otashkesim arafasida Ukrainaga hujum qildi: kamida 27 kishi halok bo‘ldi;

• Ispaniya hantavirus tarqalgan kema yo‘lovchilarini qabul qilishga rozi bo‘ldi;

• Sudan o‘z aeroportiga uyushtirilgan dronlar hujumida Efiopiya va BAAni aybladi.

👉 https://kun.uz/87229163

Kun.uz rasmiy kanali
9🔥2
Sangardakda yo‘qolgan 2 yoshli bola: otasi farzandini o‘g‘irlab ketishganidan shubha qilmoqda

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan Sangardak dam olish maskanida yo‘qolgan ikki yoshli bola 10 kundan beri topilmayapti. Uning otasi Kun.uz bilan bog‘lanib, farzandi o‘g‘irlab ketilgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Tuman IIB esa “kechiktirib bo‘lmas tezkor qidiruv tadbirlari” davom ettirilayotganini bildirdi.

👉 https://kun.uz/76003199

Kun.uz rasmiy kanali
😭4313🤯6😐2
Qashqadaryoda baliqchi tabiatga yetkazgan zarar million dollarga baholandi

Shahrisabz tumanida baliqchi Tanxoz daryosidan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 412 dona Amudaryo gul balig‘i va 6 dona oddiy qorabaliqni noqonuniy ovlagan.

Tabiatga yetkazilgan zarar 12,7 mlrd so‘m hisoblangan.

👉 https://kun.uz/07051792

Kun.uz rasmiy kanali
🤯63😁387👏5😐5
Forwarded from Kun.uz | Biznes
O‘zbekistonda Visa-kartani ushbu tizimning 20dan ortiq hamkor banklari chiqaradi. Ularning oltitasida plastik Visa Classic kartasini bepul rasmiylashtirish mumkin, qolganlarida esa chiqarish narxi 20000 so‘mdan 50000 so‘mgacha.

Visa-karta aksariyat banklarda bepul va bir necha daqiqa ichida tayyor bo‘ladi. Qaysi banklarda rasmiylashtirish shartlari qulayligi, rasmiylashtirish uchun nima kerakligi va kartalarning o‘zaro farqlari haqida tushuncha beramiz.

➥ Batafsil: https://kun.uz/14641970

Kun.uz Biznes — obuna bo'lish
13🤯1
Samarqandda xatna fojiasi: sog‘lom bolalarni nosog‘lom tizim o‘ldirdi

Ishtixonda ikki bola xatna qilinganidan keyin vafot etdi. Ularning ikkisi ham sog‘lom holda tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinib, sunnat qilingan, lekin tegishli tartiblar qo‘pol ravishda buzilgan: bolalardan na tahlil olingan, na biror joyda bu amaliyotlar qayd etilgan.

Eʼtiborlisi, jarrohlardan biri bolaning o‘limidan keyin yuqoriroq mansabga ko‘tarilib ketgan.

Kun.uz muxbiri Ishtixonda bo‘lib, voqea tafsilotlarini o‘rgandi.

📹 REPORTAJNI TOMOSHA QILISH
🤯61😭3117😐1
O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar soni 60 nafarni tashkil qilmoqda

Ular orasida 19 nafar konslager tutquni, 14 nafar urush qatnashchisi, 14 nafar urush nogironi va 13 nafar Leningrad qamali qatnashchisi bor.

Faxriylarning hududlar bo‘ylab joylashuvi quyidagicha:

▪️Toshkent shahri – 28 nafar;
▪️Toshkent viloyati – 11 nafar;
▪️Farg‘ona viloyati – 5 nafar;
▪️Andijon, Buxoro hamda Xorazm viloyatlarida – 3 nafardan;
▪️Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida – 2 nafardan;
▪️Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida – 1 nafardan.

Kun.uz rasmiy kanali
👍2518😁4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Peshlavhalarga oid yangi tartib loyihasi va 13 bola tashigan Matiz halokati – mahalliy dayjest

▪️ Raqobat qo‘mitasi peshlavhalarga oid yangi tartib loyihasini eʼlon qildi.

▪️ Navoiyda 13 nafar bolani tashiyotgan Matiz halokatga uchradi.

▪️ Sog‘liqni saqlash tizimi rahbariyatida yoppasiga o‘zgarish yuz berdi.

▪️ Davlat chegarasidagi noqonuniy tunnel uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladigan bo‘ldi.

Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/50964210

Kun.uz rasmiy kanali
9👏2👍1🤯1
Hatto Zelenskiy ham keldi: Yerevandagi sammitlar nimadan darak?

Rossiyadan uzoqlashish, Yevropaga yaqinlashish, Ozarbayjon va Turkiya bilan normallashish – bugun Armaniston tashqi siyosatini belgilab berayotgan asosiy tendensiyalar. 3–5 may kunlari mamlakat poytaxti Yerevan dunyo siyosatining markaziga aylandi

U yerda bir vaqtning o‘zida uchta katta tadbir: Yevropa Ittifoqi – Armaniston sammiti, Yevropa siyosiy hamjamiyati yig‘ilishi va Armaniston-Fransiya sammiti bo‘lib o‘tdi.

📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
20👍4🤯1
Kruiz laynerda tarqalgan xantavirus. Nimalar ma’lum?

Kema hozirda Kabo-Verde yaqinida turibdi, ammo yo‘lovchilarga sohilga tushishga ruxsat berilmagan. Kanar orollari hukumati ham laynerni qabul qilishdan bosh tortgan.

👉 https://kun.uz/85215581

Kun.uz rasmiy kanali
😐134
Mbappe – mojaro markazida. U klasikoga tayyorlanish o‘rniga ta’tilga ketdi va jamoadoshlarini g‘azablantirdi

Uni muxlislar ham tanqid qilishmoqda. «Real» rahbariyatidan Mbappeni ketkazish talab qilingan petitsiyani 14 milliondan ortiq kishi imzolagan.

👉 https://kun.uz/45727976

Kun.uz rasmiy kanali
😁31👍125🤯5😭3
Pulitser mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi

AQSHda «jurnalistlar uchun Nobel» deya eʼtirof etiladigan Pulitser mukofotining navbatdagi sovrindorlari eʼlon qilindi.

• Washington Post nashri Tramp maʼmuriyati va Ilon Mask federal idoralarni tartibsiz qayta tashkil etishidagi maxfiylikni ochib bergani uchun oliy mukofotga sazovor bo‘ldi;


• New York Times Tramp va uning oilasi prezidentlikdan qanday foyda ko‘rayotganini tekshirgani uchun «Surishtiruv jurnalistikasi» mukofotini oldi;

• Reuters agentligi esa Trampning o‘z raqiblaridan siyosiy o‘ch olish kampaniyasi va Meta haqidagi surishtiruvlari uchun ikkita mukofotni qo‘lga kiritdi;

• G‘azodagi vayronagarchilik va ocharchilikni ko‘rsatuvchi suratlari uchun New York Times fotografi Saher Algorra ham mukofotlandi.

👉 https://kun.uz/71856806

Kun.uz rasmiy kanali
👍2211😁4😐3