Ukraina Boltiqbo‘yidagi neft obyektlariga zarba berdi
Primorsk portiga hujum oqibatida yong‘in chiqqan.
👉 https://kun.uz/87302823
Kun.uz rasmiy kanali

👍18❤8🤯4
Tramp Eronda urush tugaganini aytdi – hafta dayjesti
Hafta davomida Tramp «Eronda urush tugaganini» aytdi. Bu haqda tantanali post yozmadi, shunchaki Kongressga yozgan xatida imi-jimida aytib o‘tdi.
Britaniya qiroli Vashingtonga borib, «Amerikaga inglizlar asos solganini» eslatib keldi.
Malida urush avj oldi, Rossiya qo‘llovidagi hukumat kuchlari strategik muhim shaharni tashlab chiqdi.
Neft narxi «Tramp qanday uxlaganiga bog‘liq ekani» «e’tirof etildi».
Isroil yana bir qo‘shnisining yerlarini tekislashga kirishgan bir vaqtda Gʻazoda 20 yil deganda ilk marta [HAMAS nomzodlarisiz] saylov o‘tkazildi.
📹 BATAFSIL YOUTUBE'DA KO‘RING

❤17👍5😁1
Poytaxt aholisi va mehmonlari ogohlantirildi
Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi. Hokimlikning bildirishicha, ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli simlar uzilishi, daraxtlar qulashi mumkin.
Hokimlik poytaxt aholisi va mehmonlarini avtomobillarni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmaslik, shahar bo‘ylab harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.
👉 https://kun.uz/30281454

❤19👍7😁2
Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masato Kanda boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
O‘zbekiston prezidenti va bank rahbari OTB bilan sheriklik bo‘yicha umumiy qiymati 12,5 milliard dollarlik loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.
Ipoteka bozori, xususiy sektor, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, inklyuziv ta’lim va inson kapitalini rivojlantirish, raqamli innovatsiyalarni joriy etish va maxsus iqtisodiy zonalarda infratuzilmani modernizatsiya qilish kabi sohalarda hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.
👉 https://kun.uz/09554968

👍98🔥57❤37👏27🤯1
«Chorsu» metro bekatiga suv kirib ketdi
Avvalroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi suvning katta qismi irrigatsiya-drenaj tizimi orqali tabiiy ravishda chiqib ketganligini bildirgandi.
👉 https://kun.uz/10575276

😁51🤯15❤5🔥3👏2
Yaqin Sharqdagi urush NATO mamlakatlari Rossiya bilan urushga tayyor emasligini ko‘rsatdi
Politico buning 5 ta sababini sanadi.
👉 https://kun.uz/55695030
Kun.uz rasmiy kanali
Politico buning 5 ta sababini sanadi.
👉 https://kun.uz/55695030
Kun.uz rasmiy kanali
❤14😁9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Amallab chorvalarni olib chiqib ketdik” – sel kelgan Rapqondan reportaj
1 may kuni soat 21:40 lar chamasida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelib, Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Rapqon qishlog‘ining Vorux Dasht, Yangiqo‘rg‘on mahallalaridagi ayrim xonadonlarga suv kirgan. Ayni paytda tegishli tashkilotlar tomonidan toshqin talafotlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilyapti. Kun.uz muxbiri Rapqon qishlog‘ida bo‘lib, hodisa joyidan reportaj tayyorladi.
📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING

❤11😭8😐3👍1
Mahalliy xabarlar qisqa satrlarda
▪️Prezident «Tibbiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, yangi xususiy klinikalarga transplantatsiya qilishga ruxsat beriladi;
▪️2025 yilda daromad olgan xonandalar haqida ma’lumot berildi. Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, deklaratsiya asosida qariyb 6,5 mlrd so‘m daromad ko‘rsatilib, shundan soliqqa tortiladigan daromad 5 mlrd so‘mni va soliq miqdori qariyb 600 mln so‘mni tashkil etgan;
▪️Markaziy bankning ma’lum qilishicha, 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda muomaladagi naqd pullar 66 trln so‘mga yetdi. Mazkur miqdor bir yil avvalgidan 14 trln so‘mga ko‘payib, qariyb 27 foizga ortgan. O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknotdan eng ko‘p foydalanilmoqda.
▪️Aholiga bepul beriladigan dori vositalari ro‘yxati e’lon qilindi. Ro‘yxatda Aspirin, Bisoprolol, Omeprazol, Tramadol, Ambroksol, Kaliy yodid, Geparin kabi dori vositalari bor.

❤14👍5😁3🔥2🤯1
O‘zbekistonda avtomobilni qanday rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?
Avtomobil sotib olingandan so‘ng mashinani notarius orqali rasmiylashtirish va YHXBda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun egasiga 10 kun vaqt beriladi. Muddatni o‘tkazib yuborish yoki OSAGO (majburiy fuqarolik avtosug‘urtasi)siz harakatlanish alohida jarimalarga sabab bo‘ladi. Foydalanilgan avtomobilni rasmiylashtirish 6,5–7 mln so‘m atrofida bo‘ladi: notarius va YHXB xarajatlari.
👉 https://kun.uz/39866579

🤯19👍7❤3😐1😭1
Atlantika okeanidagi kemada hantavirus oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
JSST Atlantika okeanida suzayotgan kruiz kemasida hantavirus epidemiyasi tarqalishini tekshirmoqda. Rasmiylar infeksiya oqibatida uch kishi vafot etgani va yana uch kishi kasallanganini ma’lum qildi.
Hantavirus kemiruvchilar orqali yuqadi. O‘limga olib keladigan nafas yo‘llari kasalliklarini keltirib chiqaruvchi virusning hozircha davosi yo‘q.
👉 https://kun.uz/41194982

😐24❤9🤯6😁1
«Inter» – chempion, «Real» «Barsa»ga toj kiydirishni kechiktirdi
«MY» «Liverpul»ni mag‘lub etib, muddatidan oldin uchinchi o‘rin va YChL yo‘llanmasini kafolatladi.
📹 👉 https://kun.uz/73175427
Kun.uz rasmiy kanali
«MY» «Liverpul»ni mag‘lub etib, muddatidan oldin uchinchi o‘rin va YChL yo‘llanmasini kafolatladi.
📹 👉 https://kun.uz/73175427
Kun.uz rasmiy kanali
👏6❤4😁4👍1😭1
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni «ozod etish» operatsiyasini e’lon qildi
Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, «butun dunyo mamlakatlari» Vashingtonga AQSh va Eron o‘rtasidagi mojaro tufayli Ho‘rmuz bo‘g‘ozida to‘xtab qolgan kemalarini ozod qilishni so‘rab murojaat qilgan.
👉 https://kun.uz/25048058

😁37❤8😐1
Vohada +40 daraja issiqlik
6-8 may kunlari respublikaga issiq va quruq havo kirib kelib, Qizilqum cho‘llarida havo harorati maksmumlari +40 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Hafta boshlari va dam olish kunlari mintaqada yana kuchli jala hodisalari bo‘lishi, ayrim hududlarda suv bosishi, sel hodisalari kuzatilishi mumkin.
Mutaxasislar mayning ikkinchi dekadasi yana yog‘inlarga boy, biroz salqin o‘tishini, uchinchi o‘n kunlik esa ehtimoliy quruq va issiq kunlar ko‘p bo‘lishiga ishoralarni qaratmoqdalar.
📱 Telegram'da ko‘rish
📱 YouTube'da ko‘rish
📱 VKontakte'da ko‘rish
6-8 may kunlari respublikaga issiq va quruq havo kirib kelib, Qizilqum cho‘llarida havo harorati maksmumlari +40 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Hafta boshlari va dam olish kunlari mintaqada yana kuchli jala hodisalari bo‘lishi, ayrim hududlarda suv bosishi, sel hodisalari kuzatilishi mumkin.
Mutaxasislar mayning ikkinchi dekadasi yana yog‘inlarga boy, biroz salqin o‘tishini, uchinchi o‘n kunlik esa ehtimoliy quruq va issiq kunlar ko‘p bo‘lishiga ishoralarni qaratmoqdalar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🔥4😁1
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida aliment to‘lamaslik uchun turmush o‘rtog‘i va ikki yoshli qizini o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi.
👉 https://kun.uz/18390401

🤯81😭36❤3😐2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQSHning Ho‘rmuzdagi operatsiyasi va Marokashda yo‘qolgan askarlar – kun dayjesti
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan quyidagi voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz:
• AQSH Ho‘rmuzda «qamalib qolgan» kemalarni bo‘g‘ozdan olib chiqmoqchi: operatsiyaga 15 ming harbiy va 100 dan ortiq samolyot jalb qilinadi;
• JSST Atlantika okeanidagi kruizda hantavirus infeksiyasi tarqalganini ma’lum qildi;
• Rossiyaning dron va raketa zarbalari oqibatida Ukrainada 10 kishi halok bo‘ldi va kamida 76 kishi jarohatlandi;
• Marokashda o‘tayotgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarda AQSHning ikki nafar harbiysi bedarak yo‘qoldi.
👉 https://kun.uz/70915620

❤15
«BAAning mustaqillik deklaratsiyasi» – Amirliklar OPEC'dan chiqishiga faqat urush sabab emas
Birlashgan Arab Amirliklarining neft ishlab chiqaruvchi davlatlar kartelidan chiqishi Yaqin Sharqdagi tektonik o‘zgarishlarning kuchli ramzi bo‘ldi. Keyingi qadam Arab ligasi va Ko‘rfaz Hamkorlik kengashi bo‘lishi mumkin.
Amirliklarning bu qadami, ular — neft narxi va mintaqaviy masalalarda Saudiya yetakchiligini rad qilib, o‘z mustaqil yo‘lini chizayotganini ko‘rsatadi. Erondagi urush esa bu jarayonni tezlashtirdi.
👉 https://kun.uz/76135226

❤13😁11👏4🤯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Prezident orzumga yetkazsin deyman” – farg‘onalik 106 yoshli urush faxriysi
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Katta Qaynar mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Usmonjon ota Rahimov bu yil 106 yoshni qarshi oldi. Otaxonning uch o‘g‘il, uch qiz, 20 nevara, 45 evara, besh chevarasi bor.
📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING

“Urush boshlanishidan avval kolxozda ishladim, temiryo‘lda mashinistlik qildim. Urushdan qaytib kelib turli sohalarda ishladim. Qani endi prezidentimiz bilan uchrashsam-u ularga orzumni aytsam. Ulardan mashina sovg‘a qilishlarini iltimos qilgan bo‘lardim. Shu yoshimda prezident bergan mashinada Buxoro-yu, Samarqandga sayohatga chiqsam”, – deydi ota.
📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
😁68👍36❤18🤯6😐2
Putin suiqasddan va Rossiya elitasi ishtirokidagi to‘ntarishdan xavfsiramoqda
U Valdayga borishni to‘xtatgan va haftalar mobaynida qattiq himoyalangan bunkerlarda ishlamoqda, deyiladi Yevropa razvedkasi hisobotida.
👉 https://kun.uz/58391914

😁47❤12👍6
O‘zbekistonliklar Hongkongga vizani qanday olishlari mumkin?
Ko‘pchilik Xitoyga olingan viza Hongkongda ham amal qiladi deb o‘ylaydi. Bunday emas. Hongkong - o‘z immigratsiya tizimiga ega alohida ma’muriy tuman. XXR bilan 2025 yil 1 iyundan kuchga kirgan vizasiz rejim Hongkongga taalluqli emas. Quyida Hongkongga viza olish uchun qayerga murojaat qilish, qanday hujjatlarni yig‘ish, anketani qanday to‘ldirish va bu qanchaga tushishi haqida ma’lumot beramiz.
👉 https://kun.uz/73790324

❤20🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Markaziy Osiyo turizm halqasi» tashabbusi va elektromobilni quvvatlantirish bo‘yicha qaror loyihasi – mahalliy dayjest
Prezident «Markaziy Osiyo turizm halqasi»ni yaratish tashabbusini ilgari surdi. Elektromobilni quvvatlantirish xarajatlarining bir qismi qaytarilishi mumkin – qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. O‘zbekistonliklar may oyida necha kun dam olishi haqida ma’lumot berildi. Aholiga bepul beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi.
👉 https://kun.uz/83803341

👍111🔥34❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaqin Sharqdagi urush NATO mamlakatlari Rossiya bilan urushga tayyor emasligini ko‘rsatdi
Yevropaning yuqori martabali harbiylari Rossiya yaqin kelajakda NATO mamlakatlariga hujum qilishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Diplomatlar, harbiylar va ekspertlar bilan gaplashgan nashr Rossiya hujum qilgan taqdirda, NATO mamlakatlariga muammo bo‘ladigan «beshta ojiz nuqta»ni sanab o‘tgan.
👉 https://kun.uz/kr/55695030
Kun.uz rasmiy kanali
Yevropaning yuqori martabali harbiylari Rossiya yaqin kelajakda NATO mamlakatlariga hujum qilishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Shu bilan birga, AQSH va Isroilning Eron bilan urushidagi voqealar shuni ko‘rsatdiki, Shimoliy Atlantika alyansi harbiy harakatlarga tayyor emas, deya taʼkidlaydi Politico.

❤16👍5