Kun.uz | Rasmiy kanal
75.2K subscribers
80.7K photos
11.4K videos
63.9K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Barselona” “Atletiko”ga qarshi o‘yinda kambek qila oladimi?

Bugun tunda katta o‘yin bor. “Barselona” Madridda Yevropa Chempionlar Ligasi yarimfinal yo‘llanmasi “Atletiko”ga qarshi maydonga tushadi. Bir hafta avval Simeone jamoasi safarda Flik shogirdlarini 2:0 hisobida yenggandi.

Xo‘sh, bu borada siz qanday fikrdasiz?

Kun.uz rasmiy kanali
15😁11😐4
Qurilish sohasida ayrim xodimlar maoshi 3 karra oshiriladi

Prezident selektoridan yangiliklar:

Davlat buyurtmasi asosidagi qurilishlarda loyihachilar va buyurtmachilarning nazoratchilari faoliyati to‘liq KPI'ga bog‘lanib, ularning oyligi 3 karra oshiriladi.

Qo‘pol qoidabuzarlik aniqlansa, pudratchi bilan birga nazoratchilarga ham chora ko‘riladi. Loyihachining “Shaffof qurilish”dagi reytingi pasaytiriladi.

Shaharsozlik qoidalarini qo‘pol buzganlik uchun moliyaviy sanksiya joriy qilinadi.

Kun.uz rasmiy kanali
11🔥6👍3😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Viktor Orban Yevroittifoq ichidagi eng katta chayqovchi edi” — siyosatshunos

“Evroittifoq yetakchilari hammasi xursand: xudoga shukr, Vengriya o‘zimizga qaytdi, deyishyapti. Saylov o‘tishi bilanoq Budapeshtning Ukrainaga yordam masalasidagi pozisiyasi darhol o‘zgardi”, deydi Kamoliddin Rabbimov.

Farhod Karimovning qayd etishicha, tashqi siyosiy vektor o‘zgarishi aniq, lekin Orbanning 16 yillik hokimiyatidan keyin boshqaruv bir zumda o‘zgarib qolishini kutish yaramaydi.

👉 https://kun.uz/33049589

Kun.uz rasmiy kanali
15🤯1
O‘zbekistonda 2026-yilda iqtisodiy o‘sish ham, inflatsiya ham kutilganidan tezroq bo‘ladi – XVJ missiyasi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2026-yil uchun O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish prognozini 6,2 foizdan 6,8 foizgacha oshirdi. Kutilmalarning yaxshilanishi barqaror investisiyalar, yuqori pul o‘tkazmalari oqimi va oltin narxlarining oshishi bilan bog‘lanyapti.

O‘z navbatida inflyasiya prognozi 6,5 foizdan 6,8 foizgacha ko‘tarildi. Bu Yaqin Sharqdagi mojarolar tufayli neft narxlarining qimmatlashgani bilan izohlanyapti.

"Inflyasiya bosimi tartibga solinadigan narxlarning sekinroq oshirilishi va transport sohasiga vaqtinchalik subsidiyalar berilishi hisobiga yumshatilishi kutilyapti", deyiladi hisobotda.


👉 https://kun.uz/15553403

Kun.uz rasmiy kanali
22👍3
O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnov tiklandi

Toshkent va Samarqanddan Tel Avivga parvozlar yana yo‘lga qo‘yildi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi mart oyi oxirida Tel Avivga reyslarni majburiy ravishda bekor qilgandi.

👉 https://kun.uz/98652304

Kun.uz rasmiy kanali
😐80🤯49😭1615👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Orban yutqazdi. Tramp, Putin va Netanyahuning qo‘lloviga qaramay

Viktor Orban Rossiya, Amerika va Isroil qo‘lloviga ega bo‘laturib saylovni yutqazgan kamyob siyosatchiga aylandi. Vengriyadagi saylovlar amalda Trampchilik va ozod Yevropa o‘rtasidagi kurashga aylanib ketdi. Mojarlar «birinchi domino qulashini» to‘xtatib qoldi.

Tramp nega Orbanni qo‘llash uchun Vensni yubordi? Olis 1956 yildagi revolyusiya shiori «ruszkik haza» nega yana mashhur bo‘ldi?

📹 BATAFSIL YOUTUBE'DA KO‘RING
21👍7😁6😭1
«Barselona» kambek qilolmadi

«Atletiko» dramatik kechgan javob bahsida kerakli natijaga erishdi va endi yarimfinalda «Arsenal» – «Sporting» juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. «PSJ» esa safarda ham «Liverpul» ustidan g‘alaba qozondi.

👉 https://kun.uz/83203924

Kun.uz rasmiy kanali
😁3010👍8🔥4😐4👏2
O‘zbekistonda o‘ziga kredit rasmiylashtirilishini taqiqlaganlar soni 2,2 milliondan oshdi

2025 yil iyundan O‘zbekistonning har bir fuqarosi besh daqiqa ichida bank va mikromoliya tashkilotlariga o‘z nomiga kredit berishini taqiqlash imkoniga ega bo‘ldi.

2026 yilning 1 aprel holatiga mazkur xizmatdan foydalanayotganlar soni 2 mln 207 ming 753 nafarga yetgan. Oxirgi 3 oyda bu ko‘rsatkich 5 barobarga oshdi.

👉 https://kun.uz/55727172

Kun.uz rasmiy kanali
👍5520🔥8🤯6😭1
Bezorilik jinoyati uchun jazo og‘irlashtiriladi

Yangi normada uyushgan guruh tomonidan yoki badanga og‘ir shikast yetkazib sodir etilgan bezorilik uchun 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi.

Amalda bezorilik oqibatida badanga qasddan og‘ir shikast yetkazganlik uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

👉 https://kun.uz/37019730

Kun.uz rasmiy kanali
👍2913😐4🤯3
Prezident madaniyat va san’at sohasi xodimlarini bayram bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 aprel — Madaniyat va san’at sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga bayram tabrigi yo‘lladi.

Davlat rahbari madaniyat va san’at ahlining jamiyat ma’naviy hayoti, milliy qadriyatlarni asrash va yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi.

👉 https://kun.uz/67130669

Kun.uz rasmiy kanali
👍100🔥30👏1817🤯2😭1
Davlat Dumasi Putinga o‘zi xohlagan mamlakatga hujum qilishga ruxsat berdi

Rossiya Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklarga «tazyiq o‘tkazilayotgan» mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

Dumaning Mudofaa qo‘mitasi raisi Andrey Kartapolovning aytishicha, bu qonun Rossiyadan tashqarida davom etayotgan «ashaddiy rusofobiya kampaniyasiga qarshi kurashishga yordam beradi».

👉 https://kun.uz/84796627

Kun.uz rasmiy kanali
😁92🤯45😐116👍5
Toshkent to‘y oshi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

O‘zbek pazandachilik san’atining durdonasi bo‘lmish Toshkent to‘y oshi – Toshkent shahri va Toshkent viloyatining geografik ko‘rsatkichi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, geografik ko‘rsatkich maqomi – Toshkent to‘y oshining nomi va an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qiladi hamda mahsulot sifatining davlat me’yorlariga muvofiqligini kafolatlaydi.

Kun.uz rasmiy kanali
🔥26😁179👍3🤯3
Qamchibek Tashiyevning ikki nafar sobiq o‘rinbosari hibsga olindi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosarlari – Timur Shabdanbekov va Daniel Risaliyev hibsga olingan.

Ular fevral oyida, qo‘mita raisi Qamchibek Tashiyev iste’fosi ortidan ishdan olingan edi.

👉 https://kun.uz/37390739

Kun.uz rasmiy kanali
5🔥4😁1
Foto: Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi kuchli shamol oqibatlari

14-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida kuchli shamol va ayrim joylarda chang bo‘ronlari kuzatildi.

Binolar tomi ko‘chib tushishi, daraxtlar sinib avtomobillar va elektr tarmoqlariga zarar yetkazishi kabi talafotlar ro‘y berdi.

Kun.uz rasmiy kanali
27😐16🤯12😁3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qurilishdagi byurokratik talablar 2 barobargacha qisqarishi mumkin

O‘zbekistonda qurilishga ruxsat olishdan boshlab foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar tahlil qilinib, talablar, muddatlar va to‘lovlarini 2 barobargacha qisqartirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu topshiriq ijrosi uchun mas’ullarga 3 oy muddat belgiladi.

Quruvchilarga chet eldan yiliga faqat bitta maxsus texnika olib kelish cheklovi bekor qilinadi. Bu haqdagi qaror loyihasi 1 hafta ichida kiritilishi kerak.

Kun.uz rasmiy kanali
👍108🔥4730👏15😐1