Kun.uz | Rasmiy kanal
75.2K subscribers
80.7K photos
11.4K videos
63.9K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Qaysi davlatlarda odamlar eng ko‘p ishlaydi?

Eng “mehnatkash” davlatlar reytingi eʼlon qilindi: Butanda odamlar haftasiga o‘rtacha 54,7 soat ishlaydi.

Topdan Lesoto, San-Tome va Prinsipi, Kongo Respublikasi va Iordaniya ham joy olgan.

Reytingda asosan mehnattalab iqtisodiyotga ega Osiyo va Afrika davlatlari ustun.

👉 https://kun.uz/16677079

Kun.uz rasmiy kanali
🤯1512😭9😁1
Ochiqlik indeksi e’lon qilindi. Eng yopiq tashkilot Toshkent shahar hokimligi

2025 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari reytingi e’lon qilindi. Eng yaxshi natijalarni «O‘zbekgidroenergo», «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» hamda «O‘zavtosanoat» qayd etdi.

Umumiy reytingda eng yomon ko‘rsatkichni qayd etganlar qatorida Toshkent shahri va viloyat hokimligi, Andijon viloyati hokimligi, «O‘zbekiston temiryo‘llari», Sudyalar Oliy kengashi, ATB Aloqabank ham bor.

👉 https://kun.uz/78969866

Kun.uz rasmiy kanali
😁269👏8👍4🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQSH-Eron muzokaralari, saylovda yutqazgan Orban va Makkaga kirishda cheklovlar – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan quyidagi voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz:

• Pokistonda o‘tgan AQSH—Eron muzokaralari natijasiz yakunlandi: AQSHning talablari maksimal, Eron shartlarni qabul qilmadi;

• Vengriyada saylovlar: Viktor Orban «Tisza» partiyasiga hokimiyatni boy berdi;

• AQSH Markaziy qo‘mondonligi Eron portlari blokada qilinishini e’lon qildi;

• Yordam yuklari ortilgan flotiliya Ispaniyadan Gʻazo sektoriga yo‘lga chiqyapti;

• Haitida yuz bergan ommaviy tiqilinchda kamida 30 kishi halok bo‘ldi;

• Haj mavsumi tufayli Makka shahriga kirish cheklanmoqda.

👉 https://kun.uz/71135143

Kun.uz rasmiy kanali
15
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Dejurniy jabrlanuvchilar» ishi. IIV holatni o‘rganmoqda

Ichki ishlar vazirligi rasmiysi Kun.uz saytining «soxta jabrlanuvchilar orqali jinoyatchi yasash» amaliyoti haqidagi maqolasi yuzasidan munosabat bildirib, maxsus reyestr yuritish yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/36464853

Kun.uz rasmiy kanali
😁16🔥85👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQSH qamal qilmoqchi: Trampning yangi rejasi ish beradimi?

Islomoboddagi muzokaralar natijasiz yakunlangach, AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH flotiga Ho‘rmuz bo‘g‘ozini blokada qilishni buyurdi.

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning fikricha, bu chora ham Tramp kutgan natijani bermaydi. U birinchi navbatda husiychilar omiliga e’tibor qaratgan.

Trampda Eronga qarshi yana ikki ehtimoliy variant bor: yadro qurolini ishga solish yoki quruqlik orqali bostirib kirish. Lekin u bu vositalarni qo‘llashga jazm etishi dargumon – qo‘llagan taqdirda ham kutilgan natijaga erisha olmaydi.

Kun.uz rasmiy kanali
22👍15🤯4🔥3😐1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chempionatga chipta – viza olishni kafolatlamaydi – AQSH elchixonasi

-AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasining maʼlum qilishicha, FIFA PASS imtiyozli ro‘yxatga olish tizimi orqali viza suhbatiga yozilish mumkin;

-Bu tizim bilan faqat suhbatni yaqinroq sanada belgilash mumkin, viza olish kafolati berilmaydi;

-FIFA PASS va DS-160 dagi maʼlumotlar bir xil bo‘lishi shart;

-Chempionatga chipta esa FIFA rasmiy saytidan olinishi kerak;

-FIFA PASS va hozirgi tizim orqali vizaga hujjat topshirganlar bir xil tekshiruvdan o‘tadi;

👉 https://kun.uz/71317983

Kun.uz rasmiy kanali
7😐4👍2
CNN: Xitoy Eronga qurol-yarog‘ yetkazib berishga tayyorlanmoqda

AQSH razvedkasi maʼlumotlari – Xitoy yaqin haftalarda Eronga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishga tayyorlanayotganini ko‘rsatmoqda.

Xitoyning ushbu ko‘chma zenit-raketalari Eron osmonida past balandlikda uchayotgan AQSH harbiy samolyotlariga xavf tug‘dirib kelmoqda.

👉 https://kun.uz/01132612

Kun.uz rasmiy kanali
👍81👏1312🤯1
Islom sivilizatsiyasi markazi Ginness rekordlar kitobiga kiritildi

Markaz «Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi» sifatida eʼtirof etildi

Bu haqdagi sertifikat tashkilot vakili Sheyda Subashi tomonidan topshirildi

Markaz ulug‘vor meʼmoriy ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi – hudud maydoni 10 gektar

Markaz prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026 yil 17 mart kuni ochilgan edi


👉 https://kun.uz/18569274

Kun.uz rasmiy kanali
👍191🔥5841👏26🤯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Eng yopiq» davlat tashkilotlari va ozodlikka chiqqan sobiq sudyalar – mahalliy dayjest

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2025 yil yakunlariga ko‘ra davlat tashkilotlarining ochiqlik indeksini e’lon qildi.

14-17 aprel kunlari O‘zbekistonda havo harorati pasayishi, kuchli yomg‘irlar prognoz qilindi.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sobiq sudyalari Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Abidov va Muhtarama Turg‘unova ozodlikka chiqdi.

Poytaxtda intellektual transport tizimi joriy etilmoqda.

Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/32032128

Kun.uz rasmiy kanali
4👍3
Orban qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Uni Putin va Trampning qo‘llovi ham qutqara olmadi

Rekord darajadagi davomat kuzatilgan saylovlardan keyin Vengriya parlamentida nazorat Peter Madyar boshchiligidagi yangi kuchlar qo‘liga o‘tdi.

👉 https://kun.uz/15552291

Kun.uz rasmiy kanali
🔥24👍16😁65😭3
Tadbirkor jarimaning 50 foizini 1 oy ichida to‘lasa, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga nisbatan moliyaviy jarimalarni qo‘llash tartibi bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

1 oktyabrdan boshlab, tadbirkor jarimaning 50 foizini 1 oy ichida to‘lasa, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin

Jarimani 6 oy davomida teng ulushlarda bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi

Jarima qarori sud tomonidan bekor qilinsa, undirilgan mablag‘lar 15 kun muddatda qaytariladi

👉 https://kun.uz/55393025

Kun.uz rasmiy kanali
👍109🔥5034👏17😁13
«Bitta ega muhimmi yoki 80 ta egami?» — Sherzod Qudbiev renovasiya uchun rozilik chegarasining pasaytirilgani haqida

Urbanizasiya milliy qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiev renovasiya loyihalari doirasida uy egalarining rozilik chegarasi 100 foizdan 80 foizga pasaytirilganiga izoh berdi.

«Bitta ega muhimmi yoki 80 ta egami? Shu savolga o‘zimiz ham javob beraylik-da. Mana bu yerda o‘tiribmiz, 80 foizimiz chiroyli, bahavo joyda yashashga rozimiz. Lekin 15−20 foizimiz norozi. Lekin bu ham 15−20 foiz bo‘lmaydi. Mana, kadastrni tahlil qilyapmiz, 10 foizdan yuqori ob'ektlar vaqtida rasmiylashtirilmagan mulklar yoki vafot etgan, meros huquqi qilinmagan, chet elda bo‘lgan shaxslar. Ularga o‘rtacha 10−13 foizga to‘g‘ri kelyapti. 5−7 foizi qolyapti norozilar. 5−7 foizning fikri muhimmi yoki 80 foizning fikri muhimmi? Biz jamiyat sifatida shunga javob berishimiz kerak-da», — dedi u.


Qudbievning ta'kidlashicha, 80 foiz aholining roziligini olgandan so‘ng investisiya kompaniyalari qolgan 20 foiz bilan muzokaralar olib borib, 1 kv metr maydonning o‘rtacha qiymatidan kelib chiqqan holda kompensasiya taklif qiladi. Agar kelishuvga erishilmasa, masala sud tartibida hal qilinadi.

👉 https://kun.uz/39884971

Kun.uz rasmiy kanali
🤯1713👍2👏1😐1
Peter Madyar kim va undan nima kutish kerak?

U ham populistmi? Vengriya endi Rossiyaning ittifoqchisi emasmi? Budapesht Ukrainani qo‘llaydimi? Ushbu materiallarda shu va shu kabi savollarga javob beriladi.

👉 https://kun.uz/15695068

Kun.uz rasmiy kanali
12👍5
O‘zganing sumkasini aeroportdan o‘tkazib bermoqchi bo‘lgan yo‘lovchi narkotik bilan ushlandi

Uning yuklari orasida yeryong‘oq solingan o‘ram ichida 598 dona tabletka ko‘rinishidagi sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Bojxona qo‘mitasi fuqarolarni begonalarning narsalarini chegara-bojxona postlaridan olib o‘tmaslikka chaqirdi.

👉 https://kun.uz/61806730

Kun.uz rasmiy kanali
😐2711🤯9🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda prezidentlar nimani gaplashdi?

• Qozog‘iston prezidentini Shavkat Mirziyoev shaxsan kutib oldi;

• Qozog‘iston va O‘zbekiston savdo aylanmasi - 5 mlrd dollardan oshgan, prezidentlar buni yanada ko‘paytirishga kelishdi;

• Mirziyoev To‘qaevni referendum muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi;

• Bizning muammolarimiz ham o‘xshash, masalan ekologik, deydi Qozog‘iston Milliy iqtisodiyot vaziri;

• Prezidentlar Buxoro viloyati hokimligi situasion markazida bo‘lishgan;

• Buxorodagi muloqot hududlararo yaqinlashuvni ta'minlaydi.

👉 https://kun.uz/31502985

Kun.uz rasmiy kanali
👍125🔥5642👏19😐2
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma'lum qildi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Moskvada Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda qayd etilishicha, Rossiya uglevodorodlar eksportini oshirishdan tashqari, O‘zbekistonning energetika infratuzilmasini modernizasiya qilishda ishtirok etadi.

👉 https://kun.uz/88459271

Kun.uz rasmiy kanali
😐29👍1614🤯10😁5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQShning yangi rejasi: Ho‘rmuz blokadasi amalga oshadimi?

Pokistondagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozini blokada qilish qarorini e’lon qildi. Rejaga ko‘ra, nazorat hududlari bo‘g‘ozga kirish yo‘laklari hamda Eronning asosiy portlariga yo‘nalgan dengiz qatnovini qamrab oladi. Undan tashqari, Qizil dengiz yo‘nalishidagi Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavfli nuqta sifatida tilga olinmoqda.

Professor Farhod Karimov Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturida ehtimoliy blokada harakatlarini xaritalar uzra sharhlab berdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
10
Dunyo xaritasidagi eng ulkan maʼmuriy hududlar

Saxa Respublikasi, G‘arbiy Avstraliya, Grenlandiya va Nunavut — bular maydoni bo‘yicha ayrim yirik davlatlarga yaqin hududlardir.

Yangi infografika dunyodagi eng ulkan maʼmuriy birliklarni jamladi.

👉 https://kun.uz/12774774

Kun.uz rasmiy kanali
12👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonliklar shubhali xorijiy qo‘ng‘iroqlardan ogohlantirildi

So‘nggi paytlarda o‘zbekistonliklarga xorijiy raqamlardan shubhali qo‘ng‘iroqlar ko‘paygan.

Mutaxassislar bu holatlar ortida kiberfiribgarlar turishi mumkinligini aytib, fuqarolarni bunday raqamlarga javob bermaslikka chaqirmoqda.

👉 https://kun.uz/11125184

Kun.uz rasmiy kanali
👍12115
Dala chetlarida ekin ekmaganlarga jarima va oshirilgan soliq qo‘llanadi

Endi dala chetlarida maqbul ekin ekish talablariga rioya etmaganlar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

Qonunga ko‘ra, ekin ekilmagan yer qismi uchun oshirilgan soliq ham qo‘llanadi.

👉 https://kun.uz/63722626

Kun.uz rasmiy kanali
😁49🤯10👏65👍4
O‘zbekistonda elektron tijorat uchun bond omborlari tashkil etiladi

2026 yil 1 iyuldan O‘zbekistonda elektron tijorat sohasida bond omborlari bo‘yicha huquqiy eksperiment boshlanadi.

Bu orqali tovarlarni maxsus platformalarda sotish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.

👉 https://kun.uz/10196210

Kun.uz rasmiy kanali
👍118