Foto: Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari Buxorodagi qadimiy yodgorliklarni ziyorat qildi
Qosim-Jo‘mart To‘qayev Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Ark qo‘rg‘oni, Poi Kalon va Labi Hovuz ansambllarini tomosha qildi.
Oliy martabali mehmonga yodgorliklar tarixi, me’morchiligi hamda Sharq ilm-fani, madaniyati va shaharsozligi taraqqiyotidagi o‘rni haqida ma’lumot berildi.
Kun.uz rasmiy kanali

👍168❤40🔥31👏13😭1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Vaynlar vaqtinchalik, bularning orqasida faqat pul yotibdi”: Mehriddin Rahmatov bilan suhbat
Aktyor Mehriddin Rahmatov otasidan olgan tarbiya, halollik qadriyatlari va bugungi kunda uni o‘ylantirayotgan masalalar haqida ochiq gapirdi. Suhbatni Kun.uz boshlovchisi Manija Bahriyevaning Turtki podkastida tomosha qiling.
📹 VIDEONI KO'RISH

❤18😁5🤯4👏3
Sindorov Karuana bilan durang o‘ynadi. U 2 ochkolik farq bilan peshqadamlikda davom etmoqda
Javohir Nomzodlar turnirining 11-turida amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi qora donalarda o‘ynab, durang natija qayd etdi.
Uning eng yaqin ta’qibchisi hindistonlik Anish Giri ham bu turda durang o‘ynagani hisobiga, Sindorov turnir yakuniga uchta tur qolganda 2 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilishda davom etmoqda.
👉 https://kun.uz/52990164

👍99❤32🔥10😁3👏2🤯2
Qarz laqabli pora, IIBdagi “plan” va Sindorovning rekordi — hafta dayjesti
🤔 Andijon hokimining yana bir o‘rinbosari qo‘lga tushdi: uning gaplari “tajribali” ekanidan darakmi?
👮♂️ Jizzaxda yasama jinoyatlar seriyasi: sudyalar nega tergovchilardan shubhada?
💳 P2P o‘tkazmalar yana kun tartibida: jamoatchilik xavotirlari inobatga olinadimi?
Ortda qolayotgan haftaning ayrim muhim mavzulari – Kun.uz dayjestida.
📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING

❤15👏4
Yamalda – yubiley, «Bavariya»da – rekord. Kun o‘yinlari
«Arsenal» chempionlik poygasida qoqildi, «Liverpul» YeChL uchun kurashmoqda, «Barselona» «Real» bilan oradagi farqni 9 ochkoga yetkazdi.
📹 👉 https://kun.uz/12857280

❤13😁3🔥1🤯1
Muzokara boshlandi. Kimda qanday “karta” bor? | “Geosiyosat”
AQSh va Eron vakillari Islomobodda muzokara boshlarkan, amerikaliklar kemasi Ho‘rmuz bo‘g‘ozida mina tozalashga kirishdi. Mezbon Pokiston esa Saudiyaga harbiy yordam yubordi.
Viktor Orban bugun Vengriyadagi 16 yillik hukmronligidan mahrum bo‘lishi mumkin. Tramp uni qo‘llash uchun Vensni Budapeshtga yuborib, o‘zi mojar saylovchilari bilan telefonda gaplashdi.
Ortda qolgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.
📱 Telegram'da ko‘rish
📱 YouTube'da ko‘rish
📱 VKontakte'da ko‘rish
AQSh va Eron vakillari Islomobodda muzokara boshlarkan, amerikaliklar kemasi Ho‘rmuz bo‘g‘ozida mina tozalashga kirishdi. Mezbon Pokiston esa Saudiyaga harbiy yordam yubordi.
Viktor Orban bugun Vengriyadagi 16 yillik hukmronligidan mahrum bo‘lishi mumkin. Tramp uni qo‘llash uchun Vensni Budapeshtga yuborib, o‘zi mojar saylovchilari bilan telefonda gaplashdi.
Ortda qolgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16🔥5👍1
AQSh va Eron kelishuvga erisha olmadi
Amerika va Eron delegatsiyalari Islomobodni tark etgan. Jyey Di Vens Eron AQShning shartlarini qabul qilishdan bosh tortganini qayd etdi.
👉 https://kun.uz/38661085

❤31👍23😭7🔥3👏2😐1
Ijtimoiy tarmoq va bolalar. Kimga foyda kimga zarar?
Bugun ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda bolalar va o‘smirlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, hatto qotillikkacha borishayotgani haqidagi xabarlar bot-bot ko‘zga tashlanmoqda. Deyarli kunda-kunora qaysidir maktabda o‘quvchi o‘qituvchisi bilan mushtlashgani, o‘smirlar bir-biri bilan pichoqlashgani, o‘quvchini tengdoshlari guruh bo‘lib do‘pposlashgani tasvirlangan videolar tarqaladi.
Yoshlarning, voyaga yetmagan bolalarning ruhiyatida salbiy o‘zgarishlar yuz berishiga, shafqatsiz, bemehr bo‘lib ketishlariga nima sabab bo‘lmoqda?
👉 https://kun.uz/18319806

❤21👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Gapira olmasa ham baxtliman” – matonatlilar oilasi haqida hikoya
Ro‘zixon Haydarova II guruh nogironi, u oilasi bilan Oltiariq tumanining Zilol mahallasida yashaydi. Turmush o‘rtog‘i G‘ulomjon Haydarov gapira olmaydi. Ikki o‘g‘il va nevarasining ham nogironligi bor. “Otam ham gapirmasdi. Bir-birimizni imo-ishoralar bilan tushunardik. Yaratgan menga oliyjanob jufti halol berdi. Gapira olmasa ham juda baxtliman”, – deydi Ro‘zixon opa.
📹 TO‘LIQ VIDEONI KO'RISH

❤46👍25😭12👏6
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozini kuch bilan ochmoqchi
Amerika harbiy kemalari bo‘g‘ozni minalardan tozalashga tayyorgarlik boshlagan. 11 aprel kuni ikkita esminets bo‘g‘ozni kesib o‘tgan.
👉 https://kun.uz/20505345
Kun.uz rasmiy kanali
Amerika harbiy kemalari bo‘g‘ozni minalardan tozalashga tayyorgarlik boshlagan. 11 aprel kuni ikkita esminets bo‘g‘ozni kesib o‘tgan.
👉 https://kun.uz/20505345
Kun.uz rasmiy kanali
😁46👍9❤6😐4
🚗 Bu hafta avtomobillar olamida nimalar bo‘ldi?
- Tesla narxlari uchmoqda. AQShda Model S va Model X narxlarini birdaniga + 15 000 dollarga qimmatlashdi;
- NIO yangi ES9’ni ko‘rsatdi. U 0 dan 100 km/soat tezlikka 4 soniyada chiqishi mumkin;
- Volkswagen AURA T6 nomli yangi modelini taqdim etdi. Model kompaniyaning birinchi lidar’li krossoveri bo‘ladi
👉 https://t.me/+eoPh-x-P7JM2NTIy

❤11👍2😐1
Gagarin parvoziga 65 yil. Fazoni zabt etgan ilk inson haqida
1961-yil 12-aprel kuni «Boyqo‘ng‘ir» kosmodromidan ichida Yuriy Gagarin o‘tirgan «Vostok» kosmik kemasining uchishiga start berilgandi. Parvoz muvaffaqiyatli amalga oshadi. Shu tariqa, inson ilk marta kosmosga chiqqandi.
Parvoz vaqtida Gagarin o‘zini juda yaxshi tutadi va vaznsizlik holati insonning ruhiyatiga ta’sir qilmasligi ma’lum bo‘ladi. 1 soat 48 daqiqa davom etgan parvozdan so‘ng u sog‘-omon Yerga qaytib tushadi.
👉 https://kun.uz/69230005

👍22❤13👏8
Kosmik kemalar koinotni zabt etayotganda, podshohlar urush bilan band – hafta dayjesti
🔘 Inson Yer «botishi»ni ko‘rdi;
🔘 «Artemis II» eson-omon Yerga qaytdi;
🔘 Tramp sulh e’lon qildi;
🔘 Sulhdan norozi Isroil Livanni bombaladi;
🔘 «Bu Netayanhuning uzoq yillik orzusi».
📹 BATAFSIL YOUTUBE'DA KO‘RING

😁18❤4🔥3
Abbos Fayzullayev: Jahon chempionatida guruhdan chiqishimiz hayron qolarli ish bo‘lmaydi!
O‘zbekiston Milliy jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanma olgach, yurtimizda futbolga qiziqish chandon ortdi. Avvaldan ham futbol mamlakati hisoblangan O‘zbekistonda endi bu sport turi yanada ommalashmoqda, muxlislar va OAV tomonidan avvalgidanda ko‘proq muhokama mavzusiga aylanmoqda. Ayniqsa, Mundial yo‘llanmasi uchun kurashgan futbolchilarimizga e’tibor yanada oshdi.
Jahon chempionati saralash bosqichida maydonga chiqqan, o‘zini ko‘rsatgan, ko‘p mehnati singgan futbolchilar bilan intervyular uyushtirib boryapmiz. Navbat “Istanbul Bashakshehir” klubi va milliy jamoa hujumkor yarimhimoyachisi Abbos Fayzullayevga. Biz Istanbulga safarimiz davomida Milliy jamoamizning muxlislar yoqimtoyiga aylangan futbolchimiz bilan eksklyuziv suhbat uyushtirdik.

🔥23👍17❤9
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi haqida e’lon qildi
U AQSh harbiylari bo‘g‘ozdan o‘tish uchun Eronga to‘lov qiladigan kemalarni qo‘lga olishidan ogohlantirgan.
👉 https://kun.uz/98826920
Kun.uz rasmiy kanali
U AQSh harbiylari bo‘g‘ozdan o‘tish uchun Eronga to‘lov qiladigan kemalarni qo‘lga olishidan ogohlantirgan.
👉 https://kun.uz/98826920
Kun.uz rasmiy kanali
😁58❤9👍2🤯1
Sindorov Nakamura bilan durang qayd etdi
Endi o‘zbekistonlik shaxmatchining ochkolari soni 9 taga yetdi. Ikkinchi o‘rindagi Anish Giri (6,5) bu turda yutqazsa, Javohir bugunning o‘zida muddatidan oldin chempion bo‘ladi.
Giri bugun yutqazmagan taqdirda ham keyingi turda Javohir u bilan o‘zaro o‘yinda durang qayd etishi muddatidan oldingi chempionlik uchun yetarli bo‘ladi.
👉 https://kun.uz/77438596

❤56👍46👏16
O‘zbekiston musulmonlari idorasi hajga borishda firibgarlarga aldanib qolmaslikka chaqirdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasining bildirishicha, o‘tgan yili yuzlab o‘zbekistonliklar noqonuniy yo‘llar bilan hajga borib, ibodatlarini to‘liq ado eta olishmagan. Noqonuniy yo‘llar bilan hajga borish deportatsiya va katta miqdorda jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.
👉 https://kun.uz/62402741

👍23❤6😭1
«Hammani bitta dorixonaga yuborishadi» – SAMPIda farzandidan ayrilgan ota-onalar
Toshkentda yurak nuqsoni sabab operatsiya qilingan 8 oylik go‘dak vafot etdi. Ona shifokorlar harakatlarini shubha ostiga olib, xayriyadan tushgan pullar faqat bitta dorixonaga borib tushayotganini aytmoqda. Uning gaplarini boshqa ota-onalar ham tasdiqlagan.
"+5 degan aptekasi bor ekan o‘zlarining, bemorning yaqinlarini o‘sha yerga jo‘natyapti. U yerda pulni to‘laysiz, “ketavering, o‘zimiz olib borib beramiz” deydi. Qo‘lingizga dori-darmon ham, hech narsa bermaydi" - deydi ona.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

🤯61❤16😭8
Islomoboddagi muvaffaqiyatsiz muzokaralar: nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Pokiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan dastlabki yuzma-yuz muzokaralarda AQSh va Eron delegatsiyalari qandaydir kelishuvga kela olmadi. Vitse-prezident Jey Di Vens Eron tomonidan yon berilishiga erisha olmagani kutilmagan holat emas: muzokaralar boshlanishi arafasida tomonlarning bayonotlarida ziddiyat shu qadar kuchli ediki, muzokaralar mavzusi amalda nima bo‘lishi oxirigacha tushunarsiz qolayotgandi.
👉 https://kun.uz/16924959

❤17😭4🤯2😐2🔥1
Toshkentda intellektual transport tizimi joriy etilmoqda
Qayd etilishicha, yangi svetoforlar maxsus datchiklar orqali mashinalar oqimini «ko‘radi». Agar bir yo‘nalish bo‘sh bo‘lsa, u yashil chiroqni behuda yondirib turmaydi, balki tirbandlik yuzaga kelgan tomonga tezroq yo‘l beradi.
👉 https://kun.uz/12912282

👍73😁12❤11👏8