Kun.uz | Rasmiy kanal
75.4K subscribers
80.7K photos
11.4K videos
63.8K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Isroil yana “Hizbulloh” bilan urushyapti. Maqsad nima?

AQSH–Eron sulhining ro‘yobga chiqishiga Isroilning Livanga hujumlari to‘g‘anoq bo‘lmoqda. Bunga javoban Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yana chekladi. Oq uy sulh shartlari “Hizbulloh”ga ham taalluqli ekanini rad etyapti. Xo‘sh, Isroil bu safar Livanda nimaga erishmoqchi?

Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilchilar Shavkat Ikromov va Kamoliddin Rabbimov shu haqda so‘z yuritadi.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
10🤯2🔥1
Toshkentda havo sifatini yaxshilash: issiqxonalar Surxondaryoga ko‘chiriladi

Havo sifatini yaxshilash maqsadida Toshkent shahridagi va Toshkent viloyatining beshta tumanidagi issiqxonalarni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasiga ko‘chirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Issiqxonalarga ko‘chish xarajatlari qoplab beriladi, kreditlarini qaytarish muddatlari esa uzaytiriladi.

Ixtiyoriy ravishda ko‘chishga rozi bo‘lmagan issiqxonalar gazdan uziladi; ko‘mir, mazut yoki boshqa narsalarni yoqqan taqdirda jarima 20 barobarga, suv solig‘i 5 barobarga oshiriladi.

Kun.uz rasmiy kanali
😭33👏2614😁14👍11🤯9
Xorijdagi o‘zbekistonliklar elchixona qabuliga onlayn yozilishi mumkin bo‘ldi

Xorijdagi O‘zbekiston vatandoshlari uchun MyGov portali orqali elchixona qabuliga yozilish imkoniyati yaratildi.

Portalda “Elchixona (konsullik) qabuliga yozilish” xizmati ishga tushirilgan. Xizmat bepul.

👉 https://kun.uz/27603118

Kun.uz rasmiy kanali
👏194👍4
To‘qayevga tarixiy hujjatlarning nusxalari hadya qilindi

Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari avvaliga Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Rasmiy uchrashuvdan keyin mehmon Buxoro viloyati hokimligining situatsion markazi bilan tanishdi.

Tashrif davomida To‘qayevga Turkistondagi Xo‘ja Ahmad Yassaviy va Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegim maqbaralariga aloqador qimmatli arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi.

Davlat rahbarlari sun’iy intellekt bo‘yicha umummilliy hakatonda ham bo‘lishdi.

Kun.uz rasmiy kanali
👍129🔥44👏1714
«Sindorov-Karlsen bahsini jon deb ko‘rgan bo‘lardim» — Garri Kasparov

Shaxmat bo‘yicha 13-jahon chempioni Garri Kasparov o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorovning Nomzodlar turniridagi muvaffaqiyatli yurishiga izoh berdi.

«Deyarli tajribaga ega bo‘lmagan turnirning eng yosh qatnashchisi barcha tajribali raqiblarini yengishi ajoyib. Men Sindorov-Karlsen bahsini jon deb tomosha qilgan bo‘lardim. Bu men uchun haqiqiy match bo‘lgan bo‘lar edi», dedi Kasparov.


Nomzodlar turnirida 8 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turgan Javohir ayni vaqtda qora donalar bilan Fabiano Karuanaga qarshi o‘ynamoqda.

👉 https://kun.uz/09963837

Kun.uz rasmiy kanali
37👍25🔥6👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Katta Og‘a kuzatib turadigan, fikrlash jinoyat sanalgan davlat haqida eshitganmisiz? / 5 daqiqa

O‘sha binoning peshtoqiga uchta shior bitib qo‘yilgandi: Urush – tinchlikdir. Erk – qullikdir. Bilimsizlik – kuchdir. Va bu shiorni hayotga tatbiq qilish uchun noyob vazirliklar o‘ylab topilgandi. Masalan, Haqiqat vazirligi axborotni, ta’limni, san’atni nazorat qilardi – tarixni boshqatdan yozardi. Yoki urush qilishni yaxshi ko‘radigan Tinchlik vazirligi, sevishga ruxsat bermaydigan Muhabbat vazirligi bor edi.

Yuqorida keltirilgan fikrlar Jorj Oruellning “1984” romanidan olindi. 5 daqiqa'ning navbatdagi sonida ushbu asar haqida gaplashamiz.

👉 https://kun.uz/60477562

Kun.uz rasmiy kanali
20👍14🔥4😁2
Foto: Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari Buxorodagi qadimiy yodgorliklarni ziyorat qildi

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Ark qo‘rg‘oni, Poi Kalon va Labi Hovuz ansambllarini tomosha qildi.

Oliy martabali mehmonga yodgorliklar tarixi, me’morchiligi hamda Sharq ilm-fani, madaniyati va shaharsozligi taraqqiyotidagi o‘rni haqida ma’lumot berildi.

Kun.uz rasmiy kanali
👍16840🔥31👏13😭1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Vaynlar vaqtinchalik, bularning orqasida faqat pul yotibdi”: Mehriddin Rahmatov bilan suhbat

Aktyor Mehriddin Rahmatov otasidan olgan tarbiya, halollik qadriyatlari va bugungi kunda uni o‘ylantirayotgan masalalar haqida ochiq gapirdi. Suhbatni Kun.uz boshlovchisi Manija Bahriyevaning Turtki podkastida tomosha qiling.

📹 VIDEONI KO'RISH
18😁5🤯4👏3
Sindorov Karuana bilan durang o‘ynadi. U 2 ochkolik farq bilan peshqadamlikda davom etmoqda

Javohir Nomzodlar turnirining 11-turida amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi qora donalarda o‘ynab, durang natija qayd etdi.

Uning eng yaqin ta’qibchisi hindistonlik Anish Giri ham bu turda durang o‘ynagani hisobiga, Sindorov turnir yakuniga uchta tur qolganda 2 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilishda davom etmoqda.

👉 https://kun.uz/52990164

Kun.uz rasmiy kanali
👍9932🔥10😁3👏2🤯2
Qarz laqabli pora, IIBdagi “plan” va Sindorovning rekordi — hafta dayjesti

🤔 Andijon hokimining yana bir o‘rinbosari qo‘lga tushdi: uning gaplari “tajribali” ekanidan darakmi?

👮‍♂️ Jizzaxda yasama jinoyatlar seriyasi: sudyalar nega tergovchilardan shubhada?

💳 P2P o‘tkazmalar yana kun tartibida: jamoatchilik xavotirlari inobatga olinadimi?

Ortda qolayotgan haftaning ayrim muhim mavzulari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
15👏4
Yamalda – yubiley, «Bavariya»da – rekord. Kun o‘yinlari

«Arsenal» chempionlik poygasida qoqildi, «Liverpul» YeChL uchun kurashmoqda, «Barselona» «Real» bilan oradagi farqni 9 ochkoga yetkazdi.

📹 👉 https://kun.uz/12857280

Kun.uz rasmiy kanali
13😁3🔥1🤯1
Muzokara boshlandi. Kimda qanday “karta” bor? | “Geosiyosat”

AQSh va Eron vakillari Islomobodda muzokara boshlarkan, amerikaliklar kemasi Ho‘rmuz bo‘g‘ozida mina tozalashga kirishdi. Mezbon Pokiston esa Saudiyaga harbiy yordam yubordi.

Viktor Orban bugun Vengriyadagi 16 yillik hukmronligidan mahrum bo‘lishi mumkin. Tramp uni qo‘llash uchun Vensni Budapeshtga yuborib, o‘zi mojar saylovchilari bilan telefonda gaplashdi.

Ortda qolgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16🔥5👍1
AQSh va Eron kelishuvga erisha olmadi

Amerika va Eron delegatsiyalari Islomobodni tark etgan. Jyey Di Vens Eron AQShning shartlarini qabul qilishdan bosh tortganini qayd etdi.

👉 https://kun.uz/38661085

Kun.uz rasmiy kanali
31👍23😭7🔥3👏2😐1
Ijtimoiy tarmoq va bolalar. Kimga foyda kimga zarar?

Bugun ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda bolalar va o‘smirlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, hatto qotillikkacha borishayotgani haqidagi xabarlar bot-bot ko‘zga tashlanmoqda. Deyarli kunda-kunora qaysidir maktabda o‘quvchi o‘qituvchisi bilan mushtlashgani, o‘smirlar bir-biri bilan pichoqlashgani, o‘quvchini tengdoshlari guruh bo‘lib do‘pposlashgani tasvirlangan videolar tarqaladi.

Yoshlarning, voyaga yetmagan bolalarning ruhiyatida salbiy o‘zgarishlar yuz berishiga, shafqatsiz, bemehr bo‘lib ketishlariga nima sabab bo‘lmoqda?

👉 https://kun.uz/18319806

Kun.uz rasmiy kanali
21👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Gapira olmasa ham baxtliman” – matonatlilar oilasi haqida hikoya

Ro‘zixon Haydarova II guruh nogironi, u oilasi bilan Oltiariq tumanining Zilol mahallasida yashaydi. Turmush o‘rtog‘i G‘ulomjon Haydarov gapira olmaydi. Ikki o‘g‘il va nevarasining ham nogironligi bor. “Otam ham gapirmasdi. Bir-birimizni imo-ishoralar bilan tushunardik. Yaratgan menga oliyjanob jufti halol berdi. Gapira olmasa ham juda baxtliman”, – deydi Ro‘zixon opa.

📹 TO‘LIQ VIDEONI KO'RISH
45👍25😭12👏6