Qozog‘iston prezidenti Buxoroga keldi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Buxoro xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Bugun ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilish, sanoat korxonalari bilan tanishish va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.
Kun.uz rasmiy kanali

👍121🔥54❤40👏12😐3😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
UZCARD MOMENT — to‘lovlar uchun tezkor va qulay yechim
2026-yil 1-apreldan bir qator to‘lovlar va yirik xaridlar naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Shuning uchun bank kartasi kundalik hisob-kitoblar uchun zarur vositaga aylandi.
Hamkorlar nuqtasida bepul UZCARD MOMENT kartasini qo‘lga kiritib, uni Milliy ilovasida bir necha daqiqada faollashtirishingiz mumkin - tez, qulay, bankka tashrif buyurmasdan.
Aloqa markazi:
📞 1344
☎️ (78) 148-00-10
Instagram | Facebook | YouTube
Reklama
“Kartani to‘ldiring va darhol foydalaning - NBU bilan naqdsiz xarajatlar yanada qulay” - Jenisbek Piyazov, O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti.
2026-yil 1-apreldan bir qator to‘lovlar va yirik xaridlar naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Shuning uchun bank kartasi kundalik hisob-kitoblar uchun zarur vositaga aylandi.
Hamkorlar nuqtasida bepul UZCARD MOMENT kartasini qo‘lga kiritib, uni Milliy ilovasida bir necha daqiqada faollashtirishingiz mumkin - tez, qulay, bankka tashrif buyurmasdan.
Aloqa markazi:
📞 1344
☎️ (78) 148-00-10
Instagram | Facebook | YouTube
Reklama
😁9❤8😭3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qayta ochilgan «Al-Aqso» masjidi va Yerga qaytgan astronavtlar – kun dayjesti
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan quyidagi voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz:
• Pokistonda AQSH–Eron muzokaralari boshlanmoqda: vitse-prezident Vens boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi yo‘lda, Gʻolibof va Abbos Aroqchi esa allaqachon Islomobodga kelgan;
• Artemis II astronavtlari 10 kunlik sayohatdan keyin Yerga qaytdi;
• Isroil Erondagi urush ortidan yopgan “Al-Aqso“ masjidini qayta ochdi;
• Vengriyada saylovlar: so‘rovnomalar bosh vazir Viktor Orban zarariga ishlamoqda.
👉 https://kun.uz/21063553

❤18👍4
Fuqarolardan varrak uchirishda cheklovlarga rioya qilish so‘raldi
Iliq ob-havo sharoitida varrak uchirish holatlari ko‘paymoqda. Uzbekistan Airports fuqarolarni aeroportlar yaqinida bunday mashg‘ulotlardan tiyilishga chaqirib, bu parvozlar xavfsizligiga jiddiy tahdid solishini ma’lum qildi.
👉 https://kun.uz/47959149

😁63👍26❤8👏1
O‘zbekiston havo sifatini yaxshilash uchun Qozog‘iston bilan hamkorlik qiladi
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxorodagi uchrashuvda ko‘plab masalalarni muhokama qildi:
➖chegaradagi to‘siqlarni bartaraf etish, transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha birgalikda choralar ko‘rish;
➖“Qambarota” GES qurilishini jadallashtirish va “yashil” energiya eksportini yo‘lga qo‘yish;
➖mintaqaviy ekologik loyihalarni ilgari surish, chegaradosh hududlarda “Toza havo” loyihalarini amalga oshirish shular jumlasidan.
👉 https://kun.uz/82908932

👍134❤35🔥34👏18😁4😭2
So‘x tumanini Farg‘ona bilan bog‘laydigan eng qisqa yo‘nalishda yangi trassa quriladi
Prezident huzurida So‘x tumanini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunovning aytishicha, eksklavni Farg‘ona viloyati bilan bog‘lash uchun eng qisqa masofali yangi trassa qurish reja qilinmoqda.
👉 https://kun.uz/12729887

“Hozir loyiha tashkilotlari bilan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazib, yaqin vaqt ichida aniq yechimlar asosida ishlarni boshlaymiz”, dedi u.
👉 https://kun.uz/12729887
Kun.uz rasmiy kanali
👍35❤10
Isroil yana “Hizbulloh” bilan urushyapti. Maqsad nima?
AQSH–Eron sulhining ro‘yobga chiqishiga Isroilning Livanga hujumlari to‘g‘anoq bo‘lmoqda. Bunga javoban Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yana chekladi. Oq uy sulh shartlari “Hizbulloh”ga ham taalluqli ekanini rad etyapti. Xo‘sh, Isroil bu safar Livanda nimaga erishmoqchi?
Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilchilar Shavkat Ikromov va Kamoliddin Rabbimov shu haqda so‘z yuritadi.
📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING

❤10🤯2🔥1
Toshkentda havo sifatini yaxshilash: issiqxonalar Surxondaryoga ko‘chiriladi
Havo sifatini yaxshilash maqsadida Toshkent shahridagi va Toshkent viloyatining beshta tumanidagi issiqxonalarni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasiga ko‘chirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Issiqxonalarga ko‘chish xarajatlari qoplab beriladi, kreditlarini qaytarish muddatlari esa uzaytiriladi.
Ixtiyoriy ravishda ko‘chishga rozi bo‘lmagan issiqxonalar gazdan uziladi; ko‘mir, mazut yoki boshqa narsalarni yoqqan taqdirda jarima 20 barobarga, suv solig‘i 5 barobarga oshiriladi.

😭33👏26❤14😁14👍11🤯9
Xorijdagi o‘zbekistonliklar elchixona qabuliga onlayn yozilishi mumkin bo‘ldi
Xorijdagi O‘zbekiston vatandoshlari uchun MyGov portali orqali elchixona qabuliga yozilish imkoniyati yaratildi.
Portalda “Elchixona (konsullik) qabuliga yozilish” xizmati ishga tushirilgan. Xizmat bepul.
👉 https://kun.uz/27603118

👏19❤4👍4
To‘qayevga tarixiy hujjatlarning nusxalari hadya qilindi
Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari avvaliga Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Rasmiy uchrashuvdan keyin mehmon Buxoro viloyati hokimligining situatsion markazi bilan tanishdi.
Tashrif davomida To‘qayevga Turkistondagi Xo‘ja Ahmad Yassaviy va Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegim maqbaralariga aloqador qimmatli arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi.
Davlat rahbarlari sun’iy intellekt bo‘yicha umummilliy hakatonda ham bo‘lishdi.

👍129🔥44👏17❤14
«Sindorov-Karlsen bahsini jon deb ko‘rgan bo‘lardim» — Garri Kasparov
Shaxmat bo‘yicha 13-jahon chempioni Garri Kasparov o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorovning Nomzodlar turniridagi muvaffaqiyatli yurishiga izoh berdi.
Nomzodlar turnirida 8 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turgan Javohir ayni vaqtda qora donalar bilan Fabiano Karuanaga qarshi o‘ynamoqda.
👉 https://kun.uz/09963837
Kun.uz rasmiy kanali
Shaxmat bo‘yicha 13-jahon chempioni Garri Kasparov o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorovning Nomzodlar turniridagi muvaffaqiyatli yurishiga izoh berdi.
«Deyarli tajribaga ega bo‘lmagan turnirning eng yosh qatnashchisi barcha tajribali raqiblarini yengishi ajoyib. Men Sindorov-Karlsen bahsini jon deb tomosha qilgan bo‘lardim. Bu men uchun haqiqiy match bo‘lgan bo‘lar edi», dedi Kasparov.
Nomzodlar turnirida 8 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turgan Javohir ayni vaqtda qora donalar bilan Fabiano Karuanaga qarshi o‘ynamoqda.
👉 https://kun.uz/09963837
Kun.uz rasmiy kanali
❤37👍24🔥6👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Katta Og‘a kuzatib turadigan, fikrlash jinoyat sanalgan davlat haqida eshitganmisiz? / 5 daqiqa
O‘sha binoning peshtoqiga uchta shior bitib qo‘yilgandi: Urush – tinchlikdir. Erk – qullikdir. Bilimsizlik – kuchdir. Va bu shiorni hayotga tatbiq qilish uchun noyob vazirliklar o‘ylab topilgandi. Masalan, Haqiqat vazirligi axborotni, ta’limni, san’atni nazorat qilardi – tarixni boshqatdan yozardi. Yoki urush qilishni yaxshi ko‘radigan Tinchlik vazirligi, sevishga ruxsat bermaydigan Muhabbat vazirligi bor edi.
Yuqorida keltirilgan fikrlar Jorj Oruellning “1984” romanidan olindi. 5 daqiqa'ning navbatdagi sonida ushbu asar haqida gaplashamiz.
👉 https://kun.uz/60477562

❤20👍14🔥4😁2
Foto: Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari Buxorodagi qadimiy yodgorliklarni ziyorat qildi
Qosim-Jo‘mart To‘qayev Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Ark qo‘rg‘oni, Poi Kalon va Labi Hovuz ansambllarini tomosha qildi.
Oliy martabali mehmonga yodgorliklar tarixi, me’morchiligi hamda Sharq ilm-fani, madaniyati va shaharsozligi taraqqiyotidagi o‘rni haqida ma’lumot berildi.

👍168❤40🔥31👏13😭1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Vaynlar vaqtinchalik, bularning orqasida faqat pul yotibdi”: Mehriddin Rahmatov bilan suhbat
Aktyor Mehriddin Rahmatov otasidan olgan tarbiya, halollik qadriyatlari va bugungi kunda uni o‘ylantirayotgan masalalar haqida ochiq gapirdi. Suhbatni Kun.uz boshlovchisi Manija Bahriyevaning Turtki podkastida tomosha qiling.
📹 VIDEONI KO'RISH

❤18😁5🤯4👏3
Sindorov Karuana bilan durang o‘ynadi. U 2 ochkolik farq bilan peshqadamlikda davom etmoqda
Javohir Nomzodlar turnirining 11-turida amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi qora donalarda o‘ynab, durang natija qayd etdi.
Uning eng yaqin ta’qibchisi hindistonlik Anish Giri ham bu turda durang o‘ynagani hisobiga, Sindorov turnir yakuniga uchta tur qolganda 2 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilishda davom etmoqda.
👉 https://kun.uz/52990164

👍98❤32🔥10😁3👏2🤯2