Kun.uz | Rasmiy kanal
75.5K subscribers
80.6K photos
11.4K videos
63.8K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
«Men Viktorni yaxshi ko‘raman» – Donald Tramp nega Orbanni qo‘llayapti?

Yevroittifoqda eng uzoq muddat – 16 yildan buyon lavozimda qolayotgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban yakshanba kungi saylovlarda hokimiyatni boy berishi mumkin.

Ammo AQSH ва Rossiya Orbanni qo‘llayapti: Tramp saylovchilar bilan telefon orqali gaplashdi, Vensni Budapeshtga yubordi. Kreml ham Yevropadagi maslakdoshini yo‘qotgisi yo‘q.

👉 https://kun.uz/57191676

Kun.uz rasmiy kanali
👍19😁129🔥1🤯1
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatining yangi maʼmuriy markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Prezident 10 aprel kuni Buxoro shahriga tashrifi davomida Buxoro viloyatining yangi maʼmuriy markazida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Ushbu maʼmuriy markaz 14 gektar maydonni egallagan bo‘lib, birinchi bosqichda viloyat ва shahar hokimliklari, viloyat prokuratura hamda ichki ishlar boshqarmalari kabi davlat idoralari bir hududda jamlangan.

👉 https://kun.uz/80094861

Kun.uz rasmiy kanali
👍110🔥4128👏12😁1
AQSh elchixonasi JCh-2026 chiptasi egalari uchun viza suhbatiga yozilish tartibini e’lon qildi

Suhbatga yozilish uchun FIFA saytidan xarid qilingan chiptaga ega bo‘lish va bir qancha oddiy shartlarni bajarish talab etiladi.

Elchixonaning eslatishicha, chipta viza olishni kafolatlamaydi va barcha arizachilar xavfsizlik tekshiruvidan o‘tadi.

👉 https://kun.uz/00641324

Kun.uz rasmiy kanali
😐119🤯4🔥3
Superligada hakamlik mojarosi. PFL hakamlar markazidan VAR yozuvini so‘radi

«Qo‘qon-1912» – «Nasaf» o‘yinida yuzaga kelgan bahsli holatdan keyin o‘tkazilgan shoshilinch yig‘ilishda PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev VAR tizimi o‘yinlarda adolatli qaror chiqarishga ko‘maklashish o‘rniga, ayrimlarning manfaatlariga xizmat qilayotgandek taassurot uyg‘otayotganini qayd etdi. Liga futbol hakamlari markazi (O‘zFHM)dan VAR bilan bog‘liq audioyozuvlarni berishni talab qildi.

👉 https://kun.uz/33836252

Kun.uz rasmiy kanali
👏3115👍7😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Qo‘limiz tepkida, AQSH-Isroilga ishonmaymiz” – Eronning O‘zbekistondagi elchisi

Urushda 14 kunlik sulh eʼlon qilinarkan, har bir tomon o‘zini “g‘olib” deb eʼlon qildi. OAV bilan gaplashgan Eronning O‘zbekistondagi elchisiga ko‘ra, AQSH ва Isroil o‘z maqsadlariga erisha olmadi.

Ular Eronni bo‘lib tashlab, fuqarolar urushi alangasini yoqmoqchi edi, biroq biz sezilarli g‘alaba qozondik, deydi diplomat Ali Iskandariy.


👉 https://kun.uz/31618884

Kun.uz rasmiy kanali
👏5023👍14😁3😐2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
7 mlrdlik zarar: Navoiyda oltin qazuvchilar ushlandi

Navoiy viloyatida noqonuniy oltin qazib olish bilan bog‘liq ikki yirik holat fosh etildi.

Tezkor tadbirlar davomida katta miqdordagi yarim tayyor oltin, rudalar, kimyoviy vositalar va maxsus texnikalar musodara qilinib, davlatga yetkazilgan zarar milliardlab so‘mga baholanmoqda.

👉 https://kun.uz/70176371

Kun.uz rasmiy kanali
😁137👍7🔥3😭1
“Artemida-2” astronavtlari Yerga qaytdi

NASA’ning “Artemida-2” missiyasini yakunlagan to‘rt nafar astronavt Oy atrofidagi parvozdan so‘ng Yerga muvaffaqiyatli qaytdi.

“Orion” kemasi Kaliforniya sohillari yaqinidagi Tinch okeaniga qo‘ndi, missiya davomida esa insonning kosmosda Yerdan eng uzoqlashishi bo‘yicha yangi rekordi o‘rnatildi.

👉 https://kun.uz/81094833

Kun.uz rasmiy kanali
14🔥11👍3😁3👏1
Yangi o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul tartibi belgilandi

2026–2027 o‘quv yili uchun maktablarning 1-sinfiga qabul tartibi tasdiqlandi.

Endi arizalar my.gov.uz va my.maktab.uz orqali qabul qilinib, davlat xizmati joriy etiladigan hududlar va maktablar soni ancha oshirildi.

👉 https://kun.uz/22783204

Kun.uz rasmiy kanali
16👍7
Reyting: 2026 yilda dunyodagi eng yirik harbiy-havo kuchlari

2026 yilda dunyodagi eng yirik harbiy-havo kuchlari reytingida AQSH mutlaq yetakchi bo‘lib qolmoqda — 13 mingdan ortiq uchish apparati bilan u boshqa davlatlardan katta farq bilan oldinda.

Rossiya va Xitoy keyingi o‘rinlarda borayotgan bo‘lsa-da, qiruvchi aviatsiya bo‘yicha kuchlar muvozanati ancha yaqinlashgani kuzatilmoqda.

👉 https://kun.uz/97192519

Kun.uz rasmiy kanali
👍9😁52🔥1
Xorijda ilmiy daraja olganlar uchun yangi tartib joriy etildi

O‘zbekistonda xorijda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi tartibi joriy etildi.

Endi talabgorlar hujjatlarini davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali topshirib, nostrifikatsiyadan o‘tkazishi mumkin.

👉 https://kun.uz/44915302

Kun.uz rasmiy kanali
9👍6🔥2
Telegram Rossiyada deyarli to‘liq bloklandi

Rossiyada Telegram blokirovkasi deyarli to‘liq darajaga yetdi: 10 aprel kuni messenjerga kirishda anomaliyalar 95 foizni tashkil qildi.

Tahlilchilarga ko‘ra, Telegram hozir WhatsApp va Signal’dan ham kuchliroq cheklanmoqda.

👉 https://kun.uz/86133570

Kun.uz rasmiy kanali
🤯14😁115👏4👍2🔥1
Kosmosdan tarixiy kuzatuv: sunami paydo bo‘lishi ilk bor muhrlandi

Ilk bor sunamining qanday paydo bo‘lishi kosmosdan kuzatildi.

SWOT sun’iy yo‘ldoshi Kamchatkadagi kuchli zilziladan so‘ng to‘lqinlar shakllanishini qayd etib, sunamining “tug‘ilish nuqtasi”ni aniqlash imkonini berdi.

👉 https://kun.uz/37568744

Kun.uz rasmiy kanali
15👍9🔥5😐1
Kun.uz | Rasmiy kanal
“Uchastkavoy”larga topshiriq: “daydi topmasang, qarindoshingni yoki o‘zingni daydi qilib yop!” Toshkent shahri Olmazor tumani IIB amaldori Abror Xudoyberdiyev profilaktika inspektorlariga ko‘chadan "daydi" topib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish bo‘yicha…
Xodimlarga daydi topishni buyurgan Olmazor tumani IIB amaldori lavozimidan olindi

Profilaktika inspektorlariga ko‘chadan daydi topib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish bo‘yicha topshiriq bergan Toshkent shahri Olmazor tumani IIB mansabdori Abror Xudoyberdiyev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda matbuot anjumanida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropov ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/94081828

Kun.uz rasmiy kanali
😁72👍4313🤯3😐2🔥1👏1😭1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uchuvchi Eron tog‘larida: «Trampni qutqarish» amaliyoti haqida

Amerikalik uchuvchini Eron tog‘laridan qutqarish operatsiyasi tillarda doston bo‘ldi. Axir bunaqasini kinolarda ham ko‘rish qiyin. Amerika F-15 pilotini qutqarish uchun juda katta kuch va pul sarfladi.

Uchuvchi asir tushsa, urushning «oyog‘i osmondan bo‘lib ketardi». Bu amalda «Trampni qutqarish» amaliyotiga aylanib ketdi.

📹 BATAFSIL YOUTUBE'DA KO‘RING
12🔥10😁9👍6
Qozog‘iston prezidenti Buxoroga keldi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Buxoro xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Bugun ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilish, sanoat korxonalari bilan tanishish va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.

Kun.uz rasmiy kanali
👍120🔥5439👏12😐3😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
UZCARD MOMENT — to‘lovlar uchun tezkor va qulay yechim

“Kartani to‘ldiring va darhol foydalaning - NBU bilan naqdsiz xarajatlar yanada qulay” - Jenisbek Piyazov, O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti.


2026-yil 1-apreldan bir qator to‘lovlar va yirik xaridlar naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Shuning uchun bank kartasi kundalik hisob-kitoblar uchun zarur vositaga aylandi.

Hamkorlar nuqtasida bepul UZCARD MOMENT kartasini qo‘lga kiritib, uni Milliy ilovasida bir necha daqiqada faollashtirishingiz mumkin - tez, qulay, bankka tashrif buyurmasdan.

Aloqa markazi:
📞 1344
☎️ (78) 148-00-10

Instagram | Facebook | YouTube

Reklama
😁97😭3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qayta ochilgan «Al-Aqso» masjidi va Yerga qaytgan astronavtlar – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan quyidagi voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz:

• Pokistonda AQSH–Eron muzokaralari boshlanmoqda: vitse-prezident Vens boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi yo‘lda, Gʻolibof va Abbos Aroqchi esa allaqachon Islomobodga kelgan;

• Artemis II astronavtlari 10 kunlik sayohatdan keyin Yerga qaytdi;

• Isroil Erondagi urush ortidan yopgan “Al-Aqso“ masjidini qayta ochdi;

• Vengriyada saylovlar: so‘rovnomalar bosh vazir Viktor Orban zarariga ishlamoqda.

👉 https://kun.uz/21063553

Kun.uz rasmiy kanali
18👍4
Fuqarolardan varrak uchirishda cheklovlarga rioya qilish so‘raldi

Iliq ob-havo sharoitida varrak uchirish holatlari ko‘paymoqda. Uzbekistan Airports fuqarolarni aeroportlar yaqinida bunday mashg‘ulotlardan tiyilishga chaqirib, bu parvozlar xavfsizligiga jiddiy tahdid solishini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/47959149

Kun.uz rasmiy kanali
😁63👍258👏1
O‘zbekiston havo sifatini yaxshilash uchun Qozog‘iston bilan hamkorlik qiladi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxorodagi uchrashuvda ko‘plab masalalarni muhokama qildi:

chegaradagi to‘siqlarni bartaraf etish, transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha birgalikda choralar ko‘rish;

“Qambarota” GES qurilishini jadallashtirish va “yashil” energiya eksportini yo‘lga qo‘yish;

mintaqaviy ekologik loyihalarni ilgari surish, chegaradosh hududlarda “Toza havo” loyihalarini amalga oshirish shular jumlasidan.

👉 https://kun.uz/82908932

Kun.uz rasmiy kanali
👍13435🔥34👏18😁4😭2