Kun.uz | Rasmiy kanal
75.5K subscribers
80.6K photos
11.4K videos
63.8K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV: Toshkentdagi Askiya bozorida ayrim do‘konlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Toshkent shahridagi Askiya dehqon bozorida yong‘in xavfsizligi qoidalari qo‘pol ravishda buzilgani aniqlandi.

Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan do‘konlar elektr ta’minotidan uzilib, faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

👉 https://kun.uz/84736508

Kun.uz rasmiy kanali
👍86😁5
«Osiyo Amazoniyasi»da noyob hayvonlar fotoqopqonlarga muhrlandi

«Osiyo Amazoniyasi» deb ataluvchi Annamit tog‘larida o‘rnatilgan fotoqopqonlar Osiyo fili, tutunrang qoplon, marmar mushuk va boshqa noyob hayvonlarni tasvirga oldi.

Tadqiqot ushbu hudud Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng muhim va bioxilmaxil o‘rmon massivlaridan biri ekanini yana bir bor tasdiqladi.

📸👉 https://kun.uz/47315602

Kun.uz rasmiy kanali
32👍24👏5🔥2
«Agar bu unvonga loyiq bo‘lsang, baribir uni olasan» – Sindorov peshqadamligi haqida

“Men juda yaqinman, lekin oldinda hali muhim partiyalar bor… Bu haqda o‘ylamaslikka harakat qilyapman”, — dedi Sindorov Nomzodlar turnirining 10-turidagi g‘alabadan so‘ng. Yakunga 4 tur qolganida, u boshqa ishtirokchilardan ikki ochko oldinda bormoqda.

👉 https://kun.uz/34476197

Kun.uz rasmiy kanali
👍4018👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda 8 yillik “muammoli uy”: quruvchi qamaldi, odamlar mo‘jiza kutishda davom etmoqda

Samarqand shahrining Shohrux ko‘chasida 2018 yilda boshlangan ko‘p qavatli uy qurilishi orqali ko‘plab insonlarga boshpana va’da qilingandi. Hududdagi xonadon egalari esa issiq joyidan ko‘chirilgandi. Oradan sakkiz yil o‘tib ham uylar bitmadi, quruvchi qamaldi. Mijozlar ham, ular to‘lagan pullar ham qadrsizlanishda davom etmoqda.

Kun.uz surishtiruvi shuni ko‘rsatdiki, ushbu chala qolgan loyiha “muammoli uy” deb malakalangan. Hozircha bu muammoning yechimi yoki aniq reja bo‘yicha ma’lumot bera oladigan mas’ulning o‘zi yo‘q.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
13🔥6🤯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmda 7 ming so‘mdan palov sotgan tadbirkor jarimaga tortildi

Urganch tumanida oshxonasi bo‘lgan tadbirkor 2-4 fevral kunlari Xorazm suzma palovini 7 ming so‘mdan sotishini aytib, ijtimoiy tarmoqqa e’lon joylashtirgan. Sud uning bu harakatini ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzish deb baholadi.

“Mijoz chaqirish uchun 2 kun arzon sotdim. 7 ming so‘m ichida non, choy va salati ham bor edi. Biror janjal yoki boshqa holat bo‘lmadi”, deydi Kun.uz’ga tadbirkor.

Unga 2 mln so‘mdan ko‘proq jarima tayinlangan.

👉 https://kun.uz/44357287

Kun.uz rasmiy kanali
😁138🤯38😐32😭2821👍3
O‘zbekiston Superligasida 6-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

“Neftchi” o‘z maydonida “Paxtakor”ga yutqazdi va birinchi marta ochko yo‘qotdi, oqibatda peshqadamlikdan ayrildi.

“Qo‘qon-1912” - “Nasaf” o‘yini mojaroli tarzda yakunlandi, mezbonlar foydasiga belgilangan penalti noto‘g‘ri deb topildi.

PFL “Andijon” - “Navbahor” o‘yinidagi hakamlikdan norozi bo‘ldi, ayniqsa bosh murabbiyi Samvel Babayanga nisbatan jiddiy jazo ko‘rilmaganiga eʼtiroz bildirdi.


👉 https://kun.uz/03529379

Kun.uz rasmiy kanali
12👍4😐4
Tramp NATOdan noroziligini bildirib, Grenlandiyani esladi

Tramp NATOni Eronga qarshi urushda AQSHni yetarli qo‘llab-quvvatlamaganlikda aybladi va yana Grenlandiya mavzusini ko‘tardi.

U alyansni “kerak paytda yonimizda bo‘lmadi” deb tanqid qildi, NATO bosh kotibi esa uning ittifoqdoshlardan norozi ekanini tan oldi.

👉 https://kun.uz/57915740

Kun.uz rasmiy kanali
😁25👏43
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Atlantikadagi josuslik kemalari va Isroil-Livan muzokaralari – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan quyidagi voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz:

• Kongressdagi respublikachilar AQSH harbiy operatsiyasini to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani to‘sib qo‘ydi: demokratlar Trampni impichment qilish masalasini ko‘tarmoqda;

• Britaniya kuchlari Atlantika okeanidagi muhim kabellar ustida «zararli harakatlar qilayotgan Rossiya suvosti kemalarini aniqladi;

• Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan bilan muzokaralar boshlashga ko‘rsatma berdi;

• Sharqiy Osiyoda energiya inqirozi: Singapur, Flippin va Tailandda aholidan elektr va yoqilg‘ini tejash so‘ralmoqda;

• AQSH birinchi xonimi Melaniya Tramp kutilmaganda Epshteyn bilan aloqadorligini inkor etib, bayonot berdi.

👉 https://kun.uz/32972269

Kun.uz rasmiy kanali
18😁4🔥2👏2
Yaqin Sharqdagi vaziyat: muzokaralar boshlanishi arafasida tomonlar bir-birini ayblamoqda

11-aprel kuni Islomobodda Erondagi urushni yakunlash bo‘yicha muzokaralar boshlanishi kerak. Ammo tinchlik muzokaralari arafasida AQSh tomonidan e’lon qilingan sulh o‘ta shartli bo‘lib ko‘rinmoqda: Isroil jumaga o‘tar kechasi ham Livan bo‘ylab zarbalar berishni davom ettirdi, Donald Tramp esa Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochmagani uchun o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda aybladi.

👉 https://kun.uz/67465837

Kun.uz rasmiy kanali
11😁5😭5
O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirish qoidalari qanday?

O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga vizasiz kirish tartibi saqlanib qolmoqda, ammo 2025 yildan boshlab bo‘lib turish muddati kalendar yil davomida 90 kun bilan cheklangan.

👉 https://kun.uz/62322710

Kun.uz rasmiy kanali
9👍5😭2
Navoiyda bolalarni urib, haqoratlagan tarbiyachi qamoqqa olindi

U bolalarni muntazam ravishda kaltaklab kelishi aniqlangan.

👉 https://kun.uz/81297902

Kun.uz rasmiy kanali
👍74🤯258👏5🔥2
Toshkent tumanida bog‘cha mudirasi 13 mln so‘mni o‘zlashtirishda ayblangandi. Oliy sud uni oqladi

Bog‘cha mudirasi ta’minotchi firma rahbari bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgani haqidagi soxta hujjatlar orqali 13 mln so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblangan. Aybsizligiga ishongan mudira buni isbotlash uchun qariyb 1,5 yil vaqt sarfladi.

👉 https://kun.uz/38232249

Kun.uz rasmiy kanali
👍30😁158😭1
Melaniya Tramp Epshteyn bilan deyarli tanish bo‘lmaganini aytdi

U o‘zi va Donald Trampni aynan Jeffri Epshteyn tanishtirgani haqidagi gaplarni qat’iyan rad etgan va bunday mish-mish tarqatishni to‘xtatishni talab qilgan.

👉 https://kun.uz/11097389

Kun.uz rasmiy kanali
😁874🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SIM-karta ва bank kartasi egasi bir shaxs bo‘ladi: yangi tizim qanday ishlaydi?

Onlayn pul o‘tkazmalari ва raqamli hisobvaraqlarda firibgarlikning oldini oluvchi «telekom antifrod» tizimi joriy etilishi ortidan endi telefon raqami ва bank kartasi egasining bir shaxs bo‘lishiga oid talab kiritilmoqda.

Bu tizim qanday ishlaydi? «Telekom antifrod» fuqarolarni moliyaviy xatarlardan qay darajada himoya qila oladi? Uning xarajatlari kimning zimmasida bo‘ladi? Kun.uz shu kabi savollarga rasmiylardan javob oldi.

👉 https://kun.uz/10390645

Kun.uz rasmiy kanali
6👍6😁2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
7 ming so‘mlik palov mashmashasi ва qozonlarga yashirilgan gashish – mahalliy dayjest

Toshkentda bozor ва savdo obyektlarida davlat yong‘in nazorati doirasida tekshiruvlar o‘tkazildi.

Xorazmda 7 ming so‘mdan palov sotgan tadbirkor jarimaga tortildi.

Surxondaryoda afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kg narkotik modda aniqlandi.

Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/04986813

Kun.uz rasmiy kanali
8🤯8😐5
«Umuman iqror emasman» – Sanjar Karimovga oid sud ish boshladi

Jinoyat ishi JIB Mirzo Ulug‘bek tumani sudida ko‘rib chiqilmoqda. Sudlanuvchi sud majlislarini yopiq tarzda o‘tkazishni so‘radi, sudlov hay’ati buni rad etdi hamda OAV vakillariga sud majlisini audio shaklida yozish va fotosuratga olishga ruxsat berildi.

👉 https://kun.uz/11602446

Kun.uz rasmiy kanali
😁42👍14🤯43🔥2
«Men Viktorni yaxshi ko‘raman» – Donald Tramp nega Orbanni qo‘llayapti?

Yevroittifoqda eng uzoq muddat – 16 yildan buyon lavozimda qolayotgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban yakshanba kungi saylovlarda hokimiyatni boy berishi mumkin.

Ammo AQSH ва Rossiya Orbanni qo‘llayapti: Tramp saylovchilar bilan telefon orqali gaplashdi, Vensni Budapeshtga yubordi. Kreml ham Yevropadagi maslakdoshini yo‘qotgisi yo‘q.

👉 https://kun.uz/57191676

Kun.uz rasmiy kanali
👍19😁129🔥1🤯1
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatining yangi maʼmuriy markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Prezident 10 aprel kuni Buxoro shahriga tashrifi davomida Buxoro viloyatining yangi maʼmuriy markazida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Ushbu maʼmuriy markaz 14 gektar maydonni egallagan bo‘lib, birinchi bosqichda viloyat ва shahar hokimliklari, viloyat prokuratura hamda ichki ishlar boshqarmalari kabi davlat idoralari bir hududda jamlangan.

👉 https://kun.uz/80094861

Kun.uz rasmiy kanali
👍110🔥4128👏12😁1
AQSh elchixonasi JCh-2026 chiptasi egalari uchun viza suhbatiga yozilish tartibini e’lon qildi

Suhbatga yozilish uchun FIFA saytidan xarid qilingan chiptaga ega bo‘lish va bir qancha oddiy shartlarni bajarish talab etiladi.

Elchixonaning eslatishicha, chipta viza olishni kafolatlamaydi va barcha arizachilar xavfsizlik tekshiruvidan o‘tadi.

👉 https://kun.uz/00641324

Kun.uz rasmiy kanali
😐119🤯4🔥3