Kun.uz | Rasmiy kanal
75.5K subscribers
80.6K photos
11.4K videos
63.8K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Pul to‘lamaydigan yo‘lovchilar va qo‘li “yengillaydigan” inspektorlar – mahalliy dayjest

Yangiyo‘lda 121 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi;

Toshkentda avtobus yo‘l haqini to‘lamagan 32 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi;

Amir Temur tavalludining 690 yilligi nishonlandi;

Bank va to‘lov kompaniyalari ilovasidan foydalanish bo‘yicha yangi tartibga tushuntirish berildi.

Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/41713145

Kun.uz rasmiy kanali
14
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish uchun asoslar soni ikki barobar oshiriladi

Chiqarib yuborish uchun yangi asoslar ro‘yxatiga jamoat tartibini buzish, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida politsiya va Rosgvardiya xodimlarining talablariga bo‘ysunmaslik kabi harakatlar kiritiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda Rossiya qonunchiligini buzgani sababli 72 ming chet el fuqarosi mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/72099910

Kun.uz rasmiy kanali
14😭12😁8🤯6👍4👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi

Denovlik haydovchi boshqaruvidagi yuk mashina “Termiz avtoyo‘l” xalqaro o‘tkazish punktida chuqurlashtirilgan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Yuk mashinada 750 dona afg‘on qozoni bo‘lgan. Tekshiruvda ularning 210 donasi ichiga 190 kg 800 gramm gashish moddasi yashirilgani aniqlangan.

👉 https://kun.uz/38405681

Kun.uz rasmiy kanali
🤯3015😁7
Eron TIV: Isroilning Livanga hujumlari sulhni buzish hisoblanadi

Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Said Xatibzoda BBC’ga bergan 15 daqiqalik eksklyuziv intervyusida AQSh urush yoki tinchlikdan birini «tanlashi kerakligi», Isroilning Eronga ittifoqchi bo‘lgan Livanga hujumlarni davom ettirishi esa sulhni buzish hisoblanishini aytdi.

👉 https://kun.uz/38649817

Kun.uz rasmiy kanali
👍6912😁1
Javohir Sindorov navbatdagi g‘alaba bilan da’vogarlar turniridagi peshqadamlikni mustahkamladi

O‘zbekistonlik shaxmatchi hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxani mag‘lub etdi va 10 turdan keyin 8 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Musobaqa yakunlanishiga yana to‘rtta tur bor.

👉 https://kun.uz/33062073

Kun.uz rasmiy kanali
👏7027👍22🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQSH–Eron sulhi: Trampni to‘xtashga majbur qilgan asosiy omil nima?

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi va neft narxining keskin ko‘tarilishi – AQSHni Eron bilan kelishishga majburlagan asosiy omil bo‘ldi, deydi siyosatshunos Oybek Sirojov.

Shuhrat Rasulning fikricha, Eron Fors ko‘rfazi davlatlariga bergan zarbalar urushning to‘xtashida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi deb bo‘lmaydi, chunki aksincha, ayrim arab davlatlari Trampdan ishni oxiriga yetkazishni so‘ragani haqida xabarlar bor.

Tahlilchilar muzokaralarda Isroil chetga surib qo‘yilganiga ham e’tibor qaratdi.

👉 https://kun.uz/44052653

Kun.uz rasmiy kanali
11👍5
O‘zbekistonlik hakamlar JCh-2026 o‘yinlarini boshqaradi

Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida ishlaydi. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.

Jahon chempionati o‘yinlari 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

👉 https://kun.uz/05704636

Kun.uz rasmiy kanali
👍30😁168
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Vaqt yo‘qotyapmiz, foiz yuqori” — haydovchilar zapravkalarda naqd to‘lovning to‘xtatilgani haqida

O‘zbekistonda 2026 yil 1 apreldan zapravkalarda benzin, metan, propan va dizelni naqd pulga sotish taqiqlandi. Yangi tartib qanday ishlayapti? Bu mijozlarga qulaylik tug‘diryaptimi yoki buning aksi?

Kun.uz muxbiri poytaxtdagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida bo‘lib, shu kabi savollar bilan aholiga yuzlandi.

“Zapravkaga kelganda pul naqd bo‘lsa, avval bankomatdan kartaga pul tashlash kerak. Shunga vaqt yo‘qotyapmiz”, — deydi haydovchilardan biri.

👉 https://kun.uz/62718511

Kun.uz rasmiy kanali
👏38😁119🤯6😐3😭2👍1🔥1
Soxta imzo, tasdig‘ini topgan jinoyat va nizoli garov: Toshkentda tadbirkor o‘zgalar qilmishini deb mulkidan ayrilib qolmoqda

Toshkentda biroz noodatiy jinoyat sodir etildi: bir guruh shaxslar tadbirkorning mulkini soxta imzo qo‘yilgan hujjat bilan garovga qo‘yib, bankdan 45 mlrd so‘m kredit olgan. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, sud hukmi bilan jazo tayinlangan.

Endi kredit qarzdorligi uchun undiruv garovdagi mulkka qaratilmoqda. Bank “biz hujjatlardagi imzo soxta yoki haqiqiyligini tekshirishga majbur emasmiz”, degan pozitsiyada.

Mulkdorni esa “nega o‘zgalar jinoyati uchun mulkimdan ayrilib qolishim kerak?” degan savollar qiynamoqda. “Sudlar vajlarimizni tinglamayapti” demoqda tadbirkor.

👉 https://kun.uz/18062034

Kun.uz rasmiy kanali
😁14🤯118😐4
Javohir Sindorov Nomzodlar turnirida rekordni yangiladi

O‘zbekistonlik shaxmatchi 10 turdan keyin 8 ochko jamg‘argan holda yaqqol peshqadamlikni davom ettirmoqda. Endi u qolgan 4 turning barchasida durang o‘ynasa ham, hech kim unga yetib ololmaydi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik shaxmatchi ushbu g‘alaba orqali Nomzodlar turnirining hozirgi formatida eng ko‘p g‘alabaga erishgan shaxmatchi sifatida rekord o‘rnatdi, turnirda hozirgacha hech kim 6 marta g‘alaba qozonmagandi.

👉 https://kun.uz/33062073

Kun.uz rasmiy kanali
👍10228👏12🔥9😭1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent tumanida yashirin dori ombori aniqlandi

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida noqonuniy aylanmaga kiritilgan dori vositalari saqlangan yashirin ombor fosh etildi. Ombordan katta miqdorda kafolatlanmagan va xorijdan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan dori vositalari aniqlandi.

👉 https://kun.uz/70999646

Kun.uz rasmiy kanali
6🤯5👍4😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV: Toshkentdagi Askiya bozorida ayrim do‘konlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Toshkent shahridagi Askiya dehqon bozorida yong‘in xavfsizligi qoidalari qo‘pol ravishda buzilgani aniqlandi.

Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan do‘konlar elektr ta’minotidan uzilib, faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

👉 https://kun.uz/84736508

Kun.uz rasmiy kanali
👍85😁5
«Osiyo Amazoniyasi»da noyob hayvonlar fotoqopqonlarga muhrlandi

«Osiyo Amazoniyasi» deb ataluvchi Annamit tog‘larida o‘rnatilgan fotoqopqonlar Osiyo fili, tutunrang qoplon, marmar mushuk va boshqa noyob hayvonlarni tasvirga oldi.

Tadqiqot ushbu hudud Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng muhim va bioxilmaxil o‘rmon massivlaridan biri ekanini yana bir bor tasdiqladi.

📸👉 https://kun.uz/47315602

Kun.uz rasmiy kanali
32👍24👏5🔥2
«Agar bu unvonga loyiq bo‘lsang, baribir uni olasan» – Sindorov peshqadamligi haqida

“Men juda yaqinman, lekin oldinda hali muhim partiyalar bor… Bu haqda o‘ylamaslikka harakat qilyapman”, — dedi Sindorov Nomzodlar turnirining 10-turidagi g‘alabadan so‘ng. Yakunga 4 tur qolganida, u boshqa ishtirokchilardan ikki ochko oldinda bormoqda.

👉 https://kun.uz/34476197

Kun.uz rasmiy kanali
👍4017👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda 8 yillik “muammoli uy”: quruvchi qamaldi, odamlar mo‘jiza kutishda davom etmoqda

Samarqand shahrining Shohrux ko‘chasida 2018 yilda boshlangan ko‘p qavatli uy qurilishi orqali ko‘plab insonlarga boshpana va’da qilingandi. Hududdagi xonadon egalari esa issiq joyidan ko‘chirilgandi. Oradan sakkiz yil o‘tib ham uylar bitmadi, quruvchi qamaldi. Mijozlar ham, ular to‘lagan pullar ham qadrsizlanishda davom etmoqda.

Kun.uz surishtiruvi shuni ko‘rsatdiki, ushbu chala qolgan loyiha “muammoli uy” deb malakalangan. Hozircha bu muammoning yechimi yoki aniq reja bo‘yicha ma’lumot bera oladigan mas’ulning o‘zi yo‘q.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
13🔥5🤯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmda 7 ming so‘mdan palov sotgan tadbirkor jarimaga tortildi

Urganch tumanida oshxonasi bo‘lgan tadbirkor 2-4 fevral kunlari Xorazm suzma palovini 7 ming so‘mdan sotishini aytib, ijtimoiy tarmoqqa e’lon joylashtirgan. Sud uning bu harakatini ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzish deb baholadi.

“Mijoz chaqirish uchun 2 kun arzon sotdim. 7 ming so‘m ichida non, choy va salati ham bor edi. Biror janjal yoki boshqa holat bo‘lmadi”, deydi Kun.uz’ga tadbirkor.

Unga 2 mln so‘mdan ko‘proq jarima tayinlangan.

👉 https://kun.uz/44357287

Kun.uz rasmiy kanali
😁135🤯38😐33😭2821👍3
O‘zbekiston Superligasida 6-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

“Neftchi” o‘z maydonida “Paxtakor”ga yutqazdi va birinchi marta ochko yo‘qotdi, oqibatda peshqadamlikdan ayrildi.

“Qo‘qon-1912” - “Nasaf” o‘yini mojaroli tarzda yakunlandi, mezbonlar foydasiga belgilangan penalti noto‘g‘ri deb topildi.

PFL “Andijon” - “Navbahor” o‘yinidagi hakamlikdan norozi bo‘ldi, ayniqsa bosh murabbiyi Samvel Babayanga nisbatan jiddiy jazo ko‘rilmaganiga eʼtiroz bildirdi.


👉 https://kun.uz/03529379

Kun.uz rasmiy kanali
12👍4😐3
Tramp NATOdan noroziligini bildirib, Grenlandiyani esladi

Tramp NATOni Eronga qarshi urushda AQSHni yetarli qo‘llab-quvvatlamaganlikda aybladi va yana Grenlandiya mavzusini ko‘tardi.

U alyansni “kerak paytda yonimizda bo‘lmadi” deb tanqid qildi, NATO bosh kotibi esa uning ittifoqdoshlardan norozi ekanini tan oldi.

👉 https://kun.uz/57915740

Kun.uz rasmiy kanali
😁253👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Atlantikadagi josuslik kemalari va Isroil-Livan muzokaralari – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan quyidagi voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz:

• Kongressdagi respublikachilar AQSH harbiy operatsiyasini to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani to‘sib qo‘ydi: demokratlar Trampni impichment qilish masalasini ko‘tarmoqda;

• Britaniya kuchlari Atlantika okeanidagi muhim kabellar ustida «zararli harakatlar qilayotgan Rossiya suvosti kemalarini aniqladi;

• Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan bilan muzokaralar boshlashga ko‘rsatma berdi;

• Sharqiy Osiyoda energiya inqirozi: Singapur, Flippin va Tailandda aholidan elektr va yoqilg‘ini tejash so‘ralmoqda;

• AQSH birinchi xonimi Melaniya Tramp kutilmaganda Epshteyn bilan aloqadorligini inkor etib, bayonot berdi.

👉 https://kun.uz/32972269

Kun.uz rasmiy kanali
18😁4👏2🔥1