Kun.uz | Rasmiy kanal
75.6K subscribers
80.6K photos
11.4K videos
63.8K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Yangiyo‘lda 121 ta daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi

Ekopolitsiya Yangiyo‘l shahrida reyd o‘tkazib, 121 ta daraxt noqonuniy kesilganini aniqladi

Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori qariyb 1,68 mlrd so‘mga baholandi.

👉 https://kun.uz/38694102

Kun.uz rasmiy kanali
🤯38😭139😐4
“Obnalchi” korxonaning soliq majburiyati halol tadbirkor gardaniga yuklanyapti” – tadbirkorlar Soliq qo‘mitasidan norozi

Qonunchilikka ko‘ra, korxona kirimida mavjud bo‘lmagan tovar uchun hisob-faktura rasmiylashtirish cheklanishi kerak. Bu vazifa Soliq qo‘mitasi zimmasiga yuklangan. Amalda esa “obnalchilar” o‘zida yo‘q mahsulot uchun hisob-faktura rasmiylashtiryapti, natijada ular to‘lamagan soliq majburiyatlari halol tadbirkorlar zimmasiga tushyapti.

Soliq qo‘mitasi E-aktiv tizimi to‘liq ishga tushmagani tufayli shunday holat yuzaga kelayotganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/08732328

Kun.uz rasmiy kanali
11🔥5😁1
⚡️ Livanda vaziyat keskinlashdi

Isroil Livanga keng ko‘lamli aviahujumlar uyushtirib, kamida 182 kishi halok bo‘ldi. “Hizbulloh” bunga javoban Isroilga qarshi hujumlarni davom ettirishini bildirdi.

BMT hujumlarni keskin qoralab, vaziyat AQSH va Eron o‘rtasidagi sulhni izdan chiqarishi mumkinligidan ogohlantirdi.

👉 https://kun.uz/06528057

Kun.uz rasmiy kanali
😭20🤯107
Toshkentda avtobusga chiqib yo‘l haqini to‘lamagan 32 ming kishi jarimaga tortildi

Yanvar, fevral, mart oylarida Toshkent shahri avtobuslarida yo‘lkirani to‘lamasdan harakatlangan 32 450 nafar yo‘lovchi javobgarlikka tortildi.

Transport inspeksiyasiga ko‘ra, qaysi yo‘nalishdagi avtobuslarda reydlar kuchaytirilsa, o‘sha yo‘nalishlarda yo‘l haqini to‘lash darajasi oshishi kuzatilyapti.

👉https://kun.uz/49185641

Kun.uz rasmiy kanali
👍56😁3513🔥3😐1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqanddagi qurilishda ishchini tuproq bosib qoldi

Samarqand shahrida qurilish obyektida tuproq ostida qolib ketgan fuqaro qutqaruvchilarning tezkor harakati natijasida sog‘-omon olib chiqildi.

👉 https://kun.uz/17004856

Kun.uz rasmiy kanali
👍38😐8🤯54
Shavkat Mirziyoyev Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurdi

Prezident Toshkent markazidagi xiyobonda Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘ydi va bog‘ga ko‘chat ekdi.

📸👉 https://kun.uz/13155611

Kun.uz rasmiy kanali
👍58🔥3413🤯2
Ko‘rfaz davlatlari yangi voqelikka duch kelmoqda

Bir vaqtlar Dubay va Doha kabi boy shaharlardagi siyosatchilar va investorlar o‘zlarini mintaqadagi mojarolardan amalda himoyalangan deb hisoblagan. AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushi bu taxminni parchalab tashladi.

Endi arab davlatlari o‘zlarining zaif tomonlarini fosh qilgan urushdan so‘ng Isroil, Eron va hatto AQSH bilan ham munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ladi.

👉https://kun.uz/28197362

Kun.uz rasmiy kanali
31👍23😁7🔥3
Tinchlik muzokaralarida Mujtaba Xominaiy ham ishtirok etgani ma’lum bo‘ldi

Trampning atrofidagilar oxirgi daqiqagacha Eron bilan tinchlik sulhi tuzilishidan xabardor bo‘lmagan. Muzokaralarda Mujtaba Xominaiy muhim rol o‘ynagan. Axios nashri Vashington va Tehron o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishi qanday kechgani haqida hikoya qildi.

👉 https://kun.uz/48834620

Kun.uz rasmiy kanali
21😁10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Orbanni qo‘llash uchun kelgan Vens va Livan bo‘ylab dahshatli hujumlar – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan quyidagi voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz:

• Eron sulh buzilgan deb hisoblamoqda: Ho‘rmuz yana yopildi va Ko‘rfaz davlatlariga zarba berildi;

• Netanyahu: Isroil har qanday lahzada janglarga qaytishga tayyor;

• AQSH vitse-prezidenti saylovlarda Viktor Orbanni qo‘llash uchun Vengriyaga keldi;

• Isroil Livanga o‘n daqiqada yuzdan ortiq zarba berdi: 254 kishi halok bo‘ldi;

• Gretsiya ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlaydi.

👉 https://kun.uz/74801700

Kun.uz rasmiy kanali
9😁2😐2😭2
2,4 mlrd dollarlik aktivlarga ega Milliy investitsiya jamg‘armasi IPO o‘tkazishini e’lon qildi

Milliy investitsiya jamg‘armasi Toshkent va London fond birjalarida IPO o‘tkazishini e’lon qildi.

Franklin Templeton boshqaruvidagi jamg‘arma portfeli – O‘zbekistondagi 13 ta yirik davlat korxonasi (UzAirways, Uztelecom, Sanoatqurilishbank va boshqalar)ning 40 foizgacha aksiya paketlaridan iborat. Portfel qiymati 2,44 mlrd dollarga baholangan.

👉 https://kun.uz/96390225

Kun.uz rasmiy kanali
👍98🔥5627👏16😁4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...

JIB Yangiobod tuman sudi sudyasi To‘lqin Eshonqulov ish yurituvidagi firibgarlik va pora berishga suiqasd moddalarida ayblangan shaxsni oqladi.

Bunga yetarli asoslar bor edi: jabrlanuvchi soxta, tadbirning boshida turgan IIB xodimi esa yuragi xasta ayolini davolatish maqsadida yurgan erkakni o‘z “o‘ljasi”siga aylantirgan.

Ko‘rsatuvda ichki ishlar organi xodimining aybsiz odamni jinoyatchiga chiqarish borasidagi harakatlari haqida hikoya qilamiz.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
14👍13👏5🤯3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Pul to‘lamaydigan yo‘lovchilar va qo‘li “yengillaydigan” inspektorlar – mahalliy dayjest

Yangiyo‘lda 121 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi;

Toshkentda avtobus yo‘l haqini to‘lamagan 32 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi;

Amir Temur tavalludining 690 yilligi nishonlandi;

Bank va to‘lov kompaniyalari ilovasidan foydalanish bo‘yicha yangi tartibga tushuntirish berildi.

Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/41713145

Kun.uz rasmiy kanali
14
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish uchun asoslar soni ikki barobar oshiriladi

Chiqarib yuborish uchun yangi asoslar ro‘yxatiga jamoat tartibini buzish, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida politsiya va Rosgvardiya xodimlarining talablariga bo‘ysunmaslik kabi harakatlar kiritiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda Rossiya qonunchiligini buzgani sababli 72 ming chet el fuqarosi mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/72099910

Kun.uz rasmiy kanali
14😭12😁8🤯6👍4👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi

Denovlik haydovchi boshqaruvidagi yuk mashina “Termiz avtoyo‘l” xalqaro o‘tkazish punktida chuqurlashtirilgan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Yuk mashinada 750 dona afg‘on qozoni bo‘lgan. Tekshiruvda ularning 210 donasi ichiga 190 kg 800 gramm gashish moddasi yashirilgani aniqlangan.

👉 https://kun.uz/38405681

Kun.uz rasmiy kanali
🤯3014😁7
Eron TIV: Isroilning Livanga hujumlari sulhni buzish hisoblanadi

Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Said Xatibzoda BBC’ga bergan 15 daqiqalik eksklyuziv intervyusida AQSh urush yoki tinchlikdan birini «tanlashi kerakligi», Isroilning Eronga ittifoqchi bo‘lgan Livanga hujumlarni davom ettirishi esa sulhni buzish hisoblanishini aytdi.

👉 https://kun.uz/38649817

Kun.uz rasmiy kanali
👍6912😁1
Javohir Sindorov navbatdagi g‘alaba bilan da’vogarlar turniridagi peshqadamlikni mustahkamladi

O‘zbekistonlik shaxmatchi hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxani mag‘lub etdi va 10 turdan keyin 8 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Musobaqa yakunlanishiga yana to‘rtta tur bor.

👉 https://kun.uz/33062073

Kun.uz rasmiy kanali
👏7027👍22🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQSH–Eron sulhi: Trampni to‘xtashga majbur qilgan asosiy omil nima?

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi va neft narxining keskin ko‘tarilishi – AQSHni Eron bilan kelishishga majburlagan asosiy omil bo‘ldi, deydi siyosatshunos Oybek Sirojov.

Shuhrat Rasulning fikricha, Eron Fors ko‘rfazi davlatlariga bergan zarbalar urushning to‘xtashida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi deb bo‘lmaydi, chunki aksincha, ayrim arab davlatlari Trampdan ishni oxiriga yetkazishni so‘ragani haqida xabarlar bor.

Tahlilchilar muzokaralarda Isroil chetga surib qo‘yilganiga ham e’tibor qaratdi.

👉 https://kun.uz/44052653

Kun.uz rasmiy kanali
11👍5
O‘zbekistonlik hakamlar JCh-2026 o‘yinlarini boshqaradi

Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida ishlaydi. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.

Jahon chempionati o‘yinlari 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

👉 https://kun.uz/05704636

Kun.uz rasmiy kanali
👍30😁168
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Vaqt yo‘qotyapmiz, foiz yuqori” — haydovchilar zapravkalarda naqd to‘lovning to‘xtatilgani haqida

O‘zbekistonda 2026 yil 1 apreldan zapravkalarda benzin, metan, propan va dizelni naqd pulga sotish taqiqlandi. Yangi tartib qanday ishlayapti? Bu mijozlarga qulaylik tug‘diryaptimi yoki buning aksi?

Kun.uz muxbiri poytaxtdagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida bo‘lib, shu kabi savollar bilan aholiga yuzlandi.

“Zapravkaga kelganda pul naqd bo‘lsa, avval bankomatdan kartaga pul tashlash kerak. Shunga vaqt yo‘qotyapmiz”, — deydi haydovchilardan biri.

👉 https://kun.uz/62718511

Kun.uz rasmiy kanali
👏37😁109🤯6😐3😭2👍1🔥1
Soxta imzo, tasdig‘ini topgan jinoyat va nizoli garov: Toshkentda tadbirkor o‘zgalar qilmishini deb mulkidan ayrilib qolmoqda

Toshkentda biroz noodatiy jinoyat sodir etildi: bir guruh shaxslar tadbirkorning mulkini soxta imzo qo‘yilgan hujjat bilan garovga qo‘yib, bankdan 45 mlrd so‘m kredit olgan. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, sud hukmi bilan jazo tayinlangan.

Endi kredit qarzdorligi uchun undiruv garovdagi mulkka qaratilmoqda. Bank “biz hujjatlardagi imzo soxta yoki haqiqiyligini tekshirishga majbur emasmiz”, degan pozitsiyada.

Mulkdorni esa “nega o‘zgalar jinoyati uchun mulkimdan ayrilib qolishim kerak?” degan savollar qiynamoqda. “Sudlar vajlarimizni tinglamayapti” demoqda tadbirkor.

👉 https://kun.uz/18062034

Kun.uz rasmiy kanali
😁14🤯118😐4
Javohir Sindorov Nomzodlar turnirida rekordni yangiladi

O‘zbekistonlik shaxmatchi 10 turdan keyin 8 ochko jamg‘argan holda yaqqol peshqadamlikni davom ettirmoqda. Endi u qolgan 4 turning barchasida durang o‘ynasa ham, hech kim unga yetib ololmaydi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik shaxmatchi ushbu g‘alaba orqali Nomzodlar turnirining hozirgi formatida eng ko‘p g‘alabaga erishgan shaxmatchi sifatida rekord o‘rnatdi, turnirda hozirgacha hech kim 6 marta g‘alaba qozonmagandi.

👉 https://kun.uz/33062073

Kun.uz rasmiy kanali
👍10128👏12🔥9😭1