Kun.uz | Rasmiy kanal
75.7K subscribers
80.6K photos
11.4K videos
63.7K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Yaqin Sharqdagi sulhga qaramay, Isroil Livan bo‘ylab kuchli zarbalar yog‘dirdi

AQSh Eronni bombalashni to‘xtatganiga va tinchlik muzokaralaridagi vositachi bo‘lgan Pokistonning harbiy harakatlar butun front bo‘ylab to‘xtatilishi kerakligi haqidagi bayonotiga qaramay, Isroil Livan janubiga zarbalar berishni davom ettirdi.

10 daqiqa ichida 100 dan ortiq obektga hujum qilingan.


👉 https://kun.uz/81937924

Kun.uz rasmiy kanali
🤯4614😁3😭3👍2😐2
Eron AQSH va Isroilni sulhni buzganlikda ayblab, BAA, Kuvayt va Bahraynga zarbalar berdi

Eron sulh kuchga kirganidan bir necha soat o‘tib, ertalabki «dushman hujumlari» haqida, jumladan Lavan oroliga zarba haqida xabar berdi.

Shundan so‘ng, BAA, Kuvayt va Bahrayn rasmiylari o‘z hududlari Eron tomonidan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/29181583

Kun.uz rasmiy kanali
👍6026🤯7👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“San’atkorlar loyihani to‘liq o‘qimasdan shovqin ko‘tardi” – taklif etilayotgan hujjat taqdiri nima bo‘ladi?

San’atkorlarni soliqqa tortishni taklif etuvchi qaror loyihasi muhokamasi 10 aprel kuni yakuniga yetadi. Fikr bildirgan san’atkorlarning deyarli hammasi bunga qarshi. Faollar hujjat chala ekanidan norozi, biroq odamlar san’atkorlar ham hamma qatori soliqqa tortilishi tarafdori.

Kun.uz bilan suhbatlashganlar fikricha, soliq haq, biroq hozir san’atkorlardan undirilayotgan boshqa to‘lovlar masalasini qayta ko‘rib chiqish kerak.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
12👍10😁6🔥1😐1😭1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda krossfit ommalashtiriladi – prezident topshirig‘i

“Dunyoda maxsus jihoz va infratuzilma talab qilmaydigan intensiv sport mashg‘ulotlari, ya’ni krossfit ommalashyapti. Krossfit, bu nima degani? Yugurish, sakrash, egilish, turnikda tortilish kabi oddiy jismoniy mashqlarni ketma-ket bajarish”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.


Mahallalarda aholi fitnes bilan shug‘ullanishga jalb etiladi. Maktablarda krossfit bo‘yicha to‘garaklar ochiladi. Namunali mahallalarda rais, sport volontyori va trener moddiy rag‘batlantiriladi.

👉 https://kun.uz/31452747

Kun.uz rasmiy kanali
👍15840🔥39😁6👏1
Yer «botishi» va Quyosh tutilishi. NASA Oy orbitasidan olingan noyob kadrlarni namoyish etdi

Fotosuratlarda Yerning Oy ufqiga botishi va Oy orbitasidan kuzatilgan Quyoshning to‘liq tutilishi tasvirlangan.

📸 👉 https://kun.uz/79868680

Kun.uz rasmiy kanali
34👍15🔥4😭3🤯2
22 apreldan yangi mijoz telefon raqami va bank kartasi o‘z nomida bo‘lsagina ilovadan foydalana oladi

Markaziy Bank 22 apreldan ilovalardagi xavfsizlik bo‘yicha yangi tartibni joriy qildi.

Agar mijozning telefon raqami, JSHSHIR va bank kartasi egaligi bir-biriga mos kelsa, u ilovadan foydalanishi mumkin.

Agar telefon raqam yaqin qarindosh nomida bo‘lsa (ota-ona; opa-singil; turmush o‘rtog‘i; farzand) ilovadan foydalanishda davom etishi mumkin.

Muammo faqat bitta holatda yuz beradi: agar telefon raqam yoki bank karta mijozga umuman aloqasi bo‘lmagan begona shaxs nomida bo‘lsa.

Bu tartib 22 apreldan keyin yangi ro‘yxatdan o‘tadiganlar uchun amal qiladi. Allaqachon ilovadan foydalanayotgan mijoz uchun hech narsa o‘zgarmaydi.

👉 https://kun.uz/63339435

Kun.uz rasmiy kanali
34👍23😐9
Eron sulhdan keyin yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopdi

Eron Isroilning Livanga zarbalari va sulh buzilishi fonida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali tankerlar harakatini yana to‘xtatdi.

Eron tomoni ruxsatsiz o‘tishga uringan kemalarni yo‘q qilish bilan tahdid etgani aytilmoqda.

👉 https://kun.uz/99648727

Kun.uz rasmiy kanali
👍1019🔥6👏4😐2
Mahalla profilaktika inspektori ortiqcha vazifalardan xalos etiladi

Shavkat Mirziyoyev 8 aprel kuni jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Profilaktika inspektorlari ortiqcha vazifalardan xalos etiladi, ular mahallada xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Mahallada xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashuvchi “jamoat yordamchisi” guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Inspektorlarga ayrim huquqbuzarliklar bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati beriladi.

👉 https://kun.uz/99148292

Kun.uz rasmiy kanali
👍200🔥4238🤯2
Eronda urib tushirilgan samolyotlar: tasodifmi yo yashirin missiya?

AQSH samolyotlari Eronda urib tushirilgach, amerikalik uchuvchini qutqarish operatsiyasiga zarurat tug‘ildi. Ayrim talqinlarga ko‘ra, bu operatsiya nafaqat polkovnikni qutqarishga, balki boyitilgan uran zaxiralarini izlashga ham qaratilgan bo‘lishi mumkin.

Bu haqda
Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatshunoslar so‘z yuritdi.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
11🤯8👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gulira'no Qosimova ishi: Furqat tumani IIB sobiq rahbarlariga hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

Andijon viloyati sudi kassasiya instansiyasi Gulira'no Qosimova ishi bo‘yicha Furqat tuman ichki ishlar bo‘limi sobiq boshlig‘i Akmal Xo‘jaev va uning o‘rinbosari Jasur Rasulovga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi.

Ular Gulira'no Qosimova ishida Jinoyat kodeksining 5 ta moddasi bo‘yicha aybli deb topilib, 4 yildan ozodlikdan mahrum qilingandi.

👉 https://kun.uz/95791605

Kun.uz rasmiy kanali
👏4215👍11😐4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xodimlariga sport uchun sharoit qilib bergan tadbirkorlar rag‘batlantiriladi

Xodimlar uchun sport zali tashkil etgan tadbirkorlar buning uchun sarflagan pul foyda solig‘i bazasidan chegiriladi. Ular trener jalb qilsa, unga daromad solig‘i va ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev davlat mansabdorlariga topshiriq berdi: ular haftada bir kunni sport kuni sifatida belgilab, o‘zi namuna bo‘lib, xodimlarini sportga olib chiqishi kerak.

👉 https://kun.uz/95384090

Kun.uz rasmiy kanali
👍142🔥10😁86👏1
Elektromobillar poygasi: kim dunyoda yetakchi?

⚡️ BYD 2,56 mln avto sotib, Tesla va boshqa raqobatchilarni ortda qoldirib, elektromobil bozorida dunyo yetakchisiga aylandi.

🇨🇳 Bozorda hozir asosiy kurash texnologiya emas, balki ishlab chiqarish miqyosi bo‘lib, bu poygada Xitoy ustun kelmoqda.

👉 https://kun.uz/84122430

Kun.uz rasmiy kanali
👍194👏2🤯1
Hegset: Eron endi raketa ishlab chiqara olmaydi

Pentagon rahbari Pit Hegsetga ko‘ra, AQSh Eronning mudofaa sanoatiga hal qiluvchi zarba bergan va mamlakat endi raketa ishlab chiqara olmaydi.

Vashington shu bilan birga, o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga Tehron qanchalik amal qilayotganini ham nazorat qilishini aytmoqda.

👉 https://kun.uz/96005833

Kun.uz rasmiy kanali
😁52🤯85👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya. # 11

Kun.uz rasmiy kanali
👍13373🔥63😐15😁6😭1
Ho‘rmuz yana yopildi, raketa va dron zarbalari tiklandi | “Geosiyosat”

Eron Livanga hujumlar sabab Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yana chekladi. Vashington esa bu masala muzokaralarda bo‘lmaganini ta’kidlamoqda.

“Hizbulloh” sulhning bir qismimi yoki yo‘q? Livandagi vaziyat qanaqa? Isroil “Hizbulloh”ni to‘liq yo‘q qilish strategiyasiga o‘tdimi?

Yaqin Sharqdagi talato‘plar vaqtida Zelenskiy nega Suriyaga bordi?


Global maydondagi voqea-hodisalarga sharh – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18😁5👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxtdagi uch bozorning ayrim bloklari vaqtincha yopildi

Toshkentda uchta bozorda o‘tkazilgan yong‘in xavfsizligi tekshiruvlarida qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlandi.

Shu sabab “Aviasozlar” dehqon bozori, Shayxontohur dehqon bozori va Chilonzor buyum bozorining ayrim bloklari kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatildi.

👉 https://kun.uz/26220397

Kun.uz rasmiy kanali
9👍6🔥3
YChL. «Barsa» va «Liverpul» birinchi o‘yinlarida yutqazdi

Kataloniyaliklarga yana qizil kartochka pand berdi. «Liverpul» esa safarda yirik hisobda mag‘lub bo‘lishdan qutulib qoldi.

📸 👉 https://kun.uz/14102842

Kun.uz rasmiy kanali
😁198🔥2🤯2
Yangiyo‘lda 121 ta daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi

Ekopolitsiya Yangiyo‘l shahrida reyd o‘tkazib, 121 ta daraxt noqonuniy kesilganini aniqladi

Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori qariyb 1,68 mlrd so‘mga baholandi.

👉 https://kun.uz/38694102

Kun.uz rasmiy kanali
🤯38😭139😐4
“Obnalchi” korxonaning soliq majburiyati halol tadbirkor gardaniga yuklanyapti” – tadbirkorlar Soliq qo‘mitasidan norozi

Qonunchilikka ko‘ra, korxona kirimida mavjud bo‘lmagan tovar uchun hisob-faktura rasmiylashtirish cheklanishi kerak. Bu vazifa Soliq qo‘mitasi zimmasiga yuklangan. Amalda esa “obnalchilar” o‘zida yo‘q mahsulot uchun hisob-faktura rasmiylashtiryapti, natijada ular to‘lamagan soliq majburiyatlari halol tadbirkorlar zimmasiga tushyapti.

Soliq qo‘mitasi E-aktiv tizimi to‘liq ishga tushmagani tufayli shunday holat yuzaga kelayotganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/08732328

Kun.uz rasmiy kanali
11🔥5😁1