Kun.uz | Rasmiy kanal
75.4K subscribers
80.7K photos
11.4K videos
63.8K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Birjadagi oxirgi 2 savdo sessiyasida dizel narxi 17,5 foizga qimmatlashdi

Oxirgi kunlarda birjada dizel bahosi tonnasiga 2 mln 411 ming so‘mga yoki 17,5 foizga qimmatlab, 16 mln 179 mln so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 24 foizga yuqori narx.

Import hajmi ham mart oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga oshgan.

👉 https://kun.uz/kr/96975011

Kun.uz rasmiy kanali
12😁12🤯5👏2
Saida Mirziyoyeva: AQSH investorlarining O‘zbekistonga qiziqishi oshib bormoqda

Saida Mirziyoyeva AQSH savdo vakili Jeymison Grir bilan uchrashuvda amerikalik investorlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotganini maʼlum qildi.

Shuningdek, tomonlar o‘zaro manfaatli savdo kelishuvlari va O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonini muhokama qildi.

👉 https://kun.uz/20769589

Kun.uz rasmiy kanali
👍120🔥5335😁12👏10😐8😭2
O‘zbekistonda taqiqlangan 1800 dan ortiq manbalar e’lon qilindi (to‘liq ro‘yxat)

Oliy sud diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalariga aloqador deb topilgan hamda O‘zbekistonga olib kirish, tarqatish taqiqlangan manba va kontentlarning yangi ro‘yxatini e’lon qildi.

Rasmiylarga ko‘ra, o‘tgan yil davomida taqiqlangan resurslar soni 244 taga oshib, 2026 yil 6 aprel holatiga 1837 taga yetgan. Taqiqlangan kanal, profil va manbalarning eng ko‘pi Telegram messenjeri, Instagram va Facebook'da qayd etilgan.

👉 https://kun.uz/49154675

Kun.uz rasmiy kanali
😐1917😁6👍3🤯1
O‘zbekiston AQSh va Eron o‘rtasida tuzilgan sulhni olqishladi

O‘zbekiston TIV Pokiston vositachiligida Yaqin Sharqda o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish va sulh o‘rnatilishi e’lon qilinganini olqishladi.

«Bu keskinlikni yumshatish va maqbul yechimlarni topishdagi muhim qadamdir», deyiladi bayonotda.


👉 https://kun.uz/06188395

Kun.uz rasmiy kanali
👍3811👏7😁7😐2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eron bilan kelishgan Tramp va Istanbuldagi otishma – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan quyidagi voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz:

• AQSH Eron bilan ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. Bu Eronning Ho‘rmuz blokadasini to‘xtatishiga bog‘liq;

• Isroil Eron bilan sulhga rozi, ammo Livandagi urushni davom ettirmoqchi;

• Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist ozod qilindi;

• Shimoliy Koreya qatorasiga ikki kun ballistik raketalar sinovini o‘tkazdi;

• Istanbuldagi Isroil konsulxonasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi;

• Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari bo‘yicha AQSH Kongressida ko‘rsatma berishga rozi bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/57810734

Kun.uz rasmiy kanali
17👍1
“Geosiyosat”. Ekspertlarga savol bering

Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilishi sharti bilan Eronni bombalash ikki haftaga to‘xtatilishini aytdi. Eron hukumati AQSHni o‘z shartlariga ko‘nishga majburlay olganini bildirib, sulhni tasdiqladi. Tomonlar Pokiston vositachiligida muzokaralarga tayyorlanmoqda.

Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturi bugungi sonida tahlilchilar Oybek Sirojov va Shuhrat Rasul efir davomida tomoshabinlardan kelib tushgan savollarga javob berishadi.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍2
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 8,1 mlrd dollarga kamaydi

Ketma-ket 7 oylik o‘sishdan keyin O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 8,09 mlrd dollarga qisqarib, 2026 yil 1 aprel holatiga 68,99 mlrd dollarni tashkil etdi.

Bunga asosiy sabab – mart oyi davomida oltin narxining arzonlashishi. Agar 2 mart kuni qimmatbaho metalning bir troya unsiyasi 5419 dollargacha ko‘tarilgan bo‘lsa, 1 aprelda o‘rtacha narxlar 4785 dollar bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/48059005

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2211😁7👍4
Eron va AQSh baribir kelishdi. Asosiy ma’lumotlar

Islom respublikasi buni o‘z g‘alabasi deb e’lon qildi. «Butun tamaddunning halokati» bilan qo‘rqitgan Tramp esa endi Yaqin Sharq uchun «oltin asr» boshlanishini bashorat qilmoqda.

👉 https://kun.uz/83728611

Kun.uz rasmiy kanali
😁3621👍16👏9
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi?

Yoshga doir pensiya erkaklar 60 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda, ayollar 55 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lganda tayinlanadi. Shuningdek, kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lsa, bor stajga mutanosib miqdorda to‘liqsiz pensiya beriladi. Agar 7 yillik staj ham bo‘lmasa fuqaroga nafaqa ajratiladi.

Pensiyaning tayanch miqdori so‘nggi 10 yillik mehnat faoliyatidagi eng yaxshi ketma-ket 5 yillikdagi oylik ish haqining 55 foizini tashkil etadi. Shuningdek, talab qilingandan ortiqcha ish stajining har bir yili uchun 1 foizdan pul hisoblanadi. Bundan tashqari, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan...” faxriy unvonlari egalari uchun har oylik pensiya ustiga bazaviy hisoblash miqdorining 1,6 barobari miqdorida kafolatlangan ustama to‘lanadi.

👉 https://kun.uz/43383839

Kun.uz rasmiy kanali
26👍7
Xovos tumani hokimining tezkor tadbirda ushlangan sobiq o‘rinbosari uzoq muddatga qamaldi

Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimining sobiq o‘rinbosari Umidjon Xoliqov 8 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. U tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlarida aybli deb topildi.

Umidjon Xoliqov avvalroq tezkor tadbirda qo‘lga olingandi. U yer maydonini davlat zaxirasiga olib qo‘yish va jinoyat ishi qo‘zg‘attirishni aytib, fermer xo‘jaligi rahbaridan pul talab qilgan.

👉 https://kun.uz/23149129

Kun.uz rasmiy kanali
👍246👏6😁6
Sanjar Karimov ishi sudga chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Real Sanjik taxallusi bilan tanilgan Sanjar Karimovga oid jinoyat ishi sudga oshirildi. Jinoyat ishi JIB Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ko‘rib chiqiladi. Birinchi sud majlisi 10 aprel kuniga belgilandi.

Sanjar Karimov o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish (JKning 112-moddasi 1-qismi), juda ko‘p miqdorda firibgarlik (JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi) hamda narkojinoyatda (JKning 273-moddasi 2-qismi) ayblanmoqda.

👉 https://kun.uz/88499013

Kun.uz rasmiy kanali
24👍18😐13🔥4
AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushi: qancha odam halok bo‘ldi?

28 fevral kuni AQSH va Isroilning Eronga hujumi bilan boshlangan urush oqibatida Yaqin Sharq bo‘ylab 5 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi.

Qariyb 40 kunlik urush davomida eng ko‘p qurbonlar Eron, Livan va Iroq hududida kuzatildi. AQSH, Isroil va Ko‘rfaz davlatlari ham o‘nlab qurbonlar berdi.

👉 https://kun.uz/25701894

Kun.uz rasmiy kanali
16😭15👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Sivilizatsiya yo‘q bo‘ladi” – Tramp nimaga shama qilgandi?

Yaqin Sharqdagi urush hozircha tin olgandek. Shu fursatda, ayrim muhim savollarga javob izlash mumkin:

AQSh va Isroil ko‘zlagan maqsadiga erisha oldimi?

Tramp sulhdan oldingi tahdidida yadro qurolini nazarda tutganmidi?

Bu urush natijasida dunyo nimalarni yo‘qotdi?


Bu savollarga siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz'dagi kolonkasida javob berdi.

📹 Videosharhni YouTube'da tomosha qiling
14👍8😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Haykalni o‘pgan ayol va renovatsiyaga oid yangilik – mahalliy dayjest

Renovatsiyada mulkdorlarga yetkazilgan noqulaylik uchun qo‘shimcha kompensatsiya to‘lanishi mumkin;

Xivada haykalni o‘pgan ayol jarimaga tortildi;

Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlarini soat 19:00 dan keyin belgilash choralari ko‘riladi;

Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin.

Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/73736384

Kun.uz rasmiy kanali
11😁6👍1🤯1
Yaqin Sharqdagi sulhga qaramay, Isroil Livan bo‘ylab kuchli zarbalar yog‘dirdi

AQSh Eronni bombalashni to‘xtatganiga va tinchlik muzokaralaridagi vositachi bo‘lgan Pokistonning harbiy harakatlar butun front bo‘ylab to‘xtatilishi kerakligi haqidagi bayonotiga qaramay, Isroil Livan janubiga zarbalar berishni davom ettirdi.

10 daqiqa ichida 100 dan ortiq obektga hujum qilingan.


👉 https://kun.uz/81937924

Kun.uz rasmiy kanali
🤯4614😁3😭3👍2😐2
Eron AQSH va Isroilni sulhni buzganlikda ayblab, BAA, Kuvayt va Bahraynga zarbalar berdi

Eron sulh kuchga kirganidan bir necha soat o‘tib, ertalabki «dushman hujumlari» haqida, jumladan Lavan oroliga zarba haqida xabar berdi.

Shundan so‘ng, BAA, Kuvayt va Bahrayn rasmiylari o‘z hududlari Eron tomonidan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/29181583

Kun.uz rasmiy kanali
👍6026🤯7👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“San’atkorlar loyihani to‘liq o‘qimasdan shovqin ko‘tardi” – taklif etilayotgan hujjat taqdiri nima bo‘ladi?

San’atkorlarni soliqqa tortishni taklif etuvchi qaror loyihasi muhokamasi 10 aprel kuni yakuniga yetadi. Fikr bildirgan san’atkorlarning deyarli hammasi bunga qarshi. Faollar hujjat chala ekanidan norozi, biroq odamlar san’atkorlar ham hamma qatori soliqqa tortilishi tarafdori.

Kun.uz bilan suhbatlashganlar fikricha, soliq haq, biroq hozir san’atkorlardan undirilayotgan boshqa to‘lovlar masalasini qayta ko‘rib chiqish kerak.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
12👍10😁6🔥1😐1😭1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda krossfit ommalashtiriladi – prezident topshirig‘i

“Dunyoda maxsus jihoz va infratuzilma talab qilmaydigan intensiv sport mashg‘ulotlari, ya’ni krossfit ommalashyapti. Krossfit, bu nima degani? Yugurish, sakrash, egilish, turnikda tortilish kabi oddiy jismoniy mashqlarni ketma-ket bajarish”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.


Mahallalarda aholi fitnes bilan shug‘ullanishga jalb etiladi. Maktablarda krossfit bo‘yicha to‘garaklar ochiladi. Namunali mahallalarda rais, sport volontyori va trener moddiy rag‘batlantiriladi.

👉 https://kun.uz/31452747

Kun.uz rasmiy kanali
👍15840🔥39😁6👏1
Yer «botishi» va Quyosh tutilishi. NASA Oy orbitasidan olingan noyob kadrlarni namoyish etdi

Fotosuratlarda Yerning Oy ufqiga botishi va Oy orbitasidan kuzatilgan Quyoshning to‘liq tutilishi tasvirlangan.

📸 👉 https://kun.uz/79868680

Kun.uz rasmiy kanali
35👍16🔥4😭3🤯2