Kun.uz | Rasmiy kanal
75.2K subscribers
80.7K photos
11.4K videos
63.9K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Tarixiy missiya: astronavtlar rekord masofaga uchib borishdi, Oyni aylanib o‘tishdi va narigi tomondan surat olishdi

Ular bir necha kundan keyin uyga qaytishadi.

📸 👉 https://kun.uz/14001608

Kun.uz rasmiy kanali
👍4111🔥6😭1
Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin

Senatning navbatdagi yalpi majlisida yangi tahrirdagi «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi Qonun muhokama qilindi va ma’qullandi. Unda boshqa narsalar qatori, avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siqlar va notekisliklar yaratish taqiqlanishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, yirik gabaritli transport vositalarining yo‘llarda harakatlanishi faqat maxsus ruxsatnoma asosida amalga oshirilishi belgilanmoqda.

👉 https://kun.uz/48611022

Kun.uz rasmiy kanali
👍5330🤯14😐6👏2😭2😁1
Eron Yaqin Sharqni «zulmatga cho‘mdirish» bilan tahdid qildi

Eron AQSh tahdidlarini amalga oshirsa, kuchli zarbalar berishidan ogohlantirdi. Tramp bundan oldin Eronga «sivilizatsiya o‘limi» bilan tahdid qilgan edi.

Tehron Qatar orqali AQSh va Yaqin Sharq davlatlariga maktub yo‘llab, unda «Eronning javob zarbalari oqibatida butun mintaqa va Saudiya Arabistoni to‘liq zulmatga cho‘mishini» va’da qilgan.

👉 https://kun.uz/80205707

Kun.uz rasmiy kanali
👍559😁7🤯7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Alisherning iltimosiga ko‘ra telefon qilyapman» – Lavrovning suhbatini tinglashdi

Rossiya bosh diplomati Lavrov vengriyalik hamkasbidan Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonovning singlisiga nisbatan sanksiyani bekor qilishida yordam berishini so‘ragan.

Suhbatdan yarim yil o‘tib so‘ralgan odamdan YEI sanksiyasi olib tashlangan. Evaziga Vengriya ikki mingdan ortiq rossiyalikka qarshi sanksiyalar uzaytirilishiga rozi bo‘lgan.

Yevropaliklar oxirgi vaqtlarda YEI yig‘ilishidagi barcha gaplar Vengriya vakillari orqali Rossiyaga yetkazilishi haqida aytib keladi. Ular «Rossiya doim muzokara stolida», deb hazillashishadi ham.

📹 BATAFSIL YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
😁3324🤯3😐2😭1
Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Biznes-nonushta formatidagi uchrashuvda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishi natijalari muhokama qilindi, shuningdek, iqtisodiy loyihalar portfeli izchil kengayib borayotgani qayd etildi.

👉 https://kun.uz/74404912

Kun.uz rasmiy kanali
👍129🔥3426👏19😁9😐9😭8🤯6
Tramp ikki haftalik sulh e’lon qildi

AQSh prezidenti Eronning taklifini qabul qilgan va elektr stansiyalar bombalanishining oldi olingan. Buning evaziga Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishga rozi bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/53941504

Kun.uz rasmiy kanali
😁90👍15🔥43🤯2
«Real» Madridda yutqazdi, «Arsenal» g‘alaba bilan qaytdi

40 yoshli Noyyer «Bernabeu»da 9 seyv amalga oshirib, o‘yin qahramoniga aylandi, «Arsenal» butun o‘yin davomida golli vaziyatga ega bo‘lmasdan, yakunda g‘alabani ilib ketdi.

👉 https://kun.uz/26908847

Kun.uz rasmiy kanali
👏1713😁2😭2
Prezidentning sobiq davlat maslahatchisi Vyacheslav Golishev vafot etdi

Vyacheslav Golishev 75 yoshida vafot etdi. U turli yillarda bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri, O‘zbekiston prezidentining davlat maslahatchisi va deputat lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shavkat Mirziyoyev marhumning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

👉 https://kun.uz/18387520

Kun.uz rasmiy kanali
56🔥25👍16😭11👏5😐1
Toshkentda kvartiralar necha pul?

Toshkentda kvartira narxlari tumanlarga qarab farq qiladi. Hozirda Toshkentdagi yangi qurilgan uylarda 1 kvadrat metr narxi 900 $ dan 2 200 $ gacha, bir xonali kvartiralar esa joylashgan o‘rniga qarab uch baravardan ham ko‘proqqa farq qilishi mumkin.

Biz Toshkentning barcha tumanlari bo‘yicha e’lonlarni o‘rganib chiqdik, kvartira turlari bo‘yicha narxlarni ko‘rib chiqdik va uy-joy bozorida nima bo‘layotganini o‘rgandik.

👉 https://kun.uz/74175145

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2310
Qalbaki hujjatlar orqali 2 mlrd so‘m QQSni qaytarish sxemasi aniqlandi

Chirchiq shahrida qalbaki hujjatlar orqali byudjetdan 2 mlrd so‘m QQSni noqonuniy qaytarish sxemasi aniqlandi.

Ushbu ishga aloqador 4 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

👉 https://kun.uz/31413702

Kun.uz rasmiy kanali
🤯146👍6😁5
Reyting: 2026 yilda dunyodagi eng yirik armiyalar

2026 yilda dunyodagi eng yirik armiyalar reytingi kutilmagan manzarani namoyon qildi: umumiy harbiylar soni bo‘yicha Bangladesh va Vetnam kabi davlatlar yuqori o‘rinlarni egalladi.

Bunga asosiy sabab — faol qo‘shinlar emas, balki keng zaxira va harbiylashtirilgan tuzilmalar hisoblanadi.

👉 https://kun.uz/76871556

Kun.uz rasmiy kanali
18👍3🔥1
1950-yillardan beri xizmatda: hali ham parvoz qilayotgan besh harbiy samolyot

1950-yillarda ishlab chiqarilgan, ammo 2026 yilda ham parvoz qilayotgan samolyotlar bor.

Ular sodda emas — balki o‘ta ishonchli va doimiy modernizatsiya qilinadigan platformalar bo‘lib, zamonaviy urushda ham faol qo‘llanmoqda.

👉 https://kun.uz/21252813

Kun.uz rasmiy kanali
17
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda

Senat qo‘riqlash faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonunni maʼqulladi.

Unga ko‘ra, ayrim huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati Qo‘riqlash departamenti xodimlariga beriladi.

👉 https://kun.uz/32917024

Kun.uz rasmiy kanali
10🤯10🔥4😐4👍2
Sindorov Nomzodlar turniridagi peshqadamlikni davom ettirmoqda

U navbatdagi turda durang o‘ynaganiga qaramay, eng yaqin ta’qibchisi bilan oradagi farqni uzaytirdi – ikkinchi o‘rindagi Fabiano Karuana bu turda Hikaru Nakamuraga yutqazib qo‘ydi.

👉 https://kun.uz/68271303

Kun.uz rasmiy kanali
🔥32👍20😁157🤯1😐1
DFC O‘zbekistonga amerikalik sarmoyadorlarni jalb etishga ko‘maklashadi

Saida Mirziyoyeva DFC bosh direktori Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazganini maʼlum qildi.

Uning aytishicha, korporatsiya O‘zbekistonga amerikalik sarmoyadorlarni jalb etishga ko‘maklashadi va investitsiyaviy xatarlarning bir qismini o‘z zimmasiga oladi.

👉 https://kun.uz/37998330

Kun.uz rasmiy kanali
👍108🔥4237👏21🤯2
Shoir va tarjimon Qamchibek Kenja vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir va tarjimon Qamchibek Kenja 80 yoshida vafot etdi. U Pushkin, Bryusov kabi shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan, 30 dan ziyod she’riy va nasriy asarlar muallifi hisoblanadi.

👉 https://kun.uz/38155156

Kun.uz rasmiy kanali
😭4614
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmda haykalni o‘pgan ayol jarimaga tortildi

Surxondaryoda yashovchi ayol Xivaga sayohatga borgan. U Ichanqal’adagi haykallardan birini o‘pib, tasvirga olgan hamda ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasiga joylashtirgan.

Ayolning harakati moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik deb baholandi. Unga sud qarori bilan 2 mln 60 ming so‘m jarima tayinlangan.

👉 https://kun.uz/26812300

Kun.uz rasmiy kanali
😁136👍49🤯1410😐2👏1
Birjadagi oxirgi 2 savdo sessiyasida dizel narxi 17,5 foizga qimmatlashdi

Oxirgi kunlarda birjada dizel bahosi tonnasiga 2 mln 411 ming so‘mga yoki 17,5 foizga qimmatlab, 16 mln 179 mln so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 24 foizga yuqori narx.

Import hajmi ham mart oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga oshgan.

👉 https://kun.uz/kr/96975011

Kun.uz rasmiy kanali
12😁12🤯5👏2
Saida Mirziyoyeva: AQSH investorlarining O‘zbekistonga qiziqishi oshib bormoqda

Saida Mirziyoyeva AQSH savdo vakili Jeymison Grir bilan uchrashuvda amerikalik investorlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotganini maʼlum qildi.

Shuningdek, tomonlar o‘zaro manfaatli savdo kelishuvlari va O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonini muhokama qildi.

👉 https://kun.uz/20769589

Kun.uz rasmiy kanali
👍120🔥5335😁13👏10😐8😭2