Kun.uz | Rasmiy kanal
75.4K subscribers
80.7K photos
11.4K videos
63.8K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Tinchlik kengashi Hamasdan tez orada qurolsizlanishni talab qilmoqda

Tramp tuzgan kengashning ushbu talabi – Hamas deyarli barcha qurollaridan voz kechishi va o‘zining yerosti tunnellari xaritasini taqdim etishini talab qiladi.

Hamas rasmiysi esa, qurolsizlanish haqida gapirishdan oldin Isroil G‘azodagi otashkesim kelishuvi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi kerakligini bildirgan.

👉 https://kun.uz/83357449

Kun.uz rasmiy kanali
😁38😐228👏6🤯5😭1
Prezident hokimlarga har bir maktabda sport to‘garaklari uchun sharoit yaratishni buyurdi

Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda maktablarda sport turi bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish va murabbiylarni mahallalarga jalb qilish ishlarining ahvoli tanqid qilindi.

👉 https://kun.uz/82821510

Kun.uz rasmiy kanali
👍136🔥5120👏16😁8
Superliga o‘yinlari faqat soat 19:00 dan keyinga belgilanishi mumkin

Prezident huzurida sportga bag‘ishlangan majlisda futbol bo‘yicha milliy chempionat o‘yinlari ba’zida ish vaqtida o‘tkazilayotgani, shu bois, muxlislar tashrifi kutilganidek bo‘lmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Agar o‘yin vaqti dam olish kuni yoki ish kunlari kechki soat 19:00 dan keyin belgilansa, stadionlar atrofida aholiga qiziqarli qo‘shimcha xizmatlar, musiqiy va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qilinsa, o‘yin kunlari muxlislar uchun qulay transport qatnovi yo‘lga qo‘yilsa, raqib jamoa muxlislariga arzon futbol turpaketlari taklif qilinsa, klublar uchun 2-3 karra ko‘p tushum, muxlislar uchun mazmunli hordiq, tadbirkorlarga qo‘shimcha daromad bo‘lishi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga mana shu ishlar orqali stadionlarga muxlislar tashrifini keskin oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Kun.uz rasmiy kanali
👍4126👏10😁6😐1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuchayib borayotgan energetika inqirozi. Bu kimga qanday ta’sir qilyapti?

Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashib, global iqtisodiyot va xavfsizlikka tahdidlar kuchayib boryapti. Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi energetika ta’minotida jiddiy uzilishlarga olib keldi. AQSH va Isroilning Eronga urush ochishidan oldin neftning Brent markasi barreliga o‘rtacha 72 dollar, WTI markasi esa 67 dollardan sotilgan bo‘lsa, bir necha kun ichida narxlar 100 dollarlik psixologik chegarani yorib o‘tdi.

Yonilg‘i inqirozi global iqtisodiyotni tanazzulga yetaklayotgan bir paytda, sahna ortida bu vaziyatdan milliardlab dollar foyda ko‘rayotgan “g‘oliblar” ham bor.

👉 https://kun.uz/94918976

Kun.uz rasmiy kanali
8😭5👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Zapravka”da portlash va xususiylashtiriladigan “UzAuto Motors” – mahalliy dayjest

“UzAuto Motors”, “Navoiyazot” va issiqlik elektr stansiyalari xususiylashtirishga tayyorlanmoqda;

Denov tumanida gaz quyish shoxobchasida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi;

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Isomiddin Ismanov qo‘lga olingan tezkor tadbir videosi e’lon qilindi.

P2P pul o‘tkazmalari nazoratga olinadi.

Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/18645908

Kun.uz rasmiy kanali
8👍7😭2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida bolani uxlamagani uchun haqoratlab, urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Ohangarondagi bog‘chalardan birida tarbiyachi kichik yoshli bolani uxlamagani uchun haqoratlab, unga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan. Voqea tasvirga olinib tarqalgach, tarbiyachi ishdan bo‘shatildi, holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

👉 https://kun.uz/66500454

Kun.uz rasmiy kanali
🤯67👍13😭1110😁9👏4😐1
Yaqin Sharq eskalatsiyaga tayyorlanmoqda. So‘nggi ma’lumotlar

AQSh Erondagi nishonlarni belgilamoqda. Eronning qo‘shnilari ham javob zarbalarini kutmoqda va urushga qo‘shilish haqida o‘ylamoqda.

👉 https://kun.uz/16423071

Kun.uz rasmiy kanali
😭3615🤯6👍2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“San’atkorlarni shuncha pulga chaqirayotgan o‘zingiz” — Munojat Yo‘lchiyeva

Kun.uz bilan suhbatlashganlar san’atkorlarni har bir to‘y va marosimi uchun soliqqa tortishni ko'zlovchi qaror loyihasini muhokamadan o'tkazdi. Unda qatnashgan O'zbekiston Qahramoni Munojat Yo'lchiyevaga ko'ra, artistlar soliqdan bo'yin tovlamaydi, ular buni to'lashga tayyor. Lekin shuncha pulga san'atkorni chaqirib, ortidan yomonlash yaxshi ish emas, deydi u.

📹 SUHBATNI TO'LIQ TOMOSHA QILING
😁5514👍11🤯7😐3
Tarixiy missiya: astronavtlar rekord masofaga uchib borishdi, Oyni aylanib o‘tishdi va narigi tomondan surat olishdi

Ular bir necha kundan keyin uyga qaytishadi.

📸 👉 https://kun.uz/14001608

Kun.uz rasmiy kanali
👍4111🔥6😭1
Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin

Senatning navbatdagi yalpi majlisida yangi tahrirdagi «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi Qonun muhokama qilindi va ma’qullandi. Unda boshqa narsalar qatori, avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siqlar va notekisliklar yaratish taqiqlanishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, yirik gabaritli transport vositalarining yo‘llarda harakatlanishi faqat maxsus ruxsatnoma asosida amalga oshirilishi belgilanmoqda.

👉 https://kun.uz/48611022

Kun.uz rasmiy kanali
👍5330🤯14😐6👏2😭2😁1
Eron Yaqin Sharqni «zulmatga cho‘mdirish» bilan tahdid qildi

Eron AQSh tahdidlarini amalga oshirsa, kuchli zarbalar berishidan ogohlantirdi. Tramp bundan oldin Eronga «sivilizatsiya o‘limi» bilan tahdid qilgan edi.

Tehron Qatar orqali AQSh va Yaqin Sharq davlatlariga maktub yo‘llab, unda «Eronning javob zarbalari oqibatida butun mintaqa va Saudiya Arabistoni to‘liq zulmatga cho‘mishini» va’da qilgan.

👉 https://kun.uz/80205707

Kun.uz rasmiy kanali
👍559😁7🤯7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Alisherning iltimosiga ko‘ra telefon qilyapman» – Lavrovning suhbatini tinglashdi

Rossiya bosh diplomati Lavrov vengriyalik hamkasbidan Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonovning singlisiga nisbatan sanksiyani bekor qilishida yordam berishini so‘ragan.

Suhbatdan yarim yil o‘tib so‘ralgan odamdan YEI sanksiyasi olib tashlangan. Evaziga Vengriya ikki mingdan ortiq rossiyalikka qarshi sanksiyalar uzaytirilishiga rozi bo‘lgan.

Yevropaliklar oxirgi vaqtlarda YEI yig‘ilishidagi barcha gaplar Vengriya vakillari orqali Rossiyaga yetkazilishi haqida aytib keladi. Ular «Rossiya doim muzokara stolida», deb hazillashishadi ham.

📹 BATAFSIL YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
😁3324🤯3😐2😭1
Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Biznes-nonushta formatidagi uchrashuvda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishi natijalari muhokama qilindi, shuningdek, iqtisodiy loyihalar portfeli izchil kengayib borayotgani qayd etildi.

👉 https://kun.uz/74404912

Kun.uz rasmiy kanali
👍129🔥3426👏19😁9😐9😭8🤯6
Tramp ikki haftalik sulh e’lon qildi

AQSh prezidenti Eronning taklifini qabul qilgan va elektr stansiyalar bombalanishining oldi olingan. Buning evaziga Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishga rozi bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/53941504

Kun.uz rasmiy kanali
😁90👍15🔥43🤯2
«Real» Madridda yutqazdi, «Arsenal» g‘alaba bilan qaytdi

40 yoshli Noyyer «Bernabeu»da 9 seyv amalga oshirib, o‘yin qahramoniga aylandi, «Arsenal» butun o‘yin davomida golli vaziyatga ega bo‘lmasdan, yakunda g‘alabani ilib ketdi.

👉 https://kun.uz/26908847

Kun.uz rasmiy kanali
👏1713😁2😭2
Prezidentning sobiq davlat maslahatchisi Vyacheslav Golishev vafot etdi

Vyacheslav Golishev 75 yoshida vafot etdi. U turli yillarda bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri, O‘zbekiston prezidentining davlat maslahatchisi va deputat lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shavkat Mirziyoyev marhumning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

👉 https://kun.uz/18387520

Kun.uz rasmiy kanali
56🔥25👍16😭11👏5😐1
Toshkentda kvartiralar necha pul?

Toshkentda kvartira narxlari tumanlarga qarab farq qiladi. Hozirda Toshkentdagi yangi qurilgan uylarda 1 kvadrat metr narxi 900 $ dan 2 200 $ gacha, bir xonali kvartiralar esa joylashgan o‘rniga qarab uch baravardan ham ko‘proqqa farq qilishi mumkin.

Biz Toshkentning barcha tumanlari bo‘yicha e’lonlarni o‘rganib chiqdik, kvartira turlari bo‘yicha narxlarni ko‘rib chiqdik va uy-joy bozorida nima bo‘layotganini o‘rgandik.

👉 https://kun.uz/74175145

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2310
Qalbaki hujjatlar orqali 2 mlrd so‘m QQSni qaytarish sxemasi aniqlandi

Chirchiq shahrida qalbaki hujjatlar orqali byudjetdan 2 mlrd so‘m QQSni noqonuniy qaytarish sxemasi aniqlandi.

Ushbu ishga aloqador 4 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

👉 https://kun.uz/31413702

Kun.uz rasmiy kanali
🤯146👍6😁5
Reyting: 2026 yilda dunyodagi eng yirik armiyalar

2026 yilda dunyodagi eng yirik armiyalar reytingi kutilmagan manzarani namoyon qildi: umumiy harbiylar soni bo‘yicha Bangladesh va Vetnam kabi davlatlar yuqori o‘rinlarni egalladi.

Bunga asosiy sabab — faol qo‘shinlar emas, balki keng zaxira va harbiylashtirilgan tuzilmalar hisoblanadi.

👉 https://kun.uz/76871556

Kun.uz rasmiy kanali
18👍3🔥1