Kun.uz | Rasmiy kanal
75.4K subscribers
80.7K photos
11.4K videos
63.8K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Kun.uz | Rasmiy kanal
«Artemida-2» missiyasi ekipaji Oyga sayohatdan ilk suratlarni namoyish etdi Fazogirlar Yer va uning yo‘ldoshini, shuningdek, bir-birini kadrlarga muhrlagan. 📸 👉 https://kun.uz/92938353 Kun.uz rasmiy kanali
NASA Oyning orqa tomonini ko‘rsatdi

Artemis II ekipaji Oyning orqa tomonidagi Oriyental havzasini to‘liq ko‘rgan birinchi odamlar bo‘ldi.

Fotosuratning o‘ng tomonida Oyning biz Yerdan ko‘radigan qismi tasvirlangan. Chap tomonda esa Oy orqa tomonining bir qismi.

👉 https://kun.uz/99383484

Kun.uz rasmiy kanali
53🔥21😁9👍5🤯5😭4😐1
Osmono‘par binolar poygasi: dunyodagi eng baland 20 ta inshoot

2026 yil aprel holatiga ko‘ra, Dubaydagi 828 metrli Burj-Xalifa dunyodagi eng baland bino bo‘lib qolmoqda va ikkinchi o‘rindagi inshootdan qariyb 150 metr baland. Shu bilan birga, Saudiya Arabistonida qurilayotgan Jeddah Tower 2028 yilda bitkazilsa, yangi rekord o‘rnatishi mumkin.

Eng baland 20 ta binodan deyarli yarmi Xitoyda joylashgan bo‘lib, Osiyo so‘nggi o‘n yillarda “osmono‘par binolar poygasi”da mutlaq yetakchiga aylangan. Osiyodan tashqaridagi faqat uchta bino esa Nyu-York va Sankt-Peterburgda joylashgan.

👉 https://kun.uz/84148607

Kun.uz rasmiy kanali
13👍7🔥1😐1
Davlat idoralarida ortiqcha maydonlar qisqartiriladi

O‘zbekistonda davlat idoralarida ortiqcha maydonlarni qisqartirish rejalashtirilmoqda.

Taklifga ko‘ra, bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha maydon 27 kv metrdan 12–15 kv metrgacha tushiriladi.

Bu orqali 4,9 mln kv metr maydonni iqtisodiy aylanmaga kiritish, bo‘sh binolarni savdo va ijaraga chiqarish hamda xarajatlarni kamaytirish ko‘zda tutilgan.

👉 https://kun.uz/44622988

Kun.uz rasmiy kanali
👍130🔥4826😁18👏17🤯6
Denovda gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi

Denov tumanidagi gaz quyish shoxobchasida gaz tashuvchi maxsus avtomobildan sig‘imga propan quyish vaqtida chaqnash yuz berib, yong‘in kelib chiqqan.

Qutqaruvchilar hodisa joyiga yetib borib, yong‘inni o‘rab olgan, hozirda uni bartaf etish ishlari davom etmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa texnologik jarayon buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

👉 https://kun.uz/28361100

Kun.uz rasmiy kanali
11😐6👍3🔥1
🚀 Artemis II missiyasi kosmosda yangi rekord o‘rnatdi

“Orion” kemasi Yerdan qariyb 407 ming km uzoqlashib, insoniyat tarixidagi eng uzoq masofaga chiqdi. Shu bilan 1970 yildagi “Apollon-13” rekordi yangilandi.

Missiya doirasida ekipaj Oyni aylanib chiqadi va yangi texnologiyalarni, jumladan uzoq vaqt avtonom ishlaydigan skafandrlarni sinovdan o‘tkazmoqda.

👉 https://kun.uz/08670697

Kun.uz rasmiy kanali
22👍11🔥7😁3😭2👏1
Strategik resurslar xaritasi: nodir yer elementlari kimning qo‘lida?

Xitoy dunyodagi eng yirik nodir yer elementlari zaxirasiga ega va qazib olish hamda qayta ishlashda ham yetakchilikni saqlab turibdi. Bu esa Pekinga strategik resurslar bozorida katta taʼsir kuchini bermoqda.

Braziliya, Hindiston, Avstraliya va Rossiya muqobil taʼminot manbai sifatida ko‘rilmoqda. “Yashil” energetika, elektromobillar va mudofaa sanoatida talab oshib borayotgan bir paytda, ushbu resurslar uchun raqobat yana-da keskinlashmoqda.

👉 https://kun.uz/14669805

Kun.uz rasmiy kanali
11🔥6🤯1
Zelenskiy Putinga yana energetik sulh taklif qildi

Ukraina prezidenti Rossiyaga energetika obyektlariga o‘zaro hujumlarni to‘xtatishni taklif qildi: agar Moskva zarbalarni to‘xtatsa, Kiyev ham xuddi shunday qadam tashlashga tayyor. Bu tashabbus avval ham ilgari surilgan, ammo Kreml uni rad etgan.

Odessadagi so‘nggi hujumlar ortidan Zelenskiy Rossiya urushni moliyalashtira olar ekan, tinchlikka o‘tishni istamasligini taʼkidladi va ittifoqchilarni bosimni kuchaytirishga chaqirdi.

👉 https://kun.uz/42377738

Kun.uz rasmiy kanali
14😁13👍2
Eronni nima kutyapti? | “Geosiyosat”

Donald Tramp belgilagan navbatdagi ultimatum muddati tugashiga 1 sutkadan kamroq vaqt qoldi. Vashingtonning keyingi qadamlari qanday bo‘ladi?

AQSH va Eronga taqdim etilgan “Islomobod pakti” haqida nimalar ma’lum?

Fransiya oltin zaxiralarini AQSHdan olib chiqdi — bu qaror nimani anglatadi?

Xitoy nega sharqiy sohillari yaqinidagi havo hududlarini 40 kunga yopdi?

Dolzarb xalqaro jarayonlar tahlili — Kun.uz’ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥4
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi

Yo‘l-patrul xizmati xodimi Cobalt mashinasida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, Gentra bilan to‘qnashgandi. Oqibatda Gentra haydovchisi halok bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/53786942

Kun.uz rasmiy kanali
👏149😐9👍4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda «kar haydovchi tahqirlangani» haqidagi video sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi

Videodagi uch kishi ham jazolangan.

👉 https://kun.uz/61052347

Kun.uz rasmiy kanali
👍37😁3013😐5😭2
Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman ish boshladi

Saida Mirziyoyeva ma’lum qilishicha, Vashington shahrida Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu tashabbus ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

👉 https://kun.uz/05015193

Kun.uz rasmiy kanali
👍164🔥377😁6
The Times: Mujtaba Xominaiy hushsiz holatda qolmoqda

U «qandaydir qaror qabul qilishda ishtirok eta olmasligi» qayd etilgan.

👉 https://kun.uz/95040375

Kun.uz rasmiy kanali
😐236😁6😭6👍2
Tugayotgan muhokama va soliqdan norozi sanʼatkorlar

-Sanʼatkorlarni soliqqa tortishni ko'zlovchi prezident qarori loyihasi muhokamasi yakuniga yetmoqda;

-Fikr bildirgan sanʼatkorlarning deyarli barchasi soliqqa qarshi;

-Faollar esa loyiha chala va mukammal emasligidan norozi;

-Biroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari sanʼatkorlar ham hamma qatori daromadidan soliq to'lashi kerakligini yozmoqda.

Kun.uzʼning navbatdagi jonli efirida ushbu mavzu yuzasidan qarashlar bayon qilinadi.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1511
«Hammani bitta dorixonaga yuborishadi» – SAMPIda farzandidan ayrilgan ota-onalar

Toshkentda yurak nuqsoni sabab operatsiya qilingan 8 oylik go‘dak vafot etdi. Ona shifokorlar harakatlarini shubha ostiga olib, xayriyadan tushgan pullar faqat bitta dorixonaga borib tushayotganini aytmoqda. Uning gaplarini boshqa ota-onalar ham tasdiqlagan.

"+5 degan aptekasi bor ekan o‘zlarining, bemorning yaqinlarini o‘sha yerga jo‘natyapti. U yerda pulni to‘laysiz, “ketavering, o‘zimiz olib borib beramiz” deydi. Qo‘lingizga dori-darmon ham, hech narsa bermaydi" - deydi ona.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
😭45🤯3723😐2
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi

Hujum qilganlardan ikki nafari o‘ldirilgan, yana biri yarador holda qo‘lga olingan.

👉 https://kun.uz/05076025

Kun.uz rasmiy kanali
🔥259👍6😭5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston rasmiy ravishda FIFA World Cup 2026ʼga tayyorgarlik doirasida Visaning Visa Illustrators xalqaro art‑tashabbusiga qo‘shildi

Visa mahalliy rassomlarni qo‘llab‑quvvatlab, noyob illyustratsiyalar yaratish va milliy hikoyalarni jahon miqyosida targ‘ib qilish imkonini beradi.

Rassom bolalikdagi ko‘cha futbolidan tortib, katta stadionlargacha bo‘lgan yo‘lni, mahalliy ko‘chalar, shahar arxitekturasi va orzularni aks ettirdi. Ushbu illyustratsiyalar Visa FIFA World Cup 2026 Tap In platformasida, ijtimoiy tarmoqlarda va shaharlarda namoyish etiladi. Loyihada ishtirok ramziy ahamiyatga ega: milliy terma jamoa ilk bor final bosqichiga yo‘l oldi.

Reklama
20👍2😭2😐1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oyning ortiga o‘tgan astronavtlar va kelishuvni rad etgan Eron – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan quyidagi voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz:

• Trampning tahdidlari davom etmoqda: Eron kelishuvni rad qildi;

• NASA'ning oy missiyasi: astronavtlar yerdan 407 ming km uzoqlashdi;

• Isroil havo hujumlari natijasida G‘azoda 12 kishi halok bo‘ldi;

• Rossiya-Ukraina urushi ham davom etmoqda.

👉 https://kun.uz/62053856

Kun.uz rasmiy kanali
16😭1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Bu qarz deyiladi. Bilasiz-a?” – Andijon viloyati hokimining qo‘lga olingan o‘rinbosari

DXX Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Isomiddin Ismanov qo‘lga olingan tezkor tadbir videosini e’lon qildi.

Hokim o‘rinbosari pulni sanab olgach, “bu qarz deyiladi. Shunaqa narsasi bor. Bilasiz-a?” degan.

Isomiddin Ismanov Bobur shaharchasidagi 20 sotix yerni hujjatlashtirib olib berish evaziga 50 ming dollar talab qilib, 4 aprel kuni pulni olayotganida ushlangandi.

👉 https://kun.uz/61230182

Kun.uz rasmiy kanali
👍120😁1815🤯7😐4👏2😭1