Kun.uz | Rasmiy kanal
75.2K subscribers
80.7K photos
11.4K videos
63.9K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Zelenskiy: Ukraina AQSH uchun endi ustuvor emas

Zelenskiy AQSHning Eron bilan urushi Ukrainaga yordamni yana-da kamaytirishi mumkinligidan xavotir bildirdi.

Uning aytishicha, Vashington ustuvorliklari o‘zgarayotgan bir paytda Kiyev uchun, ayniqsa, Patriot tizimlari va ularga kerakli raketalar taʼminoti yana-da qisqarishi xavfi bor.

👉 https://kun.uz/57357023

Kun.uz rasmiy kanali
😁29👍165😭5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Rossiya NATO bilan cheklanmaydi"- siyosatshunos

Rossiya ilgari Ukrainaning NATOga qo‘shilishiga qarshi chiqib kelgan bo‘lsa, hozir bu pozisiya Yevropa Ittifoqiga nisbatan ham kengaymoqda. Dmitriy Medvedev tomonidan bildirilgan fikrlar bu yo‘nalishdagi qarashlar ochiqroq aytila boshlaganini ko‘rsatadi. Shu tariqa, Ukraina masalasida Rossiyaning munosabati faqat harbiy ittifoqlar bilan cheklanmay, uning Yevropa bilan integratsiyasining boshqa shakllarini ham qamrab olayotgani kuzatilmoqda.

Mavzu muhokamasi – Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida.

📹 Videoni YouTube'da ko‘rish
21🤯2👍1😁1
Saida Mirziyoyeva Mar-a-Lagoda Serjio Gor bilan uchrashdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor bilan Mar-a-Lagoda uchrashdi.

Uchrashuvda AQSH prezidenti Donald Trampning kenja qizi Tifani Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Maykl Bulos ham ishtirok etdi.

👉 https://kun.uz/65020741

Kun.uz rasmiy kanali
👍117🔥4637😐19😁18👏14
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar bilan ushlandi

2025 yildan buyon Andijon viloyati hokimining turizm bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Isomiddin Ismanov Bobur shaharchasidagi 20 sotix yerni hujjatlashtirib olib berish evaziga 50 ming dollar talab qilgan. U bu pulni o‘z uyida olayotganida qo‘lga tushgan.

👉 https://kun.uz/34246453

Kun.uz rasmiy kanali
😁92👍23🤯1712😐2
Eron razvedkasi boshlig‘i halok bo‘ldi

Islom inqilobi muhofizlari korpusi razvedkasi boshlig‘i, general Majid Hadimiy Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘ldi.

Korpus uning o‘limini tasdiqlagan. Bayonotda u 6 aprel kuni tongida amalga oshirilgan «terrorchilik hujumi» qurboni bo‘lgani aytilgan.

Kun.uz rasmiy kanali
😭67🤯127👏6👍2😐1
Juda ko‘p namgarchilik

Haftaning birinchi qismida haroratning sezilarli pasayishi va ayrim hududlarda haddan tashqari ko‘p yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov haftadagi ob-havo kutilmalari bilan Kun.uz'ning jonli efirida tanishtiradi.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14😁6👏3👍1
Axios: AQSh va Eron 45 kunlik sulhga harakat qilmoqda

AQSh va Eron mintaqaviy vositachilar ishtirokida 45 kunlik sulh shartlarini muhokama qilmoqda. Bu sulh yakunda urush yakunlanishiga olib kelishi ko‘zda tutilgan.

👉 https://kun.uz/52432089

Kun.uz rasmiy kanali
14🤯7👍3😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Suv ombori to‘g‘oni buzilib ketgan va uylarni suv bosgan.

👉 https://kun.uz/70343219

Kun.uz rasmiy kanali
🤯19😭139😐1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Odessaga hujum va AQSH–Xitoy tarangligi – kun dayjesti

Tramp Eron infratuzilmasiga zarba berish bilan tahdid qildi;

Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi;

Shimoliy Koreya qit’alararo raketa uchun yangi korpus ustida ishlayapti.

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/54627925

Kun.uz rasmiy kanali
9😁7👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Uchastkavoy”larga topshiriq: “daydi topmasang, qarindoshingni yoki o‘zingni daydi qilib yop!”

Toshkent shahri Olmazor tumani IIB amaldori Abror Xudoyberdiyev profilaktika inspektorlariga ko‘chadan "daydi" topib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.

U 300 ta bayonnoma qilishi kerakligini aytib, barcha xodimga ko‘chaga chiqishni buyurgan.

“O‘zlaringdan ketib qolganmisanlar, vijdonsiz?! Qani bittang daydi qilma-chi! Hammang daydi, o‘zingni daydi qilib olib borib yop, qarindoshingni olib borib yop daydi qilib!” degan u.


IIV matbuot xizmati holat o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi.

👉https://kun.uz/35718167

Kun.uz rasmiy kanali
😁130🤯9219👍8😐6👏3🔥2
Toshkentda bozor qorovullari itlar ustiga mashina haydadi

Tarmoqlarda ikki kishi avtomobilini itlar ustiga haydagani aks etgan video tarqaldi. Toshkent IIBBga ko‘ra, ular Uchtepadagi bozorlardan birida qorovul bo‘lib ishlaydi. Holat bo‘yicha hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish moddasi bilan ma’muriy bayonnoma tuzildi va hujjatlar sudga yuborildi.

👉 https://kun.uz/36872033

Kun.uz rasmiy kanali
👍31😁10🔥6😐64😭3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Rus, ingliz va nemis tilini telefon va internetdan o‘rgandik” — buxorolik 12 yoshli egizaklar

Kun.uz 12 yoshli egizaklar Fotima va Zuhra Kamolova bilan suhbatlashdi.

📚Ular o‘zbek tilidan tashqari rus, ingliz va nemis tillarida gaplasha oladi. Qizlar bu tillarni bepul onlayn darslar orqali mustaqil o‘rgangan. Qizig‘i, egizaklar allachon o‘zlari ham boshqa o‘quvchilarga til o‘rgatishni boshlab yuborgan.

📸 Suhbatda shu kabi savollarga javob topish mumkin:

— ota-ona oddiy oila sharoitida farzandlarni bilimga rag‘batlantirishni qanday uddaladi?

internet va telefon til o‘rganishda qay darajada yordam berdi?


🍿📹 SUHBATNI TOMOSHA QILING
27👍18👏5🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ichki ishlar xodimini urgan haydovchi uzr so‘radi

Toshkent shahrida ichki ishlar xodimini urib, buning ortidan podpolkovnik akasining ishdan ketishiga sababchi bo‘lgan ukaning pushaymonligi aks etgan video e’lon qilindi.

👉 https://kun.uz/71112388

Kun.uz rasmiy kanali
😁40👏109👍7🔥6😐5🤯1
O‘zbekistonda P2P o‘tkazmalar monitoring qilinadi

Prezident huzurida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash choralari muhokama qilindi.

P2P operatsiyalar monitoringi, tovarlarni markirovkalash, raqamli nazoratni kuchaytirish, yuklarni hujjatsiz tashish faoliyatini avtomatik aniqlash va norasmiy bandlikni rasmiylashtirish kabi mexanizmlardan keng foydalanish reja qilinmoqda.

👉 https://kun.uz/87529818

Kun.uz rasmiy kanali
👍10529🔥27👏13🤯8😐8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Daydi izlovchi «uchastkavoy»lar va bozorda yirik yong‘in – mahalliy dayjest

Olmazor tumani IIB profilaktika inspektorlari ko‘chadan daydi topib, bayonnoma rasmiylashtirishga majburlandi;

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar bilan ushlangani aytilmoqda;

Talabalarni ta’lim jarayoniga aloqador bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlandi.

Kunning shu va boshqa muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/45513699

Kun.uz rasmiy kanali
👍118😁8🤯1
«Krokus»dagi terakt uchun sudlangan shaxs o‘z joniga qasd qildi

Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan terakt ishi bo‘yicha umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan shaxs o‘z joniga qasd qildi.

FSIN ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa kuzatuv kameralari orqali aniqlangan.

👉 https://kun.uz/85240585

Kun.uz rasmiy kanali
😭3512😐11👍5🤯3
Polkovnikni qutqarish. Amerikalik uchuvchini Erondan olib chiqish amaliyoti tafsilotlari

Eron o‘tgan haftada AQSh harbiy-havo kuchlarining F-15 rusumli qiruvchi samolyotini urib tushirdi va ekipaj a’zolaridan biri qariyb ikki kun davomida birgina to‘pponchasi bilan dushman hududi ichkarisida qolib ketdi. Amerikalik jurnalistlar u qanday qutqarilgani bo‘yicha tafsilotlarni aniqlashdi.

👉 https://kun.uz/73324723

Kun.uz rasmiy kanali
20🤯12👏4👍1
“O‘z oyog‘imga o‘q uzdim” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit

21 yoshida ishlab pul topish maqsadida Rossiyaga ketgan yigit 5 oy o‘tgach narkojinoyatda ayblanib, 7 yilga qamalgan.

Yekaterinburg shahridagi qamoqxonada jazo o‘tash davomida unga “Endi jazoning qolgan qismini O‘zbekistonda o‘taysan”, deya qog‘ozga imzo qo‘ydirib olishgan. Bu Rossiya armiyasida harbiy xizmatni o‘tash bo‘yicha shartnoma bo‘lgan.

“Majburiy holatda harbiy qismga olib borildim. U yerdan qochish uchun oyog‘imga otib, o‘zimni jarohatladim. So‘ngra shifoxonaga yotqizildim”, degan yigit sudda.

👉 https://kun.uz/23077863

Kun.uz rasmiy kanali
😐3417😭10👍4😁1
Mart oyidagi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?

O‘tgan oyda asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan tuxum 2,1 foizga, suyakli mol go‘shti 1,8 foizga, shakar narxi 1,7 foizga, qo‘y go‘shti va suyaksiz mol go‘shti 1,2 foizga oshdi.

«2026 yil mart oyida mol go‘shti narxlarining o‘zgarishi ham import, ham mahalliy mol go‘shtiga nisbatan qayd etildi. Bunda respublika bo‘yicha eng arzon mol go‘shti narxlari o‘rtacha bir kilogramm uchun 5 000 so‘m atrofida qimmatlashdi», deyiladi Statqo‘m hisobotida.


👉 https://kun.uz/81664275

Kun.uz rasmiy kanali
11😁11🤯8😐1
Harbiy xizmatchilar uchun oliygohga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi

Shavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmat davrida oliygohlarga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.

Askarlar uchun “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida 3-6 oylik o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Davlat tashkilotlariga ishga kirish istagini bildirgan harbiy xizmatchilarga imtiyoz beriladi.

Harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi.

👉 https://kun.uz/99189691

Kun.uz rasmiy kanali
👍134🔥6034👏20😁11🤯2😐1
Kun.uz | Rasmiy kanal
«Artemida-2» missiyasi ekipaji Oyga sayohatdan ilk suratlarni namoyish etdi Fazogirlar Yer va uning yo‘ldoshini, shuningdek, bir-birini kadrlarga muhrlagan. 📸 👉 https://kun.uz/92938353 Kun.uz rasmiy kanali
NASA Oyning orqa tomonini ko‘rsatdi

Artemis II ekipaji Oyning orqa tomonidagi Oriyental havzasini to‘liq ko‘rgan birinchi odamlar bo‘ldi.

Fotosuratning o‘ng tomonida Oyning biz Yerdan ko‘radigan qismi tasvirlangan. Chap tomonda esa Oy orqa tomonining bir qismi.

👉 https://kun.uz/99383484

Kun.uz rasmiy kanali
53🔥21😁9👍5🤯5😭4😐1