Kun.uz | Rasmiy kanal
75K subscribers
80.8K photos
11.5K videos
64K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sindorov bu safar xitoylik raqibini taslim etdi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 4 aprel kuni Nomzodlar turnirining 6-turida xitoylik Vey Ini mag‘lub etdi.

Jahon reytingida 7- o‘rinda turuvchi Vey I Javohirning oldingi raqiblari singari taslim bo‘lishga majbur bo‘ldi.

Shu tariqa o‘zbekistonlik shaxmatchi turnirdagi beshinchi g‘alabasiga erishdi. U 6 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg‘argan holda peshqadamlikni yanada mustahkamladi.

👉https://kun.uz/96839104

Kun.uz rasmiy kanali
👍13651👏34🔥5
Tramp Eronga 48 soatlik ultimatum qo‘ydi

«Eslang, men kelishuv tuzish yoki Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish uchun Eronga o‘n kun vaqt berganman. Vaqt tugamoqda - ularning boshiga do‘zax kuni tushishiga 48 soat qoldi», - deb yozdi Amerika prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Kun.uz rasmiy kanali
😁123😐17🤯1110👍3🔥3
Naqdga bitmas bitimlar va soliqdan norozi san'atkorlar — hafta dayjesti

⛽️ Naqd pulga benzin yo‘q: kundalik-maishiy tovarlarga bunday cheklov qanchalik to‘g‘ri?

🚙 Avtomobil texpasportiga amal qilish muddati kiritildi: bu nimaga kerak?

🚝 Poezd kechiksa, yo‘lovchiga tovon to‘lanishi mumkin: mas'ullar bunga ko‘nadimi?

Ortda qolayotgan haftaning O‘zbekiston hayotiga oid shu va boshqa muhim mavzulari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
26🤯12👍2🔥2😁1😭1
Cho‘zilayotgan urushlar va NATOdagi bo‘linish | “Geosiyosat”

AQSH–Eron urushining 5-haftasida Amerika yana bir samolyotidan ayrildi. Diplomatik siljish yo‘q, quruqlik operatsiyasi ham mavhum bo‘lib turibdi. Vashingtonda NATOga nisbatan tanqidlar davom etarkan, Medvedev kutilmaganda Yevroittifoqni “NATOdan ham yomonroq” dushman deb ta’rifladi: Moskva YEIning kengayishini endi tahdid deb ko‘rishga o‘tdimi?

Ortda qolgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8😐6👍1
«Real» autsayderga yutqazdi, «Barsa» chempionlikka yaqinlashdi

«Real» qo‘shimcha daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va amalda chempionlik kurashidan chiqdi. «Barsa» va «Atletiko» o‘yinida hakamlik mojarosi.

📹👉 https://kun.uz/75276212

Kun.uz rasmiy kanali
😭1710👍7😁3
Tramp F-15 uchuvchilari qutqarilganini e’lon qildi

AQSh prezidenti mamlakat qurolli kuchlari «AQSh tarixidagi eng dadil qidiruv-qutqaruv amaliyotlaridan biri»ni o‘tkazgani va Eron osmonida urib tushirilgan F-15 qiruvchisi ekipaji a’zosi bo‘lgan amerikalik harbiy qutqarilgani haqida ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/90922986

Kun.uz rasmiy kanali
😐2314😁11🤯4
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Ayanchli YTH 4-aprel kuni Forish tumani hududida sodir bo‘lgan: Nexia haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzib, Cobalt bilan to‘qnashgan. Qurbonlar orasida Xitoy fuqarosi ham bor.

👉 https://kun.uz/63632307

Kun.uz rasmiy kanali
😭3818👍3🤯2
“Kimning qorni og‘rib qolsa, san’atkorga osiladi” - Yulduz Usmonova

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova jurnalistlarga bergan intervyusida xonandalar ham soliq to‘lashi kerakligi haqidagi qaror loyihasiga o‘z munosabatini bildirdi.

U qo‘shiqchilar kosmetologga, kiyinishga pul sarflashi kerakligi, davlat tadbirlaridagi xizmat qilgani uchun esa pul to‘lanmasligidan shikoyat qilgan.

«Nima qilib davlat tadbirlariga bizni qo‘yyapsizlar? Qo‘yinglar, san’atkorlarni qirib yuboringlar. Xatmi Qur’on qilib, aqiqa qilib, o‘zingiz o‘tkazavering», – deya kinoya qiladi Usmonova.


👉 https://kun.uz/91346764

Kun.uz rasmiy kanali
😁136🤯68😐2522😭10👍8🔥6👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand tramvayi - faqat nostalgiya emas, odamlarga nafi tegayotgan tizim

44 yillik tanaffusdan so‘ng, 2017 yilda Samarqandga tramvay qaytdi. Bugun u nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda yagona tramvay tizimi hisoblanadi. Shu jihatdan u oddiy transport emas, balki ramzga aylangan. Biroq bu ramz faqat nostalgiya emas - u har kuni minglab odamlar hayotini yengillashtirayotgan transport vositasidir.

📑 Maqolani Kun.uz'da o‘qish

📹 Videoni YouTube'da ko‘rish
👍4523😁2😭1
Mahachqal’ada suv toshqini tufayli uch qavatli uy quladi

Yana to‘rtta ko‘p kvartirali uy aholisi qulash xavfi tufayli evakuatsiya qilinmoqda.

👉 https://kun.uz/51164411

Kun.uz rasmiy kanali
😭1615👍5😐4
Azov dengizida g‘alla ortilgan yuk kemasi halokatga uchradi

Ikki kishi halok bo‘lgan. TASS ma’lumotiga ko‘ra, kemaga dron hujum qilgan.

👉 https://kun.uz/35231088

Kun.uz rasmiy kanali
😭218👍6😐5👏2
Tramp yana Erondagi ko‘priklar va elektr stansiyalarini bombalash bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Eron rahbariyatiga murojaat qilib, ularni «aqldan ozgan ablahlar» deb atadi hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish yo‘lini ochishni talab qildi.

👉 https://kun.uz/29910826

Kun.uz rasmiy kanali
😁52🤯1712😐5👍2🔥1
«Artemida-2» missiyasi ekipaji Oyga sayohatdan ilk suratlarni namoyish etdi

Fazogirlar Yer va uning yo‘ldoshini, shuningdek, bir-birini kadrlarga muhrlagan.

📸 👉 https://kun.uz/92938353

Kun.uz rasmiy kanali
👍2314🔥6😐6
Sindorov “duranglar qiroli” bilan durang o‘ynadi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov Nomzodlar turnirining 7-turida jahon reytingida 8-o‘rinda turuvchi niderlandiyalik Anish Giri bilan durang o‘ynadi.

Girini “duranglar qiroli” deb atash mumkin. U 2016 yilgi Nomzodlar turnirida 14ta partiyaning barchasini durang bilan yakunlagan.

Sindorov bugungi durang bilan 7 imkoniyatdan 6 ochko jamg‘arib turnir tarixida mutlaq rekordga erishdi. Hali hech bir shaxmatchi Nomzodlar turnirining birinchi davrasidayoq bunday natijaga erishmagan: na Karlsen, na Anand, na Nepomnyashchiy.

👉 https://kun.uz/41539627

Kun.uz rasmiy kanali
92🔥38👍35😁11👏3