Kun.uz | Rasmiy kanal
74.8K subscribers
80.8K photos
11.5K videos
64.1K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Tramp: «Biz jangdamiz. Bolalar va qariyalarga vaqt yo‘q»

AQSh prezidenti Donald Tramp federal hukumat sog‘liqni saqlash sohasi va bolalar bog‘chalariga emas, mudofaani moliyalashtirishga ko‘proq e’tibor qaratishi kerakligi, qolgan ishlar bilan shtatlar rasmiylari shug‘ullanishi lozimligini aytdi.

👉 https://kun.uz/42905995

Kun.uz rasmiy kanali
🤯54😁3911👍3👏3😐2😭2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sindorov Nakamurani ham mag‘lub etdi

Nomzodlar turnirining 5-turida jahonning ikkinchi raqamli shaxmatchisi bo‘lib turgan Hikaru Nakamura oq donalarda o‘ynaganiga qaramay, taslim bo‘ldi. Javohir Sindorov esa besh imkoniyatdan 4,5 ochko jamg‘argan holda peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik shaxmatchi bu g‘alaba evaziga jahon reytingida yana yuqorilab, beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.

👉 https://kun.uz/61722164

Kun.uz rasmiy kanali
👍13937🔥21👏19
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onada mudhish qotillik, O‘shga aviqatnov va xodimga tushirilgan musht – mahalliy dayjest

Avtobus piyodani urib yubordi

Toshkent va O‘sh o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

Farg‘onada mudhish qotillik

Mast haydovchi xodimga musht tushirdi

Kunning shu va boshqa muhim yangiliklari bilan tanishing.

👉 https://kun.uz/47936752

Kun.uz rasmiy kanali
6🔥1
O‘zbekistonda yana yer qimirladi

Soat 21:15 da Afg‘onistonda zilzila qayd etildi. Uning kuchi Toshkent shahri va qator viloyatlarda 2–3 ball ko‘rinishida sezildi.

Bu kun davomidagi ikkinchi bor yer silkinishi bo‘lmoqda. Kunduzi Tojikistondagi zilzila kuchi ham O‘zbekiston hududlarida sezilgandi.

Kun.uz rasmiy kanali
😭3119😐12😁8🤯8🔥2
Qarzini uzolmasdan bankrot bo‘layotgan firmalarga oyoqqa turib olishida yordam beriladi

Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha agentlik tashkil etilmoqda. Agentlik ish o‘rinlari yo‘qotilmasligi uchun kompleks choralar ko‘radi.

Moliyaviy ahvoli og‘ir bizneslarga yangi yordam choralari anons qilindi.

Kun.uz rasmiy kanali
😁3914👏8🤯2👍1😭1
O‘zbekiston xorijiy talabalarni ko‘proq jalb etmoqchi

Prezident huzuridagi taqdimotda oliy ta’lim va ilm-fan bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

O‘zbekiston oliygohlariga xorijiy talabalarni ko‘proq jalb qilish maqsadida har yili 500 nafargacha iqtidorli chet ellikka grant ajratilishi mumkin.

👉 https://kun.uz/63446583

Kun.uz rasmiy kanali
👍117🔥3934👏18😁6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston bilan hukumatlararo komissiya ishini tiklaymiz” – Ukraina TIV o‘rinbosari

-Urush boshlanganidan beri ilk marta Ukraina rasmiysi O‘zbekistonga keldi;

-Ukraina Markaziy Osiyo bilan yaqinlashishga harakat qilmoqda;

-Ukraina TIV o‘rinbosari mamlakati suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llagani uchun O‘zbekiston prezidenti va TIVga minnatdorlik bildirdi;

-Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, Kiyev Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqarma va TIVning Markaziy Osiyo bo‘yicha vakilini tayinlagan.

👉 https://kun.uz/40203709

Kun.uz rasmiy kanali
43👍27😁5🤯2😐1
Harbiy sanoat gigantlari: dunyo reytingi

Jahon qurol-yarog‘ sanoatida yetakchilik hanuz bir nechta yirik korporatsiyalar qo‘lida jamlangan.

SIPRI ma’lumotlariga ko‘ra, Lockheed Martin qurol savdosidan qariyb 65 mlrd dollar tushum bilan birinchi o‘rinni egallagan.

Eng yirik o‘nta kompaniyaning oltitasi AQSH hissasiga to‘g‘ri kelgan.

👉 https://kun.uz/59907112

Kun.uz rasmiy kanali
12👍4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda bank xodimi 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkentda bank xodimi MCHJ rahbaridan 10 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi.

U tanishlari orqali katta pul masalasini hal qilib berishini aytgan.

👉 https://kun.uz/50155777

Kun.uz rasmiy kanali
👍1512👏3
Eron: AQSH Yaqin Sharqda yana bir jangovar samolyotini yo‘qotdi

🇮🇷 Eron harbiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yaqinida AQSHning A-10 jangovar samolyoti urib tushirilganini ma’lum qildi.

🇺🇸 Amerika tomoni hozircha buni rasman tasdiqlagani yo‘q, ammo samolyot qulagani va uchuvchi qutqarilgani haqida xabarlar bor.

👉 https://kun.uz/60162868

Kun.uz rasmiy kanali
👍52👏1914🤯1
Reyting: Xitoy so‘nggi 20 yilda eng ko‘p qayerga sarmoya kiritdi?

Xitoy 2005–2025 yillarda xorijga 1,5 trln dollardan ortiq sarmoya kiritdi.

Eng katta ulush AQShda — 204 mlrd dollar. Keyin Avstraliya, Buyuk Britaniya va Braziliya keladi.

Xitoy sarmoyasi asosan energetika, infratuzilma va logistikaga yo‘naltirilgan. Asosiy investorlar – xususiy emas, davlat kompaniyalari.

👉 https://kun.uz/kr/42493694

Kun.uz rasmiy kanali
15🔥4👏3😐3👍2
Tramp 1,5 trln dollarlik harbiy budjetni talab qildi

🇺🇸 Donald Tramp ma’muriyati 2027 yil uchun 1,5 trillion dollarlik rekord harbiy budjet so‘radi.

Rejaga ko‘ra, xarajatlar keskin oshirilib, mablag‘ning bir qismi ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali qoplanishi mumkin.

👉 https://kun.uz/97138282

Kun.uz rasmiy kanali
😁56🤯229👍2😭2
Tramp FTB direktorini ishdan olish haqida o‘ylamoqda

🇺🇸 Donald Tramp Federal tergov byurosi direktori Kesh Patel va yana bir qator yuqori lavozimli amaldorlarni ishdan bo‘shatish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.

Hozircha qaror qabul qilinmagan, ammo Oq uyda yangi iste’folar muhokama qilinayotgani aytilmoqda.

👉 https://kun.uz/73518591

Kun.uz rasmiy kanali
😁2113🔥4
Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan borib, qochqinlik maqomini olmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik deport qilindi

3-aprel kuni Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi. U qisqa muddatli viza asosida Yaponiyaga kirgach, qochqinlik maqomini olishga ariza bergan, lekin rad etilgandan keyin ham mamlakatda qolishda davom etgan.

Yaponiya elchixonasi xabariga ko‘ra, “qochqinlik maqomini so‘rash orqali Yaponiyada uzoq vaqt qolish yoki ishlash mumkin” degan ma’lumotlar – yolg‘on.

👉 https://kun.uz/93322314

Kun.uz rasmiy kanali
😁2921🤯4😐1
Abu-Dabida portlash: strategik gaz obyekti nishonga olindi

🛑 Yaqin Sharqdagi keskinlik yana bir muhim obyektga ta’sir qildi — Abu-Dabidagi Habshan gaz majmuasida hujumdan keyin yong‘in chiqdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/39118587

Kun.uz rasmiy kanali
17🔥12👍4😐3😁2🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘qonda bank xodimining qotilligi: jinoyat qanday ro‘y bergan?

28 yoshli Sanjar muddatli to‘lovga Onix mashinasi olish uchun bankka borgan. U oilasiga shu kuni yangi mashina bilan uyga qaytishini aytgan edi.

Lekin kredit bo‘limining unga begona xodimi hujjatlarni rasmiylashtirgach, qo‘lida 5700 dollar puli bor yigitni o‘zi bilan allaqayerga olib ketadi...

Shu bilan 4 aprel kuni Katta Farg‘ona kanalida uning jasadi topildi. Kun.uz muxbiri jinoyat tafsilotlarini surishtirdi.

📑 Maqolani Kun.uz'da o‘qish

📹
Videoni YouTube'da ko‘rish
😭4423🤯15👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatida portlash xavfining oldi olindi

🚨 Past Darg‘om tumanida gaz quyish shoxobchasida gaz sizib chiqishi kuzatildi.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli ehtimoliy portlash va yong‘in oldi olindi.

👉 https://kun.uz/83582067

Kun.uz rasmiy kanali
👏58👍2318😁5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Tashabbus yaxshi, lekin loyiha mukammal emas” – artistlarni soliqqa tortish nega tanqidlarga uchrayapti?

Kun.uz xonandalarni soliqqa tortish muhokamalariga minbar hozirladi. Shu mavzudagi birinchi suhbatda qatnashgan Soliq qo‘mitasi vakiliga ko‘ra, taklif etilayotgan tartib qabul qilinishi va ishlab ketishida jamoatchilik qo‘llovi va nazorati katta ahamiyatga ega.

Huquq faoli Abdurahmon Tashanov loyihani chala va takomillashtirishga muhtoj deya baholadi.

📑 Maqolani Kun.uz'da o‘qish

📹
Videoni YouTube'da ko‘rish
24👏7🔥3👍1
Rossiyada naqdsiz to‘lovlarda ommaviy uzilish kuzatildi. Bu VPN'larni bloklashga urinish bilan bog‘lanmoqda

Rossiyada 3 aprel kuni to‘lov tizimlari ishlashida ommaviy uzilishlar ro‘y berdi: kartadan to‘lovlar, pul o‘tkazmalari va naqd pul yechish funksiyalari bir muddat ishlamay qoldi.

Telegram asoschisi Pavel Durov bu uzilishlar mamlakatda VPN'larni bloklashga urinish oqibati bo‘lganini aytmoqda.

Avvalroq bu bog‘liqlik haqida yozgan ayrim mahalliy manbalardagi xabarlar o‘chirilgan.

Kun.uz rasmiy kanali
25😐1
Pokistonda energiya inqirozi: hukumat shoshilinch choralarga o‘tdi

Pokistonda benzin narxi keskin ko‘tarilib ketgani uchun, jamoat transporti vaqtincha bepul qilib qo‘yildi.

Mamlakatda so‘nggi kunlarda benzin 40 foizga, dizel esa salkam 50 foizga qimmatlashib ketgan. Bu – Yaqin Sharqdagi urush tufayli neft ta’minoti uzilishi bilan bog‘liq.

👉 https://kun.uz/22274502

Kun.uz rasmiy kanali
🤯3010🔥5😭2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Maymun yetaklagan odam” - balandparvoz g‘oyalarga aldangan avlod qissasi / 5 daqiqa

Qorong‘u o‘rmondan bir yigit maymunni yetaklab chiqyapti. Yigit o‘ziga ishongan, nigohi kelajakka qaratilgan. U nimanidir boshqarayotgandek. U hayotni o‘z qo‘lida ushlab turganday. Yillar o‘tadi. Bu safar maymun o‘rmonga munkaygan cholni yetaklab borardi. Endi insonning qadamlari ishonchsiz, ko‘zlarda savollar qotib qolgan, javoblar esa yo‘q.

5 daqiqa‘ning navbatdagi sonida Nazar Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi haqida gaplashamiz.

👉 https://kun.uz/59713763

Kun.uz rasmiy kanali
12👏10👍5