Xitoyning taklifi va NATOdagi parchalanish | "Geosiyosat"
🇺🇸🇮🇷 Tramp Tehron otashkesim so‘raganini aytmoqda, ammo Eron tomoni buni rad etyapti, aslida nima gap?
🇨🇳🇵🇰 Xitoy va Pokiston ilgari surayotgan urushni to‘xtatish tashabbusi real siyosiy yechimga aylanishi mumkinmi?
🇪🇺🇺🇦 AQSH prezidenti NATOdan chiqishni jiddiy ko'rib chiqayotganini aytdi. U Yevropaga bosim qilish uchun Ukrainaga yordamni ham to'xtatish bilan tahdid qilyapti.
🌎 Xalqaro maydondagi dolzarb mavzular muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.
📱 Telegram'da ko‘rish
📱 YouTube'da ko‘rish
📱 VKontakte'da ko‘rish
🇺🇸🇮🇷 Tramp Tehron otashkesim so‘raganini aytmoqda, ammo Eron tomoni buni rad etyapti, aslida nima gap?
🇨🇳🇵🇰 Xitoy va Pokiston ilgari surayotgan urushni to‘xtatish tashabbusi real siyosiy yechimga aylanishi mumkinmi?
🇪🇺🇺🇦 AQSH prezidenti NATOdan chiqishni jiddiy ko'rib chiqayotganini aytdi. U Yevropaga bosim qilish uchun Ukrainaga yordamni ham to'xtatish bilan tahdid qilyapti.
🌎 Xalqaro maydondagi dolzarb mavzular muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11😁6🔥2
Pushti masjid, qadimiy port, egizak minoralar va keng assortimentli gastronomiya: sayoxat uchun nega Malayziyani tanlash kerak?
Ushbu mamlakat bir vaqtning o‘zida tropik orollar, tarixiy shaharlar, zamonaviy arxitektura, gastronomiya va ko‘p millatli madaniyat uyg‘unligini jamlagan kam sonli davlatlardan biri hisoblanadi. Aynan shu jihat sayohatchiga bir safar davomida turli xil tajribalar bilan tanishish imkonini beradi.
👉https://kun.uz/68567864
Kun.uz rasmiy kanali

❤13👍2
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
Voqea guvohiga ko‘ra, ko‘p qavatli uyning 1-qavatidagi savdo do‘konlaridan birida asosiy ustun olib tashlangan. Shu sababli uy qulash holatiga kelgan.
Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati holatni tasdiqladi. U uyni taʼmirlash yoki boshqa qurib berish masalasi ko‘rilayotganini bildirdi.
👉 https://kun.uz/70707893

😁27❤10🤯6😭4👍3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oyga yo‘l olgan fazogirlar va Luhanskni «ozod qilgan» Rossiya – kun dayjesti
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan quyidagi voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz:
- NASAning 4 fazogiri insoniyat ilgari bormagan koinot qaʼriga yo‘l oldi;
- Tramp amerikaliklarga Erondagi urush bo‘yicha murojaat qildi;
- Rossiya armiyasi Luhanskni nazoratga olganini bildirdi;
- Indoneziya sohillarida 7,6 magnitudali zilzila yuz berdi.
👉 https://kun.uz/78180585

❤8
Davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasi rejimiga o‘tkazildi
Tibbiy xizmatlar uzluksizligini ta’minlash maqsadida bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash tartibi joriy etiladi.
👉 https://kun.uz/81194801
Kun.uz rasmiy kanali
Tibbiy xizmatlar uzluksizligini ta’minlash maqsadida bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash tartibi joriy etiladi.
👉 https://kun.uz/81194801
Kun.uz rasmiy kanali
👍25❤10😁7
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi «Yunus Rajabiy» mahallasi aholisi 3,5 yildan beri 18 ta daraxt va bolalar sport maydonchasini saqlab qolish uchun kurashmoqda. Hudud 2022 yilda tadbirkorga ofis qurish uchun sotilgan, ammo keyinchalik loyiha kengaytirilib, ko‘ngilochar majmua va avtoturargoh ham qo‘shilgan. Sud 2024 yilda aholi foydasiga qaror chiqargan – chunki qurilish bog‘chadan atigi 3 metr uzoqlikda (norma kamida 50 metr).
Ammo 2026 yil fevralda Bosh prokuratura bu qarorga protest kiritdi. Rejaga ko‘ra, 18 daraxtdan 8 tasi kesilishi, ayrimlari ko‘chirilishi mumkin.
📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING

😭19❤6🔥4🤯4😐2
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Islom sivilizatsiyasi markaziga ko‘chib o‘tdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi markaziy apparati o‘z faoliyatini Islom sivilizatsiyasi Markazi binosida davom ettirmoqda.
Muftiyatning «Hazrati Imom» masjidi oldidagi eski binosida – Fatvo va Haj-umra markazlari, Qur’on va tajvidni o‘rgatish, axborot-tahlil va fuqarolarni qabul qilish bo‘limlari o‘z faoliyatini davom ettiradi.
👉 https://kun.uz/29442032

👍61❤26🔥8👏6
Eronning neft eksportidan daromadi ikki baravar ortdi
Tehron «energetika urushi»da yutmoqda, deb yozadi The Economist.
👉 https://kun.uz/55892677
Kun.uz rasmiy kanali
Tehron «energetika urushi»da yutmoqda, deb yozadi The Economist.
👉 https://kun.uz/55892677
Kun.uz rasmiy kanali
👍57😁36❤11🔥5
Kogonda elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatini ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi
2026 yilda 3,3 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi
Buxoro shahrida yangi ma’muriy markaz tashkil qilinadi
Turizm markazida 5 ta xalqaro brendli mehmonxona quriladi
Viloyatda uzunligi 33,1 kilometr bo‘lgan 7 ta aylanma yo‘l barpo etiladi
Qorovulbozorda 85 million dollarlik loyiha asosida benzin ishlab chiqariladi
👉 https://kun.uz/59568230

👍115🔥50❤37👏17😁1
100 yil oldingi tashabbuslar: jadidlar kambag‘allikka qarshi qanday kurashgan edi?
“Kambag‘allikka qarshi kurash” yangi zamon ixtirosimi? Aslida bundan roppa-rosa bir asr muqaddam Turkiston jadidlari va ularga tayangan mahalliy boy-savdogarlar kambag‘allik ustida bosh qotirgan: jamiyatlar tuzgan, maktablar ochgan, matbuot va nashriyot yo‘lga qo‘ygan, iqtidorli yoshlarni chet elda o‘qitishga harakat qilgan.
👉 https://kun.uz/26825366

❤28👍16😐1
Trampning millatga murojaatidan 5 ta muhim xulosa
U Eron bilan urushni «tez orada» yakunlashni va’da qilgan, ammo aniq muddatni keltirmagan. Ho‘rmuz bo‘g‘ozi uchun esa boshqa mamlakatlar javob berishi, chunki u AQSHga kerak emasligini aytgan.
Tramp harbiy harakatlarni ulkan muvaffaqiyat deb ta’rifladi va urush xarajatlaridan xavotirda bo‘lgan amerikaliklarni vaziyatga xolis baho berishga chaqirdi. New York Times nashri uning Eron bo‘yicha murojaatidan 5 ta muhim xulosani bayon qildi.
👉 https://kun.uz/61772511

😁29❤11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gulistonda kichik evakuatsiya va tibbiyotchilarning 5 kunlik ish haftasi – mahalliy dayjest
Iste’molchilar chiqindini olib ketmagan korxonani antiqa yo‘l bilan jazoladi;
Davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasi rejimiga o‘tkazildi;
Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda;
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sababli unda yashovchilar evakuatsiya qilindi;
«Xalq bilan birga» umummilliy dasturi amalga oshiriladi.
Kunning shu va boshqa muhim yangiliklari bilan tanishing.
👉 https://kun.uz/61959316

❤14🤯2
San’atkorlar daromadiga soliq: dod-voylar qanchalik asosli?
1 sentyabrdan san’atkorlar har bitta to‘y uchun 103 ming so‘mdan 1 mln 236 ming so‘mgacha (ijrochining reytingi va to‘y bo‘layotgan manzilga bog‘liq) soliq to‘lay boshlashi mumkin. Bu yangilik ortidan tarmoqlar “bechora” va “qarzga botgan” san’atkorlarning ohu-nolalariga to‘lib ketdi.
Vaholanki, soliq to‘lash – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy majburiyati. Ko‘plab kasb egalari ertalabdan kechgacha ishlab, 3–4 mln so‘m oylik oladi va 12 foiz soliq to‘laydi, lekin krediti borligini bahona qilib soliq to‘lamaslikni hatto o‘ylab ham ko‘rmaydi.

😁87👍58❤16😭5
Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi
Imomali Rahmon «ekspertlar tahliliga» tayanib, joriy yilda oziq-ovqat narxlari misli ko‘rilmagan darajada o‘sishini aytdi. Bunga «so‘nggi paytlarda dunyoda ro‘y berayotgan voqealar, iqlim o‘zgarishlari va ularning salbiy oqibatlari» sabab bo‘lmoqda, dedi u.
«Suvdan va har bir qarich yerdan oqilona foydalanish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim shartidir», deb ta’kidladi Rahmon.
👉 https://kun.uz/82674879

👏19❤16😁8👍6🔥2😭2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda mast haydovchi ichki ishlar xodimiga musht tushirdi
30 mart kuni Yashnobod tumanida Malibu va Leapmotor mashinalari o‘zaro to‘qnashib ketgan va haydovchilar o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan. So‘ngra Leapmotor haydovchisi 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyat haqida xabar bergan.
Malibu haydovchisi esa murojaatga asosan voqea joyiga yetib borgan xodimlardan biriga musht tushirgan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U spirtli ichimlik ichgani sababli qo‘li ko‘tarilib ketganini aytib, uzr so‘ragan.
👉 https://kun.uz/89406649

😁32❤18😐12🤯9👍6🔥2
Farg‘onada bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi
O‘zbekiston tumanida yashovchi fuqaro 31 mart kuni aksiya doirasidagi avtomashina uchun kredit olish maqsadida Qo‘qon shahridagi banklardan biriga borgan. U o‘sha yerda bankning kredit bo‘limi mutaxassisi A.T bilan janjallashib qolgan va ular o‘zaro gaplashib olish maqsadida yo‘lga chiqib, O‘zbekiston tumani hududiga borgan.
Bank xodimi mashina ichida oshxona pichog‘i bilan mijozning bo‘yin sohasiga bir necha marta zarba berib o‘ldirgan va jasadni Katta Farg‘ona kanaliga tashlab yuborgan.
Ko‘p o‘tmay u qo‘lga olingan. Jasadni esa qidirish ishlari olib borilmoqda.
👉 https://kun.uz/59778948

🤯76❤21👍2👏2😁1
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
31 mart kuni Rossiyaning Qirg‘izistondagi aviabazasida favqulodda hodisa yuz berdi
Su-25 samolyoti mashg‘ulot parvozi vaqtida ikkita o‘quv snaryadini tasodifan tashlab yubordi
Bo‘sh snaryadlar yalanglikka tushdi, qurbonlar va vayronagarchiliklar bo‘lmadi
Rossiya aviabazasi Qirg‘izistonning Chuy viloyati, Kant shahrida joylashgan.
👉 https://kun.uz/79075374

👍25😁22❤12🤯7😭5👏2😐1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mashina sizniki, rulda boshqa odam: jarima balli haqiqiy huquqbuzarga yozilishi uchun nima qilish kerak?
Qoidabuzarlik uchun javobgarlikni boshqa shaxsga o‘tkazish xizmati my.gov.uz portalida ishga tushirildi.
Xizmat portalda so‘rovnomani to‘ldirib, onlayn ariza jo‘natish orqali amalga oshiriladi. Bunda mashinani boshqarish huquqini olgan shaxs mazkur javobgarlikni tasdiqlashi kerak bo‘ladi.
Xizmat uchun 41 200 so‘m, ariza my.gov.uz orqali topshirilsa 37 080 so‘m yig‘im undiriladi. Davlat organlari va yo‘lovchi tashuvchilar uchun o‘z xodimlariga javobgarlikni rasmiylashtirish bepul.
Javobgarlik mashinani ishonchnoma asosida boshqarayotgan shaxsga o‘tkazilmasa, jarima ballari uning egasiga yoziladi.
Qaysi qoidabuzarlikka necha ball berilishi va jarima ballari qanday hisoblanishi bilan tanishing.

😁30❤22😭5
Qrimda An-26 qulashi oqibatida Shimoliy flot aviatsiyasi komandiri halok bo‘lgan
Aleksandr Otroshchenko Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi davrida halok bo‘lgan 14-general bo‘ldi.
👉 https://kun.uz/14677518
Kun.uz rasmiy kanali
Aleksandr Otroshchenko Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi davrida halok bo‘lgan 14-general bo‘ldi.
👉 https://kun.uz/14677518
Kun.uz rasmiy kanali
👍38😐6❤5😁4😭2🔥1👏1
80 mln so‘m talab qilgan bozor rahbari ushlandi
Qashqadaryoda bozor rahbari tadbirkordan 80 mln so‘m talab qilib, 6600 dollar olgan vaqtida ushlandi.
U noqonuniy savdo do‘konini rasmiylashtirib berishni va’da qilgani ma’lum bo‘ldi.
👉 https://kun.uz/92910494

👍16❤11😭2