Kun.uz | Rasmiy kanal
74.9K subscribers
80.8K photos
11.5K videos
64K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda ayol ukol olayotganda vafot etdi

Yangiqo‘rg‘on tumani Birlashgan qishlog‘ida yashovchi 39 yoshli Munojot To‘raboyeva oilaviy shifokor punktida qon ko‘paytiruvchi osma ukol olayotgan payti vafot etdi. Yaqinlari u sog‘lom, tetik bo‘lganini aytmoqda.

Tibbiyot xodimlariga ko‘ra, marhuma unga o‘tgan yili davlat tomonidan bepul berilgan preparatni olib kelgan, dorining yaroqlilik muddati o‘tmagan. O‘limga ekspertiza aniqlik kiritishi kutilyapti.

Kun.uz voqea tafsilotlarini o‘rgandi.

👉 https://kun.uz/59461810

📹 Videoni YouTube'da ko'rish
😭3112🤯7👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda pora bilan ushlangan bosh mutaxassis qochmoqchi bo‘ldi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi tezkor tadbirda 1 500 dollar bilan ushlandi. U qo‘lga olish jarayonida qochishga uringan. Biroq tezkor xodimlar tomonidan ushlab qolingan.

👉https://kun.uz/98770705

Kun.uz rasmiy kanali
😁4511👍10🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda 4 egizak dunyoga keldi

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi Odiljon va Sevara Abdullayevalar oilasida bir yo‘la 4 egizak tug‘ildi. Ular 2 yoshli qizalog‘ini tarbiyalab kelayotgan edi. Endilikda 5 nafar farzandning ota-onasiga aylandi.

🏥 Chaqaloqlar Respublika perinatal markazida muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti orqali dunyoga keldi.

Ayni paytda chaqaloqlar tibbiyot muassasasida xalqaro protokollar asosida parvarishlanmoqda.

Kun.uz rasmiy kanali
👍7448👏20🔥9😭1
“Texpasport”ni har 5 yilda yangilash talabi kiritildi

🚗 O‘zbekistonda avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi guvohnoma endi 5 yil muddatga beriladi. Bu bosh vazir Abdulla Aripov 30-mart kuni imzolagan qarorda belgilandi.

💳 Ma’lumot uchun, amaldagi “texpasport”larda amal qilish muddati ko‘rsatilmagan.

Kun.uz rasmiy kanali
🤯110😭58😁239😐5👍2🔥1
Sardor Mamadaliyev mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi

Xonanda marhum sanʼatkor Sherali Jo‘rayevning bir nechta qo‘shig‘ini meros boshqaruvchisidan ruxsat olmagan holda omma oldida ijro etgan.

Sud Sardor Mamadaliyevga 8 mln 240 ming so‘m jarima qo‘lladi.

“Ushbu harakatim huquqbuzarlik ekanini bilmagandim. Pushaymonman. Boshqa bu holatni takrorlamayman”, degan xonanda suddagi ko‘rsatuvida.


👉 https://kun.uz/42044227

Kun.uz rasmiy kanali
😁107👍1714🤯6👏3😐3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xitoy qanday qilib kollektiv G‘arbni o‘ziga qaram qilib qo‘ydi?

Xitoy – elektromobillar, quyosh panellari, shamol turbinalari va akkumulyatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylandi.

Asrlar davomida texnologik innovatsiyalar o‘chog‘i bo‘lib kelgan G‘arb nega bu poygada ortda qolib ketdi?

📑 Maqolani Kun.uz'da o‘qish

📹
Videoni YouTube'da ko‘rish
16🔥2
Qaysi ilovalar orqali foizsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin?

Hozirda Aliance Pay ilovasi orqali oyiga 10 mln so‘mgacha o‘tkazmalarni komissiyasiz amalga oshirish mumkin.

Hamkor, BRB, Mavrid, Open bank va SelloPay ilovalari 5 mln so‘mgacha komissiyasiz limit beradi.

Davr Mobile ilovasidan 3,5 mln so‘mgacha, Milliy va My Turon ilovalaridan 3 mln so‘mgacha o‘tkazmalarni bepul amalga oshirish mumkin.

👉 https://kun.uz/59195790

Kun.uz rasmiy kanali
👍197🔥1🤯1😐1😭1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQSHga «yo‘q» degan yevropaliklar va Qrimda qulagan harbiy samolyot – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan quyidagi voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz:

- AQSH 2-3 haftada Eronni tark etmoqchi, urush esa davom etmoqda;

- Qrimda Rossiya harbiy samolyoti quladi;

- Yevropaliklar AQSHning ayrim missiyalariga ruxsat bermayapti;

- Bag‘dodda amerikalik jurnalist ayolni o‘g‘irlab ketishdi;

- Suriya prezidenti Ahmad ash-Shar’a Britaniyaga keldi.

👉 https://kun.uz/07572003

Kun.uz rasmiy kanali
7👍3😁2🔥1
Pulli SMS xabarnomalarni unuting!

💳 Uzcard kartangiz bo‘yicha barcha kirim va chiqim xabarnomalari — endi CardXabarBot Telegram-botda!
🔠 Tezkor xabarnomalar va til tanlash imkoniyati.
💳 10 tagacha Uzcard kartasini qo‘shish imkoniyati va xabarnomalar tarixi.
💵 Boshlang‘ich paket atigi oyiga 5 000 so‘m — 250 ta xabarnoma!
Bot faollashtirilganda pulli SMS xabarnomalar avtomatik tarzda o‘chiriladi!

📱 Botga ulanish

Xizmat ko'rsatuvchi - 💸PLUM TECHNOLOGIES AJ

Instagram |Telegram | Sayt

☎️ +998781508855

Reklama
16😁13🔥3👍2
Rubio: AQSh NATO bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqadi

U agar «alyans faqat Yevropaga hujum qilingan taqdirda AQSh uni himoya qilishini nazarda tutib, Vashingtonga zarur paytda harbiy bazalardan foydalanishga ruxsat berilmaydigan tuzilmaga aylansa, bu yaxshi kelishuv hisoblanmasligi»ni ta’kidlagan.

👉 https://kun.uz/34827688

Kun.uz rasmiy kanali
😁365👍4
“Geosiyosat”. Ekspertlarga savol bering

AQSh va Isroil Eron dengiz floti yo‘q qilinganini da’vo qilgan edi, biroq Tehron 87-hujum to‘lqinini aynan dengiz kuchlari orqali boshladi. NATOning ayrim a’zolari AQSh harbiylari uchun havo hududidan foydalanishni chekladi. Trampning alyansga nisbatan munosabati ham keskinlashib bormoqda.

Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturi bugungi sonida siyosiy tahlilchilar Kamoliddin Rabbimov va Hikmatilla Kazakbayev efir davomida tomoshabinlardan kelib tushgan savollarga javob berishadi.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍4🔥1
Qoidabuzarlik uchun kim javobgar bo‘lishini belgilab qo‘yish narxi – 41 ming so‘m

🚙 Mashina egasi mashinasini boshqarish uchun yaqin qarindoshiga yoki ishonchnoma asosida kimgadir bergan bo‘lsa, mashina kelgusida radarga tushgan taqdirda ma’muriy jarima va jarima balli o‘sha shaxsning nomiga yozilishini belgilab qo‘yishi mumkin.

📲 Buning uchun u MyGov portali yoki YHXX ilovasida tegishli xizmatdan foydalanib, mashinani boshqaruvga olayotgan haydovchi haqida ma’lumotlarni kiritadi. O‘sha haydovchi ham tizimga kirib, buni tasdiqlashi kerak.

💰 Xizmat narxi – BHMning 10 foizi, ya’ni 41 200 so‘m deb belgilandi.

Kun.uz rasmiy kanali
😁44😭20👏87🤯7😐5🔥2
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi

Kompensatsiya poyezd tashuvchining aybi bilan kechikkandagina to‘lab beriladi.

Kompensatsiya miqdori quyidagicha:
• 15-30 daqiqa kechikkani uchun yo‘lkira qiymatining 15 foizi miqdorida;
• 31-60 daqiqa kechikkani uchun yo‘lkira qiymatining 25 foizi miqdorida;
• 61-120 daqiqa kechikkani uchun yo‘lkira qiymatining 50 foizi miqdorida;
• 121 daqiqadan ortiq kechikkani uchun yo‘lkira qiymatining 100 foizi miqdorida.

Hozirda faqat “Afrosiyob” poyezdlari uchun amalda bo‘lgan bunday tartib endi mahalliy yo‘nalishlardagi boshqa oddiy va tezyurar poyezdlarga ham tatbiq etiladi.

👉 https://kun.uz/31274752

Kun.uz rasmiy kanali
👍34😁3213👏5🔥3
Portlardagi yong‘inlar. Rossiya Ukraina hujumlaridan qanday zarar ko‘rmoqda?

Bu orqali ukrainlar Rossiya neft qimmatlashidan ortiqcha daromad olishiga to‘sqinlik qilishga urinmoqda.

📸 👉 https://kun.uz/70812127

Kun.uz rasmiy kanali
20👏11🔥4😐4😁3👍1
Abdurahmon Tashanovga qarshi ma’muriy ish sudda tugatildi

Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanovga nisbatan yolg‘on axborot tarqatish ayblovi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan edi.

Tashanovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, ma’muriy ish bugun, 1-aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudida ko‘rib chiqilib, huquqbuzarlik holati yo‘qligi sababli ish tugatilgan.

👉 https://kun.uz/11816307

Kun.uz rasmiy kanali
👏6916😁14👍3🔥1
Google va Meta'dan qanday ma’lumotlar olinadi? Ularni soliqqa tortish mexanizmi aytildi

Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyevning Kun.uz'ga aytishicha, xorijiy IT-kompaniyalardan O‘zbekistondagi faoliyatiga doir moliyaviy ma’lumotlar so‘raladi va shu asosda soliq hisoblanadi.

Xorijiy platformalar mijozlarining shaxsiga oid ma’lumotlar so‘ralmasligi aytildi.

👉 https://kun.uz/18449784

Kun.uz rasmiy kanali
13🔥1😐1
“O‘zbekiston blogerlarni soliqqa tortish masalasida boshlang‘ich bosqichda turibdi” – Jahongir Abdiyev

Blogerlar va ijtimoiy tarmoqlarda faol shaxslar daromadlarini soliqqa tortish masalasi hali muhokama bosqichida turibdi, dedi Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari. Fevral oyida qo‘mita delegatsiyasi bu borada Rossiya tajribasini o‘rganish uchun Moskvaga borib kelgandi.

Abdiyevning aytishicha, hali boshqa davlatlarning ham tajribasi o‘rganilib, eng maquli tanlab olinadi.

👉 https://kun.uz/12744728

Kun.uz rasmiy kanali
👍61😁199🔥8😭6
“Texpasport”ning amal qilish muddati 2026-yil 1-apreldan keyin olingan guvohnomalarga taalluqli bo‘ladi

YHXX bu yangilikni “kuzov va dvigatel singari asosiy agregatlarining mavjudligini inventarizatsiyadan o‘tkazish maqsadi” bilan izohladi.

Vaholanki, muayyan vaqt oralig‘ida o‘tkazib turiladigan majburiy texnik ko‘rik ham xuddi shu maqsadga xizmat qiladi.

👉 https://kun.uz/41811243

Kun.uz rasmiy kanali
😁42🤯2312😭6👍5🔥1
“O‘z ishxonasiga begonalar”: metropoliten xodimlari ish joylariga kiritilmadi

Toshkent metropolitenida xodimlarni ish joylariga kiritish bilan bog‘liq muammo takrorlandi. Xizmat guvohnomalari muddati uzaytirilganiga qaramay, ayrim xodimlar obyektlarga kiritilmagan.

👉 https://kun.uz/24502326

Kun.uz rasmiy kanali
😁41🤯147😐4👍2🔥1
Prezident Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etishga start berdi

Toshkentda 108 gektar maydonda Milliy dendrologiya bog‘i tashkil qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev 1 aprel kuni bog‘ning ilk 5 gektar maydonida manzarali ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etdi.

Davlat rahbari xalqning “Yaxshidan bog‘ qoladi”, “Bir ko‘chat – ming baraka”, “Farzand ko‘rsang, to‘y qilsang, daraxt ek” degan hikmatli so‘zlarini tilga oldi.

Prezident har bir ko‘cha, xonadon, yo‘l bo‘ylariga nihol va gullar, qir-adirlarga daraxt va butalar ekishga chaqirdi.

👉 https://kun.uz/11085211

Kun.uz rasmiy kanali
👍10033🔥32👏15😁4🤯1😐1