Kun.uz | Rasmiy kanal
75K subscribers
80.8K photos
11.5K videos
64K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
O‘zbekistonda 2026 yil boshida qanday avtomobillar sotildi?

2026 yilning dastlabki ikki oyida 57 512 dona avtomobil sotilgan bo‘lib, bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 14,2 foizga ko‘p.

Chevrolet bozorning asosiy qismidagi ulushini saqlab qolmoqda. BYD ilk bor Kia’ni ortda qoldirib, ommaboplik reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi. Elektromobillar ulushi 5,6% dan 8,1% ga o‘sdi.


👉 https://kun.uz/43443607

Kun.uz rasmiy kanali
👏144🔥2👍1😭1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Suv kam yillari ikki chelak suv olishsa ham, bizga ta'sir qiladi" - vazir Qo'shtepa kanali haqida

Kun.uz bilan suhbatlashgan O'zbekiston suv xo'jaligi vaziriga ko'ra, Afg'oniston bilan Qo'shtepa bo'yicha qaysi yilda qancha suv olishni kelishish kerak. Kanal qurilishi davom etmoqda, rejaga muvofiq 2028-yilda qurib bitkazilishi kerak edi, biroq bu kechikyapti. Inshoot qurilganidan keyin suv kam yillar ikki chelak suv olishsa ham, bizga bilinadi. Endi biz taqsimotni kelishishimiz kerak, deydi Shavkat Hamroyev.

📹 INTERVYUNI TO'LIQ TOMOSHA QILING
14👍8🔥2😁2😐2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Insonga o‘xshash yuz ifodasi: Xitoy robototexnikasi yangi bosqichga chiqdi

Xitoyda humanoid robototexnika yangi bosqichga chiqmoqda: endi eʼtibor faqat robotning harakatlanishiga emas, balki uning insonga xos yuz ifodasi va emotsional muloqot qobiliyatiga qaratilyapti.

Yangi giperrealistik robot yuzi va mimikasi bu sohadagi bahslarni yana-da kuchaytirib, mashinalarning ommaviy muvaffaqiyati aynan “insoniy” tashqi ko‘rinishga bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Mutaxassislar fikricha, humanoid robotlarning kelajagi sanoat vazifalarini bajarishdan ko‘ra, odamlar bilan tabiiy va ishonchli muloqot o‘rnata olish qobiliyatiga ko‘proq bog‘liq.

👉 https://kun.uz/17259676

Kun.uz rasmiy kanali
19😁16👍8😐7👏3🔥1
Isroil parlamenti «terrorizm»da ayblangan falastinliklar uchun o‘lim jazosi kiritdi

Knesset deputatlari o‘lim bilan bog‘liq hujumlarda aybdor deb topilgan falastinliklar uchun o‘lim jazosini standart jazo sifatida belgilovchi qonunni qabul qildi.

Isroilning o‘ta o‘ng qanot milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir ilgari surgan qonun – shunga o‘xshash jinoyatlarni sodir etgan yahudiy millatiga mansub isroilliklar uchun taalluqli bo‘lmaydi.

👉 https://kun.uz/20808664

Kun.uz rasmiy kanali
🤯83😭17😐98😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
WSJ: Tramp Ho‘rmuz ochilmasa ham urushni to‘xtatishni istamoqda

Rasmiylarga ko‘ra, AQSh prezidenti Eron floti va raketa zaxiralarini zaiflashtirishga erishishni asosiy maqsadlar sifatida belgilagan, shundan keyin harbiy harakatlarni to‘xtatib, Ho‘rmuz masalasini Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga qoldirishi mumkin.

👉 https://kun.uz/38154633

Kun.uz rasmiy kanali
😁5610👍7👏4🔥1
O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari IV chorakda 40 foizga oshdi

2025-yilning oxirgi choragida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 5 mlrd dollarni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 39,8 foiz o‘sish kuzatildi.

«Pul o‘tkazmalari miqdorining sezilarli o‘sishi asosan Rossiya va Osiyo mintaqasidan jo‘natmalarning ko‘payishi bilan bog‘liq», deyiladi Markaziy bank hisobotida.


👉 https://kun.uz/63345886

Kun.uz rasmiy kanali
16👏9🔥7😁6👍1
Botanika bog‘i hududida velosiped va samokatlar harakatlanishi taqiqlandi

Bu «ko‘plab so‘rovlar» va xavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oshirilgani ma’lum qilindi.

👉 https://kun.uz/94940272

Kun.uz rasmiy kanali
👍58😭2010👏7😁3🤯3😐2
Italiya AQShning Yaqin Sharqqa uchayotgan samolyotlari Sitsiliyaga qo‘nishiga ruxsat bermadi

Manbalarga ko‘ra, Amerika samolyotlari oldindan xabardor qilmasdan Sigonella aviabazasiga qo‘nmoqchi bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/66428571

Kun.uz rasmiy kanali
👍11915👏5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Moskvada 7 yoshli qiz 88 ming dollarni tashlab yubordi

Sochilib ketgan pullarning bir qismini bolalar topib olgan va yoqib yuborishgan, bir qismini qushlar ilib ketgan.

👉 https://kun.uz/11340687

Kun.uz rasmiy kanali
😁68😐5818🤯13😭6👏4👍1
“Oliy rahnamomiz Moskvada emas, Eronda va sog‘-salomat” – O‘zbekistondagi elchi

Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandariy OAV vakillari bilan uchrashuvida oyatulloh Mujtaba Xominaiy matbuotda tarqalgani kabi Moskvada emas, balki Eronda va sog‘-salomat ishini davom ettirayotganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/49024741

Kun.uz rasmiy kanali
👍6018😁9😭1
Donald Tramp Erondagi urush xarajatlarini arablardan undirmoqchi

Prezident Tramp arab davlatlarini Erondagi urush xarajatlarini to‘lashga chaqirishdan manfaatdor, dedi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livit. Bundan tashqari, hukumat Pentagonning o‘q-dori zaxiralarini to‘ldirish uchun Kongressdan 200 mlrd dollar qo‘shimcha mablag‘ so‘ramoqda.

Urush narxi qancha?

Mart oyining boshida rasmiylar yopiq eshituvlarda AQSH Kongressi a’zolariga urushning dastlabki olti kuni 11,3 milliard dollarga tushganini ma’lum qilgandi.

Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, nizoning 12-kuniga kelib bu raqam 16,5 milliard dollarga yetgan.

👉https://kun.uz/18034172

Kun.uz rasmiy kanali
😁8622👍4😐4🤯1
Italiya yana mundialdan qolib ketdi

Italiya Bosniyaga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limdayoq ozchilik bo‘lib qoldi va yakunda penaltilar seriyasida yutqazib qo‘ydi. Daniyaning ham futbol lotereyasida omadi kelmadi. Turkiya esa 24 yillik tanaffusdan keyin yana JChda. Shuningdek, saralash bosqichini o‘ta muvaffaqiyatsiz o‘tkazgan va guruhida oxirgi o‘rinni egallagan Shvetsiya o‘tish bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

👉 https://kun.uz/09685528

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2217👍6😁5🔥2😭2
Yangi uylarning tomi ham bazalt bilan qoplanadi

Qurilish sohasida ekologik talablarni kuchaytirish doirasida, ko‘p kvartirali uylarning tom qismini bazalt bilan qoplash ko‘zda tutilmoqda. Uch oy davomida barcha hududlarda eksperiment o‘tkazilib, shundan so‘ng bu tartib shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka kiritiladi.

“Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi mavjud uylarning tomlari yil oxirigacha bazalt qoplamalari bilan to‘liq qoplanishi belgilandi.

👉 https://kun.uz/37504541

Kun.uz rasmiy kanali
18👍5😁2🤯2
Qaysi ilovalar orqali foizsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin?

Kartadan kartaga o‘tkazmalar har qanday mobil bank yoki fintex ilovaning asosiy funksiyasiga aylanib ulgurdi. Millionlab foydalanuvchilar deyarli har kuni bu xizmatdan foydalanadi: kimdir o‘z hisoblari o‘rtasida, yana kimdir do‘stlariga, oila a’zolariga jo‘natmalarni amalga oshiradi. Qaysi ilovalar orqali o‘tkazmalarni amalga oshirish mumkin?

👉 https://kun.uz/59195790

Kun.uz rasmiy kanali
17👍5😐3🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi

3 kishi o‘z yashash xonadonida qalbaki va sifati kafolatlanmagan tibbiy dori vositalarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.

👉 https://kun.uz/94762490

Kun.uz rasmiy kanali
👏18😐65🔥1🤯1
Aliment qarzi borlar uchun yangi cheklovlar joriy etiladi

O‘zbekistonda aliment to‘lovlarini undirish tizimi yanada qat’iylashtirilib, qarzdorlarga nisbatan yangi cheklovlar joriy etiladi.

Prezident farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-maydan boshlab aliment bo‘yicha qarzi bor shaxslar qarz to‘liq qoplanmaguncha ayrim yirik bitimlarni amalga oshirish va ba’zi moliyaviy hamda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin.

Kun.uz rasmiy kanali
👍23🤯1311🔥1
Iroq JChning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi

Iroq milliy jamoasi qit’alararo pley-offda Boliviyani mag‘lub etib, JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 48 jamoa nomi va guruhlar tarkibi to‘liq aniq bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/35779757

Kun.uz rasmiy kanali
27🔥15👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda ayol ukol olayotganda vafot etdi

Yangiqo‘rg‘on tumani Birlashgan qishlog‘ida yashovchi 39 yoshli Munojot To‘raboyeva oilaviy shifokor punktida qon ko‘paytiruvchi osma ukol olayotgan payti vafot etdi. Yaqinlari u sog‘lom, tetik bo‘lganini aytmoqda.

Tibbiyot xodimlariga ko‘ra, marhuma unga o‘tgan yili davlat tomonidan bepul berilgan preparatni olib kelgan, dorining yaroqlilik muddati o‘tmagan. O‘limga ekspertiza aniqlik kiritishi kutilyapti.

Kun.uz voqea tafsilotlarini o‘rgandi.

👉 https://kun.uz/59461810

📹 Videoni YouTube'da ko'rish
😭3112🤯7👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda pora bilan ushlangan bosh mutaxassis qochmoqchi bo‘ldi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi tezkor tadbirda 1 500 dollar bilan ushlandi. U qo‘lga olish jarayonida qochishga uringan. Biroq tezkor xodimlar tomonidan ushlab qolingan.

👉https://kun.uz/98770705

Kun.uz rasmiy kanali
😁4511👍10🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda 4 egizak dunyoga keldi

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi Odiljon va Sevara Abdullayevalar oilasida bir yo‘la 4 egizak tug‘ildi. Ular 2 yoshli qizalog‘ini tarbiyalab kelayotgan edi. Endilikda 5 nafar farzandning ota-onasiga aylandi.

🏥 Chaqaloqlar Respublika perinatal markazida muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti orqali dunyoga keldi.

Ayni paytda chaqaloqlar tibbiyot muassasasida xalqaro protokollar asosida parvarishlanmoqda.

Kun.uz rasmiy kanali
👍7448👏20🔥9😭1
“Texpasport”ni har 5 yilda yangilash talabi kiritildi

🚗 O‘zbekistonda avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi guvohnoma endi 5 yil muddatga beriladi. Bu bosh vazir Abdulla Aripov 30-mart kuni imzolagan qarorda belgilandi.

💳 Ma’lumot uchun, amaldagi “texpasport”larda amal qilish muddati ko‘rsatilmagan.

Kun.uz rasmiy kanali
🤯110😭58😁239😐5👍2🔥1