Kun.uz | Rasmiy kanal
75K subscribers
80.8K photos
11.4K videos
64K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
2025 yilda O‘zbekistonda real ish haqining o‘sishi tezlashdi

2025 yilda real ish haqining eng yuqori o‘sishi Namangan (13,1 foiz), Sirdaryo (11,5 foiz) va Jizzax viloyatlarida (11,1 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past o‘sish Andijon (2,9 foiz) viloyatida qayd etildi.

👉 https://kun.uz/94768925

Kun.uz rasmiy kanali
😁21👏107👍3😐3🤯1
Toshkentdagi barcha avtomobillarga yil oxirigacha eko-stiker beriladi

🟢🟡🔴 2026-yil yakuniga qadar Toshkent shahridagi barcha avtotransport vositalariga ekologik toifasini tasdiqlovchi stikerlar berilishi kerak. Prezident farmoni bilan, Ichki ishlar vazirligiga shunday vazifa yuklatildi.

🌆🗺 Yil oxirigacha Toshkent shahri hududi “yashil”, “sariq” va “qizil” zonalarga ajratib chiqiladi.

🏭⛽️ Neftni qayta ishlash zavodlari modernizatsiya qilinib, benzin sifati oshiriladi.

👉 https://kun.uz/94509945

Kun.uz rasmiy kanali
👍130🔥4338👏13😐2
Trampga qarshi namoyishlar va Eron atrofida keskinlik | "Geosiyosat"

AQSHda ichki noroziliklar kuchayib borayotgan bir paytda, Vashington Eronga qarshi quruqlik amaliyoti boshlashga jur’at etadimi?

Arab davlatlarini moliyaviy jihatdan jalb etish rejasi ularni rasman urush ishtirokchisiga aylantiradimi? Agar shunday bo‘lsa, Tehron qanday javob qaytaradi?

6-aprelgacha kelishuvga erishish haqida gap ketayotgan paytda, nega mintaqaga harbiylar yuborilmoqda?

Zelenskiyning Saudiyaga tashrifi ortida qanday manfaatlar bor? Kiyev va Riyod o‘rtasidagi yaqinlashuv nimani anglatadi?

Xalqaro maydondagi dolzarb mavzular muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12🔥1
Quruvchilarga yangi ekologik majburiyatlar yuklandi

📹 1-iyundan boshlab qurilish obyektlarida fon monitoring stansiyalari va onlayn kameralar ishlab turishi hamda ular Ekologiya qo‘mitasi bazasiga ulangan bo‘lishi talab etiladi.

📉 Ekologik huquqbuzarlik uchun quruvchining reytingi pasaytiriladi.

🌳 Balandligi 12 metr yoki maydoni 500 kvadratdan ortiq qurilishlarda (hovlilar bundan mustasno) yer maydonining kamida 30 foizi yashil hudud bo‘lishi kerak.

🏙 “Shamol guli” koridorlari inobatga olinmagan loyihalar ekspertizadan o‘tmaydi.

👉 https://kun.uz/79535168

Kun.uz rasmiy kanali
18👍12🔥1👏1
Toshkentda sun’iy yomg‘ir yog‘diriladi - prezident farmoni

Toshkent shahri havosini yaxshilash maqsadida, poytaxt va Toshkent viloyatida namlik past bo‘lgan hududga 2027-yil 1-oktabrgacha sun’iy yomg‘ir yog‘dirish uchun kerakli asbob-uskunalar o‘rnatiladigan bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/70853558

Kun.uz rasmiy kanali
👍5313🔥6👏6🤯6😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Isroilda falastinliklarni kamsituvchi qonun, Ho‘rmuzda yoqib yuborilgan Kuvayt tankeri va Germaniyaga kelgan Ash-Shar’a – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/46542443

Kun.uz rasmiy kanali
9🔥3🤯2😁1😭1
Havo sifati yomonlashganda davlat xizmatchilari uydan ishlashga o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekistonda havo sifati keskin yomonlashib ketgan paytlar uchun harakatlar tartibi (algoritmi) ishlab chiqiladi. Bunda:

🆘 aholini tezkor ogohlantirish;

📢 zaif guruhlarni ko‘chaga chiqmaslikka chorlash;

🙅‍♂️ ommaviy tadbirlarni cheklash;

🎒 ta’lim muassasalarida ochiq havodagi mashg‘ulotlarni bekor qilish;

👨‍💻davlat tashkilotlarida ish rejimini o‘zgartirish yoki masofaviy shaklga o‘tkazish kabi choralar belgilanadi.

Havo ifloslanishi bilan aholi o‘rtasidagi kasallanish holatlari (nafas olish tizimi, yurak-qon tomir tizimi, allergik kasalliklar) o‘rtasidagi bog‘liqlikni ilmiy jihatdan o‘rganish topshirig‘i berildi.

👉 https://kun.uz/12137094

Kun.uz rasmiy kanali
👍3821😁9🔥4👏2
Toshkentda kutilayotgan eko-obyektlar: jamoat parki, sun’iy ko‘llar, dendrologiya bog‘lari va OTMlarda favvoralar

🌳 Toshkent shahar onkologiya shifoxonasi o‘rnida yil oxirigacha yashil jamoat parki tashkil etilishi kerak.

🌊 Bu yil shaharda 4 ta sun’iy ko‘l yoki suv havzalari paydo bo‘lishi ham kutilmoqda.

⛲️ Poytaxtdagi 15 ta OTM hududida favvoralar quriladi.

🌵 Yadro fizikasi instituti va Green University oldidagi maydonlarda dendrologiya bog‘larini tashkil etish ishlari 1-apreldan boshlanishi belgilandi.

👉 https://kun.uz/58483933

Kun.uz rasmiy kanali
👍2116🔥2👏2
O‘zbekistonda 2026 yil boshida qanday avtomobillar sotildi?

2026 yilning dastlabki ikki oyida 57 512 dona avtomobil sotilgan bo‘lib, bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 14,2 foizga ko‘p.

Chevrolet bozorning asosiy qismidagi ulushini saqlab qolmoqda. BYD ilk bor Kia’ni ortda qoldirib, ommaboplik reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi. Elektromobillar ulushi 5,6% dan 8,1% ga o‘sdi.


👉 https://kun.uz/43443607

Kun.uz rasmiy kanali
👏144🔥2👍1😭1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Suv kam yillari ikki chelak suv olishsa ham, bizga ta'sir qiladi" - vazir Qo'shtepa kanali haqida

Kun.uz bilan suhbatlashgan O'zbekiston suv xo'jaligi vaziriga ko'ra, Afg'oniston bilan Qo'shtepa bo'yicha qaysi yilda qancha suv olishni kelishish kerak. Kanal qurilishi davom etmoqda, rejaga muvofiq 2028-yilda qurib bitkazilishi kerak edi, biroq bu kechikyapti. Inshoot qurilganidan keyin suv kam yillar ikki chelak suv olishsa ham, bizga bilinadi. Endi biz taqsimotni kelishishimiz kerak, deydi Shavkat Hamroyev.

📹 INTERVYUNI TO'LIQ TOMOSHA QILING
14👍8🔥2😁2😐2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Insonga o‘xshash yuz ifodasi: Xitoy robototexnikasi yangi bosqichga chiqdi

Xitoyda humanoid robototexnika yangi bosqichga chiqmoqda: endi eʼtibor faqat robotning harakatlanishiga emas, balki uning insonga xos yuz ifodasi va emotsional muloqot qobiliyatiga qaratilyapti.

Yangi giperrealistik robot yuzi va mimikasi bu sohadagi bahslarni yana-da kuchaytirib, mashinalarning ommaviy muvaffaqiyati aynan “insoniy” tashqi ko‘rinishga bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Mutaxassislar fikricha, humanoid robotlarning kelajagi sanoat vazifalarini bajarishdan ko‘ra, odamlar bilan tabiiy va ishonchli muloqot o‘rnata olish qobiliyatiga ko‘proq bog‘liq.

👉 https://kun.uz/17259676

Kun.uz rasmiy kanali
19😁16👍8😐7👏3🔥1
Isroil parlamenti «terrorizm»da ayblangan falastinliklar uchun o‘lim jazosi kiritdi

Knesset deputatlari o‘lim bilan bog‘liq hujumlarda aybdor deb topilgan falastinliklar uchun o‘lim jazosini standart jazo sifatida belgilovchi qonunni qabul qildi.

Isroilning o‘ta o‘ng qanot milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir ilgari surgan qonun – shunga o‘xshash jinoyatlarni sodir etgan yahudiy millatiga mansub isroilliklar uchun taalluqli bo‘lmaydi.

👉 https://kun.uz/20808664

Kun.uz rasmiy kanali
🤯83😭17😐98😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
WSJ: Tramp Ho‘rmuz ochilmasa ham urushni to‘xtatishni istamoqda

Rasmiylarga ko‘ra, AQSh prezidenti Eron floti va raketa zaxiralarini zaiflashtirishga erishishni asosiy maqsadlar sifatida belgilagan, shundan keyin harbiy harakatlarni to‘xtatib, Ho‘rmuz masalasini Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga qoldirishi mumkin.

👉 https://kun.uz/38154633

Kun.uz rasmiy kanali
😁5610👍7👏4🔥1
O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari IV chorakda 40 foizga oshdi

2025-yilning oxirgi choragida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 5 mlrd dollarni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 39,8 foiz o‘sish kuzatildi.

«Pul o‘tkazmalari miqdorining sezilarli o‘sishi asosan Rossiya va Osiyo mintaqasidan jo‘natmalarning ko‘payishi bilan bog‘liq», deyiladi Markaziy bank hisobotida.


👉 https://kun.uz/63345886

Kun.uz rasmiy kanali
16👏9🔥7😁6👍1
Botanika bog‘i hududida velosiped va samokatlar harakatlanishi taqiqlandi

Bu «ko‘plab so‘rovlar» va xavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oshirilgani ma’lum qilindi.

👉 https://kun.uz/94940272

Kun.uz rasmiy kanali
👍58😭2010👏7😁3🤯3😐2
Italiya AQShning Yaqin Sharqqa uchayotgan samolyotlari Sitsiliyaga qo‘nishiga ruxsat bermadi

Manbalarga ko‘ra, Amerika samolyotlari oldindan xabardor qilmasdan Sigonella aviabazasiga qo‘nmoqchi bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/66428571

Kun.uz rasmiy kanali
👍11915👏5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Moskvada 7 yoshli qiz 88 ming dollarni tashlab yubordi

Sochilib ketgan pullarning bir qismini bolalar topib olgan va yoqib yuborishgan, bir qismini qushlar ilib ketgan.

👉 https://kun.uz/11340687

Kun.uz rasmiy kanali
😁68😐5818🤯13😭6👏4👍1
“Oliy rahnamomiz Moskvada emas, Eronda va sog‘-salomat” – O‘zbekistondagi elchi

Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandariy OAV vakillari bilan uchrashuvida oyatulloh Mujtaba Xominaiy matbuotda tarqalgani kabi Moskvada emas, balki Eronda va sog‘-salomat ishini davom ettirayotganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/49024741

Kun.uz rasmiy kanali
👍6018😁9😭1
Donald Tramp Erondagi urush xarajatlarini arablardan undirmoqchi

Prezident Tramp arab davlatlarini Erondagi urush xarajatlarini to‘lashga chaqirishdan manfaatdor, dedi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livit. Bundan tashqari, hukumat Pentagonning o‘q-dori zaxiralarini to‘ldirish uchun Kongressdan 200 mlrd dollar qo‘shimcha mablag‘ so‘ramoqda.

Urush narxi qancha?

Mart oyining boshida rasmiylar yopiq eshituvlarda AQSH Kongressi a’zolariga urushning dastlabki olti kuni 11,3 milliard dollarga tushganini ma’lum qilgandi.

Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, nizoning 12-kuniga kelib bu raqam 16,5 milliard dollarga yetgan.

👉https://kun.uz/18034172

Kun.uz rasmiy kanali
😁8622👍4😐4🤯1
Italiya yana mundialdan qolib ketdi

Italiya Bosniyaga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limdayoq ozchilik bo‘lib qoldi va yakunda penaltilar seriyasida yutqazib qo‘ydi. Daniyaning ham futbol lotereyasida omadi kelmadi. Turkiya esa 24 yillik tanaffusdan keyin yana JChda. Shuningdek, saralash bosqichini o‘ta muvaffaqiyatsiz o‘tkazgan va guruhida oxirgi o‘rinni egallagan Shvetsiya o‘tish bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

👉 https://kun.uz/09685528

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2217👍6😁5🔥2😭2
Yangi uylarning tomi ham bazalt bilan qoplanadi

Qurilish sohasida ekologik talablarni kuchaytirish doirasida, ko‘p kvartirali uylarning tom qismini bazalt bilan qoplash ko‘zda tutilmoqda. Uch oy davomida barcha hududlarda eksperiment o‘tkazilib, shundan so‘ng bu tartib shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka kiritiladi.

“Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi mavjud uylarning tomlari yil oxirigacha bazalt qoplamalari bilan to‘liq qoplanishi belgilandi.

👉 https://kun.uz/37504541

Kun.uz rasmiy kanali
18👍5😁2🤯2