“Robot sotib ol va boyib ket”: O‘zbekistonda navbatdagi moliyaviy piramida ommalashmoqda
FastAI nomi bilan targ‘iboti boshlangan yangi platforma ming dollarga robot sotib olib, 60 kun davomida kunlik 37 dollardan daromad ko‘rishni taklif etmoqda. Go‘yoki, robot unga investitsiya kiritgan inson uchun “ishlaydi”. Biroq na robotni, na u qilayotgan ishni amalda ko‘rish imkonsiz: bu moliyaviy piramidaning “pul tiking va foyda ko‘ring” formulasiga asoslangan navbatdagi firib. Afsuski bu yolg‘onga ham pul kiritayotgan yurtdoshlarimiz talaygina.
👉 https://kun.uz/98888043
Kun.uz rasmiy kanali

😁82😭20❤10👍9🤯6😐1
Shahrisabz tumanida qor ko‘chkisi kuzatildi
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani hududida joylashgan Hisor tog‘ tizmasida yirik qor ko‘chkisi qayd etildi. Hodisa 2026 yil 23 mart kuni taxminan soat 16:25 larda sodir bo‘lgan.
👉 https://kun.uz/99215438

❤17
«Paynet Xolis» kassa apparat o‘rnini bosadimi? Soliq talablari bo‘yicha chalkashliklar yuzaga kelmoqda
Toshkentda faoliyat yurituvchi tadbirkor Kun.uz’ga soliq organlari talablari yuzasidan chalkashlikka duch kelganini ma’lum qildi. Unga avval terminaldan voz kechib, «Paynet Xolis» orqali ishlash tavsiya etilgan bo‘lsa, keyinchalik bu tizim hali test rejimida ekani aytilib, yana kassa apparat talab qilingan. Holat yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi munosabat bildirdi.
👉 https://kun.uz/51095801

❤15👍5😁5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Matematika qiyin emas” – ZuLine loyihasi asoschisi
Oliy toifali pedagog Zulayho Habibullayeva matematik bilimlarni ommalashtirishga qaratilgan “ZuLine – Bilim yoʻlida birga yuramiz” loyihasi asoschisi. U ijtimoiy tarmoqlarda “Matem master” nomi bilan ijod qiladi. O‘z faoliyati davomida yoshlarga bilim berib, ularning matematik tafakkurini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelmoqda. Uning darslari sodda tushuntirish usuli, qiziqarli mashqlar va hayotiy misollar bilan ajralib turadi.
📹VIDEONI TOMOSHA QILING

👍28❤15👏3🔥2
Afg‘onistondan kartoshka ko‘rinishida olib o‘tilayotgan 72 kg gashish fosh qilindi
Termiz tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi yuk mashina chegarada ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Uning yukxonasidagi kartoshkalar orasidan kartoshka ko‘rinishida yasalgan 72 kg gashish topilgan.
Ushbu narkotik modda Rossiyaga olib ketilayotgan bo‘lgan.
👉 https://kun.uz/51254371

😁76❤18🤯9😐5👍3👏3
Hafta issiq bo‘lishi prognoz qilinmoqda
Joriy hafta ayniqsa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari aholisi uchun g‘ayritabiiy issiq kelishi mumkin. 26 mart kunini hisobga olmasa, hududlarda ob-havo quruq va issiq o‘tishi oydinlashyapti. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov haftadagi ob-havo kutilmalari bilan Kun.uz'ning jonli efirida tanishtiradi.
📱 Telegram'da ko‘rish
📱 YouTube'da ko‘rish
📱 VKontakte'da ko‘rish

❤9👍1😐1😭1
AQShning Eron rahbarligi uchun asosiy nomzodi ma’lum qilindi
AQSh prezidenti ma’muriyati Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir G‘olibofni muzokaralar uchun hamkor va hatto mamlakatning yangi rahbari sifatida ko‘rmoqda, deb xabar berdi Politico o‘z manbasiga tayanib.
👉 https://kun.uz/49682517

😁46🤯10👍3❤2
Jahon banki Surxondaryoda yo‘l qurishga 200 mln dollar ajratadi
Bank direktorlar kengashi ma’qullagan loyiha doirasida O‘zbekistonni Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston bilan bog‘laydigan mavjud 2 qatorli trassa 4 qatorli qilib qaytadan quriladi. Natijada bu yo‘ldagi o‘rtacha tezlik 65 dan 90 km/soatgacha oshadi.
200 mln dollarlik paket – multimodal tashuvlar strategiyasini ishlab chiqish va temiryo'l sohasida boshqaruvni yaxshilash yordamini ham o‘z ichiga oladi.
👉 https://kun.uz/75140230

👍38😁23❤18🔥5🤯2
Hafta davomida harorat +30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda
Ish haftasi oxirigacha O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechalari +10…+15, kunduz kunlari +23…+28 daraja, shimolda va cho‘l hududlarda +30…+32 darajagacha isiydi.
👉 https://kun.uz/04426038

🤯13😭10❤9🔥4👍2
Trampning neft narxini qulatgan bayonoti arafasida birjada shubhali bitimlar amalga oshirildi
Neft treyderlari AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan «samarali muzokaralar» haqidagi postni e’lon qilishidan 15 daqiqa oldin bir necha yuz million dollarlik shubhali bitimlarni amalga oshirdi, keyin esa narxlar keskin tushib ketdi, deb yozadi Financial Times.
👉 https://kun.uz/80281839

😁38❤8🤯3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQSh–Eron muzokaralari, Ukrainada davom etayotgan urush va Kolumbiyada qulagan samolyot – kun dayjesti
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.
👉 https://kun.uz/98232517
Kun.uz rasmiy kanali
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.
👉 https://kun.uz/98232517
Kun.uz rasmiy kanali
❤8😁3
Jahon xabarlari
🇪🇺🇦🇺 Yevropa Ittifoqi va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi. Savdo kelishuvidan tashqari, tomonlar mudofaa bo‘yicha ham yangi bitim tuzdi.
🇷🇺 Putin Rossiya iqtisodiyotida pasayish borligini qayd etdi. YaIM yanvar oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga qisqargan.
🇮🇹 Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi. 53,6 foiz saylovchi Meloni hukumati kiritgan taklifga qarshi chiqdi.
🌍 Dunyo bo‘ylab o‘smirlarning 15 foizi ruhiy muammolarga ega ekani aytildi. Ruhiy buzilishlar va psixoaktiv moddalarga ruju qo‘yish tibbiyotning dolzarb muammosiga aylanib bormoqda.

❤28👍3
“Energetik otashkesim” – majburiy chorami yo vaqtdan yutish?
Tramp 5 kunlik “energetik otashkesim” e’lon qildi, lekin voqealarning keyingi rivoji borasida savollar ochiq qolmoqda. AQShning bu urushi bevosita Eron, bilvosita Xitoyga qaratilgani yaqqolroq ko‘rinayotgandek. Xalqaro huquq inqirozi – o‘rta va kichik davlatlar uchun ayniqsa xavotirli.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

❤10👏2
Jizzaxda AES qurilishining beton quyish bosqichiga o‘tildi
“O‘zatom” va “Rosatom” rahbarlari O‘zbekistonda birinchi AESni qurish bo‘yicha yana ikkita hujjatni imzoladi.
Forish tumanidagi qurilish maydonchasida yadroviy energoblok uchun beton quyish ishlari boshlandi. “Hal qiluvchi qadamni qo‘ydik”, dedi Azim Ahmadxo‘jayev.
Ma’lum bo‘lishicha, tanlangan maydonda AES qurish uchun regulyator ruxsati ham olingan.
👉 https://kun.uz/93021163

😐39❤16🤯14👍13😁3
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
Prezidentlar O‘zbekistonda boshlangan AES qurilishi, Yaqin Sharq va Ukrainadagi urushlar hamda boshqa masalalarni muhokama qildi.
👉 https://kun.uz/83490512
Kun.uz rasmiy kanali
Prezidentlar O‘zbekistonda boshlangan AES qurilishi, Yaqin Sharq va Ukrainadagi urushlar hamda boshqa masalalarni muhokama qildi.
👉 https://kun.uz/83490512
Kun.uz rasmiy kanali
👍116🔥39❤23😐22👏18🤯1
Eron bilan urushning to‘rtinchi haftasi. Hozircha g‘olib yo‘q
Buyog‘iga nima bo‘ladi? Quruqlik amaliyoti yoki muzokaralar?
👉 https://kun.uz/95740455
Kun.uz rasmiy kanali
Buyog‘iga nima bo‘ladi? Quruqlik amaliyoti yoki muzokaralar?
👉 https://kun.uz/95740455
Kun.uz rasmiy kanali
❤24🔥3
O‘zbekistonda go‘sht yana qimmatlasha boshladi. Bunga logistikadagi muammolar sababmi?
Oxirgi haftada 1 kg mol go‘shtining ulgurji minimal narxi 7 foizga ko‘tarildi. Bu ta’minot zanjiridagi uzilishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Xususan, Rossiyaning bir qator hududlarida qoramollar orasida xavfli infeksiya tarqaldi. Natijada Qozog‘iston hukumati ushbu mamlakatdan tirik chorva, go‘sht mahsulotlari, shuningdek, issiqlik ishlovi berilmagan ozuqa va yem qo‘shimchalarini olib kirish hamda tranzit qilishni to‘xtatdi.
Bundan tashqari, Kobul va rasmiy Islomobod o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyat fonida Pokistondan Afg‘oniston orqali go‘sht kirib kelishida ham muammolar kuzatilayotgan bo‘lishi mumkin.
👉 https://kun.uz/34227497

🤯15❤11😭9👍3😐2
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda barpo etilayotgan stadionni ko‘zdan kechirdi
55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan Yangi Toshkent stadioni 6 qavatli bo‘ladi, o‘ndan ortiq eskalator o‘rnatiladi. Hududda yana qo‘shimcha 3 ta mashg‘ulot maydoni bo‘ladi. Stadion yaqinida metro bekati barpo etiladi, 5,5 ming o‘rinli avtoturargoh quriladi.
👉 https://kun.uz/35336029

👍105❤36🔥31👏16😭5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Urgutda maktab o‘quvchisi Gentra'da 5 yashar qizchani urib ketdi
Ruldagi 11-sinf o‘quvchisi hodisadan keyin voqea joyidan qochib ketgan. Samarqand viloyat YHXBga ko‘ra, holat 22 mart kuni Urgut tumanidagi Chorchinor mahallasida ro‘y bergan. Yigit tezlikni me’yoridan oshirib, do‘kondan qaytayotgan yosh qizni urib ketgan. Qiz shifoxonada, ahvoli yaxshi.

🤯44❤20👍6😭5