Kun.uz | Rasmiy kanal
74.8K subscribers
80.8K photos
11.5K videos
64.1K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Eng baxtli mamlakatlar ma’lum qilindi

20 martda nishonlanadigan Xalqaro baxt kuniga bag‘ishlab har yilgi hisobotlar e’lon qilindi. Dunyoda eng baxtli odamlar qayerda yashaydi?

👉 https://kun.uz/52791068

Kun.uz rasmiy kanali
👍11😭53😐3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Islom moliyasida xayr-baraka bor, chunki u Alloh taoloning inoyati” – Hasan Qodirov

Islomiy moliyaning mohiyati nimada? Boshqa moliya turlaridan uni nima ajratib turadi? Nega hatto G‘arb mamlakatlari uni o‘zida joriy qilyapti? Banklar qoshida tashkil qilinadigan shariat kengashlari uchun O‘zbekistonda kadrlar yetarlimi? Mazkur savollarga Kun.uz`ning “Islom moliyasi darslari” ruknining navbatdagi sonida Siroj Solih jome masjidi imom-xatibi Hasan Qodirov javob beradi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
26👍3🔥3😁1
Chet el sayohatiga chiqayotgan o‘zbekistonliklar soni o‘sishi sekinlashdi

2026-yilning dastlabki ikki oyida 1 mln 82 ming nafar o‘zbekistonlik sayohat maqsadida xorijga chiqdi. Bu – o‘tgan yilning mos davridan 49,3 ming kishiga yoki 4,8 foizga ko‘p. Taqqoslash uchun, 2025-yil yanvar-fevral oylarida o‘sish 21,4 foiz bo‘lgandi.

👉 https://kun.uz/10516734

Kun.uz rasmiy kanali
👍1610🤯3😐1
Turkiyada o‘zbekistonlik ayolga hujum qilindi: ikki erkak ushlandi

Turkiyaning Bodrum shahrida 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoyat sodir etganlikda gumonlangan ikki nafar erkak qo‘lga olindi.

👉 https://kun.uz/68362786

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2110👍8🔥1
Putinni tanqid qilgan Z-bloger ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi

Navalniy ustidan arizalar yozib kelgan kremlparast bloger kutilmaganda Putinni qattiq tanqid qildi va Ukrainadagi urushni “berk ko‘cha” deb atadi. Shundan so‘ng, OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Ilya Remeslo ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

👉 https://kun.uz/58657017

Kun.uz rasmiy kanali
😁109🤯198👍2
Toshkentda sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha forum o‘tkaziladi

2026 yil sentabr oyida Toshkent shahrida sun’iy intellekt etikasiga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlar forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

👉 https://kun.uz/76358493

Kun.uz rasmiy kanali
👍13😁122🤯2🔥1
Tramp Eronga eng yirik gaz konini yo‘q qilish bilan tahdid soldi

AQSh prezidenti Eron Qatarga hujumlarni davom ettirsa, “Janubiy Pars” gaz konini yo‘q qilish bilan tahdid qildi. Tramp va’da berishicha, agar Tehron o‘z zarbalaridan voz kechsa, Isroil bu konni boshqa bombardimon qilmaydi.

👉 https://kun.uz/13205788

Kun.uz rasmiy kanali
😁4411👍6🤯2😐2
Yaponlar dunyodagi eng xunuk deb nomlangan samolyotni qurdi

Samolyot harbiy aviatsiyaning an’anaviy ko‘rinishidan tubdan ajralib turadigan ulkan qavariq burun aylanasiga ega.

👉 https://kun.uz/74612557

Kun.uz rasmiy kanali
😁557🔥6😐2
Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari e’lon qilindi

Markaz har kuni soat 09:00 dan 22:00 gacha, dam olish kunlarisiz ishlaydi. Chiptalar toifalarga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston fuqarolari, xorijiy mehmonlar va bolalar uchun alohida narxlar belgilangan.

👉 https://kun.uz/09315462

Kun.uz rasmiy kanali
👍109🔥2923🤯20👏11😐11😁5
Mashhur aktyor Chak Norris vafot etdi

U 40dan ortiq film va seriallarda suratga tushgan bo‘lib, “Jasur Uoker: Texascha adolat” seriali va mashhur aktyor Bryus Lining "Ajdarho yo‘li" filmida ijro etgan roli orqali tanilgandi.

👉 https://kun.uz/18156883

Kun.uz rasmiy kanali
😭5012👍8
Eron urushi va NATO ichidagi darz ketish: AQSh yakkalanmoqda

Tramp va Netanyahu Eronga urush ochganiga 20 kundan oshdi, lekin urush hali tugaydiganga o‘xshamaydi. Bugun AQSh oldida biri-biridan og‘ir ikkita variant turibdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
36👏7👍3😭1
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti

Bayram arafasida tantanali ochilishlar: Toshkent va Samarqandda diniy majmualar, Olmaliqda esa $2,7 milliardlik fabrika ish boshladi. Notariusdagi naqd oldi-berdilar bankka ko‘chadi: uy va avtomobil sotuvlarining yangi tartibi belgilandi. Tadbirkorning bo‘yniga peshlavha “solig‘i”: Toshkentda “qonuniy, lekin adolatsiz” buzishlar yana avj oldi.

Ortda qolayotgan haftaning shu va boshqa muhim voqealari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
13👍2
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabrikladi

«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev butun O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan samimiy tabrikladi.

👉 https://kun.uz/32994286

Kun.uz rasmiy kanali
👍4631👏18🔥4😭2🤯1
Shavkat Mirziyoyev xalqni birdamlik va bunyodkorlikka chaqirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navro‘z tantanalarida butun xalqqa murojaat qilib, yurtdoshlarni birdamlik, ahillik va bunyodkorlik ruhida yashashga da’vat etdi.

👉 https://kun.uz/77272601

Kun.uz rasmiy kanali
👍5828👏5😐3
Tramp NATOni “qog‘oz yo‘lbars” deb atadi

AQSh prezidenti Xo‘rmuz bo‘g‘ozidagi ehtimoliy harbiy operatsiyaga qo‘shilmagani uchun alyans a’zolarini qo‘rqoqlar dedi.

👉 https://kun.uz/01119990

Kun.uz rasmiy kanali
😁7011😐4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Tashabbusli budjet» g‘oliblari e’lon qilindi

2 mingga yaqin mahallada bayramlar bayramlarga ulanyapti: 20-mart oqshomida “Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lgan ko‘plab mahallalar o‘z yutug‘ini mushakbozlik va o‘yin-kulgi bilan nishonladi. Ular orasida bayram kechasiga alohida tayyorgarlik ko‘rib, sharlar, tort va ertak qahramonlarini tayyorlab qo‘yganlari ham bor.

Eng ko‘p ovozni Ko‘kdala tumanidan qo‘yilgan loyiha to‘plagan – 13 386 ta. Eng ko‘p ovoz to‘plagan top-10likdagi loyihalarning oltitasi Xorazmning Qo‘shko‘pir, uchtasi Samarqandning Oqdaryo tumanidan. Bu esa ushbu hududlarda raqobat ancha kuchli bo‘lganini anglatadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi bir mahallaga ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish tashabbusi esa esa eng kam – atigi 58 ta ovoz bilan g‘alaba qozongan.

Joriy mavsumda 10 milliondan ortiq o‘zbekistonlik o‘z ovozi bilan mahalliy budjetlarning jami 3 trillion so‘m mablag‘ini taqsimlab berdi.

👉 https://kun.uz/78410581

Kun.uz rasmiy kanali
😁2810😭7👍3
Superliga. «Neftchi» yo‘qotishsiz bormoqda, «Buxoro» peshqadamni quvyapti

O‘zbekiston Superligasida 4-tur o‘yinlari o‘tkazildi. «Neftchi» mavsumda birinchi marta gol o‘tkazdi, ammo g‘alabali qadamini davom ettirdi. «Navbahor» va «Nasaf» so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchradi. Jizzaxda 6 ta gol urilgan o‘yinda «Paxtakor» uch ochkoni qo‘lga kiritdi. OKMK birinchi marta g‘alaba qozondi, bosh murabbiy Mirjalol Qosimov mobil o‘yinlar tufayli futbolchilarda ishtiyoq pasayib ketganini aytdi.

👉 https://kun.uz/88064192

Kun.uz rasmiy kanali
10👍3👏2😁1🤯1
Trampning navbatdagi nishoni: «Kubani egallash»

Uch haftadan buyon Eron bilan urishayotgan va Venesuelani nazoratda ushlab turgan AQSh prezidenti yana bir davlatga harbiy aralashuv haqida signal bermoqda.

16 mart kuni Oval kabinetda jurnalistlar bilan suhbatlashgan AQSh prezidenti Donald Tramp «Kubani egallash sharafiga muyassar bo‘laman, deb ishonaman», dedi. Jurnalist aniqlik kiritishni so‘raganida u: «ha, Kubani qaysidir ko‘rinishda egallash», deb qo‘shimcha qildi.

«Kubani egallash. Demoqchimanki, uni ozod qilamanmi yoki bosib olamanmi — ochig‘ini aytganda, u bilan nima xohlasam shuni qila olaman, deb o‘ylayman», dedi AQSh yetakchisi.


👉 https://kun.uz/47390880

Kun.uz rasmiy kanali
🤯39😁1815😐9😭3
O‘zbekistonda havo harorati 28 darajagacha ko‘tarilishi mumkin

O‘zbekiston hududi iliq va nam havo massalari ta’sirida bo‘lib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu bilan birga, kunduzi havo harorati 25–28 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

👉 https://kun.uz/81691119

Kun.uz rasmiy kanali
18😐9👏4😭2
Eronni qoralagan musulmon davlatlari va cho‘zilayotgan urush | "Geosiyosat"

Turkiya, Ozarboyjon, Pokiston va 9 ta arab davlati Ar-Riyoddagi sammitda Eronning qo‘shni mamlakatlarga zarbalarini qoralab, qo‘shma bayonot e’lon qildi. Pentagon Kongressdan yana 200 mlrd so‘radi. Bir vaqtlar keskin ritorika bilan tanilgan Larijoniy endi murosa uchun eng maqbul arboblardan biri bo‘lgani aytilmoqda.

Ortda qolgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20👍7
Navro‘z konsertida Amir Temur haqida kompozitsiya qo‘yildi

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan konsert dasturidan Amir Temur saltanatiga oid sahna asari ham o‘rin oldi.

“Konigilda to‘y” nomli kompozitsiyada Temur saltanatining ulkan bayrog‘i dronda hilpirab o‘tdi, buni davlat rahbari ham turib olqishladi.

👉 https://kun.uz/86308814

Kun.uz rasmiy kanali
👍6228🔥9🤯6😭1