Kun.uz | Rasmiy kanal
74.8K subscribers
80.8K photos
11.5K videos
64.1K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
«Keyingisi kim?» – Eronda hukumatga aloqador kishilar xavotirga tushib qolgan

The Wall Street Journal jurnalistlari «Mossad» agentlari Eron hukumati vakillari va xavfsizlik kuchlari qo‘mondonlariga qo‘ng‘iroq qilib, qanday qo‘rqitayotgani haqida hikoya qildi.

👉 https://kun.uz/96301949

Kun.uz rasmiy kanali
9😁4👍3
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyev IIVda so‘roq qilinmoqda

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev Ichki ishlar vazirligida so‘roq qilinmoqda. U ayrim jinoiy ishlar doirasida guvoh sifatida jalb etilgani ma’lum qilinmoqda.

👉 https://kun.uz/85671202

Kun.uz rasmiy kanali
😁2212🤯5
G‘irromchi sug‘urta kompaniyasi va basketbol afsonasining mardligi

1993 yil, aprel. Milliy basketbol assotsiatsiyasi muntazam ligasidagi navbatdagi o‘yini bo‘lib o‘tmoqda. Tanaffus paytida qiziqarli tanlov o‘tkazadi. Unga ko‘ra, xohlovchilar maydon chetidan to‘p irg‘itib, narigi tomondagi savatchaga tushirishi kerak edi. Bir yigit shu ishni uddalaydi. Biroq yutuqni to‘lashi lozim bo‘lgan sug‘urta kompaniyasi g‘irromlik qiladi va pullarini berishdan bosh tortadi. Oxir oqibat yigitga yutuqni “Chicago bulls” jamoasi to‘lab beradi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
17👍11👏3🔥1
Urush: Amerika Eronda demokratiya bo‘lishini istamaydimi?

Tramp va Netanyahu boshlagan urush cho‘zilgan sayin konspirologik qarashlar ko‘paymoqda.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
👍87
Kiyev Hindistondan qo‘lga olingan ukrainaliklarni ozod etishni so‘ramoqda

13 mart kuni olti nafar Ukraina fuqarosi Hindiston va Myanma chegarasini noqonuniy kesib o‘tish, Yevropadan Hindiston orqali Myanmaga katta partiyada dronlarni noqonuniy olib kirish va xuntaga qarshi kuchlarga drondan foydalanishni o‘rgatishda ayblanib qo‘lga olingan.

👉 https://kun.uz/97047841

Kun.uz rasmiy kanali
12👏7👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda Ramazon hayiti kuni ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan 20 mart kuni soat 00:00 dan 9:00 gacha ayrim ko‘chalarda avtotransport harakati cheklanadi.

👉 https://kun.uz/66869239

Kun.uz rasmiy kanali
👍136😭6
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Davlat rahbari o‘zbekistonliklarni Iyd al-Fitr bayrami bilan muborakbod etib, barchaga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlarga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tiladi.

👉 https://kun.uz/28026457

Kun.uz rasmiy kanali
👍15442🔥41👏27😭2
Jahon qurol savdosi: asosiy eksportchilar kimlar?

Jahon qurol savdosi nisbatan kam sonli davlatlar qo‘lida jamlangan bo‘lib, Amerika Qo‘shma Shtatlari barcha boshqa yetkazib beruvchilardan ancha ilgarilab ketgan.

👉 https://kun.uz/63604928

Kun.uz rasmiy kanali
10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vayronalar ichra yorug‘lik sari – Kun.uz uchun G‘azodan maxsus reportaj

G‘azolik jurnalist Motaz Tabasi Kun.uz uchun tayyorlagan reportajida vayronaga aylantirilgan Xon Yunusda faollar tomonidan tashkil qilingan harakat – ikki yil davomida ta’limdan mosuvo bo‘lgan bolalarga asosiy fanlardan ta’lim berish uchun palatkalarda tashkil qilingan ta’lim jarayoni haqida so‘z yuritadi.

👉 https://kun.uz/31332074

Kun.uz rasmiy kanali
30👍16👏4🔥1😭1
Isroil dunyodagi eng yirik gaz koniga zarba berdi. Gaz narxi ko‘tarilib ketdi

Eron esa bunga javoban Qatarga hujum qildi – suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik klaster zarba ostida qoldi.

👉 https://kun.uz/23810771

Kun.uz rasmiy kanali
🤯4113👍3
Eron Xayfadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berdi

Eron Isroil shimolidagi Xayfa shahri bo‘ylab raketa uchirdi.

👉 https://kun.uz/61696798

Kun.uz rasmiy kanali
🔥53👍418👏4😁2🤯2
2026 yilda dunyodagi eng go‘zal joylar e’lon qilindi

Ispaniyadagi Pikos-de-Yevropa tog‘ tizmasi dunyoning eng go‘zal joyi deb topildi. Ro‘yxatda Samarqanddagi Registon maydoni ham bor.

👉 https://kun.uz/84906528

Kun.uz rasmiy kanali
37👏18👍3🔥3
Eron urush boshlanganidan beri birinchi marta Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotiga zarba berdi

F-35 aviabazaga muvaffaqiyatli qo‘ndi, hodisa bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

👉 https://kun.uz/49221548

Kun.uz rasmiy kanali
👍6116😁7😭3😐2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Zo’ravon va pedofillarga qarshi urush e’lon qildik” - administratsiya rahbari o’rinbosari

Kun.uz bilan suhbatlashgan Nodira Hakimovaga ko’ra, ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo’ravonlik, erta tug’ruq va shu kabi statistikalarda salbiy o’sish qayd etilmoqda. Prezident farmoni bilan zo’ravon va pedofillarga qarshi urush e’lon qilindi, deydi administratsiya rahbari o’rinbosari.

📹 SUHBATNI TO’LIQ TOMOSHA QILING
👍3217😁11🔥6🤯1
Kun.uz yurtdoshlarimizni muborak Ramazon Hayiti bilan samimiy tabriklaydi!

Yurtimizga tinchlik va xotirjamlik, xonadonlarimizga fayzu baraka yor bo‘lsin. Har bir insonning qilgan mehnatiga, kasbiga baraka kirsin, barcha ezgu niyatlari ushalsin.

Mehr-oqibat, bag‘rikenglik va saxovat kabi ulug‘ fazilatlar qalblarimizda yanada mustahkamlansin.

Barchangizga sog‘lik-salomatlik, oilangizga baxt-saodat tilaymiz.

Kun.uz rasmiy kanali
77👍14🔥9
O‘zbekistonda 2025 yilda 48 nafar erkak 70 yoshdan keyin ota bo‘ldi

2025 yilda O‘zbekistonda jami 879 599 ta tug‘ilish qayd etildi. Shu tug‘ilishlar orasida 70 yoshdan oshgan 48 nafar erkakning ota bo‘lgani qayd etilgan.

👉 https://kun.uz/47380167

Kun.uz rasmiy kanali
👏60😁3210👍4🤯1
Neft gigantlari: dunyodagi eng yirik xom neft qazib oluvchilar

2025 yilda AQSh boshqa har qanday mamlakatga qaraganda ancha katta farq bilan ko‘proq xom neft qazib oldi.

👉 https://kun.uz/12100398

Kun.uz rasmiy kanali
🔥98
Tramp: Yaqin Sharqqa qo‘shin yuborishni rejalashtirmayapman

“Men hech qayerga qo‘shin yubormayapman”, - dedi Donald Tramp Eron bilan urush tufayli Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy kontingent yuborish yoki yubormasligi haqidagi savolga javoban. Bundan avval Reuters harbiy operatsiyani kengaytirish rejalari haqida xabar bergan edi.

👉 https://kun.uz/40654269

Kun.uz rasmiy kanali
😁4413👍4😐1
Imom Buxoriy masjid-majmuasida ilk hayit namozi o‘qildi

Samarqand viloyati Payariq tumanida, qayta qurilgan Imom Buxoriy majmuasidagi 10 ming kishilik yangi masjidda ilk hayit namozi o‘qildi.

Unda muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar boshchiligida O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan ulamolar, bosh imom-xatiblar, nuroniylar va bir necha ming kishilik jamoat ishtirok etdi.

👉 https://kun.uz/69825786

Kun.uz rasmiy kanali
👍19868🔥52👏13😭3