Kun.uz | Rasmiy kanal
74.8K subscribers
80.8K photos
11.5K videos
64.1K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi bayram kunlari ziyoratchilar uchun ochiq bo‘ladi

Guruh bo‘lib markazga kirish o‘zbekistonlik uchun 60 ming so‘mni tashkil qiladi. Bunda tashrif davomiyligi 2 soat etib belgilangan. Markazga individual tashrifni xohlaydiganlar 120 ming so‘m to‘lashi kerak bo‘ladi. Bunda tashrifni kun davomida amalga oshirish mumkin, vaqt bo‘yicha cheklov yo‘q.

Kun.uz rasmiy kanali
25👍19🤯18😁9🔥5😐5😭1
“Urush sabab arablarning Markaziy Osiyoga investitsiyalari kamayadi” – amerikalik tahlilchi

Vashingtondagi Xalqaro soliq va investitsiya markazi direktoriga ko‘ra, urushdan avvalo Markaziy Osiyo davlatlari ichida Tojikiston va Turkmaniston zarar ko‘rmoqda. Chunki ikki davlat Tehrondan oziq-ovqat mahsulotlari olib kelardi. Umumiy miqyosda esa endi mintaqaga arablarning investitsiyalari kamayishi kutiladi, chunki ko‘rfaz davlatlari yaqin yillarda o‘ziga ko‘proq xarajat qiladi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
9👍3😁3
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

Samarqand shahridagi Hazrati Hizr majmuasida mamlakat birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi.

👉 https://kun.uz/70860354

Kun.uz rasmiy kanali
👍167🔥2923👏5🤯5😐2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eng yirik gaz koniga hujum qilgan Isroil, yakunlanayotgan Ramazon va Eronga qo‘shin kiritishni o‘ylayotgan Tramp – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/48886864

Kun.uz rasmiy kanali
5
Davlat idoralarida qog‘oz sarfi uchun cheklov joriy qilinadi

2026 yil 1 maydan boshlab keyingi 5 yil davomida davlat tashkilotlarida qog‘oz, printer va shunga o‘xshash jihozlar xarajatlari har yili 15 foizga kamaytirib boriladi. Printerlardan markazlashgan holda umumiy foydalaniladi. Bunda har 20 nafar xodim uchun 1 dona qurilma ajratiladi.

👉 https://kun.uz/14461588

Kun.uz rasmiy kanali
😁51👍3111👏8🔥6🤯4
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida qayta bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasida amalga oshirilgan qurilish ishlari va ziyoratchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

👉 https://kun.uz/78049925

Kun.uz rasmiy kanali
👍142🔥3919😐3
«Keyingisi kim?» – Eronda hukumatga aloqador kishilar xavotirga tushib qolgan

The Wall Street Journal jurnalistlari «Mossad» agentlari Eron hukumati vakillari va xavfsizlik kuchlari qo‘mondonlariga qo‘ng‘iroq qilib, qanday qo‘rqitayotgani haqida hikoya qildi.

👉 https://kun.uz/96301949

Kun.uz rasmiy kanali
9😁4👍3
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyev IIVda so‘roq qilinmoqda

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev Ichki ishlar vazirligida so‘roq qilinmoqda. U ayrim jinoiy ishlar doirasida guvoh sifatida jalb etilgani ma’lum qilinmoqda.

👉 https://kun.uz/85671202

Kun.uz rasmiy kanali
😁2212🤯5
G‘irromchi sug‘urta kompaniyasi va basketbol afsonasining mardligi

1993 yil, aprel. Milliy basketbol assotsiatsiyasi muntazam ligasidagi navbatdagi o‘yini bo‘lib o‘tmoqda. Tanaffus paytida qiziqarli tanlov o‘tkazadi. Unga ko‘ra, xohlovchilar maydon chetidan to‘p irg‘itib, narigi tomondagi savatchaga tushirishi kerak edi. Bir yigit shu ishni uddalaydi. Biroq yutuqni to‘lashi lozim bo‘lgan sug‘urta kompaniyasi g‘irromlik qiladi va pullarini berishdan bosh tortadi. Oxir oqibat yigitga yutuqni “Chicago bulls” jamoasi to‘lab beradi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
17👍11👏3🔥1
Urush: Amerika Eronda demokratiya bo‘lishini istamaydimi?

Tramp va Netanyahu boshlagan urush cho‘zilgan sayin konspirologik qarashlar ko‘paymoqda.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
👍87
Kiyev Hindistondan qo‘lga olingan ukrainaliklarni ozod etishni so‘ramoqda

13 mart kuni olti nafar Ukraina fuqarosi Hindiston va Myanma chegarasini noqonuniy kesib o‘tish, Yevropadan Hindiston orqali Myanmaga katta partiyada dronlarni noqonuniy olib kirish va xuntaga qarshi kuchlarga drondan foydalanishni o‘rgatishda ayblanib qo‘lga olingan.

👉 https://kun.uz/97047841

Kun.uz rasmiy kanali
12👏7👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda Ramazon hayiti kuni ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan 20 mart kuni soat 00:00 dan 9:00 gacha ayrim ko‘chalarda avtotransport harakati cheklanadi.

👉 https://kun.uz/66869239

Kun.uz rasmiy kanali
👍136😭6
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Davlat rahbari o‘zbekistonliklarni Iyd al-Fitr bayrami bilan muborakbod etib, barchaga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlarga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tiladi.

👉 https://kun.uz/28026457

Kun.uz rasmiy kanali
👍15442🔥41👏27😭2
Jahon qurol savdosi: asosiy eksportchilar kimlar?

Jahon qurol savdosi nisbatan kam sonli davlatlar qo‘lida jamlangan bo‘lib, Amerika Qo‘shma Shtatlari barcha boshqa yetkazib beruvchilardan ancha ilgarilab ketgan.

👉 https://kun.uz/63604928

Kun.uz rasmiy kanali
10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vayronalar ichra yorug‘lik sari – Kun.uz uchun G‘azodan maxsus reportaj

G‘azolik jurnalist Motaz Tabasi Kun.uz uchun tayyorlagan reportajida vayronaga aylantirilgan Xon Yunusda faollar tomonidan tashkil qilingan harakat – ikki yil davomida ta’limdan mosuvo bo‘lgan bolalarga asosiy fanlardan ta’lim berish uchun palatkalarda tashkil qilingan ta’lim jarayoni haqida so‘z yuritadi.

👉 https://kun.uz/31332074

Kun.uz rasmiy kanali
30👍16👏4🔥1😭1
Isroil dunyodagi eng yirik gaz koniga zarba berdi. Gaz narxi ko‘tarilib ketdi

Eron esa bunga javoban Qatarga hujum qildi – suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik klaster zarba ostida qoldi.

👉 https://kun.uz/23810771

Kun.uz rasmiy kanali
🤯4113👍3