Kun.uz | Rasmiy kanal
75K subscribers
80.8K photos
11.5K videos
64K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
O‘zi sodir etgan huquqbuzarlikni internetga tarqatganlik uchun javobgarlik kiritilmoqda

O‘zbekistonda o‘zi sodir etgan huquqbuzarlikni internetda tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Qonunchilik palatasi tegishli qonunni 17 mart kuni qabul qilib, Senatga yubordi.

Ushbu qonun bilan, quyidagi harakatlar uchun ham javobgarlik kiritilmoqda:

internetda uyatli so‘zlar bilan so‘kinish;
fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish;
jamoat tartibini va fuqarolar osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlarni sodir etish;
harbiy harakatlarda ishtirok etishni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish.

👉 https://kun.uz/84545891

Kun.uz rasmiy kanali
👍6319😁8👏2
Soliqdan qarzi bor kambag‘al aholining svetga to‘lov imkoniyati cheklanmaydi

16-apreldan Namangan viloyatida boshlanadigan eksperiment nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar va boshqa imtiyozli toifalar uchun qo‘llanilmaydi, deya ma’lum qildi Soliq qo‘mitasi.

Qo‘mita, shuningdek, “abonent hisobida pul bo‘lsa ham svet o‘chaveradi” degan talqinni rad etdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda soliqdan 1 mln so‘mdan ko‘p qarzdorligi mavjud namanganliklar soni qariyb 46 ming nafarni (soliq to‘lovchilarning 8 foizini) tashkil etadi.

👉 https://kun.uz/43261936

Kun.uz rasmiy kanali
😁3711👍4😐2🤯1
Jizzaxda klaster fermerlarni “yutib yuboryapti” - hisob hozircha 195:0

Jizzaxda klaster fermer xo‘jaligidan bir milliard so‘mdan ortiq qarzdor bo‘lib qoldi. Fermer ayni paytda har tomonlama bosim ostida qolgan - soliq hech narsani eshitishni istamayapti, lizingga olingan texnikalar qo‘ldan ketgan, 80 gektarga ekilgan g‘allaga bir marta ham o‘g‘it berilmadi.

👉 https://kun.uz/87940993

Kun.uz rasmiy kanali
🤯46😭2317😁13🔥3😐2👍1
Toshkentda yuzlab xaridorlar ulush kiritgan “novostroyka” quruvchining bankdan qarzi sabab auksionga chiqarildi

Poytaxtning Yashnobod tumanida qurilayotgan “Rohat” turar joy majmuasi auksion savdolariga chiqarildi. Bunga quruvchi tashkilot “Broccoli Plus” MChJning bankdan kredit qarzdorligi sabab bo‘lgan. Endilikda mazkur turar joy majmuasidan ulush kiritish asosida xonadon sotib olgan yuzlab xaridor “dom” auksionda sotilsa, yangi ega uylarni boshqa xaridorlarga sotib yuborishidan xavotirda. “Broccoli Plus” MChJ vakili esa Kun.uz’ga “masala tez orada hal bo‘lishini” bildirdi.

👉 https://kun.uz/19437827

Kun.uz rasmiy kanali
15😁15🤯12👍3
O‘zbekiston hayit arafasida Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi

290 tonnadan ziyod insonparvarlik yuki – un, guruch, bug‘doy, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, makaron, qandolat va boshqa turdagi mahsulotlardan iborat.

Yordamdan maqsad – Ramazon hayiti munosabati bilan afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlash va do‘stona qo‘shnichilikni mustahkamlashdan iborat.

👉 https://kun.uz/06375391

Kun.uz rasmiy kanali
👍95🤯2315🔥10👏9😐1
⚡️OXYmed dorixonalar tarmog‘i barcha dori vositalari assortimenti narxini 20% ga pasaytirmoqda

Mazkur taklif tarmoqning O‘zbekiston bo‘ylab hamma filiallarida kuchga kirdi.

💊 Kompaniya e’tirof etishicha, ushbu imkoniyatdan nafaqat dorixonalarga tashrif buyurganda, balki onlayn — OXYmed GO mobil ilovasi orqali ham foydalanish mumkin.

📲 OXYmed GO ilovasini App Store va Google Play’dan yuklab olish mumkin.

➡️ Buyurtma uchun sayt

Reklama
14👍13😁6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tramp jamoasida norozilik, Larijoniyning o‘limi va Kubaga birdamlik bildirgan Rossiya – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/45182660

Kun.uz rasmiy kanali
12👏6🔥1
Isroil Eron razvedka vaziri o‘ldirilganini ma’lum qildi

Ismoil Xatib Ali Xominaiyning yaqin safdoshlaridan biri bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/03772727

Kun.uz rasmiy kanali
😭518😐8👍5🤯2
OSON va O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi strategik sheriklikni e’lon qildi!

Imzolangan memorandum tizimli xayriya ishlarini rivojlantirish va biznesning fintex imkoniyatlarini ko‘ngillilar tajribasi bilan birlashtirgan holda keng ko‘lamli ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan.

Hamkorlikning ilk natijalari:

Ramazon oyida butun mamlakat bo‘ylab manzilli yordam ko‘rsatildi.

50 dan ortiq alohida e’tiborga muhtoj bolalarning orzulari ushaldi.

Ro‘zadorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xayriya aksiyalari tashkil etildi.

Hamkorlar muvaffaqiyatli tajribalarni kengaytirish va O‘zbekistonda volontyorlikni rivojlantirish uchun yangi raqamli yechimlarni joriy etishni rejalashtirmoqda.

Reklama
17🤯4👍2😁2
Dunyo neft xaritasi: global ta’minot qaysi mintaqalarga bog‘liq?

AQSh Energetika axboroti boshqarmasi (EIA) hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yilda dunyoda kuniga taxminan 106 million barrel neft qazib olingan.

👉 https://kun.uz/21691020

Kun.uz rasmiy kanali
5🔥4😭1
Rasman: Ramazon hayiti 20-mart kuni nishonlanadi

Prezident qarori bilan, Ramazon hayitining birinchi kuni 20-mart – juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi va shu kuni hayit bayrami keng nishonlanishi belgilandi.

20-, 21- va 22-mart kunlari barcha uchun dam olish kuni bo‘ladi.

23-mart, dushanba kuni esa – haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun dam, 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni.

👉 https://kun.uz/17455450

Kun.uz rasmiy kanali
👍2221😭7
Prezident Narpay tumaniga “Jaloliddin Manguberdi” nomi berilgan yangi poyezdda bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi Hyundai Rotem tezyurar poyezdida Samarqand viloyatining Narpay tumaniga yetib bordi. Bu Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga olib kelinishi rejalashtirilgan oltita poyezdning birinchidir.

👉 https://kun.uz/00872232

Kun.uz rasmiy kanali
👍110🔥6028👏19🤯3😁1
Uy va avtomobil oldi-sotdisidan banklar qancha komissiya oladi?

Markaziy bank 1-apreldan boshlab eskrou hisobraqamlar orqali amalga oshiriladigan bitimlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha davlat banklaridagi komissiyalarni e’lon qildi.

Komissiyalar:

🏠 Ko‘chmas mulk bo‘yicha 0,5 BHM (206 ming so‘m)dan oshmaydi.

🚗 Avtomobil bo‘yicha 0,25 BHM (103 ming so‘m)dan oshmaydi.

Agar xaridor va sotuvchiga bitta bankda xizmat ko‘rsatilsa, komissiya faqat bir marta olinadi. Agar xaridor va sotuvchining banklari boshqa-boshqa bo‘lsa, har bir bank komissiyaning yarmidan oshmagan qismini oladi.


Xususiy banklar tariflarni mustaqil belgilaydi.

👉 https://kun.uz/06921177

Kun.uz rasmiy kanali
🤯22👍117😭7😐5
“Maqsad ezgu bo‘lsa, kartadan kartaga o‘tkazmalarni ommalashtirish kerak edi” – mutaxassislar P2P nazorati haqida

Markaziy bank kartadan kartaga pul o‘tkazmalari maqsadini ko‘rsatishni avval majburiy qilib, keyin ixtiyoriy degani bilan, qator savollar ochiq qolmoqda. Soliq xodimining videomurojaati esa xavotirlarni yanada kuchaytirdi.

Kun.uz suhbatlashgan bank sohasi mutaxassislari Otabek Bakirov va Ismoil Turopovga ko‘ra, oxirgi yillardagi iqtisodiy o‘sishda erkin P2P tizimining ahamiyatiga yetarlicha baho berilmayapti. Xato qarorlar esa yana naqdga qaytishga turtki uyg‘otadi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
21😐5👍4🔥4😭2😁1
Samarqand viloyatida yirik loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlashga start berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida hududda yirik loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlashga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi.

👉 https://kun.uz/46201856

Kun.uz rasmiy kanali
👍96🔥5032👏12🤯1
19 martdan Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishidagi muntazam reyslar tiklanadi

Avval bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari o‘z aviachiptalarini aviakompaniyaning istalgan keyingi reyslariga bepul asosda qayta rasmiylashtirishlari mumkin.

👉 https://kun.uz/93206843

Kun.uz rasmiy kanali
6👍6
AQSh aviatashuvchisida yong‘in: «Gerald R. Ford» Eronga qarshi urushda safdan chiqishi mumkin

AQShning eng katta aviatashuvchisi hisoblangan «Gerald R. Ford» Venesueladagi operatsiyadan keyin Yaqin Sharqqa kelgandi. Harbiylar bortdagi yong‘in bilan 30 soatdan ko‘proq kurashgan, o‘nlab insonlar tutundan zaharlangani aytilmoqda. Kema vaqtincha portga kirishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/03044371

Kun.uz rasmiy kanali
31👍25🔥10😭2
Maktablarda bahorgi taʼtil 20-mart kunidan boshlanadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining xabar berishicha, Ramazon hayiti 20-mart sanasida nishonlanishi munosabati bilan o‘quvchilarning bahorgi ta’tili 20-martdan boshlanib 28-martga qadar davom etadi.

O‘quv yilining 4-choragi 30-mart (dushanba) kunidan boshlanadi.

Joriy o‘quv yilining 20-mart (juma) kunidagi va 28-mart (shanba) kunidagi o‘quv mashg‘ulotlari 4-chorakda o‘quv dasturlariga tig‘izlashtirilgan holda o‘qitiladi.

Kun.uz rasmiy kanali
14👍11
«NATO ahmoqona xatoga yo‘l qo‘ymoqda». Tramp AQSh ittifoqchilar yordamiga muhtoj emasligini aytdi

AQSh prezidenti NATOni Eron bilan urushda yordam berishdan bosh tortgani uchun tanqid qildi.

👉 https://kun.uz/16889471

Kun.uz rasmiy kanali
😁716👍3😭1