Kun.uz | Rasmiy kanal
74.6K subscribers
80.9K photos
11.5K videos
64.2K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Namanganda mashinada megafondan foydalangan haydovchi “prava”sidan ayrildi

U Malibu mashinasida harakatlanib, megafon orqali boshqa haydovchilardan yo‘lni bo‘shatishni talab qilgan. Bu harakat yo‘l bezoriligi sifatida baholangan va huquqbuzar 1,5 yilga haydovchilik huquqidan mahrum etilgan.

👉 https://kun.uz/43808477

Kun.uz rasmiy kanali
😁93👍7411🤯10👏6😐2
Eronda hokimiyat qanday tuzilgan va kim nimaga mas’ul?

AQSh va Isroilning Eronga hujumi oqibatida Eronning oliy rahbari Ali Xominaiy o‘ldirildi. Eron Islom Respublikasida hokimiyat qanday tuzilgan? Hokimiyat kimning qo‘lida? Bu haqda batafsil quyida o‘qishingiz mumkin.

👉 https://kun.uz/79533889

Kun.uz rasmiy kanali
26👍2
Toshkentda FVB inspektori tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Yangihayot tumani FVB kichik inspektori mahalliy MChJ rahbaridan 1,5 ming dollar olganda ushlandi. U ushbu pulni yong‘in xavfsizligi jihozlarini qabul qilish bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirib berish evaziga talab qilgan.

👉 https://kun.uz/36484455

Kun.uz rasmiy kanali
17😁14👍3👏2🤯2
Avtobuslar uchun maxsus yo‘laklar to‘siqlar bilan ajratiladi

Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini yanada samarali tashkil etish va avtobuslar qatnoviga qulaylik yaratish maqsadida maxsus ajratilgan «A» yo‘laklarini deliniatorlar bilan himoyalash rejalashtirilmoqda.

👉 https://kun.uz/09350711

Kun.uz rasmiy kanali
👍67😁2414🤯4😭3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi tirbandlik sabab avtobuslar intervali 45 daqiqagacha uzaymoqda – Transport bosh boshqarmasi

Intervaldan tashqari, bir vaqtning o‘zida avtobuslarning ketma-ket bekatga yetib kelish holati ham kuzatilmoqda. Poytaxt transport bosh boshqarmasi boshlig‘i Mirakbar Ikromov buni Brutto shartnoma tizimi bilan bog‘ladi. Uning aytishicha, transportlar belgilangan grafikdan chiqib ketmasligi uchun ketma-ket yuradi. “Bu ko‘rsatib turibdiki, bizda avtobusga bo‘lgan ehtiyoj juda ham katta”, – deydi u. Bunday muammolarning oldini olish uchun bu yil 240 ta yangi avtobus olib kelinishi aytildi.

👉 https://kun.uz/17584876

Kun.uz rasmiy kanali
21👍9
Antarktidadagi sirli ko‘lni sun’iy yo‘ldoshlar tasvirga oldi

Olimlar Yerda 100 milliondan ortiq ko‘l mavjud deb hisoblaydi. Ular orasidagi eng g‘ayrioddiylardan biri - Unterzeye ko‘li bo‘lib, u Antarktidadagi eng yirik va eng chuqur ko‘llardan biri sanaladi hamda suvining o‘ziga xos kimyoviy tarkibi bilan mashhur.

👉 https://kun.uz/86576905

Kun.uz rasmiy kanali
22👏6👍5
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda agrar sohada ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish va agrosanoat majmuini ilmiy asosda rivojlantirish maqsadida yangi ilmiy muassasa tashkil etilmoqda. Bu prezidentning “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida nazarda tutilgan.

👉 https://kun.uz/96555402

Kun.uz rasmiy kanali
😐1413👏10👍4😁3🤯1
Metan-shoxobchalar bugun soat 12:00 dan 16:00 gacha ochiq bo‘ladi

Farg‘ona vodiysi – istisno. Energetika vazirligiga ko‘ra, vodiy viloyatlarda shoxobchalarning ochilishi yoki ochilishmasligi “hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib” hal etiladi.

Kun.uz rasmiy kanali
😁56🤯144😐4👏2
Tramp Eronga kelasi hafta kuchli hujumlar bo‘lishini aytdi

AQSh prezidenti Amerika armiyasi “Eron rejimini to‘liq yo‘q qilayotganini” bildirdi. Shu bilan birga, u kelasi hafta Eronga qarshi “juda kuchli zarbalar” berilishini ham e’lon qildi.

👉 https://kun.uz/65390797

Kun.uz rasmiy kanali
😁60🤯13👍95😐2
“Men Belbekov Jandosman” – O‘zbekistonda kiberfiribgarlar yangi nayrang o‘ylab topdi

Shu kunlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Asrorjon Asqarov nomidan tizimida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarga maxfiy topshiriq bora boshladi. Unda “yaqin vaqt ichida DXX xodimi Belbekov Jandos bog‘lanib, bir qator savollar berishi va muammo mohiyatini tushuntirishi” aytilgan.

👉 https://kun.uz/70812103

Kun.uz rasmiy kanali
🤯1910👏2
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi

Navoiy viloyati Karmana tumani hokimi Shohrux Boltayev tumandagi 9-maktabga borib, o‘quvchiga turli savollar bergan, she’r aytib berishni so‘ragan.

Lekin hayajonlangan o‘quvchilar she’r aytib berolmagan. Bundan g‘azablangan hokim maktabning barcha o‘qituvchilarini avtobusga solib, tuman hokimligiga olib borishni buyurgan.

Hokim Kun.uz bilan suhbatda bu ishini “tumanda ta’lim sifatini ko‘tarishga harakat” deya izohladi.

👉 https://kun.uz/91023363

Kun.uz rasmiy kanali
🤯129😁67👍2319😐8😭7
Iqbol Soliyev Ozarboyjonda ushlangani haqidagi xabarlarni rad etdi

U bunday xabarni tarqatgan OAV va blogerlar ustidan tegishli tashkilotlarga arz qilishini aytgan. “Senlar qachon ko‘rding menda o‘sha yerdagi politsiya, rahbariyat bilan muammo bo‘lganini? Isbotini aytinglar”, – degan u.

Avvalroq ozar matbuoti mamlakat Ichki ishlar vazirligiga tayanib Bokudagi klinikada ro‘y bergan voqea haqida xabar bergandi: Soliyevning qabuliga kirishda katta navbat va tartibsizlik yuzaga kelgach, holatga oydinlik kiritish maqsadida u ushlangani aytilgan va bu xabar o‘zbek mediasida ham yoyilgandi.

👉 https://kun.uz/96726899

Kun.uz rasmiy kanali
😁5116🤯2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryodagi “Santa-Barbara”: adolat izlagan dehqonning 7 yillik sarguzashtlari

Hokim–fermer nizolari tez-tez uchrab turadi, ko‘plab fermerlar oxirigacha borib o‘tirmay, qo‘l siltab qo‘ya qoladi. Lekin Qashqadaryoning Nishon tumanidagi “Bobur” fermer xo‘jaligi rahbari Bahodir Qo‘ldoshev haqida bunday deb bo‘lmaydi. U tortib olingan yerini qaytarish uchun 2019 yildan beri sudma-sud yuguryapti.

👉 https://kun.uz/86022414

Kun.uz rasmiy kanali
👍2610😐10🔥5😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Trampning Eronga yangi tahdidi, Germaniyaning rus nefti bo‘yicha xavotirlari va AQSh bilan muzokaralar boshlagan Kuba – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/14648274

Kun.uz rasmiy kanali
10👍3
Mansab vakolatini suiiste’mol qilgan hokimlik xodimlari fosh etildi

DXX hamda ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Jizzax viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida hokimlik tizimida faoliyat yurituvchi ayrim mansabdor shaxslarning yer maydonlarini noqonuniy rasmiylashtirish bilan bog‘liq korrupsion harakatlari fosh etildi.

👉 https://kun.uz/11845394

Kun.uz rasmiy kanali
👍128😁6👏3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muvaffaqiyatsiz xususiylashtirishdan keyin davlat ixtiyoriga qaytarilgan “Kvarts” zavodi yana foyda bilan ishlay boshladi

“Kvarts” AJ sotilgunga qadar yiliga 50-60 mlrd so‘m sof foyda bilan ishlab kelayotgan edi. 2023-yil fevralidagi xususiylashtirishdan keyin esa o'sha yili 21,7 mlrd, 2024-yilda 142 mlrd so‘m zararga kirib ketdi.

O‘z yo‘nalishi bo‘yicha Markaziy Osiyodagi eng yirik zavodni 3 yilga bo‘lib to‘lash sharti bilan qo‘lga kiritgan “investor” – ta’sischilari ofshor hudud bo‘lmish Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan “Quvasoysement” AJ edi.

Kompaniya 2025-yil boshida davlat ixtiyoriga qaytarilgach, yilni sof foyda bilan yakunladi.

Kun.uz rasmiy kanali
🔥1715👍12
2026-yilda paxtani mashinada terish ulushi 70 foizga yetkaziladi

13-mart kuni imzolangan prezident qarori bilan shunday vazifa belgilandi.

Qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlarini xarid qilishni moliyalashtirish uchun 400 mln dollargacha tashqi qarz olinadi.

👉 https://kun.uz/92058488

Kun.uz rasmiy kanali
👍2017🤯15😁5👏3🔥2😐1
Kun.uz | Rasmiy kanal
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi Navoiy viloyati Karmana tumani hokimi Shohrux Boltayev tumandagi 9-maktabga borib, o‘quvchiga turli savollar bergan, she’r aytib berishni so‘ragan. Lekin hayajonlangan…
“Mansabdor shaxslarning pedagoglar kasbiy faoliyatiga aralashishini qattiq qoralaymiz” – vazirlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Karmana tumani hokimi Shohrux Boltayev o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ygani holati o‘rganilayotganini bildirdi.

Vazirlikka ko‘ra, 2025-yilda ushbu maktab bitiruvchilarining 61 foizi talaba bo‘lgan. Tuman hokimi bu ko‘rsatkich 3 yildan buyon 50 foizdan oshmaganini aytgandi.

👉 https://kun.uz/11054368

Kun.uz rasmiy kanali
😁37👍2914🤯8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ikki asr avval ogohlantirilgan xavf: orzularni umringiz evaziga sotib olasiz / 5 daqiqa

Dunyoda har bir istakning bahosi, badali bo‘lishi haqida eshitganmisiz? Aytaylik, xohishlaringiz evaziga umringiz qisqarib borishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Onore de Balzakning “Sag‘ri teri tilsimi” romani mana shunday savollarga javob beradi. Asar inson tabiati, orzu, nafs va hayot qiymati haqida bahs yuritadi. “5 daqiqa”ning bugungi sonida biz orzular badali, insonning chegara bilmas istaklari to‘g‘risida gaplashamiz.

👉 https://kun.uz/36430882

Kun.uz rasmiy kanali
35👍10😐4😁1
Do‘stlikdan dushmanlikkacha – AQSh va Isroil Eronga necha marta havo hujumlarini amalga oshirgan?

2026-yil 28-fevral kuni boshlangan va davom etayotgan raketa va aviatsiya zarbalari AQSh hamda Isroilning Eronga qilgan birinchi hujumi emas. Tarixda bunday hodisa bir necha marta yuz bergan.

Xo‘sh, nega bir paytlar Eron bilan do‘stona aloqalarda bo‘lgan AQSh va Isroil fors davlatiga qasdlashib qoladi?

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
22
Sho‘rchidagi voqea: apellyatsiya sudi qotillikni bezorilikka o‘zgartirdi

Sho‘rchi dehqon bozori. Odamlar ko‘z o‘ngida qotillik yuz berdi: yonma-yon joylashgan oshxona egalarining janjali o‘lim bilan tugadi. Ikki erkak yoqalasharkan, birining jiyani kabob sixini olib chiqib, tog‘asi bilan mushtlashayotganning orqa kuragiga sanchdi va uni o‘ldirdi. Sud tog‘ani 15,5, jiyanni 9,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
👍169🤯6😐5