Kun.uz | Rasmiy kanal
74.7K subscribers
80.9K photos
11.5K videos
64.1K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Toshkentdagi xususiy klinikada vafot etgan 9 yoshli bola ishida ikki shifokor qamaldi

2025 yil avgustida «Paeonnis» klinikasida 9 yoshli bola burun sohasida o‘tkazilgan rinoplastika jarrohlik amaliyoti paytida vafot etgan edi. Sud anesteziolog va lor-shifokorni kasb vazifalarini zarur darajada bajarmaganlikda aybdor deb topdi.

👉 https://kun.uz/94461551

Kun.uz rasmiy kanali
👍27🤯1211😐2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Urush. Tramp g‘alaba e’lon qildi. Nahotki?

Tramp va Netanyahu boshlagan urush Amerikani obro‘sizlantirib, Eronning obro‘sini oshirdi. Va shu payt Tramp «oson g‘alaba» haqida e’lon qildi. Amerika razvedkasi ham «g‘alaba alomatlarini aniqlamagan».

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
😁63👍148😐1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Quvvatlash stansiyalarini o‘chirish – hozircha majburiy chora – hokimiyat

Toshkentda elektromobillarning quvvat stansiyalari faoliyati bo‘yicha taftish doirasida ko‘plab “zapravka”lar elektr tokidan uzib qo‘yilgandi. Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev buni “hamma uchun mag‘lubiyatli holat” deb atadi. Uning aytishicha, ayni muammoni hal qilish uchun hozirda reglament yangilanmoqda.

👉 https://kun.uz/33033093

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2013😐5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Moliyaviy piramida» uchun jazo va jinoiy javobgarlikka tortilgan hokim yordamchilari – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/50811322

Kun.uz rasmiy kanali
👍10232🔥31👏14😁2😭1
Rossiya neft eksportiga qo‘llanayotgan cheklovlar yumshatildi

AQSh 2022 yildan beri birinchi marta Rossiya neftini tankerlardan sotib olish va sotishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi. Tramp xomashyo narxlarini pasaytirishga intilyapti. Oq uyda narxlarining keskin oshishi noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlar oldidan amerikalik iste’molchilar va biznesga zarba berishidan xavotirlar kuchaygan.

👉 https://kun.uz/76945504

Kun.uz rasmiy kanali
😁5612😐9🤯2
Namanganda mashinada megafondan foydalangan haydovchi “prava”sidan ayrildi

U Malibu mashinasida harakatlanib, megafon orqali boshqa haydovchilardan yo‘lni bo‘shatishni talab qilgan. Bu harakat yo‘l bezoriligi sifatida baholangan va huquqbuzar 1,5 yilga haydovchilik huquqidan mahrum etilgan.

👉 https://kun.uz/43808477

Kun.uz rasmiy kanali
😁93👍7411🤯10👏6😐2
Eronda hokimiyat qanday tuzilgan va kim nimaga mas’ul?

AQSh va Isroilning Eronga hujumi oqibatida Eronning oliy rahbari Ali Xominaiy o‘ldirildi. Eron Islom Respublikasida hokimiyat qanday tuzilgan? Hokimiyat kimning qo‘lida? Bu haqda batafsil quyida o‘qishingiz mumkin.

👉 https://kun.uz/79533889

Kun.uz rasmiy kanali
26👍2
Toshkentda FVB inspektori tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Yangihayot tumani FVB kichik inspektori mahalliy MChJ rahbaridan 1,5 ming dollar olganda ushlandi. U ushbu pulni yong‘in xavfsizligi jihozlarini qabul qilish bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirib berish evaziga talab qilgan.

👉 https://kun.uz/36484455

Kun.uz rasmiy kanali
17😁14👍3👏2🤯2
Avtobuslar uchun maxsus yo‘laklar to‘siqlar bilan ajratiladi

Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini yanada samarali tashkil etish va avtobuslar qatnoviga qulaylik yaratish maqsadida maxsus ajratilgan «A» yo‘laklarini deliniatorlar bilan himoyalash rejalashtirilmoqda.

👉 https://kun.uz/09350711

Kun.uz rasmiy kanali
👍67😁2414🤯4😭3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi tirbandlik sabab avtobuslar intervali 45 daqiqagacha uzaymoqda – Transport bosh boshqarmasi

Intervaldan tashqari, bir vaqtning o‘zida avtobuslarning ketma-ket bekatga yetib kelish holati ham kuzatilmoqda. Poytaxt transport bosh boshqarmasi boshlig‘i Mirakbar Ikromov buni Brutto shartnoma tizimi bilan bog‘ladi. Uning aytishicha, transportlar belgilangan grafikdan chiqib ketmasligi uchun ketma-ket yuradi. “Bu ko‘rsatib turibdiki, bizda avtobusga bo‘lgan ehtiyoj juda ham katta”, – deydi u. Bunday muammolarning oldini olish uchun bu yil 240 ta yangi avtobus olib kelinishi aytildi.

👉 https://kun.uz/17584876

Kun.uz rasmiy kanali
21👍9
Antarktidadagi sirli ko‘lni sun’iy yo‘ldoshlar tasvirga oldi

Olimlar Yerda 100 milliondan ortiq ko‘l mavjud deb hisoblaydi. Ular orasidagi eng g‘ayrioddiylardan biri - Unterzeye ko‘li bo‘lib, u Antarktidadagi eng yirik va eng chuqur ko‘llardan biri sanaladi hamda suvining o‘ziga xos kimyoviy tarkibi bilan mashhur.

👉 https://kun.uz/86576905

Kun.uz rasmiy kanali
22👏6👍5
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda agrar sohada ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish va agrosanoat majmuini ilmiy asosda rivojlantirish maqsadida yangi ilmiy muassasa tashkil etilmoqda. Bu prezidentning “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida nazarda tutilgan.

👉 https://kun.uz/96555402

Kun.uz rasmiy kanali
😐1413👏10👍4😁3🤯1
Metan-shoxobchalar bugun soat 12:00 dan 16:00 gacha ochiq bo‘ladi

Farg‘ona vodiysi – istisno. Energetika vazirligiga ko‘ra, vodiy viloyatlarda shoxobchalarning ochilishi yoki ochilishmasligi “hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib” hal etiladi.

Kun.uz rasmiy kanali
😁56🤯144😐4👏2
Tramp Eronga kelasi hafta kuchli hujumlar bo‘lishini aytdi

AQSh prezidenti Amerika armiyasi “Eron rejimini to‘liq yo‘q qilayotganini” bildirdi. Shu bilan birga, u kelasi hafta Eronga qarshi “juda kuchli zarbalar” berilishini ham e’lon qildi.

👉 https://kun.uz/65390797

Kun.uz rasmiy kanali
😁60🤯13👍95😐2
“Men Belbekov Jandosman” – O‘zbekistonda kiberfiribgarlar yangi nayrang o‘ylab topdi

Shu kunlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Asrorjon Asqarov nomidan tizimida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarga maxfiy topshiriq bora boshladi. Unda “yaqin vaqt ichida DXX xodimi Belbekov Jandos bog‘lanib, bir qator savollar berishi va muammo mohiyatini tushuntirishi” aytilgan.

👉 https://kun.uz/70812103

Kun.uz rasmiy kanali
🤯1910👏2
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi

Navoiy viloyati Karmana tumani hokimi Shohrux Boltayev tumandagi 9-maktabga borib, o‘quvchiga turli savollar bergan, she’r aytib berishni so‘ragan.

Lekin hayajonlangan o‘quvchilar she’r aytib berolmagan. Bundan g‘azablangan hokim maktabning barcha o‘qituvchilarini avtobusga solib, tuman hokimligiga olib borishni buyurgan.

Hokim Kun.uz bilan suhbatda bu ishini “tumanda ta’lim sifatini ko‘tarishga harakat” deya izohladi.

👉 https://kun.uz/91023363

Kun.uz rasmiy kanali
🤯129😁67👍2319😐8😭7
Iqbol Soliyev Ozarboyjonda ushlangani haqidagi xabarlarni rad etdi

U bunday xabarni tarqatgan OAV va blogerlar ustidan tegishli tashkilotlarga arz qilishini aytgan. “Senlar qachon ko‘rding menda o‘sha yerdagi politsiya, rahbariyat bilan muammo bo‘lganini? Isbotini aytinglar”, – degan u.

Avvalroq ozar matbuoti mamlakat Ichki ishlar vazirligiga tayanib Bokudagi klinikada ro‘y bergan voqea haqida xabar bergandi: Soliyevning qabuliga kirishda katta navbat va tartibsizlik yuzaga kelgach, holatga oydinlik kiritish maqsadida u ushlangani aytilgan va bu xabar o‘zbek mediasida ham yoyilgandi.

👉 https://kun.uz/96726899

Kun.uz rasmiy kanali
😁5116🤯2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryodagi “Santa-Barbara”: adolat izlagan dehqonning 7 yillik sarguzashtlari

Hokim–fermer nizolari tez-tez uchrab turadi, ko‘plab fermerlar oxirigacha borib o‘tirmay, qo‘l siltab qo‘ya qoladi. Lekin Qashqadaryoning Nishon tumanidagi “Bobur” fermer xo‘jaligi rahbari Bahodir Qo‘ldoshev haqida bunday deb bo‘lmaydi. U tortib olingan yerini qaytarish uchun 2019 yildan beri sudma-sud yuguryapti.

👉 https://kun.uz/86022414

Kun.uz rasmiy kanali
👍2610😐10🔥5😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Trampning Eronga yangi tahdidi, Germaniyaning rus nefti bo‘yicha xavotirlari va AQSh bilan muzokaralar boshlagan Kuba – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/14648274

Kun.uz rasmiy kanali
10👍3
Mansab vakolatini suiiste’mol qilgan hokimlik xodimlari fosh etildi

DXX hamda ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Jizzax viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida hokimlik tizimida faoliyat yurituvchi ayrim mansabdor shaxslarning yer maydonlarini noqonuniy rasmiylashtirish bilan bog‘liq korrupsion harakatlari fosh etildi.

👉 https://kun.uz/11845394

Kun.uz rasmiy kanali
👍128😁6👏3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muvaffaqiyatsiz xususiylashtirishdan keyin davlat ixtiyoriga qaytarilgan “Kvarts” zavodi yana foyda bilan ishlay boshladi

“Kvarts” AJ sotilgunga qadar yiliga 50-60 mlrd so‘m sof foyda bilan ishlab kelayotgan edi. 2023-yil fevralidagi xususiylashtirishdan keyin esa o'sha yili 21,7 mlrd, 2024-yilda 142 mlrd so‘m zararga kirib ketdi.

O‘z yo‘nalishi bo‘yicha Markaziy Osiyodagi eng yirik zavodni 3 yilga bo‘lib to‘lash sharti bilan qo‘lga kiritgan “investor” – ta’sischilari ofshor hudud bo‘lmish Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan “Quvasoysement” AJ edi.

Kompaniya 2025-yil boshida davlat ixtiyoriga qaytarilgach, yilni sof foyda bilan yakunladi.

Kun.uz rasmiy kanali
🔥1715👍12