Kun.uz | Rasmiy kanal
74.8K subscribers
80.8K photos
11.5K videos
64.1K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
«Moliyaviy piramida» uchun jazo choralari og‘irlashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tgan yig‘ilishda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Jumladan,
- «Moliyaviy piramida» uchun jazo choralari kuchaytiriladi;

- Fuqarolarning kriptohamyoni, SIM-kartasi va elektron akkauntlardan kiberjinoyatni sodir etishda foydalanilishiga yo‘l qo‘yganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanadi;

- Tijorat banklari, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari kiberxavfsizlik talablariga rioya etmagani oqibatida sodir etilgan kiberjinoyatdan yuzaga kelgan moddiy zarar uchun javobgar bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/10547478

Kun.uz rasmiy kanali
👍9927🔥26👏16
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Do‘konli bekatlarning deyarli hammasida noqonuniy qurilish bor – YHTM

Toshkentdagi avtobus bekatlarida noqonuniy do‘konlar buzilmoqda. Yo‘l harakatini tashkil etish markazi bo‘lim boshlig‘i Ollayor Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha, hozircha 380 ta bekat ko‘rib chiqilgan, shuning 120 tasida savdo obyekti borligi, 60 tasi noqonuniy tashkil etilgani aniqlangan.

👉 https://kun.uz/72608391

Kun.uz rasmiy kanali
👍2516🤯7
AQShda NUJ maxfiy dasturlariga rahbarlik qilgan general sirli ravishda g‘oyib bo‘ldi

AQSh Harbiy-havo kuchlarining iste’fodagi general-mayori, 68 yoshli Uilyam Nil Makkaslend qariyb ikki haftadan beri qidirilmoqda. U NUJ maxfiy dasturlariga rahbarlik qilgan.

👉 https://kun.uz/43433306

Kun.uz rasmiy kanali
😁56🤯109😐5👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda o‘pirilgan yo‘l o‘tkazgich va yo‘l bezorilariga qarshi reydlar – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/24007399

Kun.uz rasmiy kanali
8😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yechim – tezlikni tushirish” - hokim o‘rinbosari Toshkentda YTHlar ko‘pligi haqida

Poytaxt hokimligidagi matbuot anjumanida shahar ko‘chalari o‘rtasida yana paydo bo‘la boshlagan panjaralar mavzusi ko‘tarildi. Hokim o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyevning aytishicha, panjara o‘rnatishni yo‘llardagi o‘limlar ko‘pligi sababli YHXBB tavsiya qilgan. Lekin xalqaro tajribaga qarasak, shaharlarda piyodalar o‘limiga qarshi eng asosiy yechim – tezlikni tushirish, dedi u.

👉 https://kun.uz/48522395

Kun.uz rasmiy kanali
😁36👍19🤯149😭6😐2
Yaqin Sharqdagi urush Markaziy Osiyo uchun nimani anglatadi?

Yaqin Sharqdagi urushning Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonga ta’siri ko‘proq bilvosita. Bu yerda eng muhim savol savdo yo‘llari, strategik aloqalar va Markaziy Osiyoning katta davlatlar bilan rishtalariga qaratilishi kerak. Urush Eron, Rossiya, Xitoy, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarni qanday o‘zgartiradi va bu o‘zgarishlar keyin Markaziy Osiyoga qanday aks sado beradi, mana shu muhimroq, deydi tahlilchilar.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
17👍2
Eron Turkiya va Ozarboyjonga hujum qildimi?

Eron prezidenti Turkiya va Ozarboyjon rahbarlari bilan telefonda gaplashgach, keskinlik biroz yumshagandek bo‘ldi. So‘nggi kunlarda dronlar, raketalar va havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan bog‘liq voqealar turli gap-so‘zlarga sabab bo‘lyapti. Siyosatshunoslar Hikmatilla Kazakbayev va Kamoliddin Rabbimov bu voqealarga sharh berdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Ozarboyjonda Eron droni, Turkiya hududida esa ikki marta Eron raketasi qulagani sabablariga aniq baho berish qiyin, lekin hodisalar Eron emas, Isroil manfaatlariga xizmat qiladi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
33👍5😁5😐3
O‘zbekistonda noqonuniy janglarga qarshi choralar kuchaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 mart kuni kiberjinoyatlar, uyushgan jinoyatchilik va axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirish yuzasidan tayyorlangan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unda, xususan, jangovar sport turlari bo‘yicha yashirin ravishda tashkil etilayotgan noqonuniy janglarga qarshi choralarni kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

👉 https://kun.uz/00806561

Kun.uz rasmiy kanali
👍11742🔥31👏14
Jahonda geotermal energetika: qaysi davlatlar yetakchi?

Jahonda elektr energiyasiga bo‘lgan talab jadal sur’atda oshib bormoqda: sun’iy intellektning rivojlanishi, ishlab chiqarish quvvatlarining milliy hududlarga qaytarilishi va keng ko‘lamli elektrlashtirish yangi energetik ehtiyojlarni yuzaga keltirmoqda. Shu sharoitda geotermal energetikaga - sutka davomida uzluksiz ishlay oladigan qayta tiklanuvchi energiya manbaiga qiziqish yana kuchaymoqda.

👉 https://kun.uz/53202335

Kun.uz rasmiy kanali
13👏5👍1
Nyu-Yorkdagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Joriy yilning 10 mart kuni AQShning Nyu-York shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi Nilufar Komilova vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa shahar transport departamentiga qarashli yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan.

👉 https://kun.uz/04509804

Kun.uz rasmiy kanali
😭415👍1😁1🤯1
Tramp: AQSh neft narxi oshishidan foyda ko‘radi

Biz dunyodagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchisimiz, dedi Oq uy rahbari.

👉 https://kun.uz/54414681

Kun.uz rasmiy kanali
😁65😐169👍6🤯2
Iroqda Amerika samolyoti quladi

AQSh Iroq osmonida yonilg‘i quyuvchi samolyotini yo‘qotganini tasdiqladi. Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi guruh uni urib tushirganini e’lon qilgan.

Bortda 6 nafargacha harbiy bo‘lgani aytilyapti. Qidiruv-qutqarish ishlari ketmoqda.

Mazkur KC-135 – Yaqin Sharqdagi yangi urushda AQSh yo‘qotgan to‘rtinchi samolyot bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/37787335

Kun.uz rasmiy kanali
👍10228👏18😁7
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi davom etadi

Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo kunduzi +14…+17 darajagacha isiydi, kechalari 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/52947568

Kun.uz rasmiy kanali
👍1816🔥8😁4🤯1
Superliga. «Neftchi»ni to‘xtatib bo‘lmayapti va Mirjalol Qosimovdan hayotiy o‘git

O‘zbekiston Superligasida 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi. «Neftchi» yirik hisobdagi g‘alabalar seriyasini davom ettirdi. «Navbahor» bu asrda birinchi marta Toshkentda «Paxtakor»ni yengdi. «Dinamo» Samarqandda «Nasaf»ga qarshi o‘yinlarda 18 yildan beri davom etayotgan noxush an’anani buzolmadi.

👉 https://kun.uz/84301673

Kun.uz rasmiy kanali
10👍9👏4😁2
Metan-shoxobchalar ertadan ochila boshlaydi

Metan-shoxobchalar bugun ham faqat ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun xizmat ko‘rsatadi. Ertaga, 14 martdan boshlab ularning faoliyati bosqichma-bosqich qayta tiklana boshlaydi, deya xabar berdi Energetika vazirligi.

Kun.uz rasmiy kanali
😁54👏1411😐3😭2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Michigandagi sinagogga hujum uyushtirildi

Qurollangan shaxs Detroyt chekkasidagi sinagog ichkarisiga avtomobilida kirib borgan va o‘t ochgan. Uning o‘zi halok bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/31758426

Kun.uz rasmiy kanali
👍408😁6😐5🔥4👏3😭1
O‘zbekiston avtomobil bozori: elektromobillarga talab oshib boryapti

O‘zbekiston bozorida yillik hisobda elektromobillar savdosi 1,5 barobarga oshdi. Xususan, fevral oyida savdo hajmi 6,9 ming donani tashkil etib, yanvarga nisbatan 14 foizlik o‘sish qayd etilgan. Hududlar kesimida elektromobillarning asosiy qismi Toshkent shahrida sotilyapti. Har 100 ta mashinaning 65 tasi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi.

👉 https://kun.uz/15137270

Kun.uz rasmiy kanali
👍1410😁9🔥3
Muammo ijtimoiy tarmoqda tarqalganidan keyingina hal etilgan – prezident murojaatlar bilan ishlashdagi holat haqida

Prezident yig‘ilishda murojaatlar bilan bunday ishlash odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazayotganini haqida gapirdi.

👉 https://kun.uz/38776720

Kun.uz rasmiy kanali
👍148🔥4738👏23😁5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayol jigarining yarmini eriga berdi

Og‘ir kasallik tufayli hayot-mamot yoqasiga kelib qolgan turmush o‘rtog‘ini saqlab qolish uchun ayol jigarining bir qismini berishga qaror qildi. Navoiy viloyatida ilk bor o‘tkazilgan bu murakkab operatsiyagacha oila yillar davomida dard, xavotir va umid bilan yashadi. Oilasi uchun ayol nimalar qila olishi mumkinligi haqidagi hayotiy hikoya.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
80👏39👍11🔥5
Ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘p – prezident

2025-yilda ichki ishlar vakolatidagi masalalar bo‘yicha 148 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ayniqsa, ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘p. Prezident shikoyatlar ko‘p bo‘lgan hududlarda xodimlarning kasbiy va muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.

👉 https://kun.uz/68714820

Kun.uz rasmiy kanali
👍190🔥4730👏20😭3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mujtabaga tahdid qilgan Netanyahu, Iroqda o‘ldirilgan fransuz harbiysi va «Krokus» terakti ijrochilariga hukm – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/22613062

Kun.uz rasmiy kanali
23👍4