Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Chorvoq Darvozasi” TJM — to‘g‘ri yurish qilganingizda
Tabiat va shahar qulayligi uyg‘unlashgan ekologik toza maskan — yashash va dam olish uchun barcha sharoit mavjud: tayyor ta’mirlangan xonadonlar va panoramali manzaralar, 24/7 qo‘riqlanadigan hudud, kurort infratuzilmasi.
24 oygacha muddatli to‘lov
Batafsil:
☎️ +99871202-22-22
📞 +99877523-50-50
✉️ info@nbuig.uz
Reklama

❤15😁5😐1
Poytaxtning umumiy qiyofasini yaratishga qaratilgan shahar dizayn-kodi rasman tasdiqlandi
Dizayn-kod o‘tgan yil dekabrda Citymakers International tomonidan ishlab chiqilgandi. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi uni rasman tasdiqlashga oid qarorni qabul qildi. Endilikda hujjat bilan shaharning vizual identifikatsiyasiga oid qoidalar belgilanadi. Ya’ni poytaxtning tashqi ko‘rinishi dizayn-kodga muvofiq o‘zgartiriladi.
👉 https://kun.uz/33307913
Kun.uz rasmiy kanali

🤯17❤11🔥6😐2
Bekoboddagi pichoqbozlik bo‘yicha yana 4 o‘smir hibsga olindi
Bekobod shahrida 11-sinf o‘quvchisining o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida qo‘lga olinganlar soni 5 nafarga yetdi.
👉 https://kun.uz/31720427
Kun.uz rasmiy kanali
Bekobod shahrida 11-sinf o‘quvchisining o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida qo‘lga olinganlar soni 5 nafarga yetdi.
👉 https://kun.uz/31720427
Kun.uz rasmiy kanali
❤25👍12🤯4😭3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi yo‘l o‘tkazgich devori o‘pirilib tushishi videosi paydo bo‘ldi
Video o‘pirilish ro‘y bergan vaqtda yo‘lning bu tomonida avtomobillar bo‘lmagani va hodisa oqibatida jabrlanuvchilar yo‘qligini tasdiqlaydi. Hodisaga so‘nggi kunlardagi kuchli yog‘ingarchilik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

🤯47😁27❤11👏6🔥4😭4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zarbalar almashgan Isroil va «Hizbulloh», Xitoyda etnik ozchilikka doir qonun va Iroqdagi neft tankerlariga hujum – kun dayjesti
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.
👉 https://kun.uz/16544798
Kun.uz rasmiy kanali
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.
👉 https://kun.uz/16544798
Kun.uz rasmiy kanali
😁16❤11👍4🔥3
Toshkentda yo‘l o‘tkazgich o‘pirilib tushgan ko‘chaning ma’lum qismi vaqtincha yopildi
Toshkentda yo‘l o‘tkazgich devori o‘pirilib tushgan Temur Malik ko‘chasining ma’lum qismi vaqtincha yopildi. Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab harakatlanish cheklanmaydi, biroq undan Temur Malik ko‘chasiga tushish-chiqish yo‘llari berkiladi.
Mazkur ko‘chadan harakatlanuvchi avtobuslar qatnoviga ham o‘zgartirishlar kiritildi.
👉 https://kun.uz/65734528

❤19😁11👍3😐3
Harbiy tergov: Erondagi maktabga berilgan raketa zarbasi uchun AQSh javobgar
New York Times nashri Minobdagi maktabga berilgan zarba bo‘yicha harbiy tergovning dastlabki xulosalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bu – eskirgan razvedka ma’lumotlari yoki inson omili bo‘lishi mumkin. Ammo prezident Trampning javobgarlikdan qochishga urinishlari tergovni murakkablashtirmoqda.
👉 https://kun.uz/98784434

👍47😐23😭15❤7🔥4🤯2
“10 kunda 3 marta buzildi” – Toshkentda yangi olingan BYD Seal 6 xaridori va uni sotgan avtosalon o‘rtasida nizo chiqdi
Kun.uz’ga murojaat qilgan xaridorning aytishicha, u 27 fevralda BYD Megawatt avtosalonidan sotib olgan BYD Seal 6 mashinasi 10 kun ichida 3 marta buzilgan. Kompaniya servis xizmati mashinaga kerakli ehtiyot qism Xitoydan buyurtma qilinganini aytib, 10 martdan beri mashinani egasiga qaytarib bermayapti. Avtosalon menejeri Kun.uz’ga xaridorga mashina almashtirib berilishini ma’lum qildi.
👉 https://kun.uz/10094219

😁47👍10❤8😐7🤯2
Eron oliy rahbari Mujtaba Xominaiy ilk bor millatga murojaat qildi
U Qurolli kuchlarni mintaqadagi Amerika bazalariga hujumlarni davom ettirishga chaqirdi. U omma oldida ko‘rinish bermadi, bayonoti boshlovchi tomonidan o‘qib eshittirildi.
👉 https://kun.uz/71715255

👍48❤12🔥5😁4
«Moliyaviy piramida» uchun jazo choralari og‘irlashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tgan yig‘ilishda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Jumladan,
- «Moliyaviy piramida» uchun jazo choralari kuchaytiriladi;
- Fuqarolarning kriptohamyoni, SIM-kartasi va elektron akkauntlardan kiberjinoyatni sodir etishda foydalanilishiga yo‘l qo‘yganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanadi;
- Tijorat banklari, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari kiberxavfsizlik talablariga rioya etmagani oqibatida sodir etilgan kiberjinoyatdan yuzaga kelgan moddiy zarar uchun javobgar bo‘ladi.
👉 https://kun.uz/10547478

👍99❤27🔥26👏16
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Do‘konli bekatlarning deyarli hammasida noqonuniy qurilish bor – YHTM
Toshkentdagi avtobus bekatlarida noqonuniy do‘konlar buzilmoqda. Yo‘l harakatini tashkil etish markazi bo‘lim boshlig‘i Ollayor Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha, hozircha 380 ta bekat ko‘rib chiqilgan, shuning 120 tasida savdo obyekti borligi, 60 tasi noqonuniy tashkil etilgani aniqlangan.
👉 https://kun.uz/72608391

👍25❤16🤯7
AQShda NUJ maxfiy dasturlariga rahbarlik qilgan general sirli ravishda g‘oyib bo‘ldi
AQSh Harbiy-havo kuchlarining iste’fodagi general-mayori, 68 yoshli Uilyam Nil Makkaslend qariyb ikki haftadan beri qidirilmoqda. U NUJ maxfiy dasturlariga rahbarlik qilgan.
👉 https://kun.uz/43433306

😁56🤯10❤9😐5👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda o‘pirilgan yo‘l o‘tkazgich va yo‘l bezorilariga qarshi reydlar – mahalliy dayjest
Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.
👉 https://kun.uz/24007399
Kun.uz rasmiy kanali
Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.
👉 https://kun.uz/24007399
Kun.uz rasmiy kanali
❤8😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yechim – tezlikni tushirish” - hokim o‘rinbosari Toshkentda YTHlar ko‘pligi haqida
Poytaxt hokimligidagi matbuot anjumanida shahar ko‘chalari o‘rtasida yana paydo bo‘la boshlagan panjaralar mavzusi ko‘tarildi. Hokim o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyevning aytishicha, panjara o‘rnatishni yo‘llardagi o‘limlar ko‘pligi sababli YHXBB tavsiya qilgan. Lekin xalqaro tajribaga qarasak, shaharlarda piyodalar o‘limiga qarshi eng asosiy yechim – tezlikni tushirish, dedi u.
👉 https://kun.uz/48522395

😁36👍19🤯14❤9😭6😐2
Yaqin Sharqdagi urush Markaziy Osiyo uchun nimani anglatadi?
Yaqin Sharqdagi urushning Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonga ta’siri ko‘proq bilvosita. Bu yerda eng muhim savol savdo yo‘llari, strategik aloqalar va Markaziy Osiyoning katta davlatlar bilan rishtalariga qaratilishi kerak. Urush Eron, Rossiya, Xitoy, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarni qanday o‘zgartiradi va bu o‘zgarishlar keyin Markaziy Osiyoga qanday aks sado beradi, mana shu muhimroq, deydi tahlilchilar.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

❤17👍2
Eron Turkiya va Ozarboyjonga hujum qildimi?
Eron prezidenti Turkiya va Ozarboyjon rahbarlari bilan telefonda gaplashgach, keskinlik biroz yumshagandek bo‘ldi. So‘nggi kunlarda dronlar, raketalar va havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan bog‘liq voqealar turli gap-so‘zlarga sabab bo‘lyapti. Siyosatshunoslar Hikmatilla Kazakbayev va Kamoliddin Rabbimov bu voqealarga sharh berdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Ozarboyjonda Eron droni, Turkiya hududida esa ikki marta Eron raketasi qulagani sabablariga aniq baho berish qiyin, lekin hodisalar Eron emas, Isroil manfaatlariga xizmat qiladi.

❤33👍5😁5😐3
O‘zbekistonda noqonuniy janglarga qarshi choralar kuchaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 mart kuni kiberjinoyatlar, uyushgan jinoyatchilik va axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirish yuzasidan tayyorlangan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unda, xususan, jangovar sport turlari bo‘yicha yashirin ravishda tashkil etilayotgan noqonuniy janglarga qarshi choralarni kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
👉 https://kun.uz/00806561

👍117❤42🔥31👏14
Jahonda geotermal energetika: qaysi davlatlar yetakchi?
Jahonda elektr energiyasiga bo‘lgan talab jadal sur’atda oshib bormoqda: sun’iy intellektning rivojlanishi, ishlab chiqarish quvvatlarining milliy hududlarga qaytarilishi va keng ko‘lamli elektrlashtirish yangi energetik ehtiyojlarni yuzaga keltirmoqda. Shu sharoitda geotermal energetikaga - sutka davomida uzluksiz ishlay oladigan qayta tiklanuvchi energiya manbaiga qiziqish yana kuchaymoqda.
👉 https://kun.uz/53202335

❤13👏5👍1
Nyu-Yorkdagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
Joriy yilning 10 mart kuni AQShning Nyu-York shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi Nilufar Komilova vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa shahar transport departamentiga qarashli yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan.
👉 https://kun.uz/04509804

😭41❤5👍1😁1🤯1
Tramp: AQSh neft narxi oshishidan foyda ko‘radi
Biz dunyodagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchisimiz, dedi Oq uy rahbari.
👉 https://kun.uz/54414681
Kun.uz rasmiy kanali
Biz dunyodagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchisimiz, dedi Oq uy rahbari.
👉 https://kun.uz/54414681
Kun.uz rasmiy kanali
😁65😐16❤9👍6🤯2
Iroqda Amerika samolyoti quladi
AQSh Iroq osmonida yonilg‘i quyuvchi samolyotini yo‘qotganini tasdiqladi. Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi guruh uni urib tushirganini e’lon qilgan.
Bortda 6 nafargacha harbiy bo‘lgani aytilyapti. Qidiruv-qutqarish ishlari ketmoqda.
Mazkur KC-135 – Yaqin Sharqdagi yangi urushda AQSh yo‘qotgan to‘rtinchi samolyot bo‘ldi.
👉 https://kun.uz/37787335

👍102❤28👏18😁7