Kun.uz | Rasmiy kanal
74.8K subscribers
80.8K photos
11.5K videos
64.1K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda “Gelik”ni katta tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi

Poytaxt ko‘chalarida haydovchi mashinasini soatiga 200 kmdan ham ortiqroq tezlikda haydagan. Qoidabuzarlik holati tasvirga olinib, uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga ham joylangan.

👉 https://kun.uz/90347930

Kun.uz rasmiy kanali
👍31😁1110🔥1👏1
«Atletiko» 5 ta, «Bavariya» 6 ta gol urdi. YChLda kun o‘yinlari

«Tottenhem» o‘yin startidayoq ketma-ket xatolari tufayli darvozabonni almashtirib tashladi, «Barselona» so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, «Liverpul» yutqazdi.

📸 👉 https://kun.uz/45277530

Kun.uz rasmiy kanali
9👍5👏4
Ukraina Bryanskdagi zavodga zarba berdi

Region gubernatori olti kishi halok bo‘lib, kamida 37 kishi yaralangani haqida xabar bergan. Ammo talafot ko‘lami kengroq bo‘lishi mumkin. Ukrain harbiylariga ko‘ra, hujumda Storm Shadow raketalari qo‘llangan. Zelenskiy zarba nishoni raketa ishlab chiqariladigan zavod bo‘lganini aytgan.

📹 👉 https://kun.uz/36195869

Kun.uz rasmiy kanali
👍2512🤯5😁3👏1
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan biri fikrini o‘zgartirdi

U Eron elchixonasi bilan aloqaga chiqqan va qayerdaligini fosh qilib qo‘ygan.

👉 https://kun.uz/24577484

Kun.uz rasmiy kanali
👍33😁2611🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eronga qarshi urushning 3 maqsadi, Shveytsariyada yongan avtobus va Ho‘rmuzga «ko‘chgan» front – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/75293804

Kun.uz rasmiy kanali
12👍1
Bloger Sirojiddin Odilov qamoqqa olindi

YouTube’dagi Sirojiddin Media kanali muallifi Sirojiddin Odilov firibgarlik va pora berishda gumonlanmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

👉 https://kun.uz/87267316

Kun.uz rasmiy kanali
😐41😁15🤯8👍75🔥5👏5
NYT Mujtaba yaralanganini xabar qildi. Erondagilar rad etdi

Manbalar u saylanganidan buyon omma qarshisiga chiqmayotgani va hech qanday bayonot bermayotganini ham shu bilan bog‘lashmoqda.

👉 https://kun.uz/28320499

Kun.uz rasmiy kanali
😐18👍113🤯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Daraxtlarni asrash uchun chorvalarimgacha sotdim” – vodiyda bog‘bonlar sovuqdan qanday himoyalanmoqda?

O‘zgidromet 10-12 mart kunlari respublika hududlarida harorat -8 darajagacha pasayishidan ogohlantirgandi. Bu - noodatiy ob-havo endigina uyg‘ongan kurtaklarni nobud qilishini anglatadi.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
👍27😭1912🤯7😁1
Eron AQSHdagi JCHda ishtirok etmasligi ma’lum qilindi

Eron sport vaziri Ahmad Dunyomoli buni mamlakat AQSHga qarshi urush holatida ekani bilan izohlagan.

«Bu korrupsiyalashgan hukumat rahbarimizni o‘ldirganidan so‘ng, jahon chempionatida ishtirok etishimizga imkon beradigan hech qanday sharoit qolmadi. Eronga qarshi olib borilgan dushmanlik harakatlari fonida bizga qarshi ikki marta urush olib borildi va bir necha ming fuqaromiz o‘ldirildi. Bunday sharoitda bizda ishtirok etish imkoniyati yo‘q», deya uning so‘zlarini keltirgan TV2 nashri.


Hozircha vazirning bu so‘zlari qanchalik yakuniy qaror ekani noma’lum.

Kun.uz rasmiy kanali
👍5113😐12🤯5😁3
Eron urushi qanday yakunlanishi mumkin: 5 ta ehtimoliy ssenariy

Hech qanday ogohlantirishsiz boshlangan Erondagi urushning yakuni ham xuddi shunday bo‘lishi mumkin.

👉 https://kun.uz/85156396

Kun.uz rasmiy kanali
😭188😁4
Xorijiy OTMga kirish uchun IELTS’dan necha ball olish kerak?

Til sertifikati xorij oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun asosiy talablardan biri bo‘lib qolmoqda.

👉 https://kun.uz/17235419

Kun.uz rasmiy kanali
4👍4
AQShdan yana 65 nafar o‘zbekistonlik deport qilindi – elchixona

Ma’lum qilinishicha, 11 mart kuni amalga oshirilgan reys bilan 65 nafar fuqaro davlatdan chiqarib yuborilgan. Donald Tramp prezidentlikka qaytganidan beri deport qilingan O‘zbekiston fuqarolari soni mingdan oshdi, deydi elchixona.

👉 https://kun.uz/44918412

Kun.uz rasmiy kanali
👍3311🤯10👏4😐3🔥2
Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirildi: gumonlanuvchilar qo‘shni maktab o‘quvchilari

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida 11-sinf o‘quvchisi bir necha o‘smirlar tomonidan kaltaklanib, pichoqlangan. Marhumning onasi janjal dars vaqtida, maktab tashqarisida sodir bo‘lganini aytsa, maktab direktori buning aksini aytmoqda. Viloyat prokuraturasi holatni jamoatchilikdan yashirmoqda. Kun.uz muxbiri Bekobodda bo‘lib, voqea tafsilotlarini o‘rgandi.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
😭4120😐10🤯7🔥2
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida bir necha kema hujumga uchradi

Tailand bayrog‘i ostida suzayotgan yuk kemasida yong‘in chiqqan. Eron harbiylari Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali «bir litr ham neft» o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligini aytib chiqdi.

👉 https://kun.uz/88337781

Kun.uz rasmiy kanali
👍7912😐7👏2
Minobga hujum bo‘yicha surishtiruvning dastlabki natijalari. U yerda 165 kishi, asosan – bolalar halok bo‘lgandi

Tramp «buni eronliklar qilgani»ni aytgandi. Ekspertlar va jurnalistlar esa bu – amerikaliklar ekanini aytmoqda.

👉 https://kun.uz/04872436

Kun.uz rasmiy kanali
👍36😭2812
Eron urushi: Trampning MAGAchilar bilan orasi buzildi

Donald Tramp – prezident bo‘lgunga qadar bir kun ham davlat ishida ishlamagan, harbiy xizmatni o‘tamagan AQSh tarixidagi birinchi shaxs. Uni hokimiyatga olib kelgan kuch – MAGA siyosiy harakati ekani ko‘pchilikka ma’lum. Tramp va MAGA – keyingi yillarda sinonim bo‘lib ulgurgan edi. Biroq vaziyat o‘zgaryapti.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
26😁13👏6😭5
Mantiqsiz urush. Uni boshlaganlar qanday tugatishni bilmayapti

Bugun Amerika va Isroil Eronga qarshi boshlagan qonli urushining 13-kuni. Biz ko‘p ishlatadigan o‘xshatishga moslasak, «Tehran in three days» degan «SVO» o‘xshamadi.

Tobora ko‘proq amerikaliklar «Biz nega Isroil uchun urushyapmiz?», deb savol bermoqda. Urush Erondagi hukumatga norozilik kayfiyatini so‘ndirganga o‘xshayapti.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
😁48👍3022😐4
Xitoyda qariyb 1 kilometrlik eskalator ishga tushdi

Xitoyning Ushan tumani aholisi uzoq yillar davomida oson bo‘lmagan hayot sharoitiga duch kelgan. Ishga borish, qarindoshlarini ko‘rish yoki oddiygina oziq-ovqat sotib olish uchun ham ular tik qiyaliklar va tor, ilon izi kabi burama yo‘llardan o‘tib, qariyb bir soat vaqt sarflashga majbur bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/92760936

Kun.uz rasmiy kanali
👍7716🔥13🤯1
Infografika: Amerika neftini eng ko‘p sotib oladigan davlatlar

2025 yilda Niderlandiya Amerika neftining dunyodagi eng yirik xaridoriga aylandi. U AQShdan Xitoy, Hindiston va Yaponiya kabi yirik iqtisodiyotlarga qaraganda ham ko‘proq xom neft import qildi. O‘tgan yilda AQShdan xorijga qariyb to‘rt milliard barrel neft jo‘natilgan bo‘lib, bu mamlakatning mazkur xomashyoning global eksportchisi sifatidagi roli ortib borayotganini ko‘rsatadi.

👉 https://kun.uz/61539386

Kun.uz rasmiy kanali
🤯119👍7
BMT Xavfsizlik kengashi: Eron qo‘shni mamlakatlarga hujumlarni to‘xtatishi kerak

BMT Xavfsizlik kengashining 15 a’zosidan 13 tasi Erondan Yaqin Sharqda keskinlikni pasaytirishni talab qildi. Xitoy va Rossiya rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlamadi, Eron esa BMT qarorini siyosiylashtirilgan deb tanqid qildi.

👉 https://kun.uz/88432557

Kun.uz rasmiy kanali
😁120🤯22👍1710😐3
Iqbol Soliyev Ozarbayjondagi klinikada qo‘lga olindi

Bokudagi xususiy klinikalardan birida qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev “bioenergiya” orqali davolash seansini o‘tkazishga uringan vaqtda polisiya tomonidan ushlangan.

Uning qabuliga kirish uchun klinika oldida olomon to‘plangan va bu tartibsizlikka sabab bo‘lgan.

Soliyev avval ham O‘zbekistonda lisenziyasiz faoliyat yuritgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan. Unga berilgan hujjatlar muddati 2024 yil 21 dekabrda tugagani aytilgan.

👉 https://kun.uz/18895361

Kun.uz rasmiy kanali
😁12021👍11😐8👏4😭1