Daraxtlarni sovuq uradi
Hafta o‘rtalarida shimol hududlaridan mintaqaga kirib kelishi kutilayotgan sovuq arktik havo oqimi sabab, ko‘plab viloyatlarda dov-daraxtlarning kurtagi, guli va hosili xavf ostida qoladi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov haftadagi ob-havo kutilmalari bilan Kun.uz'ning jonli efirida tanishtiradi.
📱 Telegram'da ko‘rish
📱 YouTube'da ko‘rish
📱 VKontakte'da ko‘rish
Hafta o‘rtalarida shimol hududlaridan mintaqaga kirib kelishi kutilayotgan sovuq arktik havo oqimi sabab, ko‘plab viloyatlarda dov-daraxtlarning kurtagi, guli va hosili xavf ostida qoladi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov haftadagi ob-havo kutilmalari bilan Kun.uz'ning jonli efirida tanishtiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😭20❤9😐1
Kun.uz | Rasmiy kanal
Tramp Minobdagi qizlar maktabiga zarbada Tehronni aybladi Bu ayblovni uning yonida bo‘lgan mudofaa vaziri Pit Hegset ham takrorladi. 👉 https://kun.uz/86197172 Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eronda 175 kishi halok bo‘lgan maktab hududiga AQShning Tomahawk raketasi urilgani ma’lum bo‘ldi
Yangi dalillar – prezident Donald Trampning maktabga berilgan zarba uchun Eron mas’ul, degan da’vosiga zid keladi. Tomahawk qanotli raketasi Isroil armiyasida ham, Eronda ham mavjud emas. 28 fevral kuni hujum boshlaganda AQSh harbiy-dengiz kuchlari Eron hududiga o‘nlab aynan shunday raketalar uchirgandi.
👉 https://kun.uz/23999701
Kun.uz rasmiy kanali

😭92🤯25❤17🔥4
«Kislotali bulutlar» haqidagi xabarlar ilmiy jihatdan asossiz – O‘zgidromet
Havo massalari uzoq masofalarga ko‘chishi jarayonida ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi keskin kamayishi, shu sababli manbadan minglab kilometr uzoqlikda xavfli darajadagi kislotali yog‘inlar shakllanishi deyarli mumkin emasligi qayd etilgan.
👉 https://kun.uz/10244238

👍17❤13😁7🤯3
Bahrayndagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi
Bapco davlat kompaniyasi yetkazib berishda fors-major holatini e’lon qilgan – bu favqulodda holat tufayli kompaniya tomonidan energiya resurslari yetkazib berilishi to‘xtatilishini anglatadi.
👉 https://kun.uz/82059434

👍16❤10🤯6😭3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda yana o‘smirlar mashina boshqarib yurgani ma’lum bo‘ldi
Ularning otasi farzandlarini tartibga chaqirib qo‘yishni so‘rab borgan mahalladoshlarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Bu holat jamoatchilikka ma’lum bo‘lgach, ota 5 sutkaga qamaldi, mashinalardan biri jarima maydonchasiga olib ketildi.
👉 https://kun.uz/77514003

👏72👍17🤯17❤14😁5🔥4
Ozarboyjon Erondan norozi, dronni kim otgan?
Ozarboyjon hududiga dron qulashi ortidan Pizishkiyon qo‘shni davlatlardan uzr so‘radi. Shunga qaramay, tergov natijalari hali rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, rasmiy Boku voqeaga nisbatan tezkor va keskin munosabat bildirdi. Ayrim ekspertlar buni dalillar vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketishi mumkinligi bilan izohlasa, boshqalar esa ikki davlat o‘rtasida yillar davomida shakllangan siyosiy ishonchsizlik bilan bog‘laydi.
📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING

❤23🤯6😐1
Mutlaq rekord: O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 77 mlrd dollardan oshdi
2026 yil 1 mart holatiga, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari qariyb 77,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu – tarixiy rekord ko‘rsatkichdir. Jahon bozorida oltin narxlari yil boshidan beri qariyb 19 foizga oshdi.
👉 https://kun.uz/69063435

👍55❤35👏10🔥6😁1
Isroil Livanda 40 yil oldin yo‘qolgan uchuvchisi jasadini qidirib reyd o‘tkazdi
Livandagi «Hizbulloh» guruhi bilan urush fonida Isroil tomonidan keng ko‘lamli havo hujumlari va quruqlik reydi o‘tkazilishi oqibatida yana o‘nlab kishilar halok bo‘ldi.
👉 https://kun.uz/67707866

😁92🤯23❤12😐9
Tehron Turkiya, Ozarboyjon va Kiprga qilingan hujumlar yuzasidan bayonot berdi
Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili bu mamlakatlar hududiga raketa hujumi bo‘lmaganini ma’lum qildi.
👉 https://kun.uz/47797144
Kun.uz rasmiy kanali
Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili bu mamlakatlar hududiga raketa hujumi bo‘lmaganini ma’lum qildi.
👉 https://kun.uz/47797144
Kun.uz rasmiy kanali
👍53❤12😁6
Islom sivilizatsiyasi markazining «yuragi» – Qur’on zalidan fotoreportaj
Eng yirik gumbaz ostidagi Qur’oni karim zalida Usmon mushafi va tariximizga daxldor 114 ta turli mushaf nusxalari bor. Ushbu mahobatli zal 50 tonnali yirik qandil va milliondan ortiq svarovski toshlari bilan bezatilgan.
Islom sivilizatsiyasi markazi keng jamoatchilik uchun joriy yil Ramazon hayiti arafasida ochilishi kutilmoqda.
📸👉 https://kun.uz/99560764

❤79👍19🔥7
“Bu – qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish uchun jiddiy signal” – BMW YPX xodimini urib ketishi voqeasi haqida suhbat
Toshkentda 15 yoshli o‘smir qimmatbaho avtomobilda yo‘l harakat xavfsizligi xizmati inspektorini urib ketdi. Xodim vafot etdi. Jinoyat qonunchiligiga ko‘ra ham 16 yoshga to‘lmagan shaxsni yo‘l transport hodisasi sodir etgani uchun javobgarlikka tortib bo‘lmaydi. Agar «avtomobilni olib qochish» va «qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish» ayblovlari qo‘yilmaganida 15 yoshli Doniyor Turg‘unov jazosiz qolarmidi? Nega voyaga yetmaganlarning qonunlarni mensimasligi va bu bepisandligini tarmoqlarda ko‘z-ko‘z qilish hollari avj oldi? Kun.uz shu kabi savollarni ekspertlar ishtirokida muhokama qildi.

❤31👍13🤯4😭3😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Braziliyadagi futbol uchrashuvida 23 ta qizil kartochka ko‘rsatildi
«Atletiko Mineyro» va «Kruzeyro» klublari o‘rtasidagi final oxirida futbolchilarning asablari dosh bera olmadi va ommaviy mushtlashuv boshlandi. Ularni ajratish uchun maydonga harbiy politsiya tushib keldi.
📸👉 https://kun.uz/26808548

😁60❤16👍6🤯2😐1😭1
“Arablar Eron ustidan arz qilyapti” – siyosatshunos
BAA rasmiylari Erondan yo‘llanayotgan zarbalarni keskin qoralab, mamlakat o‘zini himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘rish huquqiga ega ekanini ta’kidladi. Shunga qaramay, yaqin kunlarda Eronga to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy hujum rejalashtirilmaganini bildirdi. Agar hujumlar davom etib, energetika infratuzilmalar nishonga olinsa, javob choralarini ko‘rish ehtimoli istisno qilinmayapti. Xo‘sh, mintaqaning qolgan davlatlari ham Eronga qarshi harakatga qo‘l urishi mumkinmi? Kun.uzʼning “Geosiyosat” dasturida siyosatshunoslar shu haqda so‘z yuritdi.

❤20😭10👍4
AQSh va Isroil harbiy-havo kuchlari Eron aviabazalarining yarmidan ko‘pini ishdan chiqardi
Aviabazalardagi qiruvchi samolyotlar, transport samolyotlari, havo hujumidan mudofaa pozitsiyalari, angarlar, omborlar yo‘q qilingani va uchish-qo‘nish yo‘laklariga zarar yetkazilgani ta’kidlanmoqda.
👉 https://kun.uz/43887274

😭59🤯19❤12👍5👏4😁3😐1
Eng ko‘p shaxmat grossmeysterlariga ega top-10 mamlakat
Shaxmat - strategiya va intellekt o‘yini - asrlar davomida insonlar o‘rtasidagi eng muhim intellektual raqobat turlaridan biri bo‘lib kelmoqda.
👉 https://kun.uz/72400889

❤11👏3
Tramp: Erondagi urush deyarli yakunlandi
Dastlab Donald Tramp Erondagi urush taxminan bir oy davom etadi, deb hisoblagan bo‘lsa, endi u harbiy amaliyot “deyarli yakunlangani”ni ma’lum qildi. Bu bayonot neft narxlarining keskin tushib ketishiga sabab bo‘ldi.
👉 https://kun.uz/50602714

🤯41😁35❤8👍5😐4
Infografika: jahon neft bozorining asosiy dengiz arteriyalari
Jahon neft bozori ko‘p jihatdan asosiy ta’minot oqimi o‘tadigan bir nechta tor dengiz yo‘laklariga bog‘liq. Neft tashishda «chokpoyntlar» deb ataluvchi bu nuqtalar global energetika tizimining nihoyatda muhim arteriyalari bo‘lib, ular orqali har kuni o‘nlab million barrel xomashyo tashiladi.
👉 https://kun.uz/83152840

❤19👏3👍2